Xona
Ehtimol, har biringizda xonangiz qanchalik tartibsiz bo‘lsa ham, unga bemalol mehmonga taklif qilishdan uyalmaydigan do'stingiz/dugonangiz bo'lgan yoki bordir. Unga qo'ng'iroq qilasan va u 15 daqiqadan keyin o'sha yerda bo'lishini aytsa ham, xonang aro tariqdek sochilib yotgan lash-lushlarni divan tagiga tiqish, g'ijim kiyimlarni shkafga yashirish yoki stolni tartibga solishning hojati yo‘q. Patalak soching, ustingga ilib olganing nima bo'lsa, hatto maykachan ham kutib olaverasan. Chunki unga sening xonagdagi "bardak"ingni mutlaqo qizig'i yo'qligini bilasan.
U qishda sovuqdan noligancha, yozda jaziramadan terlagancha: "Yotibsanmi haliyam, devona" degan bema’ni so‘zlarni aytib kulib, xonangga kirib keladi.
Uni eshik oldida kutib olish yo kiyimlarini ilib qo'yishdek iltifot ko‘rsatish bilan ovora bo‘lishning keragi yo‘q. U sening uyingda hammani taniydi, hammom qayerdaligini va oshxonaga qanday o'tishni juda yaxshi biladi.
U o‘zi oshxonaga o'tib, shkafdan ikkita piyola, likopcha va qoshiqchalarni oladi. Choy qo'yadi, xonangda xayol surib yotgangingda "dasturxoningda yeyishga hech vaqo yo'qmi?" deya baqiradi. Keyin birgalikda "topgan narsalar"ingiz bilan choy ichasizlar. Uni oldida boshqalar oldida qilishga uyaladigan odatlaringni bemalol bajaraverasan, masalan, choyga pechenye botirib yeyish..yo murabboni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankasidan paqqos tushirish. Bu narsalar uchun u seni aslo malomat qilmaydi, aksincha ba'zida senga qo'shilib sho'xliklar qiladi. U bilan suhbatlashishga mavzu qidirishing shart emas, qaytanga aytilmay qoladigan gaplar ko'p bo'ladi.
U bilan xotirjamsan, u seni qanday inson deb o'ylashidan ortiqcha xavotir tortmaysan, bir-biringiz oldida o'zingizni xavfsiz va bemalol his qilasizlar.
U ketayotib, odatdagicha, senga o'zingning qanchalar "nodon va landavur" ekanligingni eslatgach, sen ham uni "tasqara yo humkalla"ga o'xshagan odatiy unvon bilan siylaysan. Xonannga qaytarkansan, u bilan o'tkazgan oxirgi 2 soatingda nimalar haqida gaplashganingni eslay olmaysan ham, chunki hammasi shunchalik yaxshi va tabiiy ediki...
Matnni "Xona" so‘zini "qalb" so‘zi bilan almashtirib, yana bir bor o‘qib chiqishingiz mumkin.
@panda_books

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurali navbatdagi taqdimotda auksiondagi kitoblarga eng yuqori narx aytganida, zalda oʻtirgan boshqa talabalar:
@panda_books
@panda_books
Aytishlaricha, aynan ushbu kutubxonada Jorj Oruell oʻzining “1984” romanini yozgan ekan.
Qadrli joylar men sizga aytsam..
@panda_books
Qadrli joylar men sizga aytsam..
@panda_books
#review #taqriz
📙Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness)
"Boshqacha so‘z bilan aytganda, tarix bizga shuni o‘rgatadiki, ilgari hech qachon yuz bermagan voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin"
Bu Talebning "Incerto" turkumidagi birinchi kitobi bo‘lib, unda u o'zining mashhur noaniqlik, ehtimollik va xavf-xatar haqidagi g‘oyalarini boshlab bergan. Bu Tasodif hayotimizni, karyeramizni va ayniqsa moliyaviy bozorlarimizni qanday shakllantirishi haqidagi aytaylik ilmiy-falsafiy tadqiqotdir. Sobiq treyder Taleb shaxsiy kuzatuvlari, bozor o'zgarishlari va skeptitsizm namunalarini bizga taqdim etadi.
Kitobning bosh g'oyasi — Odamlar Tasodifning hayotdagi rolini past baholaydilar. Odamlar sabab-oqibat qonuniyatlarini barcha joyda qo'llashga intilgani sabab, ba'zan shunchaki omad kelib qolganini tan olishni istamasliklarini ta'kidlaydi. O'ta aqlli bo'lmagan treyder ham ba'zan omad tufayli katta yutuqqa erishishi mumkin deydi u.
U yana biz faqat g'oliblarni ko'rishimiz, mag'lublarni eslamasligimiz va shu orqali xulosa chiqarishimizni aytadi (omon qolgan samolyot teoriyasi). Shu qatorda treydingga oid juda ko'plab misollar bilan o'quvchini bu bozor qoidalari va undagi turli taktikalarni qo'llaydigan shaxslar haqida so'zlab beradi. Mutaxassislar Talebning bu kitobida yangi narsa ixtiro qilmagani, shunchaki bor nazariyalarga boshqa nigoh tashlaganini aytib o'tishgan.
Uning ko'p tilga olinadigan "Qora oqqush" fenomeni ham kitobda bir bor tilga olinadi, keyinchalik bu g'oyani mustahkamlab, yangi kitobida batafsil bayon qiladi.
Kitob turli latifalar, falsafiy mushohadalar, texnikaga oid bahs-munozaralar ichida aylanib yuradi, aniq bir strukturaviy yechim yo'q. Va albatta kitobni Talebning intellektual maqtanchоqligi chiday oladigan insonlar o'qishi mumkin, chunki u o'zini boshqalar aldanib yurganida haqiqatni tushungan yagona odam sifatida tasvirlaydi.
"Tasodifga aldanganlar" qaror qabul qilish, investitsiya kiritish yoki hayotda ehtimollikning ahamiyatini tushunishga yordam beradigan muhim qo'llanma hisoblanadi. U o‘quvchilarni o‘zlarining muvaffaqiyat hamda muvaffaqiyatsizlikni talqin qilish usullarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Talebning uslubi keskin bo‘lsa-da, uning fikrlari, ayniqsa tasodifiylik muhim rol o‘ynaydigan sohalarda faoliyat yurituvchilar uchun g‘oyat qimmatlidir.
Kitob fikrlashga undovchi kitob, ammo hamma uchun emas.

Panda Books
#review #taqriz 📙Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness) "Boshqacha so‘z bilan aytganda, tarix bizga shuni o‘rgatadiki, ilgari hech qachon yuz bermagan voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin" Bu Talebning "Incerto" turkumidagi…
Kitobning o'zbekcha tarjimasi mavjud, ammo o'qiganlar orasida tarjima borasida bir qator e'tirozlar borligini eshitganman. O'zim o'qib ko'rmadim, shu bois bu borada bir narsa deyolmayman
Men rus tilida o'qidim, eng yaxshisi esa albatta originalida mutolaa qilish.
@panda_books
Men rus tilida o'qidim, eng yaxshisi esa albatta originalida mutolaa qilish.
@panda_books
Forwarded from Panda Books
#haqida
Eng yaxshi qasos
Dushmanlaring yoki senga azob bergan insonlardan olinajak qasosning yo'llari ko'p aslida.
Misol, tutvolib humordan chiqquncha do'pposlashing yoki ijtimoiy tarmoqlarda negativ yozishing mumkin. Ammo bu - mag'lubiyatdir, chunki ular aynan shunday qilishingni xohlaydi.
Men yoshligimdan to hozirgi kungacha eng yaxshi qasos usullaridan biri sifatida Graf Monte-Kristoni bilardim. Alamlarni ichga yutish va oradan yillar o'tib, qaytib kelib qasos olish. Bu ajoyib. Ammo buning yomon tomoni shundaki, shu yillar davomida faqat o'tmish bilan yashashga to'g'ri keladi. Bu esa alal-oqibat ko'pchilikni aqldan ozdiradi.
Menimcha, eng yaxshi qasos - bu o'tmishni ortda qoldirish, ishlab boy-badavlat bo'lish va baxtli hayot kechirishdir. Unutish ham ba'zan eng katta qasos aslida.
Dushmanlaringiz bunga chidolmaydi.

Buyuk Britaniyada chet ellik talabalar va professorlarga O’zbekistondanliging va u Markaziy Osiyoda joylashganligini aytganingdan keyin, koʻpchiligini miyasida aylanadigan birinchi fikr be like:
former Soviet Union?
@panda_books
former Soviet Union?
@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#review
“The Gorge”, (2025)
Zaxiradagi mohir snayper AQSh maxsus kuchlaridan taklif oladi. Unga inson qadami yetmagan ovloq joyda bir yil davomida ulkan darani qoʻriqlash topshiriladi. Uning vazifasi G’arbiy minorada darani sirligini ta’minlash edi. Shuningdek, Sharqiy minorada ham xuddi shunday qoʻriqchi turadi. Ammo oʻzaro har qanday kontakt taqiqlangan.
Romantik fantastika:) Anya Taylor-Joy nihoyat oʻzi bilan ximiyaga kirisha oladigan partnyor topibdi. Miles Teller ham rolga mos tushgan.
Film qiziqarli, syujeti oʻzida ushlab turadi. Umuman, bir marta koʻrish uchun juda yaxshi tanlov. Ayniqsa, filmda iqtibos berib ketilgan buyuklarning gaplari ham juda filmga mos tushgan. Xullas, tavsuyu.
@boredpandablog

Timesda yozilgan ushbu maqolaga koʻra, yozuvchilar, ushbu oʻrinda mashhur yapon millatiga mansub ingliz yozuvchisi Kadzuo Ishiguro Sun’iy Intellektning o’zini rivojlantirishi yoʻlida musiqa va adabiyot sohasidagi ijodkorlarning ijod namunalaridan mualliflik huquqisiz foydalanayotganini tanqid qilib chiqishgan.
Katta techgigantlar o’z mahsulotini kuchaytirishi uchun unga inson zakovati kerak. Buni esa ular tekinga qoʻlga kiritishyapti. Bu haqiqatda hozir va kelajakda katta muammoga aylanishi mumkin.
Batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Atque ubi solitudinem faciunt, pacem appellant.
Tatsitning "Agrikola" asaridan olingan mashhur parcha. Unda britaniyalik sarkarda Kalgakka tegishli deb hisoblangan nutq mavjud. Unda Rim imperiyasining kengayish siyosati tanqid qilinadi. Bu parchada imperiya ochko‘zligi va bosqinchiligi kuchli qoralanib, Rim o‘z yo‘lida uchragan barcha narsani vayron qiluvchi kuch sifatida tasvirlanadi. Eng achinarlisi, Rim bu vayronkorlikni "tinchlik o‘rnatish" deb oqlaydi.
"Dunyo talonchilariga endi yer kamlik qilgach, endi dengizni ham ko‘zdan kechirishmoqda: agar dushman boy bo‘lsa, ular ochko‘z; agar kambag‘al bo‘lsa, ular dimog'dor; ularni na Sharq, na G‘arb to‘ydira oldi; ular yagona insoniyatki, kambag‘allikni ham, boylikni ham bir xil ehtiros bilan istaydilar. Talon-toroj, qirg‘in, o‘g‘irlik - bularni ular imperiya deb ataydilar: ular sahro yaratib, buni tinchlik deb nomlaydilar."
Oradan 2000 yil o'tdi. Hech narsa o'zgarmagan.