Telegram Web Link
Noma’lum kitob 1-betidagi bagʻishlov:

“Rafiqam Margarit, farzandlarim Ella Rosa va Daniel Adamga bagʻishlanadi, ularsiz bu kitob ikki yil oldinroq tayyor boʻlgan boʻlardi”.

@panda_books
Ertaga "Kitob hadya qilish kuni" ekan. Shunday ekan, yaqinlarga yoki o'zingizga kitob sovg'a qilishning ayni vaqti.

Shu bilan birga, o'zingni jannating bukblogerlaringni moddiy qo'llab-quvvatlash ham mumkin:)

8600312923143529

Donat qiling va o'z yaxshi tilaklaringizni mana shu post tagida yozib qoldiring, men uni kanalga joylayman. Yoki shunchaki donat qilsangiz ham bo'ladi.

Xullas, xuddi bir paytlardagidek musofirda o'qiyotgan studentlarimizni qo'llab-quvvatlang!

@panda_books
#newbook #yangikitob

Edvard Eshtonning ajoyib dulogiyasi — 2022-yilda nashr etilgan "Mikki-7" va uning davomi bo'lmish "Antimatter Blues" fantastik romanlari yetib keldi.

Mikki Expendable (Sarflanuvchi) ya'ni Niflheim muz sayyorasini mustamlaka qilish uchun yuborilgan inson ekspeditsiyasining bir martalik ishchisi. Har safar o‘ta xavfli, o'lib ketish mumkin bo'lgan vazifa paydo bo‘lganda, ekipaj Mikkiga murojaat qiladi. Bir nusxasi halok bo‘lgach, uning xotiralarining aksariyati saqlanib qolgan holda yangi tana qayta tiklanadi. Mikki Midgarddagi qarzlaridan va zerikarli hayotdan qochish uchun bu ishga rozi bo‘ladi.

Olti marta halok bo‘lganidan so‘ng, Mickey7 o‘z shartnomasining mohiyatini... va nima uchun u kelganida faqat shu lavozim bo‘sh qolganini tushunib yetadi.

Ushbu g'aroyib sarguzashtlarga boy romanning davomini ham birato'la xarid qildim. Endi film premyerasigacha o'qishni boshlashim kerak.

@panda_books
Beliz davlaatining yangi banknotlarida Yelizaveta II surati olib tashlandi, ammo Karl III ning surati qo‘yilmadi

2025-yil 23-yanvarida Beliz Markaziy banki De La Rue kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va chop etilgan yangi banknotlar seriyasini taqdim etdi.

Zamonaviy Beliz 1981-yilda Britaniya Gondurasidan mustaqil davlatga aylangan. (Ushbu mamlakatni qo‘shni Gvatemala uni o‘nlab yillardan beri davlat sifatida tan olishni rad etib, chegarani uzuq-yuluq chiziq bilan belgilab, hududning deyarli 2/3 qismiga da’vo qilmoqda) Bu yil banknotlarning yangi turkumi muomalaga chiqarildi. Beliz dollarlarida mamlakatning diqqatga sazovor joylari tasvirlangan bo‘lib, 50 dollarlik kupyurada maya xalqining qadimgi yodgorliklari aks ettirilgan.

Bu dollarlarning aylanishidagi muhim element ham yangilanish - Yelizaveta II suratining olib tashlanishi, ammo Karl III ning surati qo‘yilmagani bo'ldi. Markaziy bank matbuot bayonotida bundan buyon mustaqillik uchun kurashgan mahalliy qahramonlar sharaflanishi aytilgan (mustaqillik kafolati uchun Britaniya garnizoni esa baribir qolgan. Yangi dizayn Beliz madaniyatini ulug‘lovchi bo‘lib, unda Milliy qahramon, eliz Vakillar palatasining Albert okrugi bo‘yicha a’zosi bo'lgan, muharrir, aktivist va siyosat arbobi Filipp Goldsonning tasviri joy olgan.

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Madlen Miller — "Kirka"

Quyosh tangrisi va Titanlarning eng qudratli hukmdorlaridan biri Heliosning xonadonida qiz farzand dunyoga keladi. Unga Kirka (ruscha tarjimada Sirseya) deb nom berishadi. Uning onasi nimfa bo'lgani uchun u katta ma'buda emasdi, otasining qudrati ham meros o'tmagandi unga. Ammo hayot Kirkaga o'ziga xos taqdir belgilab qo'ygan edi...

Madlen Miller bizga o'zining ushbu mifologik romani orqali Yunonlar eski dini, afsona va rivoyatlarini yangitdan tanishtiradi. Umuman, kitobni 3 ta katta qismga bo'lish mumkin: a) Tangrilar va ularning g'azabi; b) Taqdir (moiralar bashorati); c) Evrilish.

Ha, yunonlar o'zlari yaratgan afsonalarga ishonganlar. Lekin ideologik ma'noda. Ular Olimpni boqiy, ko‘z ilg‘amas, jisman emas, metafizik saltanat sifatida tasavvur etganlar. Ular ulkan qobiliyatlarga ega edilar. Yangiliklarni bir zumda butun dunyoga yetkazadigan Hermes, jilovlanmas jinsiy quvvati bilan millionlab erkaklarni aqldan ozdiradigan Afrodita.. Yunon ma'budlari boqiy edilar, ammo bu ularni salobatli qilib qo'ymasdi. Ular hamisha kayf-safo, sharob, shahvat va g'iybatlar bilan band edi. Zevsdan tortib barchasi boqiylar bilan kifoyalanmasdan, Zaminga tushib insonlar bilan ham aloqa qilardi (bundan yarim ma'budlar tug'iladi). Hatto Helios o'zi buqaga aylanib, oppoq sigirlari bilan qovushishini eshitgan Kirkani tasavvur qiling

Shuningdek, Madlen bizga ma'budlarning boshqa tarafini ham ko'rsatadi. Ya'ni "Tangrilar jazosi" haqidagi klassik arxetipik tushuncha. Qadimdan beri antik dramaturglar bizga bir xil xabarni yetkazib kelishgan: "Quyoshga juda yaqin uchishga" va "ma'budlarni aldashga urinma" - ular bunday narsalarni yoqtirishmaydi va albatta seni jazolashadi. Ular seni aqldan ozdiradi yoki yo‘q qiladi. Prometey, Ikar, Sizif, Odissey, Gerakl, Edip, Yason va yana o‘nlab shunga o'xshash rivoyatlarga e'tibor bering, barchasida u yoki bu tangrining g'azabi tufayli begunoh insonlar halok bo'ladi yoki qahramonlar mislsiz qiyinchiliklarga duchor bo'lishadi.

Ikkinchi muhim element, bu Taqdir. Kirka misolida bu uning yaqinlari misolida bir necha bor gavdalanadi. Chunki ma'budlarning ham kuchi yetmaydigan narsalar bor, masalan, moiralarning bashoratini ular ham yo'q qila olmaydilar. Barchaning taqdiri peshonasiga yozib qo'yilgan, bundan qutulishning esa iloji yo'q. Ammo tanlov bormi?

Kirka. Ilohligidan bunchalar darajada nafratlanadigan iloh boshqa yo'q edi. U otasining dahlizida yurgan kezlaridayoq ilk evrilishni amalga oshiradi va foniy sevgilisini boqiy qiladi. Keyinchalik orolga surgun qilinganida farmakiy'ni o'rganib, jodugar maqomini ham oladi va biladiki, bu dunyoda tangrilarning ham kuchi yetmaydigan qudratlar mavjud. Buni oldiniga qoni va ildizlarga bog'laydi, ammo keyinchalik bir haqiqatni anglab yetadi - sevgi. Nihoyatda qudratli kuch. Uni oldida qudratli Afina ham ojiz, Hermesning ayyorligi ham befoyda. Kirka buni qanday tushunib yetadi? Kitobni o'qisangiz, o'zingiz ham amin bo'lasiz.

Kitob menga manzur bo'ldi, deyarli tanafffussiz 4 kunda o'qib tugatdim. Tarjima yaxshi, ravon chiqqan. Ha, do'stimiz Mirzohid ko'p joylarda qo'lingizga O'zbek tilining izohli lug'atini olishga majbur qilsa-da, mutolaadan zavq ola bilasiz.

Yunon mifologiyasi va qahramon psixologiyasiga qiziqqanlar uchun yaxshi tanlov.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Antik Ijtimoiy tarmoq davri

Hamma oʻzgaradi.

Bugun Odnoklassnikida 10 yildan beri ishlatilmay yotgan profilimni topib oldim. Nickname boshida boshqacha edi, Romeomi qandaydir shunaqa ishqilib:) U paytlar qanday jinni boʻlgan ekanman deb kuldim. Masalan, men ham bir paytlar sh oʻrniga w ishlatganman. U paytlar Odnoda shunaqasi moda edi:)

Hayolga nima kelsa yozilardi. Bolalar internetdan takoy iqtibos, boʻri yo sherni rasmi yo mashina qoʻysa, qizlar gullar, chiroyli qizlar yoki romantik joylarni qoʻyardi..

Lekin muloqot ancha jonli edi hozirgidan. Matnlar uzunroq yozilardi, chunki javobi kelguncha vaqt o’tardida.. Botlar deyarli yo’q, lekin nicknamelar bor edi hammada. Ammo biz kim-kimligini bilardik. Xullas, juda qiziq davr edi..

Qissadan hissa, Odnodagi profilimni tag-tugi bilan oʻchirib, chiqib ketdim.

@boredpandablog
To‘rtburchak dunyoni devorga osdim.
(Deraza... Tashqari... —suratdan kammi?)
Va seni sog‘indim... Nimadir yozdim...
Evoh, Dilga yaqin keltirdim g‘amni...

Usmon Azim

@panda_books
#tavsiya

Ideal dunyo haqidagi fikrlaringizni butunlay o'zgartirib yuboradigan 15 ta antiutopik kitob

Jorj Oruell - "1984"

Rey Bredberi - "Farengeyt bo'yicha 451 daraja"

Oldos Xaksli - "Jasur yangi dunyo"

Jorj Oruell - "Molxona"

Yevgeniy Zamyatin - "Biz"

Entoni Byordjess- "Mexanik apelsin"

Tatyana Tolstaya - "Кысь"

Andrey Platonov - "Xandaq"

Kurt Vonnegut - "Beshinchi qushxona yoxud bolalar salib yurishi"

Aleks Garland - "Plyaj"

Loren Oliver - "Delirium"

Stiven King - "Yuguruvchi odam"

@panda_books
Forwarded from Mutolaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Menga yosh o‘quvchilarga ajdodlarimiz merosi va qadriyatlarini sodda tilda yetkazish niyatida yaratilgan "Ildiz" to'plami qiziq tuyuldi.

G‘oya juda ajoyib – bolalarda milliy g‘urur va vatanparvarlikni shakllantirish. Ammo bu maqsadga erishish kitoblarning nafaqat mazmuni, balki ularning ta’sirchanligi va bolalarga qanchalik qiziqarli ekaniga ham bog‘liq. Asosiysi, yosh avlod ushbu kitobchalardan ilhom olib, o‘z tarixini anglash va qadrlashga intilsinlar!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizlarniyam shunaqa nima so'rasangiz "Ha, buni o'qiganman!" deydigan tanishlariz bormi?:)

@panda_books
​​#tarjima

Nikohda baxt shunchaki o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan narsa emas. Yaxshi nikoh yaratiladi.

Qo‘l ushlashib yurish uchun hech qachon kech emas. Har kuni hech bo'lmasa bir bor "Seni sevaman" deb aytish uchun. Janjallashgan holda yotoqqa bosh qo'ymaslik lozim. Har qanday sharoitda ham bir-biringizning xatti-harakatlaringizni oddiy hol deb qabul qilmang. Bir-biringizga e’tibor va g‘amxo‘rlik asal oyi bilan tugab qolmasin, balki umr bo‘yi davom etsin. Hayotda birga qadam tashlang. Butun oilani birlashtiradigan mehr doirasini yarating. Burchingiz tufayli emas, balki quvonch ulashish uchun bir-biringizga nimadir qiling. Minnatdorchilik so‘zlari aytib, shukronalar bildiring.

Sabr-toqat, tushunish va hazil tuyg‘usini rivojlantirish zarur. Kechira olish va unutishni o‘rganing. Gap shunchaki kerakli insonga turmushga chiqish (uylanish)da emas. Gap o‘zingiz kerakli inson bo‘lishingizda.

Pol Nyumanning to‘y kuni rafiqasiga yozgan maktubidan


@panda_books
Maktabim kutubxonasi

Men 2 ta maktabda oʻqiganman, birinchisi (raqamiyam 1-edi) katta va chiroyli maktab edi, boshlang’ich sinfda yaxshi ustoz borligi uchun uydagilar meni bir yil burunroq maktabga berishgan. Bu maktab haqida hali alohida yozarman.

Ikkinchi maktabim juda kichkina, harob binoda joylashgan maktabcha edi. Ammo unga oʻqituvchilari juda kuchli boʻlgani uchun oʻtkazishgan.

Boshlangʻichlarga kutubxonaga kirishga ruxsat yoʻq edi, 2-sida esa kiradigan kutubxona atigi 2 katta tokchadan iborat edi. Maktabni byudjeti shahardagi eng kamlaridan biri boʻlgani uchun kitoblar vaqtida yangilanmas, yangi bino qurilib bitmagandi.

Maktabda yosh botanik boʻlganman. Bu sir boʻlmasa kerak. Men oʻz dunyomda yashardim. Samimiy, betashvish va goʻzal. Har kuni uyda darsdan keyin kitob oʻqib yotar, darsda hammadan oldin javob berib, “5” koʻp olishga intilardim. Lekin meni ham chegaralarim bor edi. Matematikani xushlamasdim, tenglamalar qiyin tuyulardi. Natijada aniq fanlardan nari yura boshladim. Mening ta’bimga adabiyot, geografiya, tarix va shu kabi erkin, gumanitar fanlar mos chiqdi.

Xullas, oʻtlab ketdim. U paytlar zoʻr kitoblar oʻqishga intilmasdim, borini oʻqib ketaverardim. Kutubxonada bor boʻlgan kitoblardan esimda qolgani esa Bulgakovning “Usta va Margarita”, Mirzakalon Ismoiliyning “Fargʻona tong otguncha”, Stendalning “Qizil va qora”, “Parma ibodatxonasi” kabi kitoblar edi.

Esimda qolgani shular, balki oʻtirib oʻylansam yana nimadurlarni eslarman. Xullas, yaqinda shu kitoblar haqida taqriz yozmoqchiman, “Maktab kutubxonasi” turkumi qilarman, bilmayman, vaqt topolsam..

Bitta kitobmi ikki xil davrda oʻqib, ikki xulosa qilish boshqacha baribir..

Sizdayam maktabda oʻqigan kitoblaringizni qayta oʻqiganda taassurotlar oʻzgacha boʻlganmi?

@panda_booka
2025/07/05 05:50:18
Back to Top
HTML Embed Code: