Telegram Web Link
🤍Dadalar kuchliroq his qiladi buni…
Forwarded from Panda Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bestsellerlar, blurblar va Factfulness haqida ba'zi yaxshi gaplarni aytgandim.

Podcastni to'liq tomosha qilish

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Deymon Zahariedes — "30 kunlik samaradorlik"

Men odatda bunday kitoblar o'qimayman. Ularning foydasiz deb bilganim uchun emas (lekin ko'pchiligi rostanam foydasiz), balki bunchalik ko'p rejalashtirishni yoqtirmaganim uchun. Yana hayotda hamma narsamni rejali qilishni istamaganim uchundir, bilmadim. Oxrigi bu tipdagi o'qigan yaxshi kitobim bu - "Atom odatlar" edi. Ammo undagi tavsiyalarni ham 100% bajara olmaganman)

Lekin Zahariedesning kitobini qattiq stress bergan Soljenitsindan keyin yengilroq nimadur qidirib, yana hozir yana student bo'lganim uchun, ko'p vaqtimni samarali va unumli sarflash maqsadida shunday tavsiyalarga muhtojligim vajidan oqib chiqdim.

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, kitob 30 ta bobdan iborat. Boblar qisqa bo‘lib, har birida uchta bo‘lim mavjud. Unda ma’lum bir qiyinchilikni va uning namoyon bo‘lishini tasvirlanadi, keyin bu qiyinchilikning samaradorligingizga qanday ta’sir qilishini tushuntiriladi va so'ngra ushbu muammoni yengish uchun bajariladigan harakatlar ketma-ketligi keltiriladi. Unda ko‘rsatilgan qoidalarni darhol qo‘llash mumkin bo‘lgan tarzda yozilgan. Keyinga qoldirmasdan, aynan shu yerda va hoziroq.

Kitobni aynan 30 kun davomida, kuniga bir bobdan o‘qish shartmi? Yo‘q. Har kim o‘z taqdirining ijodkori. Muallif ham shu fikrda. Olingan ma’lumotlarni qanday samaraliroq o‘zlashtirish va ulardan foydalanishni o‘zingiz yaxshiroq bilasiz. Balki siz kitobni ko‘zdan kechirib, barcha asosiy tushunchalar va foydali usullarni darhol eslab qoladigan noyob iste’dod egalaridandirsiz? Bunday holda, kitobni bir necha soat ichida bemalol o‘qib chiqavering.

Kitob kimga mo'ljallangan? U "ishlari juda ko'p-u, lekin vaqtim yo'q deb shikoyat qiladiganlar", "ijtimoiy tarmoqda ko'p vaqt o'tkazadigan" va "diqqatini jamlashga qiynaladiganlar uchun" ayni muddao. Oldin kitobni o'qib chiqasiz, kerakli joylariga e'tibor qaratasiz, lekin hali hech nima qilish shart emas. Keyin esa ikkinchi bor kiotbni qo'lga olasiz. 30 kun chellenj qilib, undagi barcha tavsiyalarni imkon qadar o'zingizning hayotingizga kiritishga urinib ko'rasiz. Samarasi va tajalgan vaqtlarni hisoblaysiz. Olingan hisobotlarni 30 kundan keyin oldingi davringiz bilan solishtirasiz. Agar natija bersa, demak men sizga yaxshi tavsiya qilgan, muallif yaxshi bir kitob yozgan bo'ladi. Natija bermasa ham siz baribir ko'p foydali odatlarni o'zlashtirib olasiz. Win-win.

Barchaga muvaffaqiyatli va samarali kun tilayman!

@panda_books
💰 Bitta kitob oʻqib, 5.000.000 soʻm yutib olishni xohlaysizmi?

🎁
“Mutolaa” jamoasi siz, aziz kitobxonlarni xursand qilish uchun bir qator syurprizlar bilan Ramazon tuhfasini tayyorlab qoʻydi.

• 5000ta
BEPUL “Mutolaa Premium”
Pul mukofoti, noutbuk, planshet, quloqchin va 100 kitoblar sovgʻalari
• Katta kitobxonlik tanloviga start
• Sirli mehmon spiker nutqi
• 3500dan ziyod BEPUL kitoblar

Bularning barchasi haqida
28-mart, 19:30 jonli efirda bilib olasiz.

— Suhbatda qatnashish uchun quyidagi kanalga oʻtib oling:

https://www.tg-me.com/+4Ehww3ybXW8yZjMy
https://www.tg-me.com/+4Ehww3ybXW8yZjMy
https://www.tg-me.com/+4Ehww3ybXW8yZjMy

#reklama
Bir vaqtlar juda betoqat eding, doimo shosharding, vaqting yetishmasdi. Endi senga vaqt mo‘l-ko‘l vaqt berildi, sen uning oylari va yillari bilan to‘yinding, orqada ham, oldinda ham – va tomirlaring bo‘ylab fayzli tinchlantiradigan suyuqlik – sabr-toqat tarqalmoqda.

Sen ko‘tarilyapsan...

Ilgari sen hech kimni kechirmasding, shafqatsizlarcha hukm chiqarar va shunchalik beadab maqtardingki – endi hamma narsani tushunish yumshoqligi sening qat’iy bo‘lmagan fikrlaringning asosiga aylandi. O‘zingni zaif deb bilsanggina, boshqalarning zaifligini tushuna olasan. Va boshqaning kuchidan hayratlanasan. Va uni o‘zlashtirishni istaysan.

Oyoq ostidagi toshlar shitirlaydi. Biz ko‘tarilyapmiz...

Yillar o‘tishi bilan yuragingni va butun tanangni zirhlangan chidamlilik qoplaydi. Sen savollar berishga shoshilmaysan, javob berishga ham shoshilmaysan, tiling yengil tebranish qobiliyatini yo‘qotgan. Ko‘zlaring yaxshi xabardan quvonchdan porlaydi va g‘am-g‘ussadan qoraymaydi. Chunki bu shunday bo‘ladimi-yo‘qmi, hali tekshirib ko‘rish kerak. Yana nima quvonch-u, nima qayg‘u ekanini ham tushunib olish lozim. Endi sening hayot qoidang shunday: topganingdan quvonma, yo‘qotganingdan yig‘lama. Ilgari quruq bo‘lgan qalbing endi azob-uqubatdan namlanadi. Yaqinlaringni bo‘lmasa-da, biroq endi ruhan yaqinlaringni sevishni o‘rganasan. Tutqunlikda seni o‘rab turgan ruhan yaqinlaringni. Ko‘pchiligimiz tan olamiz: haqiqiy do‘stlikni ilk bor aynan tutqunlikda bildik! Yana oldingi hayotingda atrofingda bo‘lgan, seni sevgan, sen esa ularga zulm o‘tkazgan qondosh yaqinlaringni... Mana sening fikrlaring uchun minnatdorlik va tuganmas yo‘nalish: avvalgi hayotingni qayta ko‘rib chiq. Barchasini esla…

@panda_books
Sivilizatsiya shunday oʻladi..

@panda_books
​​“Har doim o’qishga vaqt topadigan odamlar”

Yaqinda London metrosida ketayotib, bir ayolni ko’rdim. Qo’lida eski, uvadalanib ketgan muqovali kitob. Yonida oddiy telefoni, lekin u ekran emas, sahifa varaqlayapti. Shunga oʻxshash holatni siz ham koʻp bora koʻrgandursiz.

O‘qishga vaqt yo‘q degan bahona aslida ko‘p hollarda o‘zimizni ovutishdan oʻzga narsa emas. Istalgan kishi ish orasida bir bet o‘qiy oladi. Yoki uyqu oldidan ikki sahifa. Yoki doʻkonda/ish bilan biror joyda navbat kutayotib. Ular ko‘p o‘qimaydi, lekin doim o‘qiydi.

Kitob bu — vaqt topolmaganingda ham seni kutib turadigan do‘st. Sen besh daqiqa bersang ham, u seni o‘sha besh daqiqada boshqa goʻzal joylarga olib ketadi.

Shu sabab, telefonni bir chetga qo‘yib, hoziroq huv oʻsha tashlab qoʻyganiz 3-sahifadan boshlang. 300-sahifalik sayohatlar ana shunday boshlanadi.

@panda_books
#news

“Mamlakat Oltin Fondi Hamjamiyati” tuziladi

Bu haqida bugun Prezident huzuridagi taqdimotda taklif bildirilgan. Maqsad chet elda o‘qigan yoshlarni vatanimizda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlash. Bu borada “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati”ni tuzish taklif etilmoqda. U orqali iqtidorli yoshlar yagona platformada birlashtiriladi. Xorijda ta’lim olib qaytganlar uchun imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boshqa imkoniyatlar yaratiladi. Har yili 25-mayda hamjamiyat qurultoyi o‘tkazilib, unda ta’lim islohotlari, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, chet el oliygohlari tajribasi kabi mavzularda muloqot yo‘lga qo‘yiladi.

Bu asosan “El-yurt umidi” Jamgʻarmasi orqali horijda oʻqib qaytadigan yoshlarga taalluqli boʻlishi aytilmoqda.

Umuman olsak, bu juda yaxshi xabar. Yaqinda yana “El-yurt Umidi” navbatdagi tanlov oʻtkazadi. Topshiringlar.

@panda_books
50 yil oldin ertalabki Telegram xabarlarni o'qish....

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Aleksandr Soljenitsin — "GULAG Arxipelagi"

3 tom, 7 qism, 64 bob, 2048 sahifa. Yillar davomida ortga cho'zib yurgan ishimni shu oy bajardim. Soljenitsinning eng katta asarini audio/eversiyada o'qib chiqdim. Va shu bilan hayotimdagi eng katta kitoblardan biri bilan ham tanihdim.

Soljenitsin — og‘riqni qog‘ozga ko‘chira olgan yozuvchi. "Gulag arxipelagi" — bu roman emas. Bu guvohlik. Sovet soyaboni ostiga biriktirilgan yuzlab xalqlarning jim bo'lishga majbur qilingan davrlaridan bizga yetib kelgan qichqiriq. Nido. Biroq Soljenitsin o'zi qichqirmaydi, uning yozmishlari juda jo'yali, jiddiy va bosiq ifoda etiladi. U bo'lib o'tgan voqealarni imkonq qadar xolis tahlil etadi, ilmiy, siyosiy va iqtisodiy tomonlarini mantiq taroziga qo'yib ko'radi, o'quvchiga puxta, pishiq matn taqdim etadi.

Eng dahshatli narsa sodir bo‘lgan voqealarning o'zi emas, balki bu voqealarning qanchalik oson yuz berganida. davlat apparatining qanday qilib xalqqa dushman va bir paytni o'zida xalqning o'zini bir-biriga dushman qilib qo'yganida. Sizni 25 yilga Gulagga shunchaki o'z qo‘shningiz sotib berishi mumkin edi. Yoki siz kirgan do'kon sotuvchisi. Farrosh, Xaridor yoki ko'chada notanish. Soljenitsin bekorga asarini "Арест" (Hibsga olish) bobi bilan boshlamaydi.

Oruellning "Erkinlik bu - qullik" va "Johillik bu - kuch" iboralari aynan Soljentsin ta'riflagan "GULag orollari"ga mos tushadi.
Agar Soljenitsin asarini oruellcha ta'riflaydigan bo'lsak bu tahminan quyidagicha bo'lardi"
Soljenitsin nafaqat tizimni fosh qildi. U fikrlash tarzini fosh qildi:
"Sadoqat vijdondan muhimroq";
"Qo‘rquv adolatdan afzalroq";
"Sukut gapirishdan xavfsizroq".

Nega orollar? Chunki butun SSSR hududi bo'ylab, ayniqsa, uzoq va sovuq o'lkalarida xuddi ulkan ummondagi orollarni eslatib yuboradigan minglab mahbuslar lagerlari paydo bo'ladi. Soljenitsin bu asarida totalitar tuzumning barcha kirdikorlari, g'ayriinsoniy harakatlari, mahbuslarga nisbatan o'ta shafqatsiz munosabatlari, aldov, yolg'on, terror, adolatsizlik va qullik holatlarini bo'y-basti bilan ko'rsatib beradi. Muallif faqat shaxsiy tajribasiga tayanibgina qolmay, balki 227 ta "mahbuslar"ning hikoyalaridan ham foydalangan. (afsuski hammasini ism-sharifi saqlanib qolmagan).

Kanalda "Soljenitsin" deb qidiruv bersangiz, bu oy davomida kitobdan olgan kichik tarjima postlarim bilan tanishishimgiz mumkin. Undan ham ko'proq qilgan bo'lardim, ammo vaqt yetmadi bunga. Va eng yaxshisi, albatta kitobni bir boshidan o'zingiz o'qib chiqishingizdir.

Kitobni o'qish yoqimli bo'ladi deb aytolmayman. Chunki bu mutlaqo yoqimli va qulay mutolaa emas. Bu eng bag'ritosh odamni ham qalbini yumshatadigan asar. Va bu bizga begona emas, ayni siz va bizni bobolarimiz ushbu hayotni yashab o'tganlar, qanchadan-qancha o'zbeklar aybsiz, sudsiz va nohaq qamoqlarga yuborilgan, oq nomi qoralangan, oilalar barbod bo'lgan.

Qachondir bu kitob o'zbek tilida to'liq tarjima bo'lib, maktab darsligi adabiyotlaridan joy olishiga umid qilib qolaman.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Ochlik. Aslida juda kuchli jismoniy va ruhiy holatni yuzaga keltira oladigan qiziqarli holat.

“Huzur” @huzurkitoblari nashriyoti kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bilan qutlab mashhur norveg adibi, 1920-yilgi Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsunning “Ochlik” kitobini va tabrik otkritkasi joʻnatibdi. Juda xursandman! Qaytishim bilan albatta oʻqib chiqaman!

Soʻnggi bor ushbu nashriyotning “Qora suyaklar” kitobini tavsiya qilgandim, bu asar ham soʻzsiz readlistingiz oʻrin olishiga aminman.

@panda_books
Trend ❤️

#ghibli
Qadrli do’stlar, barchani kirib kelgan qutlugʻ Ramazon Hayiti bilan tabriklayman!
Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, ibodatlaringizni va qilgan savoblaringizni dargohida qabul qilsin. Sizga va oilangizga tinchlik, sog‘lik-salomatlik va barakali hayot tilayman!

Hayit muborak bo‘lsin!
@panda_books
Forwarded from Panda Books
#nazm

Bir odam izladim…
izladim g‘arib,
jufti yo‘q burgutday xunuk qishladim.
Kezdim armon to‘la bir jom ko‘tarib,
malaklar yig‘ladi, itlar tishladi…

Umring uzoq bo‘lsin, ey daryojonim,
husningga hirs bilan nazar solmadim.
Zanjirlar tovshiga to‘lganda yodim,
o‘zingdan o‘zga bir dildor qolmadi.

Qolmadi bir ilinj,
ishonch qolmadi,
vahshiy daholarning makri bilindi.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
qizg‘onib opqochdim daryo dilimni.

Bu chirkin og‘izlar…
singan kallalar,
ig‘vodan, bo‘htondan osilgan tillar…
Hirslar lashkarlari bosgan pallada
shohlarin bo‘g‘izlab tashlagan dillar.

Bu quyosh xo‘rlangan,
bu oy zo‘rlangan…
zarlari talangan bu sodda jabal.*
Qon, aroq,peshobni emib to‘ralgan
buvaklar bo‘kirib yig‘lagan mahal

yo Xudo, dedimu,
nurlar o‘ynagan
peshonam ilk bora tuproqqa tegdi,
yo Xudo, dedimu
erkin gullagan
daryodil samoga dilimni berdim.

Umring uzoq bo‘lsin,
ey daryojonim,
kechalar qarida bir gul yig‘ladi,
yuzimga sachradi bir bulbul qoni,
ko‘nglimga bu dunyo nechuk sig‘madi?!

Nechuk bag‘ringdaman,
kimning ishqida,
Nechuk yolvoraman umringni tilab?
Ulkan jasadimni toshlar ichida
yuvarsan eng nozik qo‘llaring bilan.

Aytgil, ey daryojon,
bormidi zulm?
Tog‘lar silsilasin buzvordi nola:
«Gullarning bargini yemagan gulim,
bulbullar qonini ichmagan bolam.»

— Shavkat Rahmon

@panda_books
Zakovat savoli:

Kundalik ro'zg'orda ishlatiladigan qaysi buyumning futuristik shakli bu?


Google qilmasdan, Javoblaringizni izohda qodliring.

@panda_books
Panda Books
Zakovat savoli: Kundalik ro'zg'orda ishlatiladigan qaysi buyumning futuristik shakli bu? Google qilmasdan, Javoblaringizni izohda qodliring. @panda_books
Javob rasmda: Ha, bu apelsin/limon kabi mevalarni siqib sharbat olgich. Hoziram sotuvda bor ekan, futuristic chalg'itgan bo'lsa kerak sizlarni)

Universitetda Digital Media, Online Persuasion and Behavioural Change degan modul tanlaganman.

O'sha bo'yicha ilmiy ish qilib o'tirib shu kitobni varaqlab chiqyotudim. Qiziq muqova va qiziq kitob:)

O'zi o'qiydigan ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblarimni ham ko'proq joylab borsammikan yo?

@panda_books
2025/07/03 14:23:47
Back to Top
HTML Embed Code: