Telegram Web Link
#sarhisob #mart

Oy Sarhisobi.


Mart oyi, umuman, 2025-yilning 25%i o'tib bo'ldi allaqachon. Qishdan eson=omon chiqishga ulgurmay o'qishlar ko'payib ketdi, Ramazon oyini ilk marta uydan olisda o'tkazdim, imtihonlar yaqin....Xullas, juda bir yengil oy bo'ldi deyolmayman.

Yana mazoxistligim tutib Soljenitsin 3 tomini o;qib chiqishga o'zimni majburladim. Mana endi yana bir oyni tugatib sarhisob qilayapman. Umuman kanalda bu 5-yil sarhisob qilishim. Yaqinda kanalga 5 yil to'ladi...

Xullas, kitob o'qishdan to'xtamaylar...

O'qilgan kitoblar:

♻️ Xurshid Davron — "Bibixonim qissasi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Mixail Bulgakov — "Ityurak"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Deymon Zahariedes — "30 kunlik samaradorlik"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Aleksandr Soljenitsin — "GULAG Arxipelagi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing


Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Kanal hoshiyasidagi bitiklar
👉 Konslagerlarni birinchi kim o'ylab topgan?
👉 Maksim Gorkiy
👉 Muhimi - natija (?)
👉 “GULAG Arxipelagi” haqida
👉 Jasoratning pasayishi (Падение мужество)
👉 “Har doim o’qishga vaqt topadigan odamlar”

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#haqida

Yaqinda Londonda bir o'zbek oshxonasiga kirdim. Iftordan oldin, hech kim yo'q. Girgitton qiz kutib oldi. "Hi" dedim, keyin "O'zbekmisiz?" deb so'radim, "Ha, assalomu aleykum!" dedi. O'zbekistondan olisda o'z tilingda gaplashish yoqimli albatta. Lekin qizig'i, u yerda bitta rusiyzabon qiz ham ishlarkan. Xo'jayin va barcha ishchilar (men ko'rgan) o'zbek va tabiiyki, anavi qizga ham o'zbekcha gapirishardi, uyam o'zbekcha javob berishga harakat qilardi. "Govorite mne po russki" deyoladimi u qiz? Yo'q, chunki bu 100% xo'jayin talabi, xohlamasa ishsiz qoladi. G'arbga kelsangiz, ruslarning ham biz bilan TENG oddiy bir xalq ekanini ko'rasiz. Bor-yo'g'i shu. Nega bizda ular o'zlarini bunday tutishiga yo'l qo'yamiz?

Kecha Aktivist aytib chiqqan holat achinarli tomoni shuki, bu xuddi Rossiyaning qaysidur shahrida bo'ltgandek taassurot qoldiradi. Masalan, o'zim Maksim Gorkiyda 4 yil yashaganman, bilaman u yerda qanaqa ahvol. Elita tabaqaning katta qismi uyida ruscha gaplashishini ham bilamiz. Bu bitta BONmas, shahar bo'ylab qanchasi shunaqa holatda. Xo'sh nega? Albatta, ataylab qilinadi. Bu bizning kolonial o'tmishimizni eslatib turish, "madaniyatli" insonlar rus tilida gapiradi" degan signal berish. Bo'lmasa 90% xaridori o'zbek bo'lgan qahvaxonalar shunday qiladimi?

Aktivist aslida ulardan xafa bo'lmasligi kerak, chunki ular bizdagi deputatlar va xalqning bunga e'tiborsizligidan zo'r foydalanishyapti, xolos. Masalan, ular Gruziyada shunday qila oladimi? Lola Gruziyada Zara do'konidan qanday sharmandalarcha quvilganini eslang. Bizda hali ungacha yetib kelgani yo'q, ammo shuni kutishimiz shartmi?

Kolonial komadan chiqaylik nihoyat, rasmiy muloqotda YAGONA ALIFBOni tanlaylik, O'ZBEK tilini DAVLAT tili ekani shunchaki gap bo'lib qolmasin. CHetga chiqsangiz bilasiz, hamma o'z TILINI qanchalik hurmat qilishi va qo'llab quvvatlashini. Aslida buni Aktivist aytadigan paytgacha olib kelmaslik kerak edi. U haq. Hammasi to'g'ri. Bu bitta misol xolos.

Bitta narsa tushunaylik: BU DUNYODA O'ZBEK TILI USTUVOR BO'LADIGAN BOSHQA O'ZBEKISTON YO'Q!

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

Muallif: Omon Matjon. “Turgʻunlik yillari” she’riy dostonidan parcha. 1989-yil.

Oʻqidi: Panda Books.

@panda_books
Qay biri kuchliroq qurol?

@panda_books
​​Populizm haqida yoza turib, menga uning ilmiy tavsifi qandayligi lozim bo'ldi.

Oxfordning "A Very Short Introduction"ida shunday deyilgan:

"Populizmning asosiy xususiyatlari borasida ilmiy kelishuv yo‘q bo‘lsa-da, uning barcha ko‘rinishlari "xalqqa" murojaat qilish va "elita"ni qoralashni o‘z ichiga olishi haqida umumiy fikr mavjud. Shu bois, populizm doimo hokimiyatni tanqid qilish va oddiy xalqni ulug‘lashni nazarda tutadi, deyish mumkin. Aniqroq aytganda, biz populizmni jamiyatni ikki bir xil va qarama-qarshi lagerga - "sof xalq" va "poraxo‘r elita"ga bo‘lingan deb hisoblovchi, hamda siyosat xalqning umumiy irodasi (volonté générale) ifodasi bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydigan "yupqa-markazli mafkura" (thin-centered) sifatida ta’riflaymiz.

...Mafkura - bu inson va jamiyat tabiati, shuningdek, jamiyatning tuzilishi va maqsadlari haqidagi me’yoriy g‘oyalar majmuidir. "Yupqa-markazli" degani sodda qilib aytganda, bu dunyo qandayligi va qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi qarashdir. "Qalin markazli" mafkuralardan (masalan, fashizm, liberalizm, sotsializm) farqli o‘laroq, populizm cheklangan tuzilishga ega bo‘lib, u boshqa mafkuralarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi va ba’zan hatto ularga singib ketadi. Aslida, populizm deyarli har doim boshqa mafkuraviy unsurlarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi, bu esa keng jamoatchilikka jozibali siyosiy loyihalarni ilgari surish uchun juda muhimdir. Shu sababli, populizm o‘z-o‘zidan zamonaviy jamiyatlar keltirib chiqaradigan siyosiy savollarga na murakkab, na keng qamrovli javoblar bera oladi."

@panda_books
Latin

Umuman olganda, butun dunyo lotin tilida gaplashsa kayf boʻlardi…)

Lotincha sevimli iboralaringiz yozib ketishingiz mumkin.

@panda_books
#muqova

Goʻzal Yaxinaning “Samarqandga yoʻl olgan Eshelon” kitobining shu muqovasi yoqdi..

@panda_books
#xayriya

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda taniqli shoir, tarjimon va madaniyat arbobi Yo‘ldosh Eshbek haqida og‘ir xabar tarqaldi. U Chilonzordagi sobiq yotoqxonada, ayoli, nogiron farzandlari va nabiralari bilan bitta kichik oshxonada yashayapti ekan. Ko'zlari esa endi ko‘rmaydi. U tarjima qilgan kitoblar, yozgan she’rlar, yurt uchun qilgan xizmatlar endi unga chiroq bo‘la olmayapti. Yostiqday qalin kitobni ko‘rsatib: “Yarmini tarjima qilishga ulgurdim, ishim chala qoldi”, – deya afsus qilgan uni ko'rishga borgan Farruh Jabborbekka.

Hozirda bu holatga bee'tibor bo'lmagan ziyoli qatlam vakillari, kitobxonlar u kishiga qo'ldan kelgancha yordam bermoqda.

Bu borada “Akademnashr” yana bir xayrli ishga qo‘l uribdi: “Turk she’riyati antologiyasi” — u kishining eng so‘nggi mehnatlaridan biri. Hozir bu kitob sotuvda va endilikda kitob sotuvidan tushgan pulning 100 foizi tarjimon Yo‘ldosh Eshbekka beriladigan bo'libdi. Eng kamida, uni sotib olish orqali tarjimonni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Albatta, qurbi yetganlar bundanda ziyoda ishlar qila oladilar.

Kitobda quyidagi shoirlarning asarlari joy olgan:
Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot va boshqalar.

📙 Faqat 690 dona qolgan.
Narxi: 52.000 so‘m.

📥 Buyurtma uchun:

Pulni quyidagi kartalardan biriga o‘tkazing:
👉 UZCARD: 5614 6819 0845 2158
👉 HUMO: 9860 0601 0240 9871
👉 VISA: 4195 2500 4062 3413
(Farrukh Djabbarov)

Va Chekni @YaxshilikQil_bot ga yuboring.

🚚 Toshkent va viloyatlarga yetkazib berish xizmati bor.

"O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimaiki nafaqa qilsangiz, albatta, Alloh uni o‘ta biluvchidir". (Oli Imron surasi, 92-oyat).

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#haqida

Qozog'iston madhiyasining g'alati tarixi

Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" romanida muallif qamoqqa ketayotib, poyezdda qozoq shoiri Qayum Muhammadov bilan uchrashganini yozadi. Bu shuning uchun esimda qoldiki, u "Men Qozog'iston gimnini yozganman, mana meniyam qamashdi" deydi.

Rostanam shu paytgacha ularning madhiyasini kim yozganiga qiziqmagan ekanman. U odamning tarixiga qiziqib, kitobni qo'yib Googleni ochdim. Hammasi shundan boshlandi.

Ma'lum bo'lishicha, 1943-yil Davlat madhiyasi uchun tanlov e'lon qilinadi va unda 27 yoshli shoir Q.Muhammadov g'olib chiqadi. Lekin yana ikkita shoir uning matnini sal-pal "tuzatib", hammuallif bo'lib olishadi.

Qozog'iston mustaqillikka erishgach esa ushbu madhiya va unga bastalangan kuy o'zgarishsiz qoldiriladi. Albatta, undagi sovetlar ulug'langan jumlalar o'zgartiriladi, xuddi bizdagi kabi. (Madhiyamiz haqida yozilgan postga qaralsin)

2000-yilda prezident Nazarboyev davlat madhiyasi o'zgartirish kerakligi haqida ommaviy chiqishlarida aytib o'tadi. Oradan bir necha hafta oʻtgach, parlament deputati N.Rustemov “Qozogʻiston madhiyasini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tashabbusini ilgari suradi. Unga ko'ra, davlatning yangi madhiyasi sifatida Nazarboyev yozgan sheʼr bo'lishi kerak edi. Loyiha ko'rib chiqish uchun e'lon qilinadi va natijada gazetalar unda plagiatni aniqlashadi. Nazarboyevning 1998-yilda chop etilgan “Qozog'im mening” she'ri 1996-yilda Tumanbay Moldagaliev tomonidan yozilgan “Elim mening” bilan bir xil, faqat sarlavhalar bilan farqlanadi xolos. Sharmanda bo'lgan prezident 2001-yil 28 iyunda mamlakat prezidenti parlamentning ikki palatasining majlisiga masalani kun tartibidan olib tashlash iltimosi bilan maktub yuboradi, deputatlar bir ovozdan ovoz berishadi.

Biroq hammasi shu bilan tugamaydi. 2006-yil Qozog'iston Respublikasi madhiyasi "Mening Qozog'istonim" nomli mashhur xalq qo'shig'iga o'zgartiriladi. U 1956-yilda mashhur shoir Jumeken Najimidinov tomonidan yozilgan. Ammo bu she'r matniga ham biroz o'zgartirishlar kiritiladi. Va o'sha tuzatishlarni kiritgan inson "bir yumalab" she'r hammuallifiga ham aylanadi. Bu tuzatishlarni kim kiritganini topingchi?)

Shunday qilib, zamonaviy Qozog'iston davlat madhiyasi rasman shoir Jumeken Najimidinov va Nursulton Nazarboyev "hammuallifligida"da yozilgan.

Bularning hammasi Qayum Muhammadovning taqdiri nima kechdi ekan deb Googlega kirganimdan boshlangan edi.

@panda_books
#reading

Ba'zi kitoblarni shundoq olasan-u, o'qishni boshlaysan...

Va bir umr qidirgan hamrohingni topgandek quvonasan.!

Notre Dame Soborida ko'rishguncha...

@panda_books
Jorj Martin: "Qish shamollari" kitobi yaqin orada chiqmaydi..

Hatto 12 ming yil oldin yo‘q bo‘lib ketga Ulug' Bo'riyam "Taxtlar o'yini" tugashidan oldin paydo bo‘ldiya....

Jorj to Ajdarlarniyam tiriltirmagunimizcha qo'ymaydiyov..

@panda_books
Ayni o'qiydigan abiturient va yosh paytlarimiz edi.

U paytda hali Internet hozirgidek keng tarqalmagan, qo'limizda (shaxsan o'zimda) internetga kiradigan smartfonlar hali yo'q edi. Xuddi 70 yoshli boboydan gapirayotgandirman, lekin bu haqiqat:)

Maktab va litseydagi kompyuterlarda faqat ziyouz.com saytiga kirishga "dostup" bo'lardi. Ancha yillar butun bir avlodni o'qishida beminnat xizmat qilgan ajoyib sayt.

Shungayam mana 21 yil bo'libdi. Qoyil..

Ziyouzchilar Davron aka uchun layklarni ayamang:)

@panda_books
- Do‘stlik nima ekanligini bilasizmi?so‘radi Grenguar.
- Ha, - deb javob berdi lo‘li qiz, - Bu aka-singil bo‘lishdir; bu qo‘shilib ketmay, bir-biriga tegib turadigan ikki qalbdir; bu bir qo‘lning ikki barmog‘i kabidir.
- Muhabbat-chi? - so‘radi Grenguar.
- O, muhabbat! - dedi Esmeralda ovozi titrab, ko‘zlari chaqnab. - Muhabbat ikki kishining bir butun boʻlishidir. Erkak va ayol farishtaga aylanadi. Xuddi samodek!

V. Gyugo

@panda_books
#newbook #yangikitob

Bugun second-hand kitob doʻkoni oldidan oʻtayotib, negadur bitta kitob olgim keldi. Qarasam toʻrtta kitob atigi £10 funt ekan. Men shularni tanladim:

- “The World is Flat” by Thomas Friedman “
- “When Last I Died” by Gladys Mitchell
- “True Tales of American Life” by Paul Auster
- “Inside Straight” by George R.R. Martin

Menimcha narxiga nisbatan umuman yomon emas. Nima deysiz?

@panda_books
Yozishni boshlamoqchi bo'lganingda eng qiyini - bu Birinchi satr.

@panda_books
Bir haftadan beri Gyugoning “Notr-dame Sobori”ni oʻqiyapman. Ochigʻi, juda qiziqib ketdim. Balki orangizda koʻpchilik bilar, undagi mashhur qahramonlardan biri - bu sobor qoʻngʻiroqchisi Quasimodadir. U romanda bukri inson sifatida tasvirlanadi.


Endi uch-toʻrt kuncha kun oldin oldimdagi xonaga men kabi chet ellik talaba koʻchib keldi. Nima boʻpti deysizmi? Ajablanarlisi, u ham bukri (astag’firulloh) ekan. Hayotda turli xil insonlarni uchratganman, ammo e’tibor bersangiz, bukri odamga juda kam duch kelasiz.

Va bu narsa men bilan aynan “Notr-Dame sobori”ni oʻqiyotganimda sodir boʻlayapti..

Hayot qiziq..

@panda_books
2025/07/03 09:17:18
Back to Top
HTML Embed Code: