Forwarded from Bored Panda
Dunyoning chekkasida yozilgan post
Dunyoning chekkasida turibman va bu majoziy ma’noda emas. Shu goʻzal manzaraga qarayman. Oldimda faqat muzliklar, Shimoliy muz okeani va qutb. Ha, dunyo keyin ham davom etadi, ammo insoniyat sivilizatsiyasi shu yerda tugaydi, zero undan uyog’ini bizning dunyo deyishga haqqimiz bormi?..
Yuzimga sovuq okea shamoli uriladi, atrofni qurshab turgan togʻlar esa magʻrur va hissiz boqib turibdi.
Kimdur bu tepalikka ulkan tosh qoʻyib ketibdi, U oddiy tosh emas, kimdir uni oʻyib “taxt” yasagan. Dunyoning chekkasida oʻsha “Tosh taxtim”ga oʻtirgancha shu soʻzlarni yozayapman.
Dunyo biz oʻylagandan ulkanroq, biz kutgandan ajoyibroq va tabiat biz oʻylagandan ancha qudratliroq.
Bugunoq bu togʻlar uygʻonib, Islandiyani qoplab olishi mumkin, bu vulqonlar bir yilda butun insoniyat bir umr chiqargan CO2sini ishlab chiqaradi. Tabiat oʻzi yaratganni oʻzi qaytarib oladi.
Bu yerda beixtiyor hayotda yashashning ma’nosi haqida oʻylay boshlaysan. Xotirjam, tinch… Ruhing osoyishtalikni topadi.
Javob esa yoʻq, ha hozircha Xudo bizni nega yaratganini ma’nosini bilmaymiz, ammo bizning vazifalarimizdan biri - bu hayotni baxtli va yaxshi yashab oʻtish ekaniga aminman.
Peace.
@boredpandablog

Forwarded from Panda Books
#review #taqriz
🔰Egil Byarnason — "Islandiya dunyoni qanday o'zgartirdi"
Sarguzashtlar va sayohatlar haqidagi non-fikshnlar jonu-dilim. "Bombora" nashridan alohida buyurtma qildirib olganim, ushbu kitob ham shular jumlasidandir. Unda olis shimoldagi "abadiy muzli o'lka" — Islandiya haqida hikoya qilinadi.
Menga kitob ikki jihatiga ko'ra manzur bo'ldi: 1) muallif Egil Byarnason bizga mamlakat tarixini shunday batafsil, ixcham va qiziqarli qilib so'zlab beradiki, mening tasavvurimda xuddi hujjatli film ko'rgandek bo'ldim. 2) o'lka tarixida eng muhim voqealar, faktlar, insonlar va ularning hayoti to'g'risida ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni o'rganishingiz mumkin. Misol uchun, Xristofor Kolumbdan bir necha yuz yil oldin islandiyalik vikinglar Amerikani kashf etishgan ekan, ammo negadir keyin ular yana yurtlariga qaytishgan.
Yoki yana, dunyoda tashkil topgan eng qadimiy parlament, Xekla vulqoni otilishi natijasida butun kontinentda boshlangan kichik muzlik davri, Ikkinchi Jahon urushida Islandiyaning tutgan muhim o'rni, Oyga parvozga ko'rilgan tayyorgarlik va boshqa shunga o'xshash qiziqarli voqealarni bilib oldim. Aytgancha, yana ilk ayol prezident haqida. Prezident _Vigdis Finnbogadouttir (1980-1996) jahon tarixida to'g'ridan-to'g'ri davlat rahbari etib saylangan birinchi ayol lider hisoblanadi. To'g'ridan-tog'ri, ya'ni uni partiya yoki parlament emas, balki xalq saylagan.
Islandiya desa ["islandiyalik qizga uylansam, menga oyiga $5000 to'lashadimi?](https://www.tg-me.com/Pandabooks/4026)" degan soxta xabarlardan tortib, afsonaviy professor Jon Tolkinning bu o'lkaga muhabbati to'g'risida bilib olish mumkin. Yoki familiya to'g'risida yozgan postimni olaylik. Xullas, o'zgacha olam.
Muxtasar aytganda, mitti orolning katta tarixiga bag'ishlangan ushbu kitobni o'qib mazza qildim, non-fikshnlar orasida alohida o'rin tutadigani bo'ldi o'ziyam. Endi Islandiya mehrim oshdi, balki kun kelib o'sha taraflarga borish nasib etib ham qolar. Bir kun kelib, bizda ham O'zbekistonning shunday 300 varaqqa jo bo'ladigan, qisqa, go'zal va aniq tarixi yozilgan, dunyo bizni bilib qo'yadigan kitoblar chiqishiga umid qilib qolaman.
Sizlarga esa uzoq muzli Islandiyadan qaynoq xabarlar yo'llagan holda taqrizimga yakun yasasam ham bo'ladi.
Yoqimli mutolaa!
📱 @panda_books

Panda Books
#review #taqriz 🔰Egil Byarnason — "Islandiya dunyoni qanday o'zgartirdi" Sarguzashtlar va sayohatlar haqidagi non-fikshnlar jonu-dilim. "Bombora" nashridan alohida buyurtma qildirib olganim, ushbu kitob ham shular jumlasidandir. Unda olis shimoldagi "abadiy…
Shu kitobni oʻqigan paytimda, 2 yildan soʻng shu davlatni oʻz koʻzim bilan koʻraman deb sira oʻylamagandim.
Xudoga shukr, orzular amalga oshdi.
@panda_books
Xudoga shukr, orzular amalga oshdi.
@panda_books
Yolebokaflyod yoki Rojdestvo kitoblari – Islandiyaning eng yoqimli an’anasidir. Islandiyada Rojdestvo bayramida kitob sovg‘a qilish odat tusiga kirgan. Bayramdan bir necha oy oldin juda ko‘p kitoblar nashr etila boshlaydi va ular hamma joyda, hatto oziq-ovqat do‘konlarida ham sotiladi. Bundan tashqari, tanlash qulayligi uchun yil davomida chiqarilgan barcha yangi kitoblar haqida ma’lumot beradigan bepul katalog ham chop etiladi. Islandlar Rojdestvo kechasini kitob o‘qish bilan o‘tkazishni ma’qul ko‘rishadi. Islandiyada kitobxonlik darajasi juda yuqori bo‘lib, har o‘nta islandiyalikdan bittasi kitob yozgan. (Aholisi kamligini hisobga olsak, bu juda zoʻr)
Internetda Islandiya kitob sovg‘a qilish an’anasi Ikkinchi Jahon urushi davrida paydo bo‘lgan ham deyiladi. O‘sha paytda sovg‘alar qimmat bo‘lsa-da, qog‘oz arzon xomashyo sifatida qolavergan. Shu bois kitob asosiy sovg‘aga aylangan va bu an’ana hozirgacha saqlanib qolgan.

#haqida
Too much freedom
Kecha Islandiyada Hvammsvik Hot Springs issiq buloqlarida dam olib o’tirarkanman, bitta kanadalik inson bilan tanishib qoldim. 911 da ishlarkan. Bu nimaligini Hollywoodni koʻp koʻradiganlar biladi:)
Uyoq-buyoqdan gaplashdik. Gap aylanib Kanadadagi hayoti va ishiga bogʻlandi.
- “Kanada menga yoqadi. Erkin mamlakat,” dedim men.
- “Juda erkin” dedi u.
- “Nahotki bu yomon?” kuldim men.
- “Bilasanmi, men 911da ishlayman va shuning uchun ham yanada yaxshiroq bilaman holatni. Judayam koʻp erkinlik qandaydir zararli tuyuladi menga. Ishchilar ish tashlaydi, norozilik qiladi, natijada butun bir shaharda koʻpchilikning ishi toʻxtab qoladi. Yana qurolga ruxsat bor. Yaqinda bekatda turgan qizni otib ketishdi. Sababsiz. Shunchaki. Chunki narkotik (drug) sotilishi erkin qoʻyib qoʻyilgan. Bizda butun boshli provinsiyalarda yashash xavfli hisoblanadi. Men Ontariodanman, u yerda ahvol yaxshi. Ammo hamma joyda ham bunday emas.
- “Ammo sizlar tez yetib borasizlar, shunday emasmi?”
- “O’, 911 sen koʻrgan kinolardagidek emas. Biz qoʻngʻiroq qilgan odamdan oldin ba’zi ma’lumotlarni bilishimiz kerak, ammo ular koʻpincha panikada boʻlishadi va hatto manzilni ham aytishmaydi. Biz esa bu ma’lumotlarsiz boʻlinma joʻnatolmaymiz. Oddiy profilaktikaga boradigan boʻlsak, bizni pichoq bilan kutib oladiganlar bor. 911ni oʻziga 911 kerak boʻlib qoladi ba’zan.”
- “Wow”.
- “Islandiyada xavfsiz, bemalol sayohat qila olasan, ammo Kanadada kechasi ba’zi joylarda yurib boʻlmaydi, hatto kunduzi.”
Suhbatni shu joyini yaxshi eslab qolgandim. Men bu bilan AQSh yoki Kanadani yomonlamoqchi emasman, biroq har joyda yashashning oʻz tosh-tarozisi bor degan naql hayotda bexato ishlashini eslatib oʻtmoqchiman.
Erkinlik yetishish qiyin ne’mat, ammo shu bilan birga juda qudratli qurol hamdir. Agar undan toʻgʻri foydalanilsa, mamlakat gullab-yashnaydi, aksincha boʻlsa u hatto anarxiya va kelishmovchiliklarga sabab boʻlishi mumkin.
Bu haqida nima deb oʻylaysiz?

Butun sayohat davomida biror marta ham ochib oʻqimaslik uchun Kindlemni koʻtarib chiqqandim.
@panda_books
@panda_books
Agar senda qurol bo‘lsa, menda ham qurol bo‘lsa, unda biz
Qonun haqida gaplashishimiz mumkin.
Agar senda pichoq bo'lsa, menda ham pichoq bo‘lsa, unda
Qoidalar haqida gaplashishimiz mumkin.
Agar ikkalamiz ham quruq qo‘l bo'lsak, unda biz
Axloq haqida gaplashishimiz mumkin.
Ammo senda qurol bo‘lsa-yu, menda faqat pichoq bo‘lsa,
haqiqat sening qo‘lingda bo‘ladi.
Agar senda qurol bo‘lsa-yu, menda hech narsa bo‘lmasa,
qo‘lingdagi narsa shunchaki qurol emas - u mening hayotim.
Qonun, Qoida va Axloq tushunchalari
faqat tenglikka asoslangandagina ma’noga ega bo‘ladi.
Bu dunyoning achchiq haqiqati shundaki,
Pul gapirganida,
Haqiqat jim turadi.
Kuch-qudrat gapirganida,
hatto pul ham uch qadam ortga chekinadi.
Odatda qoidalarni yaratganlarning o'zi
ularni birinchi bo‘lib buzadilar.
Qoidalar zaiflar uchun kishan,
kuchlilar uchun esa quroldir.
Bu dunyoda har qanday ezgulikni yo‘q qilishadi, chunki
ezgulik isyonkorlikni tug‘diradi, isyonkorlik esa
Tartibga tahdid soladi.
Shafqat yo‘q.
Adolat yo‘q.
Faqat hukmronlik qilish istagi,
va mag‘lublarning sukunati bor.
Haqiqat men nimani qaror qilsam, o‘shadir.
Axloq mag‘lublarning qurolidir.
Va oxir-oqibat, hamma narsa yo egiladi... yo sinadi.
Muallifi noma'lum

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
@qamarbooks yangi premyera kitobi uchun shunday kreativ targʻibot kampaniyasi qilmoqda.
Koʻji ojiz insonlar haqida boʻlsa kerak degan tahminim bor, ammo aniq qaysi kitob ekanini bilolmadim.
Sizda qanday fikrlar bor?