Telegram Web Link
Panda Books
​​#haqida Glazgo tabassumi “Kulayotgan odam”ni oʻqiyotib, mana shu ataman bot-bot esimga kelaverdi. Bir paytlar Glazgo shahrining ko‘chalarida ba’zi odamlar boshqacha jilmayardi. Quvonchdan emas. Hazillashib emas. Ularning "tabassum"i - tig‘ qoldirgan…
#muqova

Viktor Gyugoning “Kulayotgan odam” romaniga ingliz, rus, fransuz va o’zimizning muqovalarini koʻrib chiqdim.

Aniq bir konsepsiya yoʻq. Syujetdan lavhalar, Kulayotgan odam tasviri.. va hz. Shunday ekan, har biri oʻzicha chiroyli deya olamiz.

Guinplin haqiqatda badbashara qilib tashlangan, va buni muqovada to’liq boʻyicha koʻrsatishmagani ham tushunarli albatta.

Shunday ekan, avvalo bu kitobning tarjimasi sifati va mazmuni muhim boʻlib qolaveradi.

@panda_books
#haqida

— Welcome to Diagon Alley - said Hagrid.

Tanish sahna toʻgʻrimi? Endi sizga savol: Alley deganda Hagrid nimani nazarda tutadi? Odatda ingliz tilini oʻrganganimizda ongostida allaqachon tilimizga oʻrnashib qolgan tanish soʻzlar bilan assosatsiya qilamiz. Bu esa oʻz navbatida hamishayam toʻgʻri emas.

Misol uchun, Alley - bu xiyobon emas balki “uylar orasidagi tor yoʻlak yoki oʻta tor koʻcha” ma’nosini bildirarkan. Ingliz tilida shunchaki “Koʻcha” ma’nosini bildiradigan 100+ soʻzlar mavjud va ularning har biri alohida holatda ishlatiladi. Va men ham Alley ma’nosini yaqinda bildim.

Aynan shuning uchun ham “Garri Potter” birinchi qismida Diagon Alleyni tasvirlash uchun syomka joyi sifatida York shahridagi eng qadimiy va albatta eng tor koʻchalardan biri – Shambles tanlangani bejiz emas. (Oʻsha koʻchani oʻz koʻzim bilan koʻrganim haqida yozgandim)

Mana bugun yana bitta yangi narsa oʻrgandingiz

@panda_books
Choy ichishda qat'iy qoidalaringiz bormi? Choy qanday bo'lishi kerak siz uchun?

@panda_books
​​#review

📙Jorj Oruell — "Yaxshi choy qanday bo'lishi haqida 11 qoida"* *(A Nice Cup of Tea)

Sizningcha, an'anaviy inglizcha choy damlash oson deb o'ylaysizmi? Yoʻq, aslo. Buyuk Britaniyadagi hali-hanuz choyni qanday ichish afzalligi haqida katta debatlar bo'lib turadi. Choy ichish - bu jiddiy narsa.

Misol uchun, bu yerda asosiy bahs ikkita katta guruh orasida kechadi: Miffy’lar va Tiffy’lar.
Miffy'lar bular — Milk First, ya'ni birinchi sut, keyin choyni qo'shish tarafdorlari, ikkinchisi o'z-o'zidan Tea first - birinchi choy keyin sut qo'shish tarafdorlari. Undan tashqari, qo'shiladigan sut miqdori qancha boʻlishi kerakligi haqida ham alohida muhokamalar ketadi.

Angliyaga kelib, e'tibor bergan narsam shuki, britaniyaliklar (eskilari ayniqsa) har bir narsaga detalno yondashishni yaxshi ko'radigan xalq. Kecha aytgandim, shunchaki "Street", "Alley" va "Road" so'zlari biz uchun bitta narsa, aslida esa farqi bor. Xuddi shunday, supermarketga pechenye olishga kirsam, ming xil nomdagi pechenyelar turibdi: kreker, maffin, pancakes... Sweet'larning o'ziyam yuzga bo'linadi. O'zimizda do'konga kirsangiz sotuvchilarning yarmi qanaqa pechenye so'rayotganizni bilmaydi, turgan gapki, o'zingiz ham:) xoʻsh, choyga qaytaylik..

Oʻzining "1984" va "Hayvonlar fermasi" asarlari bilan mashhur ingliz Jorj Oruell 1946-yilda "Evening Standard" gazetasida "Ajoyib bir finjon choy" nomli oʻta jiddiy maqolasini e’lon qiladi. Unda u ideal Britancha choyni tayyorlash uchun o‘zining 11 ta qoidasini bayon etadi. Bu omma orasida iliq qabul qilingan deb o'ylaysizmi? Yo‘q. Bu o'zi shundog'am yonayotgan debatlarni yanada kuchaytiradi.

Xususan adib shunday degan: "Choy qoshiqni tik turtiradigan darajada quyuq bo‘lishi kerak", "Sutni choydan keyin qo‘shish (tiffy) lozim", "Shakar-chi? Aslo yo‘q. U choy ta’mini yo‘q qilish usuli" deb yozadi. Bu sira hazil emasdi. Oruell juda jiddiy turib yozgan barchasini. Tabiiyki, Britaniya jamoatchiligining yarmi darg‘azab bo‘ladi. Odamlar muharrirga tahdidli xatlar yozishadi. Ba’zilar uni manman deb atashadi. Boshqalar esa uni milliy ichimlikni obro'sini to'kishda ayblashadi. Axir, sutni qachon qo‘shish sizga xazilakam narsami?

Ha, bu biroz kulgili eshitiladi, shunday emasmi? "O'la, shuni kelisholmay?" deb aytishingiz ham mumkin. Ammo endi o'ylab ko'ring, britanlarning sal oshirilgan bu muhokamalari insonlarda oʻz pozitsiyasi va qadriyatlarini yaratish, bayon etish, birlashib kerak boʻlsa, uni himoya qilishini bildiradi. Ikkinchidan, “Shayton detallarda yashirin” degan gap bor. Ya’ni har bir ishda uning ikir-chikirigacha yaxshilab oʻylash zarar qilmaydi.

Shunchaki Oruell oʻz maqolasida choyni sivilizatsiyaning o‘zi uchun ramz sifatida ko‘rgan. Agar oddiy choy ichishni oʻtirib kelisholmaydigan boʻlsak, siyosatdan nima umidingiz bor degandek boʻladi Jorj amaki.

@panda_books
#news

Kolumbiya Universiteti 109-Pulitzer mukofotini gʻoliblarini e’lon qildi.

Badiiy adabiyot yoʻnalishida — Persival Everettning "Jeyms" asari gʻolib boʻldi.

Qo‘mita ma’lum qilishicha, janob Everettning kitobi "Geklberri Finn" asarini mohirona qayta ko‘rib chiqqani uchun mukofotga sazovor boʻlgan. Unda “Jimga ustuvorlik berilgan bo‘lib, irqiy ustunlikning bema’niligini ko‘rsatadi hamda oila va erkinlik izlash haqida yangicha qarashni taqdim etadi” deyiladi xabarda.

@panda_books
🧠 O‘rganing. O‘ylang. Rivojlanishga dadil qadam qo‘ying.

Tanishing, Salohiddin Qurbonov - Lingvist, Arab tili filologiyasi doktoranti, O‘qish texnikalari izlanuvchisi.
11 yillik tajriba va Arab tili xalqaro C1 darajaga ega.

@Salohiddin_Qurbonov — bu shunchaki Telegram kanal emas. Bu joyda siz til o‘rganish, ta’lim, shaxsiy rivojlanish va jamiyatdagi dolzarb muammolar haqida chuqur, samimiy va fikrlashga undovchi mulohazalarga duch kelasiz.

Har bir post — bir dars, har bir fikr — bir turtki.
Blog yuritish bu yerda shunchaki yozish emas, bu — “qo‘lga qalam olish va jasorat ko‘rsatish” deb ta'riflaydi muallif.

Agar sizni o‘z ustingizda ishlash, fikrlash va mas’uliyatli bo‘lish ilhomlantirsa — bu kanal siz uchun.

📍 Obuna bo‘ling: @Salohiddin_Qurbonov
​​#haqida

1920-yillarda F. Skott Fitsjerald qiyin ahvolda edi. "Buyuk Getsbi" hali bugungi kundagidek afsonaga aylanmagandi. U "Mehrli tun" (Tender is the night) nomli yangi romani ustida ishlar, ammo tuzatishlar va ishonchsizlik tufayli tez-tez to‘xtab qolardi.

Bir kuni Parijda Fitsjerald do‘sti Ernest Xemingueyga bir dasta tartibsiz qoralamalarni beradi. U Xemingueydan fikr-mulohaza olishga yoki hatto asarning muammolarini aniqlashga umid qilardi. Xeminguey sahifalarni o‘qib chiqib, Fitsjeraldga achchiq haqiqatni aytadi: asar haddan tashqari tarqoq, haddan tashqari hissiyotlarga berilgan va yomon tizimlashtirilgan deydi. Yana Xeminguey agar Fitsjerald ortiqcha narsalarni olib tashlab, diqqatini jamlay olsa, buning zamirida ajoyib kitob yashirinib yotibdi deb qoʻshimcha qiladi.

Fitsjerald bu so‘zlardan eziladi, ammo doʻstining gaplariga quloq soladi. Sekin-asta, mashaqqat bilan kitobni qayta yozadi. Bunga yillar ketsada. 1934-yilda "Mehrli tun" nihoyat nashr etilganida, u mukammal deyilmasada, ammo kuchli, samimiy va chuqur insoniy edi. Vaqt o‘tishi bilan tanqidchilar uni nuqsonli bo‘lsa-da, durdona asar sifatida tan olishadi.

Bu voqeaning asl mohiyati faqat qayta ishlashda emas. Gap shundaki, hatto eng iste’dodli yozuvchilar ham o‘z ijodiga chetdan nazar solishga muhtoj. Xeminguey va Fitsjerald bir-biridan juda farq qilardi - Xeminguey qisqa va aniq yozsa, Fitsjerald jozibali va lirik edi - ammo ular bir-birlarining eng yaxshi tomonlarini namoyon qilishardi.

Ba’zan oʻzimizga, ishimizga chetdan nazar solish foydadan xoli boʻlmaydi.

@panda_books
Qaysi kitoblarini oʻqigansiz? Va taassurotlar..

@panda_books
2025/07/01 05:34:15
Back to Top
HTML Embed Code: