Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reading
Mashhur kelt afsonasini fransuz filologi va adibi Jozef Bede qayta ishlab chiqadi va butun dunyo hali-hamon ushbu sevgi hikoyasini ogʻizdan-ogʻizga olib oʻtadi.


Britan orollaridan Irlandiyaga qarab turib nahot uning eng mashhur dostonini oʻqimaslik mumkin?

@panda_books
Rasman: Nihoyat Panda Books Oxford University talabasi..! (boʻlishni orzu qildi)

Eng aqlli talabalar oʻqiydigan oliygohlardan biri. Hammaga nasib qilsin!

@panda_books
Forwarded from Sayohatnoma: Bagajsiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sayohatnoma: Bagajsiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng katta kitob doʻkonlaridan biri.

Norrington xonasini oʻzida 150 mingtacha kitob bor deyapti google. 150 MinG!

@panda_books
Oksfordga kelib Jon R.R. Tolkinning qabrini ziyorat qilmasdan ketsam boʻlmasdi.

Oʻrta Dunyo uchun alohida tashakkur professor!

@panda_books
Fyodor Dostoyevskiy "Jinoyat va jazo" asari ustida ishlayotgan paytda, opasi uni dala hovlisida bir muddat yashab turishga taklif qiladi.

Afsuski, u yerga boshqalar ham taklif qilingani uchun kunduzi dala hovli doim gavjum bo‘lardi. Natijada, Dostoyevskiy asosan tunlari ishlashga majbur bo‘ladi va uyning chekkasidagi kichik bir binoga borib o‘tirardi. Oila xizmatkori ham o‘sha yerda tunab qolardi, ammo u tez orada yozuvchi bu yerni tark etmaguncha bu yerga qadam bosmasligini ma’lum qiladi.

So‘roqlarga javob berar ekan, xizmatkor ularning Dostoyevskiyi aniq qandaydir qotillikni rejalashtirmoqda, u xonada asabiylashib yurgancha, o‘zining titragan maxluqmi yoki huquqqa ega insonligimi haqida nimalarnidir g‘o‘ldirarayapti deydi xizmatkor.

@panda_books
​​#haqida

Oxford

Dunyoda universitetlar shaharlar ichida boʻladi. Oxfordda esa (Cambridge ham) shahar universitet ichida joylashgan. Shu sababdan ham Universitetning bitta yagona kampusi yoʻq, u butun shahar boʻylab tarqalib ketgan.

Axir, oʻzi Universitas atalmish oliygohlarning eng qadimiylaridan biri ham shu yer 1096-yildan (!) beri bu yerda ta’lim beriladi. Shahar oʻzining juda koʻp tarixiy binolarini saqlab qolgan, natijada xuddi uni aylanib eski davrlarga tushib qolgandek boʻladi kishi. Shaharning vizual shovqini yoʻq, deyarli reklama yoʻq, koʻchalarda asosan kelishgan yigit-qizlar qoʻllarida kitob bilan uyoqdan buyoqqa oʻtadi. Dunyoning hech qayerida Oksforddagidek aqlli suhbatlarni eshitmaysan. Shavqing oshadi.

Dunyodagi eng qadimiy kutubxona, eng katta kitob doʻkonlaridan biri shu yerda. Boshqacha boʻlishi ham mumkin emas. Oʻz vaqtida bu yerda ne-ne olimlar, yozuvchilar yetishib chiqmagan, oddiygina misol: Jon Tolkin (“Uzuklar hukmdori”) va Klayv Steyplz Luis (“Narniya solnomasi”) Oxford professorlari edi. “Alisa Moʻjizalar mamlakati”ni yozgan Luis Kerroll shu yerda matematikadan dars bergan.

Christ Church College’dagi haliyam ishlaydigan oshxona va unga eltadigan zinapoyalar “Harry Potter” orqali mangulikka mashhurlikka burkalgan. Bu yer chindanam sehrli va romantik joy..

Va yana bu yerda Universitetlar beshigida Ilmning Din bilan chatishgani yaqqol sezasan. Ko’plab oliygoh binolari oldin ibodatxona tasarrufida boʻlgan. Va tushunasanki, ilm va din xuddi aka-uka/opa-singil. Bir-biridan uzoq emas.

Qachondir o’zini ziyolilar qatorida sanaydigan har bir tolibi ilm kishisi yoʻli tushib Buyuk Britaniyaga kelganida, bu yerni ziyorat qilmay ketmasligi lozim. Hech qursa haqiqiy universitet vaybi qandayligini his qilish uchun ham.

Bu yerda oʻqishku haqiqiy sharaf.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsizlik illyuziyasi

- "3000 ming fut balandlikdagi halokat chiqish yo'lagi. Xavfsizlik illyuziyasi".
- "Ha, shunday."
- "Bilasizmi, kislorod niqoblari nima uchun kerak?"
- "Nafas olish uchun".
- "Kislorod odamni mast qiladi. Falokatli holatlarda siz panikaga tushasiz va birdan eyforiya. Tinchlanib qolasiz, odamlar sizning dahshatli yuz ifodangizni ko'rmaydi. Avariya uchun maxsus qo'llanmalarga e'tibor bering, ularning yuzlari huddi Hindistondagi muqaddas sigirlarnikidek hotirjam boqib turibdi."
- "QIziqarli nazariya".

@panda_books
Hammasidan soʻng…

Endi sen ham bir hikoyasan — kimdir seni o‘qiydi.

@panda_books
Shu kunlarda oʻzbek mediasini oldingidek kuzata olmayapman. My bad.

Mana bu insonni podcastini Twitterda muhokama qilishyapti. Qaysi podcast va kimliginiyam bilmayman.

Koʻrishimdan oldin qani sizlardan soʻraychi, kim koʻrdi va nima haqida? Any ideas?

@panda_books
Panda Books
Shu kunlarda oʻzbek mediasini oldingidek kuzata olmayapman. My bad. Mana bu insonni podcastini Twitterda muhokama qilishyapti. Qaysi podcast va kimliginiyam bilmayman. Koʻrishimdan oldin qani sizlardan soʻraychi, kim koʻrdi va nima haqida? Any ideas? @panda_books
#feedback

Podcastni koʻrib chiqdim. Aka koʻchada 6 yildan beri bukinistik kitoblar sotar ekan, va albatta, barcha kitob sotuvchilar kabi oʻzi ham ularni o’qib chiqarkan. Mana imkon berilganda, oʻsha vaziyatni yutib chiqdi desam toʻgʻri boʻladi.

Kitobga targʻibot qilayotgani quvonarli. Oldin aytganimdek, targʻibot qandayligi muhim emas, masalan nutqining katta qismi iqtiboslardan iborat boʻlsa ham koʻpchilikka yoqibdi. (Mirzohid aytganidek, bizning xalq iqtiboslarni yoqtiradi) Bu podcast odatda ko’p kitob oʻqimaydigan qatlamga yetib borgani uchun ham shunday rezonans uygʻotgan deb oʻylayman. Bu yaxshi. Oldindan kitob oʻqib yurgan insonlar bu fikrlarni koʻpini eshitgan, yangilik boʻlmasligi mumkin, ammo bizda koʻpchilik kitobga endi kirib kelayapti, ularni qiziqtira olgan.

Yana “Izohlarda moliyaviy yordam qilaylik” mazmunida ham koʻp yozishibdi, umid qilamanki, akaning ishlari endi yurishib ketadi.

@panda_books
#yangikitob #newbook

Budapeshtdan oʻzimga esdalik. Tarixiy kitoblarni yaxshi koʻrishimni bilasiz.

Qaysi shaharga borsam bir kitob olib qaytmasam boʻlmaydi, shundan pul ayay olmayman..

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

toshkentda chang.

ilgari bunday bo‘lmasdi.
endi u xuddi o‘zini shaharni egasidek istagan paytida kirib kelmoqda.

urush yo‘q, bombalar yo‘q — faqat sayyoramiz biz ko‘mgan narsalarni yo‘talib chiqarmoqda.

daraxtlarni yo‘q qilib, o‘rniga asfalt yotqizdik, daryolarni quritdik,
bir chaqa uchun osmonni kuydirdik
va endi tuproq qarshilik ko‘rsatganida..
hayron bo‘layapmiz.

pul bilan nafas olib bo‘lmaydi.
shamolga pora berib bo‘lmaydi.
tabiat ikkinchi imkoniyat bermaydi.

bu oxiri emas.
bu ogohlantirish.

bilaman baribir bunga hech kim quloq solmaydi,
toki chang kerakli insonlar o‘pkasiga kirmaguncha.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bookstore

Oksforddagi Blackwell’s kitob do‘konining Norrington xonasi

U dunyodagi eng mashhur adabiy makonlardan biri hisoblanadi.

1966-yilda Broad ko‘chasidagi tarixiy do‘kon ostidagi bu ulkan xona naq 930 kvadrat metrga yaqin maydonni egallaydi va 160 000 dan ortiq kitobni o‘z ichiga oladi. Trinity kollejining sobiq rektori ser Artur Norrington sharafiga nomlangan bu xona kitob savdosiga bag‘ishlangan eng katta yagona xona sifatida Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Cheksiz kitob javonlari, sokin muhiti va ilmiy ruhi bilan Norrington xonasi Oksfordga kelgan har bir kitobsevar uchun albatta tashrif buyurilishi lozim bo‘lgan maskandir.

@panda_books
Baku koʻchalari “Lolalar”ni eshitib, sevganing bilan piyoda yurish, Osiyo va Ovroʻoaning kesishgan joyidagi shaharning goʻzalligidan bahramand boʻlish - balki bu baxt.

Panda Books aytganidek, baxtli onlaringiz kelishini kutmang, har bir oningizni baxtli qiling.

https://youtu.be/trPd9XgwA7g?si=zEz5kp3biXJLTNex

@panda_books
#newbook #yangikitob

Mirzo Alakbar Sobir - mashhur ozarbayjon shoiri, satirik, yangi usul maktabi asoschisi, jamoat arbobi va muallim.

Nizomiy Ganjaviy - 3 ta toʻliq tom.

@panda_books
Ertalabdan men yana siyosiy oʻylarimga qaytib, sotsialistik jamiyat haqida:

Davlat kuchayib borayotgan, tovar-pul munosabatlari saqlanib qolayotgan, amaldorlar soni ortib borayotgan, ishlab chiqarish vositalariga davlat mulki jamoat mulkidan ustunlik qilayotgan, aholining ayrim qatlamlari huquqlari cheklanishi mumkin bo‘lgan, dehqonlar va ishchilar mehnati hisobiga shakllantirilgan davlat farovonlik jamg‘armalaridan to‘lanadigan ne’matlar bepul deb e’lon qilinayotgan, partiya amaldorlari ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismini tasarruf etayotgan, shu bilan birga jamiyatda hukmron targ‘ibot ritorikasi partiya amaldorlari hokimiyatini har qanday yo‘l bilan yashirishga va partiya rahbarlarini mehnatkash xalq irodasining davomchisi, o‘z hokimiyatini xalq nomidan va uning manfaatlari uchun amalga oshiruvchi sifatida ko‘rsatishga urinayotgan jamiyatni sotsialistik deb hisoblash mumkinmi?


Platonning “Davlat” kitobini yana oʻqishim kerak.

@panda_books
2025/06/30 12:21:06
Back to Top
HTML Embed Code: