Kamchilik va afzalliklar
Menga doim toki baqiroq motivatorlar siyqasini chiqarmaguncha kar toshbaqa haqidagi masal juda yoqardi. Unda barcha toshbaqalar “Toʻxta, yoki uddalolmaysan” deganini eshitmasdan cho’qqigacha yetib borgan qulogʻi ogʻir toshbaqa haqida hikoya qilinadi. Yani aslida kamchilik boʻlgan karlik uni eng muhim ustunligi boʻlib chiqadi.
Oʻzingiz oʻylab koʻring, bejizga pakana, jismonan zaif, semizgina bolakay Napoleonni yoshligida “Uxla, ertaga seni buyuk ishlar kutayapti” deya uxlatishmagan. Bekorga emas. Uni duxini shu darajada koʻtarishganki, u rostanam butun umri davomida buyuk ishlar qila olgan.
O’smirligimda men ham oʻzimni kelishgan yigit deb hisoblaganman. Bu fikr o‘zimga ishonch bag‘ishlardi. Qizlar bilan tanishish va ularga e’tibor berishdan cho‘chimasdim. Maktabda o‘qituvchilar bilan bahslashishdan, eng aqlli boʻlishdan, boshliqlar bilan, biror narsa yoqmasa eshikni qattiq yopishdan tortinmasdim. Vaqt oʻtib, hech ikkilanmay turli sarguzashtlarga kirishish, dadillik bilan sayohatlarga jo‘nash, ideyalar oʻylash, kanal ochib blogerlik qilish, yangi mamlakatlar va cho‘qqilarni zabt etishdan va muhimi hayotdan istagancha bahr olishdan cho’chimasdim.
Hozir eski albom suratlarimni koʻrib, “Iye jaa unaqa boʻlmagan ekansizku” deyishingiz mumkin. Ha koʻzi zreniyasi pastroq ochki taqqan bitta yigitcha rasmdan sizga kulib turadi.
Endi o‘ylayapman: agar shuncha yil davomida o’zimga boʻlgan samoosenkam past boʻlganida shunday qiziqarli hayot kechira olarmidim? Bilmadim.
Xulosa: agar sizda qandaydir kamchiliklar bo‘lsa, xavotir olmang - balki bular afzallikdir.
@panda_books