Telegram Web Link
Rostanam bu jaziramada muzdek tarvuz zoʻr ketadi:)

@panda_books
​​​​1923-yilning yozida Yelisey maydonidagi kichik qahvaxonada bir ayol o‘tirardi. Tushlik vaqti bo‘lsa-da, uning buyurtmasi atigi bir finjon qahvadan iborat edi. Gap nimadaligini kambag‘allashgan muhojirlarni ko‘rib o‘rgangan ofitsiantlar yaxshi tushunishardi.

Shu onda ostonadan hatlab kirgan erkakni hamma darhol tanidi. Qahvaxona jonlandi: har bir kishi fransuz matbuotida tez-tez ko‘zga tashlanib turadigan mashhur mehmonning e’tiborini o‘ziga tortishga intilardi.

Bu buyuk knyaz, Nikolay II ning amakivachchasi va Rasputinning o‘ldirilishida ishtirok etgan - Dmitriy Pavlovich Romanov edi. Ulug‘ knyaz atrofidagi shovqin-suronga e’tibor bermay, o‘sha kamtarin muhojir ayol o‘tirgan stol tomon yo‘l oldi: bu go‘zal ayol bilan u Peterburgdaligi paytidan tanish edi.

Bu Meri Eristavi (Shervashidze)- so‘nggi Rossiya malikasining kanizagi edi. Bundan o‘n yilcha oldin gruzin xonimi Peterburgda ko‘zlarni qamashtirar, uning go‘zalligi haqida afsonalar yurardi.

Bir kuni u kechikib, Nikolay II dan keyin zalga kiradi, bu saroy odob-axloqiga ko‘ra mutlaqo mumkin emasdi. Meri hukmdorning haqli g‘azabini kutadi.

Ammo imperator shunchaki: "Bunday chiroyli bo‘lish gunoh," - deydi, xolos. Endi esa Peterburgning shukuhi so‘nib, hayot surgunga aylangan edi.

Dmitriy Pavlovich knyaginya
yordamga muhtojligini darrov fahmlaydi. Shuning uchun ortiqcha tushuntirishlarga berilmay, Meriga "Kambon ko‘chasi, 13-uy" manzili bo‘yicha o‘z dugonasinikiga kirib o‘tishni taklif qiladi, u yerda ehtimol Meriga ish taklif qilinishi mumkin edi.

Knyazning dugonasi oʻzini Gabriel deb tanishtiradi, biroq uni Parijlik kibor xonimlar oddiygina qilib Koko deb atashardi.

Shunday qilib, rus malikasi kanizagi Meri Koko Shanelning ilk modellaridan biri va moda ikonasiga aylanadi.

@panda_books
Qiziq mavzu. Sizgayam qachondir qandaydir taqiq qoʻyishganmi?
Dunyoda turli shaharlar haqisa gid kitoblar juda koʻp, ammo aynan ko‘cha mushuklari haqida oldin eshitmagandim. Vashington Post nashri ushbu 224 sahifali yangi kitob toʻgʻrisida maqola tayyorlabdi. Unda 20 dan ortiq lokatsiyalarda mushuklari batafsil keltirilgan

Shuningdek, mushuklar asosiy o‘rin egallagan qahvaxona va mehmonxonalar, shuningdek, mushuklar bilan bog‘liq muzey va bayramlar haqida ma’lumotlar mavjud. Hatto bu yoqimtoy jonivorlar butun hududlarning ramziga aylanib, mahalliy madaniyatni o‘zgartirgani haqidagi voqealar ham oʻrin olgan.

Agar odamlardan zerikkan bo‘lsangiz-u, lekin hali ham sayohat qilishni istasangiz, bu aynan siz uchun:)

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​Bugun bir bora bo'lsa ham taomlandingizmi? Agar javobingiz ha bo'lsa, bu postni o'qishga majbursiz.

2-jahon urushi. Leningrad blokadasi. Shahar minglab tanklar va to'plardan o'qqa tutilar, sovet askarlari o'rtoq Stalin topshirig'i bilan shaharning eng muhim strategik binolarini himoya qilishardi. Bu orada fashist armiyasi qo'mondoni A.Gitler o'zining eng sara askarlaridan iborat maxsus guruhni shaharning eng muhim binosini egallash uchun jo'natishga tayyorgarlik ko'rardi. Qayerga deysizmi? Ermitaj? Gitlerda allaqachon Luvr bor edi. Yo'q, fashistlar liderini undanda muhimroq bino o'ziga jalb qilgan edi. U olim Nikolay Vavilov tomonidan asos solib boshqariladigan urug'lar saqlanuvchi ombor-laboratiya edi! Ha, ha, Stalin rahbari Vavilovni surgun qilgan, qo'riqlashni xayoliga ham keltirmayotgan bino. Hammasi bundan sal oldinroq boshlangan edi.

Ikkinchi jahon urushi oldidan Sobiq Ittifoqda ochlik boshlangandi. Uzoq davom etgan qurg'oqchilik natijasida hosil bo'lmadi. Natijada millionlab odamlar och qolishdi. Bu shunchalik ko'p odam hayotini olib ketdiki, unga "Голодомор" nomi bilan tarixda qoldi. Stalin mamlakatni ochlikdan qutqarishga harakat qilar, ammo buning uddasidan chiqadigan chora sira ko'rinmasdi. Bu orada N.Vavilov genetik tajribalar orqali madaniy o'simliklarni yaxshiroq va iqlimga moslashuvchan turlarini yaratiah ustida ish olib borardi. Bu o'sha davr uchun ham, soha uchun inqilobiy o'zgarishlar nishonasi edi. Ammo hammaham unday fikrda emasdi. Uning ashaddiy raqibi partiya va hukmron tabaqa orasida tanishlar orttirgan Lisenko o'rtoq Stalinga katta yig'ilishda: "Qisqa muddat ichida hosildorlikni oshira olishi, buning uchun hatto muzda ham pishib yetiladigan bug'doy navlarini yaratganini, ammo ilm-fanda ham dushmanlar borligini" ta'kidlaydi. Bu orada Stalin Vavilovni ilmiy tajribalarini kutib o'tirmasdan psevdaolim Lisenkoning g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi. Natijasi esa hammamizga ma'lum. Urush arafasida N.Vavilov "chet el agenti" deya gumonlanib, qamoqqa olinadi. Uni otuvdan faqatgina urush boshlanib qolgani qutqarib qoladi.

Bu orada u yaratib ketgan maktab va uning hamkasblari qanchalar qiyin sharoitda bo'lmasin urug'lar saqlanuvchi binoni saqlab qolishga harakat qilishadi. Tez orada shaharda ochlik boshlanadi. Leningrad qamalda qolgani uchun ularga ko'mak yetib kelmay qoladi. Binodagi olimlarlarga kuniga qat'iy ravishda ikki bo'lak nondan boshqa hech vaqo tegmaydi. Ular qanchalik qiynalishmasin, och qolishmasin, hech kimga asrab kelinayotgan urug'larga tegishga ruxsat berishmaydi. Alal-oqibat, qattiq kurashlardan so'ng, u yerda qolgan barcha olimlar ochlikdan vafot etishadi. Taqdirni qarangki, butun hayotini millatni ochlikdan qutqarishga uringan Nikolay Vavilov ham qamoqxonada ochlik tufayli hayotdan ko'z yumadi. Ammo u yaratib ketgan navlar va qo'lyozmalar saqlanib qoladi...

...Hozirda uzoq shimolda, abadiy muzlik o'lkasida, Shpitsbergen orolining qorli sahrolari aro bir juda qattiq qo'riqlanuvchi bir darvoza bor. Bu yer tagiga singib ketgan ulkan bunker darvozasi. Bu yerga o'rnatilgan qo'riqlash qurilmalari, uncha-buncha yadro bunkerlaridan kuchliroq. Xo'sh, bu yerda nima saqlanadi deb o'ylaysiz? Menimcha, buni allaqachon anglab oldingiz. Ha, bu yerda dunyodagi eng katta o'simlik urug'lari saqlanuvchi laboratoriya joylashgan. U joy dunyoda kelajakda har qanday urush yoki apokalipsis bo'lgan taqdirda ham urug'larni yo'qolib ketishdan saqlash maqsadida barpo etilgan.

Shunday ekan, hozir hech bir o'ysiz, mazza qilib chaynayotgan mazali nonimizni bizgacha yetib kelishida o'zining munosib hissasini qo'shgan qahramonlar haqida bir zum eslab qo'yaylik. Bugungi to'qlikka shukr qilaylik....

("Kosmos: Ehtimoliy dunyolar" hujjatli filmidan ta'sirlanib yozildi)

@panda_books
“Bizni yondi deganlar, bizning kitoblar loy kitoblar ekanligini bilishmaydi”.

- Ashurbanipal kutubxonasi

M.a 612-yilda Ossuriya shohi saroyiga dushmanlar tomonidan oʻt qoʻyib yuborilganida, olov uning kutubxonasiga ziyon yetkazish oʻrniga, aksincha loylarni pishirib, ularning katta qismini hozirgi kungacha saqlanishiga sabab boʻlgan.

@panda_books
Forwarded from Javlon Jovliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Charlz Bukovskiga tamsil

Muhabbat taqillatmaydi.

U lan’ati eshikni tepib kiradi. Lab bo‘yog‘i va tabassum bilan
go‘yoki sen bilmagan narsani biladigandek. U yomg‘ir va xushboʻy atir hidini oʻzi bilan olib kirdi.

U san’at haqida va oy uni yig‘latgani to‘g‘risida gapirdi.
Qochishim kerak edi.
Ammo unga ichimlik quyib berdim
va buni taqdir deb atadim.
Biz suhbatlashdik
bu vaqtinchalik ekanligini bilgan
lekin baribir ozgina qiynalishni istagan ikki kishi kabi.

U mening hammomimda tish cho‘tkasini,
polimda kitoblarini,
to‘shagimda esa jinniligini qoldirdi.
Bir kuni ertalab uyg‘ondim

yuzimda tabassum,
ko‘ksimda pichoq bilan.
Mana shu muhabbat, bolakay.
U qo‘lingni ushlamaydi -
ichingdagi musiqani eshitish uchun
qovurg‘alaringni sindiradi.

Atirgul istaysanmi?
Gulchiga bor.
Haqiqiy muhabbat xohlaysanmi?
Ehtimol, jahannam qiynoqlaridek

og‘riydi
va seni yaxshiroq
yoki yomonroq qiladi,
lekin hech qachon oldingidek qoldirmaydi.
Shunday bo‘lsa ham,
men buni yana takrorladim.
Har bir ahmoqona, olovli soniyasini.
​​20 yoshda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

Ochig‘ini aytsam, bilmayman. O‘zimni oʻsha yoshimda muvaffaqiyatli boʻlganman deb hisoblamayman, dunyo ham shunchalik tez o‘zgarmoqdaki, “shuni oʻrganing foydali” deya biror narsa bashorat qilisham mutlaqo behuda.

Shunday bo‘lsa-da, tanishlarim orasidagi "muvaffaqiyatli" odamlarda tez-tez kuzatadigan va yoshlarga ishonch bilan maslahat bera oladigan bir narsa bor: "qiziquvchan" bo‘lish kerak. Ya’ni, doimo va hech narsadan qo‘rqmay, qandaydir sarguzashtga aralashib ketaverish lozim. DOIMO. Shaxsiy hayotda ham, kasbiy faoliyatda ham dadillik bilan yangi tajribalar izlash kerak. Cho‘ntakda 100 dollar bilan bir yilga Amerikaga yoki Koreyaga jo‘nab ketish. O‘nlab turli ishlarda ishlab koʻrish, obro‘lisini tashlab kichik, ammo sevimli ishga o‘tish. Dunyoni o‘zgartirishga urinib ko‘rish, keyin esa uni o‘zgartirishning hojati yo‘q degan xulosaga kelish. Institutdagi eng go‘zal qizni rom etish, keyin esa eng aqllisiga uylanish. Ko‘p pul topib, darhol uni sovurib yuborish. Iloji boricha ko‘proq joylarni ko‘rish va ko‘proq yangi odamlar bilan tanishish. Chunki ularning har biri - imkoniyat.

O‘zim ham xuddi shunday yashashga intilaman. Nazarimda, agar sizdagi bu "qiziquvchan" bo‘lish o‘zini asrash instinkti bilan uyg‘unlashsa, muvaffaqiyatingiz kafolatlangan bo‘ladi.

Unutmang! Shunday yashasangiz muvafaqqiyatga erishasiz deb kafolat bermayman, lekin har holda hayotingiz zerikarli bo‘lmasligi aniq.

Va yana yoshingiz oʻtgach, hech narsadan afsuslanmaysiz.

@panda_books
Dunyoda shunday odamlar borki, ularning boshlariga turli-tuman hangomalar tushajagi peshonalarig a yozilgan boʻladi.

Qachondir hayot yoʻlim haqida yozib qolsam, goʻzal epigraf boʻlarkan jin ursin:)

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Mixail Lermontov — “Zamonamiz qahramoni”

“Men butun olamni sevishga tayyor edim, - ammo meni hech kim anglamadi, shundan keyin hamma narsani yomon koʻrishga oʻrgandim”

Rus adabiyotida bosh qahramoni - antiqahramon boʻlgan ilk asarlardan biri. U ideal emas, ammo juda realistik. Lermontov bizga aqlli, xushbichim, ammo sinik va hamma narsadan ko’ngli qolgan insonni koʻrsatadi. Ya’ni biz shu paytgacha oʻrganib qolgan tipik romantik emasdi u.

Pechorinning zamonaviy muqobili bu - oliy ma’lumotli, miyasi xomxayollardan xoli, chet tillarini biladigan, falsafani o‘qiydigan, lekin do‘stlik, muhabbat va siyosatga ishonmaydigan yosh yigit. Kinoyali, istehzoli, hatto aqlli bo‘lsa-da, baribir yolg‘iz va ruhan tushkunlikka tushgan. Bugun koʻpchilik oʻqimishli kishilar, emotsional “burning” holatida ekani sir emas.

Pechorin erkin - u istagan narsasini qilishi mumkin. Biroq u o‘z erkinligi bilan nima qilishni bilmaydi. Bu ijod erkinligi emas, aksincha iqtidorni yo’q qiladigan bir erkinlikdir. Natijada unda hayotga qiziqishini yo‘qoladi, chunki uning aniq maqsadi yo‘q. Salom, Lost Generation!

Bosh qahramon yaxshi koʻrib qoladi, ammo chindan hech kimni sevolmaydi. Tez sevadi, va shunday tez unutadi. Uylanish haqidagi takliflar boʻlishi hamono, sevgisidan soviydi. U yaqinlik hissidan qo‘rqadi va sevgiga ishonmaydi. Bular zamonaviy insonga tanish psixologik holatlar (onlayn tanishuvlar, majburiyatlardan qo‘rqish va hissiy uzoqlik).

Xullas, Pechorin hali nigilistlar paydo bo‘lishidan oldingi nigilizmning umumiy bir timsoli edi. Uning ichki inqirozi adabiyotda ekzistensial tushkunlikning dastlabki alomati bo‘lib, bu keyingi XX asrda adabiyotda bosh mavzuga aylanadi.

Lermontovni oʻqigan zamondoshlari uning asaridan hayratlanishgan boʻlsa, biz uni huddi eski tanishdek kutib olamiz.

Chunki Pechorin aslida bizning Zamonamiz qahramoni.

@panda_books
Forwarded from Qisqa satrlar
Only those who will risk going too far can possibly find out how far they can go
-
Faqat nihoyatda uzoqqa borishga tavakkal qilganlargina qanchalik uzoqqa borishlari mumkinligini aniqlay oladilar.

Tomas Eliot

👉 Qisqa satrlar
Bugun mashhur “Kalmar oʻyini” seriali 3-mavsumi start oldi. Shu munosabat bilan Yandeks Kitoblar menga ushbu kitobni tavsiya qilmoqda.

@panda_books
2025/06/29 21:55:31
Back to Top
HTML Embed Code: