Forwarded from Sayohatnoma: Bagajsiz!
#travel
YouTube kanalimda “Liverpul shahriga bir kunlik sayohat” videosi joylandi.
https://youtu.be/Cjaks6XvA98?si=Wh0z-JEXu99qZ-6s
Marhamat, tomosho qilinga va zavq oling. Like, obuna va izohlar esdan chiqmasin:)
@bagajsiz

Nihoyat Soljenitsin tugadi.
Unga qoʻshilib men ham tugadim..
“Gulag arxipelagi”ning 3 tomini o’qib tugatgach, hech qachon oldingidek boʻlolmaysiz..
@panda_books

Forwarded from Panda Books
Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak?
Bu yil Italiya Uyg'onish davrida muhim rol o'ynagan, jumladan, san'at, madaniyat, fan va siyosatga katta ta'sir o'tkazgan Medichilar oilasi haqida o'qishni niyat qilganman. Medichilar san'atning katta homiysi bo'lib, Uyg'onish davrining ko'plab durdonalarini yaratishga hissa qo'shganlar. Medichi oilasi siyosatdagi ta'siri bilan ham tanilgan. Ularning tarixi intrigalar, qiziqarli shaxslar va muhim voqealarga to'la, bu mendek siyosiy tarixga qiziquvchilar uchun ayni muddao.
Medichilar oilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Lorenzo the Magnificent nafaqat nufuzli siyosatchi, balki zukko rahbar ham edi. Uning boshqaruv uslublari va yetakchilik qobiliyatlarini o‘rganish bugungi kun rahbarlari uchun saboq bo‘lishi mumkin. Xullas, Medichilar sulolasi haqida o'qish Uyg'onish davrini o'rganish, tarix, madaniyat va san'atga ta'sirining ko'p qirralarini o'rganish imkonini beradi deb o'ylayman.
Quyidagi bu haqidagi eng yaxshi kitoblar:
➖"The House of Medici: Its Rise and Fall" (Medichi uyi: uning yuksalishi va qulashi) Kristofer Xibbert
Bu kitob Medichilar oilasi, jumladan Juliano va uning akasi Lorenzo tarixini qamrab oladi.
➖ "The Medici: Godfathers of the Renaissance" (Medichilar: Uyg'onish davrining cho'qintirgan otalari) Pol Stratern
Kitob asosan Medichilarning Uyg'onish davri san'ati va madaniyatiga ta'siri, shuningdek, siyosatdagi roliga qaratilgan.
➖"The Medici: Power, Money, and Ambition in the Italian Renaissance" (Medichi: Italiya Uyg'onish davrida kuch, pul va Ambitsiya) Pol Stratern
Yuqoridagi muallifning Uyg'onish davrida Medichilarning hayotning turli sohalariga ta'sirini batafsil ko'rib chiqadigan yana bir kitobi.
➖ "The House of Medici: Its Secrets and Its Splendors" (Medichi uyi: uning sirlari va ulug'vorligi) Meri Holland
Muallif Medichilar hayotidagi ichki intrigalar va voqealarni, jumladan, Lorenzo Buyuk va Kosimo de' Medichikar to'g'risida hikoya qiladi.

Panda Books
Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak? Bu yil Italiya Uyg'onish davrida muhim rol o'ynagan, jumladan, san'at, madaniyat, fan va siyosatga katta ta'sir o'tkazgan Medichilar oilasi haqida o'qishni niyat qilganman. Medichilar san'atning katta homiysi…
Oʻtgan yil oʻqiyolmadim, bu yil oʻqirman.
Ammo aniqmas, shuncha kitobga va’da berib qoʻyganman:)

Yaxshi tanqidchi mukammal bo‘lmagan kitobdan ham maqtashga arzigulik narsa topadi; yomon tanqidchi esa adabiyotdan kitoblarni birin-ketin o‘chirib tashlayveradi. Sog‘lom va xayrixoh kishi eng oddiy taomni ham maqtashga sabab topadi, hatto u juda nafis taomlarga o‘rganib qolgan bo‘lsa ham; bemor yoki manman odam esa har qanday ziyofatdan kamchilik izlaydi.
Aytish mumkinki, maqtov - ruhiy salomatlikning so‘z bilan ifodalanishidir.
Klayv Steyplz Lyuis
@panda_books
Aytish mumkinki, maqtov - ruhiy salomatlikning so‘z bilan ifodalanishidir.
Klayv Steyplz Lyuis
@panda_books
#review #taqriz
📙Mixail Bulgakov — "Ityurak"
Jaholatga qarshi pamflet. Agar bu asarni 3 so'z bilan ta'rfilash mumkin bo'lganda men shunday atagan bo'lardim.
Qadimdan beri faylasuflar inson tabiati haqida fikr yuritib kelishgan: Platon uni qalbdan, Aristotel aqldan, Freyd esa ongostidan izlagan. Bulgakov shunchaki a’zolar ko‘chirib o‘tkazish bilan it odamga aylanmasligini ko'rsatib beradi. Chunki inson - bu faqatgina tana emas. Bu madaniyat, shaxsiyat, o'tmish, tarbiya va axloqdir. Shaklni ilmiy yo‘l bilan o‘zgartirish - uni mohiyatni ham o‘zgartirish degani emas.
Preobrajenskiy ham, o‘z navbatida, mukammal emas. Preobrajenskiy axloqiy mas’uliyatini unutgan Aql timsoli hisoblanadi. U mo‘jiza yaratadi-yu, uni oqibatlarini o‘ylamay qo‘yib yuboradi. Bunday misollar hozirgi zamonimizda ham qanchalik ko'pligini mendan yaxshi bilasiz. Ammo har safar Xudolikka da'vo qiladigan bunday jamiyat Sharikov kabi tajovuzkor va yovvoyi kimsani yaratadi.
Insoniyat tarixida "ityuraklar" hokimiyat tepasiga kelgan ko‘plab misollar mavjud: Stalin davri, Xitoyda Mao hukmronligi, Kambodjadagi Pol Pot diktatorligi. Har safar - agar inqilobdan so‘ng madaniy va ma’naviy yuksalish yuz bermasa - u vahshiylikka aylanib ketgan.
Bulgakov ta'kidlaganidek, laboratoriyada "odam" yaratib bo‘lmaydi. Skalpel bilan qalb o‘stirib bo‘lmaydi. Bu kitobning asosiy falsafiy xulosasi bo‘lib, u Dostoyevskiy, Nitsshe, Xaydegger g‘oyalari bilan hamohangdir: inson shunchaki tana yoki oddiy murvat emas. U ong, xotira, tarix va erkinlikdir. Agar buni e’tiborga olinmasa, har safar inson emas, balki Sharikov yaralaveradi.
"Ityurak" - bu ogohlantirish qo'ng'irog'i: agar oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lmasangiz, inson tabiati bilan o'ynashmang.
Kitob katta emas, tezda o'qib tugatish mumkin. Siz ham ushbu qissaga biroz vaqt ajratishingizni maslahat beraman.

Agar Pandalar zeriksa yo kayfiyati boʻlmasa, bitta chekkada yolgʻiz oʻtirar ekan.
Pandani ruhlantiradigan soʻzlaringizni izohlarda yozib ketishingiz uchun post.
@panda_books
Pandani ruhlantiradigan soʻzlaringizni izohlarda yozib ketishingiz uchun post.
@panda_books
Bugun “International Tolkien Reading day”
Bayram bilan barcha tolkinistlar va “Uzuklar hukmdori”, “Hobbit” muxlislari!
@panda_books
Bayram bilan barcha tolkinistlar va “Uzuklar hukmdori”, “Hobbit” muxlislari!
@panda_books
Forwarded from Panda Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bestsellerlar, blurblar va Factfulness haqida ba'zi yaxshi gaplarni aytgandim.
Podcastni to'liq tomosha qilish
@panda_books
Podcastni to'liq tomosha qilish
@panda_books
#review #taqriz
📙Deymon Zahariedes — "30 kunlik samaradorlik"
Men odatda bunday kitoblar o'qimayman. Ularning foydasiz deb bilganim uchun emas (lekin ko'pchiligi rostanam foydasiz), balki bunchalik ko'p rejalashtirishni yoqtirmaganim uchun. Yana hayotda hamma narsamni rejali qilishni istamaganim uchundir, bilmadim. Oxrigi bu tipdagi o'qigan yaxshi kitobim bu - "Atom odatlar" edi. Ammo undagi tavsiyalarni ham 100% bajara olmaganman)
Lekin Zahariedesning kitobini qattiq stress bergan Soljenitsindan keyin yengilroq nimadur qidirib, yana hozir yana student bo'lganim uchun, ko'p vaqtimni samarali va unumli sarflash maqsadida shunday tavsiyalarga muhtojligim vajidan oqib chiqdim.
Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, kitob 30 ta bobdan iborat. Boblar qisqa bo‘lib, har birida uchta bo‘lim mavjud. Unda ma’lum bir qiyinchilikni va uning namoyon bo‘lishini tasvirlanadi, keyin bu qiyinchilikning samaradorligingizga qanday ta’sir qilishini tushuntiriladi va so'ngra ushbu muammoni yengish uchun bajariladigan harakatlar ketma-ketligi keltiriladi. Unda ko‘rsatilgan qoidalarni darhol qo‘llash mumkin bo‘lgan tarzda yozilgan. Keyinga qoldirmasdan, aynan shu yerda va hoziroq.
Kitobni aynan 30 kun davomida, kuniga bir bobdan o‘qish shartmi? Yo‘q. Har kim o‘z taqdirining ijodkori. Muallif ham shu fikrda. Olingan ma’lumotlarni qanday samaraliroq o‘zlashtirish va ulardan foydalanishni o‘zingiz yaxshiroq bilasiz. Balki siz kitobni ko‘zdan kechirib, barcha asosiy tushunchalar va foydali usullarni darhol eslab qoladigan noyob iste’dod egalaridandirsiz? Bunday holda, kitobni bir necha soat ichida bemalol o‘qib chiqavering.
Kitob kimga mo'ljallangan? U "ishlari juda ko'p-u, lekin vaqtim yo'q deb shikoyat qiladiganlar", "ijtimoiy tarmoqda ko'p vaqt o'tkazadigan" va "diqqatini jamlashga qiynaladiganlar uchun" ayni muddao. Oldin kitobni o'qib chiqasiz, kerakli joylariga e'tibor qaratasiz, lekin hali hech nima qilish shart emas. Keyin esa ikkinchi bor kiotbni qo'lga olasiz. 30 kun chellenj qilib, undagi barcha tavsiyalarni imkon qadar o'zingizning hayotingizga kiritishga urinib ko'rasiz. Samarasi va tajalgan vaqtlarni hisoblaysiz. Olingan hisobotlarni 30 kundan keyin oldingi davringiz bilan solishtirasiz. Agar natija bersa, demak men sizga yaxshi tavsiya qilgan, muallif yaxshi bir kitob yozgan bo'ladi. Natija bermasa ham siz baribir ko'p foydali odatlarni o'zlashtirib olasiz. Win-win.
Barchaga muvaffaqiyatli va samarali kun tilayman!

💰 Bitta kitob oʻqib, 5.000.000 soʻm yutib olishni xohlaysizmi?
🎁 “Mutolaa” jamoasi siz, aziz kitobxonlarni xursand qilish uchun bir qator syurprizlar bilan Ramazon tuhfasini tayyorlab qoʻydi.
• 5000ta BEPUL “Mutolaa Premium”
• Pul mukofoti, noutbuk, planshet, quloqchin va 100 kitoblar sovgʻalari
• Katta kitobxonlik tanloviga start
• Sirli mehmon spiker nutqi
• 3500dan ziyod BEPUL kitoblar
⏰ Bularning barchasi haqida 28-mart, 19:30 jonli efirda bilib olasiz.
— Suhbatda qatnashish uchun quyidagi kanalga oʻtib oling:
https://www.tg-me.com/+4Ehww3ybXW8yZjMy
https://www.tg-me.com/+4Ehww3ybXW8yZjMy
https://www.tg-me.com/+4Ehww3ybXW8yZjMy
#reklama

Bir vaqtlar juda betoqat eding, doimo shosharding, vaqting yetishmasdi. Endi senga vaqt mo‘l-ko‘l vaqt berildi, sen uning oylari va yillari bilan to‘yinding, orqada ham, oldinda ham – va tomirlaring bo‘ylab fayzli tinchlantiradigan suyuqlik – sabr-toqat tarqalmoqda.
Sen ko‘tarilyapsan...
Ilgari sen hech kimni kechirmasding, shafqatsizlarcha hukm chiqarar va shunchalik beadab maqtardingki – endi hamma narsani tushunish yumshoqligi sening qat’iy bo‘lmagan fikrlaringning asosiga aylandi. O‘zingni zaif deb bilsanggina, boshqalarning zaifligini tushuna olasan. Va boshqaning kuchidan hayratlanasan. Va uni o‘zlashtirishni istaysan.
Oyoq ostidagi toshlar shitirlaydi. Biz ko‘tarilyapmiz...
Yillar o‘tishi bilan yuragingni va butun tanangni zirhlangan chidamlilik qoplaydi. Sen savollar berishga shoshilmaysan, javob berishga ham shoshilmaysan, tiling yengil tebranish qobiliyatini yo‘qotgan. Ko‘zlaring yaxshi xabardan quvonchdan porlaydi va g‘am-g‘ussadan qoraymaydi. Chunki bu shunday bo‘ladimi-yo‘qmi, hali tekshirib ko‘rish kerak. Yana nima quvonch-u, nima qayg‘u ekanini ham tushunib olish lozim. Endi sening hayot qoidang shunday: topganingdan quvonma, yo‘qotganingdan yig‘lama. Ilgari quruq bo‘lgan qalbing endi azob-uqubatdan namlanadi. Yaqinlaringni bo‘lmasa-da, biroq endi ruhan yaqinlaringni sevishni o‘rganasan. Tutqunlikda seni o‘rab turgan ruhan yaqinlaringni. Ko‘pchiligimiz tan olamiz: haqiqiy do‘stlikni ilk bor aynan tutqunlikda bildik! Yana oldingi hayotingda atrofingda bo‘lgan, seni sevgan, sen esa ularga zulm o‘tkazgan qondosh yaqinlaringni... Mana sening fikrlaring uchun minnatdorlik va tuganmas yo‘nalish: avvalgi hayotingni qayta ko‘rib chiq. Barchasini esla…

Bir vaqtlar juda betoqat eding, doimo shosharding, vaqting yetishmasdi. Endi senga vaqt mo‘l-ko‘l vaqt berildi, sen uning oylari va yillari bilan to‘yinding, orqada ham, oldinda ham – va tomirlaring bo‘ylab fayzli tinchlantiradigan suyuqlik – sabr-toqat tarqalmoqda.…
Soljenitsindan oxirgi post. Tarjimada uncha ta’sirli chiqmagan, ammo oʻz hayotida juda qiyin damlarni goʻzal tasvirlagan…
“Har doim o’qishga vaqt topadigan odamlar”
Yaqinda London metrosida ketayotib, bir ayolni ko’rdim. Qo’lida eski, uvadalanib ketgan muqovali kitob. Yonida oddiy telefoni, lekin u ekran emas, sahifa varaqlayapti. Shunga oʻxshash holatni siz ham koʻp bora koʻrgandursiz.
O‘qishga vaqt yo‘q degan bahona aslida ko‘p hollarda o‘zimizni ovutishdan oʻzga narsa emas. Istalgan kishi ish orasida bir bet o‘qiy oladi. Yoki uyqu oldidan ikki sahifa. Yoki doʻkonda/ish bilan biror joyda navbat kutayotib. Ular ko‘p o‘qimaydi, lekin doim o‘qiydi.
Kitob bu — vaqt topolmaganingda ham seni kutib turadigan do‘st. Sen besh daqiqa bersang ham, u seni o‘sha besh daqiqada boshqa goʻzal joylarga olib ketadi.
Shu sabab, telefonni bir chetga qo‘yib, hoziroq huv oʻsha tashlab qoʻyganiz 3-sahifadan boshlang. 300-sahifalik sayohatlar ana shunday boshlanadi.

#news
“Mamlakat Oltin Fondi Hamjamiyati” tuziladi
Bu haqida bugun Prezident huzuridagi taqdimotda taklif bildirilgan. Maqsad chet elda o‘qigan yoshlarni vatanimizda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlash. Bu borada “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati”ni tuzish taklif etilmoqda. U orqali iqtidorli yoshlar yagona platformada birlashtiriladi. Xorijda ta’lim olib qaytganlar uchun imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boshqa imkoniyatlar yaratiladi. Har yili 25-mayda hamjamiyat qurultoyi o‘tkazilib, unda ta’lim islohotlari, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, chet el oliygohlari tajribasi kabi mavzularda muloqot yo‘lga qo‘yiladi.
Bu asosan “El-yurt umidi” Jamgʻarmasi orqali horijda oʻqib qaytadigan yoshlarga taalluqli boʻlishi aytilmoqda.
Umuman olsak, bu juda yaxshi xabar. Yaqinda yana “El-yurt Umidi” navbatdagi tanlov oʻtkazadi. Topshiringlar.