Telegram Web Link
#news

Kolumbiya Universiteti 109-Pulitzer mukofotini gʻoliblarini e’lon qildi.

Badiiy adabiyot yoʻnalishida — Persival Everettning "Jeyms" asari gʻolib boʻldi.

Qo‘mita ma’lum qilishicha, janob Everettning kitobi "Geklberri Finn" asarini mohirona qayta ko‘rib chiqqani uchun mukofotga sazovor boʻlgan. Unda “Jimga ustuvorlik berilgan bo‘lib, irqiy ustunlikning bema’niligini ko‘rsatadi hamda oila va erkinlik izlash haqida yangicha qarashni taqdim etadi” deyiladi xabarda.

@panda_books
🧠 O‘rganing. O‘ylang. Rivojlanishga dadil qadam qo‘ying.

Tanishing, Salohiddin Qurbonov - Lingvist, Arab tili filologiyasi doktoranti, O‘qish texnikalari izlanuvchisi.
11 yillik tajriba va Arab tili xalqaro C1 darajaga ega.

@Salohiddin_Qurbonov — bu shunchaki Telegram kanal emas. Bu joyda siz til o‘rganish, ta’lim, shaxsiy rivojlanish va jamiyatdagi dolzarb muammolar haqida chuqur, samimiy va fikrlashga undovchi mulohazalarga duch kelasiz.

Har bir post — bir dars, har bir fikr — bir turtki.
Blog yuritish bu yerda shunchaki yozish emas, bu — “qo‘lga qalam olish va jasorat ko‘rsatish” deb ta'riflaydi muallif.

Agar sizni o‘z ustingizda ishlash, fikrlash va mas’uliyatli bo‘lish ilhomlantirsa — bu kanal siz uchun.

📍 Obuna bo‘ling: @Salohiddin_Qurbonov
​​#haqida

1920-yillarda F. Skott Fitsjerald qiyin ahvolda edi. "Buyuk Getsbi" hali bugungi kundagidek afsonaga aylanmagandi. U "Mehrli tun" (Tender is the night) nomli yangi romani ustida ishlar, ammo tuzatishlar va ishonchsizlik tufayli tez-tez to‘xtab qolardi.

Bir kuni Parijda Fitsjerald do‘sti Ernest Xemingueyga bir dasta tartibsiz qoralamalarni beradi. U Xemingueydan fikr-mulohaza olishga yoki hatto asarning muammolarini aniqlashga umid qilardi. Xeminguey sahifalarni o‘qib chiqib, Fitsjeraldga achchiq haqiqatni aytadi: asar haddan tashqari tarqoq, haddan tashqari hissiyotlarga berilgan va yomon tizimlashtirilgan deydi. Yana Xeminguey agar Fitsjerald ortiqcha narsalarni olib tashlab, diqqatini jamlay olsa, buning zamirida ajoyib kitob yashirinib yotibdi deb qoʻshimcha qiladi.

Fitsjerald bu so‘zlardan eziladi, ammo doʻstining gaplariga quloq soladi. Sekin-asta, mashaqqat bilan kitobni qayta yozadi. Bunga yillar ketsada. 1934-yilda "Mehrli tun" nihoyat nashr etilganida, u mukammal deyilmasada, ammo kuchli, samimiy va chuqur insoniy edi. Vaqt o‘tishi bilan tanqidchilar uni nuqsonli bo‘lsa-da, durdona asar sifatida tan olishadi.

Bu voqeaning asl mohiyati faqat qayta ishlashda emas. Gap shundaki, hatto eng iste’dodli yozuvchilar ham o‘z ijodiga chetdan nazar solishga muhtoj. Xeminguey va Fitsjerald bir-biridan juda farq qilardi - Xeminguey qisqa va aniq yozsa, Fitsjerald jozibali va lirik edi - ammo ular bir-birlarining eng yaxshi tomonlarini namoyon qilishardi.

Ba’zan oʻzimizga, ishimizga chetdan nazar solish foydadan xoli boʻlmaydi.

@panda_books
Qaysi kitoblarini oʻqigansiz? Va taassurotlar..

@panda_books
​​Bozorboy urushga joʻnaganida atigi 18 yoshda edi, akasi Jumaboy esa 20 da. Jumaboy vazmin, muloyim — doim o‘ylovchi, Bozorboy esa chaqqon, besabr, tinib-tinchimas edi. Ular juda inoq boʻlishgan.

Keyin, Sevastopol fronti yaqinidagi kunlardan birida Bozorboy yarador bo‘ladi. Qoʻlidan oʻq yeydi va dala shifoxonasida ko‘zini ochadi. Jumaboy yo‘q edi.

Bedarak yo‘qolgan, deyishadi.

Urushdan so‘ng, Bozorboy akasini izlaydi — Polsha bo‘ylab, Sharqiy Yevropa bo‘ylab, bir vayron bo‘lgan lagerdan boshqasiga o‘tib. Balki u harbiy kiyimdagi Jumaboyning suratini ko‘tarib yurgandur, ruschalab arxivlardan: "Siz bu odamni ko‘rganmisiz?" deb soʻragandur…

Urushda minglagan insonlar, shu jumladan oʻzbekistonlik bobolarimiz ham bedarak yoʻqolgan.

Urushdan so‘ng Bozorboy uyiga qaytdi. U to‘laqonli umr kechirdi. Uylandi. Serfarzand boʻldi. Yaxshi joylarda oʻqidi. Yaxshi ishda ishladi. Obroʻ-e’tibor qozondi. Ammo hech qachon oʻz akasini unutmadi.

Qariganida 2 ta oʻgʻil va 5 ta qiz (tirik qolganlari)dan soʻng yana bir oʻgʻil koʻrdi. Muborak Safar oyida tugʻilgani uchun unga xorazmcha shevada Sapar deb ism qoʻyishdi.

Bugun men Bozorboyev Saparboy oʻgʻli Jasurbek sizlarga shu gaplarni yozayapman. Ha bu mening bobom tarixidir. Oilamiz tarixi.

Bugun Uchinchi Reyx ustidan qozonilgan Gʻalabaga 80 yil to’libdi. Lekin Oʻzbekiston uchun bu avvalo Xotira kuni. Tinchlikni Qadrlash oni. Yoʻqotganlarimiz va oʻtganlarni yod etish sanasi.


Tinchlik boʻlsin! Hamisha!

@panda_books
Bu esa Muftullaev Jumaboyning saqlangan yagona fotosi. Toshkentdagi Motamsaro Ona haykali oldidagi temir lavhlarda ismi turibdi.
#reading
“Mickey 17” filmida Pon Jun Xo Mickeyni yulduzkezar kemaga chiqishiga sabab, pul (qarz) etib koʻrsatadi.

Ammo original kitobda Mickey Barnes tarixchi (quyi akademik darajali olim) boʻladi va uning sayohatga chiqishiga biror-bir moddiy muammolar sabab emasdi.

Sabab - zerikish. “Men vaqtimning katta qismini o‘zimni balolarga giriftor qilish yo‘llarini izlashga sarfladim”. Qanchalar hayotiy satrlar. Antik qahramonlarning zamonaviy shakli.

Shunisi menga yaqinroq va ta’sirliroq tuyuldi.

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Viktor Gyugo — "Kulayotgan odam"

Roman ijtimoiy adolatsizlik va inson vahshiyligini shafqatsiz tanqid qiladi, shaxsiyat va baxt haqida go'zal mulohaza yuritadi. Kitob avvaliga "QIrol farmoni bilan" deb nomlanadi, ammo Gyugo do'stlaridan birining tavsiyasi bilan asar nomini fransuzcha "L’Homme qui rit" (1869) deb o'zgartiradi. Axir, bu nomda katta paradox ham yashirin, albatta buni kitobni o'qigan odam tushunib oladi.

Hozir ayollarni plastik jarrohlik bilan go'zallashtirishyapti. Ammo insonlarni jarrohlik bilan xunuklashtirish bundan ancha oldinroq mavjud bo'lgan. Taqdir bolakay Guinplinni ham shunday dahshatli "qiyofa" bilan siylagandi. U butun umr "kulib yurish"ga mahkum etiladi. O'ylangandiki, u butun umr baxtsiz o'tadi, ammo Yaratgan uni o'sha lahzadayoq bir samoviy muhabbat bilan mukofotlagandiki, buni ta'riflash mushkuldir.

Kulgi nima u? Bir niqobmi? Hayotimizda ba'zi insonlarni ko'ramiz: doim kulib yurishadi. Ertasi kuni esa o'z joniga qasd qilibdi deb eshitganimizda boshqacha bo'lamiz: "Axir kecha kulib yurgandiku?!". Guinplin ham inson qalb og‘riqlarini tabassum ortiga yashirishga moyilligining metaforasi. Ko'pincha his-tuyg‘ularimiz bilan yuzimiz o‘rtasida muvofiqlik bo'lmaydi.

Gyugoning ingliz aristokratiyasi hayotini juda batafsil ta'riflaydi. Uning tarixdan xabardor ekani kiotbga haqqoniy beradi va aslida nasliy imtiyozlarni an’ana niqobidagi zo‘ravonlik deb hisoblaydi. Boy bo'lsa, ma'nan axloqsiz Lordlar palatasi, yoki o‘z qashshoqligiga qaramay, qadr-qimmat va mehr-muhabbatni saqlab qolgan Ursusuning sayyor aktyorlar truppasi bilan tafovutida bu ravshan ko'rinadi. Umuman doimgidek Gyugo kontrastlar ustasi. Guinplinning yuzidagi niqob bo'lsa, qo'lga "ko‘rinmas niqob" taqib yuradilar. Jamiyat odatda yashirishga urinadigan narsalarni - og‘riq, ikkiyuzlamachilik va bema’niliklarni roman namoyon etadi.

Go'yo Gyugo bizga shunday deydi: kulgi bu azob bo'lishi mumkin, Qarsaklar esa shafqatsizlik. Biz taqishga majbur bo‘lgan niqoblar bir kun qalbimizni o‘ldirishi mumkin.

sad reading!

@panda_books
​​Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z ustidan kula olish o‘ziga ishonch belgisi hisoblanadi. Bu o‘ziga xos ikki tomonlama psixologiya bo‘lib, bu sizni hech narsadan qo‘rqmasligingizni ko‘rsatadi.

Men ko'p g'arb va rus stendaplarini ko'raman va ba'zan "yo'q buni bizda qilisha olishmasdi” deyman. O'zimizdan kuzatadiganlarimdan Abu Bakrda mana shu usulni ko'raman. Ayniqsa, Abu Bakr stendaplari o'sha prinsiplardan zoʻr foydalanadi.

Bizda esa negadir teskarisi: o‘z ustidan kulish - bu zaiflik belgisidir. Agar sen o‘zingni ustingdan kulayotgan bo‘lsang, demak, sen yo telbasan, yo jiddiy emassan. O‘zingni jiddiy qabul qilmasang, boshqalar seni qanday jiddiy qabul qilishi mumkin?

Yoshligimda "Masxaraboz" degan film bo'lardi. Filmdagi bosh qahramon xushchaqchaq, doimo kulib yuradigan bola. Ammo qishloqda uni hamma masxaraboz deb chaqiradi, ustidan kuladi, hech kim unday boʻlgisi kelmaydi, masxaraboz bo‘lib ko‘rinish istamaydi hech kim. Lekin bu unga parvo qilmaydi va eng muhimi u oxirida o'zini ustidan ham kula oladi. Dili azob chekadi, ammo buni kulib yengadi. Tirion Jon Snou bilan birinchi marta uchrashganda ham shunga o'xshash so'zlar aytagandi: "Kim ekanligingni hech qachon unutma. Dunyo buni unutmaydi. Uni zirh kabi kiyib yur, shunda uni senga qarshi ishlatisha olmaydi". O'zini ustidan kula olgan odamni yengib bo'lmaydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reading
Mashhur kelt afsonasini fransuz filologi va adibi Jozef Bede qayta ishlab chiqadi va butun dunyo hali-hamon ushbu sevgi hikoyasini ogʻizdan-ogʻizga olib oʻtadi.


Britan orollaridan Irlandiyaga qarab turib nahot uning eng mashhur dostonini oʻqimaslik mumkin?

@panda_books
Rasman: Nihoyat Panda Books Oxford University talabasi..! (boʻlishni orzu qildi)

Eng aqlli talabalar oʻqiydigan oliygohlardan biri. Hammaga nasib qilsin!

@panda_books
Forwarded from Sayohatnoma: Bagajsiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sayohatnoma: Bagajsiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng katta kitob doʻkonlaridan biri.

Norrington xonasini oʻzida 150 mingtacha kitob bor deyapti google. 150 MinG!

@panda_books
Oksfordga kelib Jon R.R. Tolkinning qabrini ziyorat qilmasdan ketsam boʻlmasdi.

Oʻrta Dunyo uchun alohida tashakkur professor!

@panda_books
Fyodor Dostoyevskiy "Jinoyat va jazo" asari ustida ishlayotgan paytda, opasi uni dala hovlisida bir muddat yashab turishga taklif qiladi.

Afsuski, u yerga boshqalar ham taklif qilingani uchun kunduzi dala hovli doim gavjum bo‘lardi. Natijada, Dostoyevskiy asosan tunlari ishlashga majbur bo‘ladi va uyning chekkasidagi kichik bir binoga borib o‘tirardi. Oila xizmatkori ham o‘sha yerda tunab qolardi, ammo u tez orada yozuvchi bu yerni tark etmaguncha bu yerga qadam bosmasligini ma’lum qiladi.

So‘roqlarga javob berar ekan, xizmatkor ularning Dostoyevskiyi aniq qandaydir qotillikni rejalashtirmoqda, u xonada asabiylashib yurgancha, o‘zining titragan maxluqmi yoki huquqqa ega insonligimi haqida nimalarnidir g‘o‘ldirarayapti deydi xizmatkor.

@panda_books
​​#haqida

Oxford

Dunyoda universitetlar shaharlar ichida boʻladi. Oxfordda esa (Cambridge ham) shahar universitet ichida joylashgan. Shu sababdan ham Universitetning bitta yagona kampusi yoʻq, u butun shahar boʻylab tarqalib ketgan.

Axir, oʻzi Universitas atalmish oliygohlarning eng qadimiylaridan biri ham shu yer 1096-yildan (!) beri bu yerda ta’lim beriladi. Shahar oʻzining juda koʻp tarixiy binolarini saqlab qolgan, natijada xuddi uni aylanib eski davrlarga tushib qolgandek boʻladi kishi. Shaharning vizual shovqini yoʻq, deyarli reklama yoʻq, koʻchalarda asosan kelishgan yigit-qizlar qoʻllarida kitob bilan uyoqdan buyoqqa oʻtadi. Dunyoning hech qayerida Oksforddagidek aqlli suhbatlarni eshitmaysan. Shavqing oshadi.

Dunyodagi eng qadimiy kutubxona, eng katta kitob doʻkonlaridan biri shu yerda. Boshqacha boʻlishi ham mumkin emas. Oʻz vaqtida bu yerda ne-ne olimlar, yozuvchilar yetishib chiqmagan, oddiygina misol: Jon Tolkin (“Uzuklar hukmdori”) va Klayv Steyplz Luis (“Narniya solnomasi”) Oxford professorlari edi. “Alisa Moʻjizalar mamlakati”ni yozgan Luis Kerroll shu yerda matematikadan dars bergan.

Christ Church College’dagi haliyam ishlaydigan oshxona va unga eltadigan zinapoyalar “Harry Potter” orqali mangulikka mashhurlikka burkalgan. Bu yer chindanam sehrli va romantik joy..

Va yana bu yerda Universitetlar beshigida Ilmning Din bilan chatishgani yaqqol sezasan. Ko’plab oliygoh binolari oldin ibodatxona tasarrufida boʻlgan. Va tushunasanki, ilm va din xuddi aka-uka/opa-singil. Bir-biridan uzoq emas.

Qachondir o’zini ziyolilar qatorida sanaydigan har bir tolibi ilm kishisi yoʻli tushib Buyuk Britaniyaga kelganida, bu yerni ziyorat qilmay ketmasligi lozim. Hech qursa haqiqiy universitet vaybi qandayligini his qilish uchun ham.

Bu yerda oʻqishku haqiqiy sharaf.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsizlik illyuziyasi

- "3000 ming fut balandlikdagi halokat chiqish yo'lagi. Xavfsizlik illyuziyasi".
- "Ha, shunday."
- "Bilasizmi, kislorod niqoblari nima uchun kerak?"
- "Nafas olish uchun".
- "Kislorod odamni mast qiladi. Falokatli holatlarda siz panikaga tushasiz va birdan eyforiya. Tinchlanib qolasiz, odamlar sizning dahshatli yuz ifodangizni ko'rmaydi. Avariya uchun maxsus qo'llanmalarga e'tibor bering, ularning yuzlari huddi Hindistondagi muqaddas sigirlarnikidek hotirjam boqib turibdi."
- "QIziqarli nazariya".

@panda_books
Hammasidan soʻng…

Endi sen ham bir hikoyasan — kimdir seni o‘qiydi.

@panda_books
2025/07/04 15:28:35
Back to Top
HTML Embed Code: