Forwarded from Bored Panda
#youtube_tavsiya
BBC Uzbek "O'zgarayotgan Yaponiya va o'zbeklar" hujjatli filmining oxirgi, 4-qismida jurnaist Ibrat Safoga hamrohlik qilgan talaba Umidjon Toʻlanboyev boʻlibdi.
Umidjon mening Diplomatiyada birga oʻqigan kursdoshim. Doʻstim. Menda yapon madaniyatiga qiziqish uygʻotgan, aykido mashgʻulotlariga taklif qilgan. Va eng muhimi sayohat qilishsa ilhom bergan yaxshi inson.
Videoda u oʻz hayoti va Yaponiyaga qanday kelib qolgani haqida gapirib oʻtibdi. Uni hayoti koʻpchilik uchun qattiq mehnat samara berishiga yaqqol misol boʻlib berishi, motivatsiya bera oladigan tajriba deb oʻylayman.
Videoni albatta tomosha qiling.
https://www.youtube.com/watch?v=ZMBLsb1jcsA
Ps: Afsuski, men Aykidoda 6-kyu qolib ketdim. U esa dan ya’ni Qora belbogʻ olibdi. Molodes, Umid!
@boredpandablog

YouTube
Ўзбеклар ва Япония: Машаққатли болаликдан Япония университетигача, япон адабиётидан - бизнесга
"O'zgarayotgan Yaponiya va o'zbeklar" hujjatli filmimizning oxirgi, 4-qismida Ibrat Safo unga hamrohlik qilgan talaba Umidjonning o'tmishini o'rganadi, hamda yapon adabiyoti bo'yicha ilmiy ish qilayotgan talaba bilan ishga kirish imkoniyatlari haqida gaplashadi.…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Küçələrə su səpmişəm,
Yar gələndə toz olmasın
Elə gəlsin, elə getsin,
Aramızda söz olmasın
Samovara od salmışam,
Istəkana qənd salmışam
Yarım gedib, tək qalmışam,
Nə əzizdir yarın canı
Nə şirindir yarın canı..
Baku, 2025-yil.
@panda_books
Yar gələndə toz olmasın
Elə gəlsin, elə getsin,
Aramızda söz olmasın
Samovara od salmışam,
Istəkana qənd salmışam
Yarım gedib, tək qalmışam,
Nə əzizdir yarın canı
Nə şirindir yarın canı..
Baku, 2025-yil.
@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saymon Sebaq Montefiorening mashhur kitobini allaqachon ozarbayjon tiliga (balki turkdir) tarjima qilib qoʻshibdi. Yaqinda bu kitob asosida film ham ishlanyapti. Yaxshi.
Bizdan bu borada oldinda desak boʻladi.
@panda_books
Bizdan bu borada oldinda desak boʻladi.
@panda_books
Menga yoqqan tarafi, agar qardosh xalqlar tilini yaxshilab zehn qilsangiz, nima yozilganini anglaysiz.
Tillarimiz oʻxshashligini shunchaki fakt sifatid bilish boshqa, va oʻsha davlatga borib tanadan oʻtkazish umuman boshqa narsa ekan. Bu so’zlarimni Turkiyaga borib kelgan insonlar ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Orada minglab kilometrlar masofa, ammo turkiylar bu dunyoda katta kuchlardan biri ekanini his qilish qiyin emas.
Ularda ham shu kitoblar oʻqilishi - bilimlar va qiziqishlar mushtarakligidan darak.

Forwarded from Panda Books
#haqida
Lakoniya
Rus tilida "лаконичность" degan atama bor. O'zbek tiliga u "qisqalik, lo'ndalik" deb tarjima qilinadi. Bu so'zning kelib chiqishi esa Qadimgi Yunonistonning Lakoniya viloyatiga borib taqaladi. Sababi u hududning aholisi o'zlarining qisqa va lo'nda gapirishlari bilan tanilishgan edi.
Lakoniyada joylashgan eng mashhur va kuchli davlat Sparta bo'lib, spartaliklarni yoshlikdan aniq va qisqa muloqot qilishga o'rgatishardi.
Bunga yaqqol misol makedonlar shohi Filipp II bilan bog'liq. U o'zining Spartaga yo'llagan xatida shunday deydi:
"Sizlarga taslim bo'lishni maslahat beraman, chunki agar mening qo'shinim yerlaringizga kirgudek bo'lsa, bog'laringizni vayron qilaman, odamlaringizni qul qilib, shaharlaringizni qulataman!"
Spartaliklar bunga qisqacha javob berishadi:
"Agar."

Rasmda koʻrib turganingiz, Uelsdagi kichik shaharcha bo‘lib, u dunyodagi birinchilardan "kitoblar shahri" deya nom olgan. Hammasi 1961-yilda Richard Booth ismli inson tomonidan boʻsh yotgam oʻt o‘chirish stansiyasida ikkinchi qoʻl kitoblar do‘konini ochganidan boshlangan. 1970-yillarga kelib, u o‘zini hazil aralash "Hay qiroli" deb e’lon qiladi va shaharni mustaqil qirollik deb ataydi - bu qisman hazil, qisman norozilik va sof marketing edi.
Bugungi kunda Hay shahrida 20ga yaqin kitob do‘koni mavjud - bu atigi 2000 ga yaqin aholisi bo‘lgan shaharcha uchun ajoyib ko‘rsatkich. Bu yerda she’riyatdan tortib siyosatgacha bo‘lgan mavzularga ixtisoslashgan do‘konlarni topish mumkin, ularning har bir javoni va burchagida arzon kitoblardan tortib noyob va qimmatbaho kitoblar joylashgan
Shaharning adabiy shuhrati 1988-yilda "Hay festivali" tashkil etilgandan so‘ng yanada oshdi. Bugun bu taniqli yozuvchilar, mutafakkirlarni va o‘n minglab tashrif buyuruvchilarni jalb qiladigan jahonga mashhur tadbirga aylandi. Hatto 2001-yilda festivalga tashrif buyurgan Bill Klinton uni "aqlning Vudstoki" deb ta’riflagan.
Nasib qilsa, Panda Books oilasi uchun maxsus shu shaharchadan jonli videolar qilishga rejasi bor.

Forwarded from Qisqa satrlar
Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan.
Najmiddin Kubro
👉 Qisqa satrlar
Najmiddin Kubro
👉 Qisqa satrlar
#haqida
25-May
Bitiruvchi-2025!
Sizlarga Panda Booksdan kichik tavsiyalar:
Zamon shiddat bilan rivojlanyapti, kecha aktual sohalar bugun oʻzgaryapti. Doimo izlanishdan toʻxtamang.
Oldin Google, endi ChatGPT hayotimizga kirib kelayapti. Endi ko’p ishlar shular zimmasida. Ammo uni toʻsiq emas, balki imkonoyat sifatida koʻring.
Bundan buyogʻiga eng qimmatli “valyuta” - bu kreativlik, ijodkorlik. Fikrlar va gʻoyalaringiz sizni yuqoriga olib chiqadi. Bu uchun dunyoqarashangizni kengaytiring. Sayohat qiling. Kitob oʻqing. Yangi doʻstlar orttiring. Qiziquvchan boʻling.
Unutmang, intilsangiz, orzu qilsangiz, ishonsangiz, duo qilsangiz, harakat qilsangiz, hammasi yaxshi boʻladi.
Omad yor boʻlsin!

#review #taqriz
📙Lyu Sizin — “Chumolilar va dinozavrlar haqida”
“3 jism masalasi” bilan dunyoga tanilgan xitoylik ilmiy-fantast yozuvchimizdan yana bir ajoyib asar.
Nomidan bilinib turibdiki, unda dinozavrlar davrida ular bilan birga yashagan chumolilar va ular oʻrtasida tuzilgan ittifoq keyin esa adovat aks etadi. Ulkan Dinozavrlar imperiyasi va millionlagan chumolillar saltanati - kim qudratliroq deb oʻylaysiz?
Lekin kitobni oʻqirkansiz, aslida yozuvchi ishlatgan metaforani tezda tushunib olasiz. Dinozavrlar va qumursqalar aslida zamonamizda yashab turgan ikkita qudratli mamlakatlarning oʻziga xos timsollari boʻlib, dinozavrlar oʻzida intellekt va ijodkorlikni tamsil etsa, chumolilar - uyushqoqlik, mehnatsevarlik va tartibni ifoda qiladi. Bu ikki sivilizatsiya oʻzaro garmoniyada yashay olish-olmasligi kabi savollar orqali chuqur falsafiy mulohazalarni kelib chiqadi.
Ustiga-ustak, kitob juda yengil oʻqiladi, qiziqarli va original syujet sizni zerikishingizga yoʻl qoʻymaydi. Undan tashqari, romanga qoʻshilib, kitobda bir necha qissa va hikoyalar ham oʻrin olgan. Ular ham fantast janri muxlislari uchun ajoyib sovgʻa boʻlishi aniq.
Kitob oʻzbek tilida mavjud emas.

#yangikitob #newbook
Pol Kalaniti - kelib chiqishi hind bo‘lgan amerikalik neyroxirurg shifokor. U 1977-yil 1-aprelda Nyu-York shahrida tavallud topgan.
Pol Kalaniti 36 yoshida unga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng u yana qariyb ikki yil yashadi, jarrohlik amaliyotlarini to‘xtatmadi va "Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan" nomli tarjimai holini yozdi. Ushbu kitob 2016-yil yanvarida, uning vafotidan keyin nashr etilgan.
Stenford universiteti neyrojarrohi, tibbiyot fanlari doktori Pol Kalaniti o‘zining davolab bo‘lmaydigan o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgandan so‘ng hayoti qay darajada o‘zgarganini ta’sirli va hayajonli tarzda hikoya qilib beradi.
Ushbu asar “Huzur” nashriyoti tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinibdi.

#premyera
2023-yil 25-oktyabrda, G‘azo bombalanishining boshlanganidan atigi uch hafta o‘tgach, Umar al-Akkad quyidagi tvitni yozadi: "Bir kun kelib, xavf-xatar yo‘qolganda, biror narsani o‘z nomi bilan atashning shaxsiy ziyon boʻlmaganida, birovni javobgarlikka tortish uchun kech bo‘lganda, hamma bu voqealarga doimo qarshi bo‘lganini ta’kidlaydi."
Ushbu tvit 10 milliondan ortiq marta ko‘riladi. Endi ushbu yozuvchi va jurnalistning kitobi ham chiqibdi. Qoyil.

1952-yilda Albert Eynshteyn’ga rasman Isroil prezidentligiga nomzod bo‘lish taklifi bildirildi. Birinchi davlat rahbari Xaim Veysman vafotidan so‘ng, Bosh vazir Ben-Gurion AQShdagi elchi orqali olimga ushbu lavozimni egallash to‘g‘risida maktub yo‘lladi. Eynshteyn erkinligini saqlab qolgan va ilmiy faoliyatini davom ettirgan holda bu lavozimni egallashi mumkin edi, biroq u taklifni rad etdi. U bunday vazifa uchun na siyosiy tajribaga, na zarur fazilatlarga ega emasligini tushuntirdi.
"Afsus va achinish bilan bu taklifni rad etishga majburman," - deb yozdi u. - "Odamlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish uchun menda na tabiiy qobiliyat, na tajriba mavjud."
Fan dahosi o‘z tabiatiga sodiq qoldi va prezidentlik lavozimi o‘rniga laboratoriyani afzal ko‘rdi.

#tavsiya
Anchadan beri bolalarga tavsiyalar bermagandim.
Hozir oʻzim bolalik payti oʻqigan yaxshi kitoblar hammasi.
Ertaga kattaroq post qilarman.