#review #taqriz
📙Lyu Sizin — “Chumolilar va dinozavrlar haqida”
“3 jism masalasi” bilan dunyoga tanilgan xitoylik ilmiy-fantast yozuvchimizdan yana bir ajoyib asar.
Nomidan bilinib turibdiki, unda dinozavrlar davrida ular bilan birga yashagan chumolilar va ular oʻrtasida tuzilgan ittifoq keyin esa adovat aks etadi. Ulkan Dinozavrlar imperiyasi va millionlagan chumolillar saltanati - kim qudratliroq deb oʻylaysiz?
Lekin kitobni oʻqirkansiz, aslida yozuvchi ishlatgan metaforani tezda tushunib olasiz. Dinozavrlar va qumursqalar aslida zamonamizda yashab turgan ikkita qudratli mamlakatlarning oʻziga xos timsollari boʻlib, dinozavrlar oʻzida intellekt va ijodkorlikni tamsil etsa, chumolilar - uyushqoqlik, mehnatsevarlik va tartibni ifoda qiladi. Bu ikki sivilizatsiya oʻzaro garmoniyada yashay olish-olmasligi kabi savollar orqali chuqur falsafiy mulohazalarni kelib chiqadi.
Ustiga-ustak, kitob juda yengil oʻqiladi, qiziqarli va original syujet sizni zerikishingizga yoʻl qoʻymaydi. Undan tashqari, romanga qoʻshilib, kitobda bir necha qissa va hikoyalar ham oʻrin olgan. Ular ham fantast janri muxlislari uchun ajoyib sovgʻa boʻlishi aniq.
Kitob oʻzbek tilida mavjud emas.
@panda_books

#yangikitob #newbook
Pol Kalaniti - kelib chiqishi hind bo‘lgan amerikalik neyroxirurg shifokor. U 1977-yil 1-aprelda Nyu-York shahrida tavallud topgan.
Pol Kalaniti 36 yoshida unga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng u yana qariyb ikki yil yashadi, jarrohlik amaliyotlarini to‘xtatmadi va "Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan" nomli tarjimai holini yozdi. Ushbu kitob 2016-yil yanvarida, uning vafotidan keyin nashr etilgan.
Stenford universiteti neyrojarrohi, tibbiyot fanlari doktori Pol Kalaniti o‘zining davolab bo‘lmaydigan o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgandan so‘ng hayoti qay darajada o‘zgarganini ta’sirli va hayajonli tarzda hikoya qilib beradi.
Ushbu asar “Huzur” nashriyoti tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinibdi.

#premyera
2023-yil 25-oktyabrda, G‘azo bombalanishining boshlanganidan atigi uch hafta o‘tgach, Umar al-Akkad quyidagi tvitni yozadi: "Bir kun kelib, xavf-xatar yo‘qolganda, biror narsani o‘z nomi bilan atashning shaxsiy ziyon boʻlmaganida, birovni javobgarlikka tortish uchun kech bo‘lganda, hamma bu voqealarga doimo qarshi bo‘lganini ta’kidlaydi."
Ushbu tvit 10 milliondan ortiq marta ko‘riladi. Endi ushbu yozuvchi va jurnalistning kitobi ham chiqibdi. Qoyil.

1952-yilda Albert Eynshteyn’ga rasman Isroil prezidentligiga nomzod bo‘lish taklifi bildirildi. Birinchi davlat rahbari Xaim Veysman vafotidan so‘ng, Bosh vazir Ben-Gurion AQShdagi elchi orqali olimga ushbu lavozimni egallash to‘g‘risida maktub yo‘lladi. Eynshteyn erkinligini saqlab qolgan va ilmiy faoliyatini davom ettirgan holda bu lavozimni egallashi mumkin edi, biroq u taklifni rad etdi. U bunday vazifa uchun na siyosiy tajribaga, na zarur fazilatlarga ega emasligini tushuntirdi.
"Afsus va achinish bilan bu taklifni rad etishga majburman," - deb yozdi u. - "Odamlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish uchun menda na tabiiy qobiliyat, na tajriba mavjud."
Fan dahosi o‘z tabiatiga sodiq qoldi va prezidentlik lavozimi o‘rniga laboratoriyani afzal ko‘rdi.

#tavsiya
Anchadan beri bolalarga tavsiyalar bermagandim.
Hozir oʻzim bolalik payti oʻqigan yaxshi kitoblar hammasi.
Ertaga kattaroq post qilarman.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kitob bozori jadal rivojlanmoqda. Endi faqat klassika yoki ommaviy adabiyotlardan tashqari, kitobxonlar uchun turli mavzudagi asarlar taqdim etish muhim masalaga aylandi. Biroq, sohaviy, ya’ni kasbiy, tor mutaxassislar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar hanuz yetarli emas.
Bugun shu maqsadda Firuz aka Asaxiy Pro loyihasini boshlaganini e’lon qildi. Loyihaning maqsadi — turli sohalar (biznes, tibbiyot, IT, pedagogika, davlat boshqaruvi va boshqalar) bo‘yicha zarur adabiyotlarni saralab, o‘zbek tilida taqdim etish ekan.
Shuningdek, ayni paytda bir nechta tashkilot va vazirliklar bilan muzokaralar olib borilyotgani va ilk kitob — Eliyahu Goldrattning “Maqsad” asari — iyul oyida taqdim etilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Tushunishim boʻyicha, endilikda oʻz hodimlari rivojlanishiga befarq boʻlmagan har bir rahbariyat Asaxiy Pro bilan hamkorlik qilishga harakat qiladi.
Bundan xursand boʻldim, chunki bu loyiha bozorga professional adabiyotlarni olib kirish yo‘lidagi amaliy harakat sifatida e’tiborga molik. Ammo uning muvaffaqiyati — tarjima tanlovi, sifati va hamkor tashkilotlarning faolligiga bog‘liq bo‘ladi.
Biz doimgidek loyihaning rivojini kuzatamiz va sohalardagi ilmiy muhitini boyitishga qanchalik hissa qo‘sha olishini tahlil qilib boramiz.

Ko‘p kitob o‘qimasangiz ham, ko‘p kitob o‘qiydiganlarni kuzating — bu dunyoni boshqacha ko‘rishga boshlaydi. Ayniqsa, o‘ylashga undaydigan, savol berishga jur’atlantiradigan fikrlar kam bo‘lgan Telegram makonida.
Quyidagi qiziqarli matnlarni oʻqib koʻring:
🔴 Франкенштейн феномени: ўзлик, жамият ва рад этилиш.
🔴 Геноциднинг оммавий психологияси: Голдҳаген назариясига танқидий назар
🔴 Камю ва унинг исёни
🔴 Зулм ёки завқ: дистопиянинг икки йўли
🔴 Инклюзия такрори: 'Why Nations Fail' ҳақида
Bu kanalda siz bilishga arziydigan kitoblar, falsafiy nazarlar va hayot haqida olib borilayotgan chuqur mulohazalarni topasiz.
📌 Obuna bo‘ling!
👉 @Hoshimov142

📙Abdurazzoq Gurna — “Jannat”
Seni qamab qoʻyishlari, zanjirband qilishlari, har qanday istaklaringni haqorat qilishlari mumkin, lekin ozodligingni tortib olish qoʻllaridan kelmaydi.
Gurna Nobel mukofoti olganida tabiiyki, afrikalik adabiyot namunasiga hamma singari men ham e’tibor qaratdim. Ammo “Jannat” men kutganimdan ancha sokin asar bo’lib chiqdi.
Asar syujeti Yusuf ismli bolakayning otasining qarzi tufayli boy savdogarga qullikka berib yuborilishi bilan boshlanadi. Voqealar bola tilidan hikoya qilinadi. Bu degani u ancha ravon va sodda.
Kitob orqali biz qora qit’aning qora oʻtmishi bilan - qullik, shahvatparastlik, zoʻrlik va jaholat bilan toʻqnash kelamiz. Oldin sira eshitmagan yovvoyi qabilalar hayoti va turmushiga nazar tashlaymiz. Ularning koʻpincha oʻz qoʻrquviga qul ekaniga amin boʻlamiz. “Yovvoyilar nima qoʻrqinchliroq boʻlsa oʻshanga sigʻinib ketaveradi…” Juda topib aytilgan jumla.
Asar boshi biroz zerikarli tuyulsa-da, uning soʻnggiga borib, voqealar ancha jonlanadi va biz koʻplab ishoralarni aslida nima ekanini anglab olamiz.
Xoʻsh, u nega Jannat deya nomlangan? Kitobda bir joyida asar qahramonlaridan biri shunday deydi: “Ba’zi odamlar Jannat bogʻi yerda deganini eshitganman, lekin bunga ishonmayman. Yerda boʻlsa ham hech kim unga kirolmaydi.”
Biz butun umr Jannatni yerdan qidiramiz, ba’zan hatto uni topgandek boʻlamiz. Lekin kim uchundir Jannat tuyulgan yer, kim uchundir Jahannam ekanini unutmaslik kerak. Yusuf uchun Jannat bogʻidek tuyulgan joy, Aminaga haqiqiy azob makoniga bunga misol boʻlsa kerak.
Kitobdan men shularni tushundim, albatta undagi falsafiy ma’nolar va ramzlar yanada chuqur boʻlganiga aminman va buni har kim mutolaa davomida anglab yetadi degan umiddaman.
Yoqimli mutolaa!

ChatGPTga “Imagine me as a food. Generate an image of it. Based on the history of all our chats” deb yozsam shu chiqarib berdi “shumtaka”:)
Meni “bu faqat kitob yeydi” bu deb oʻylasa kerakda:))
@panda_books
Meni “bu faqat kitob yeydi” bu deb oʻylasa kerakda:))
@panda_books
愛は君 ( '72 ) 井上陽水 / Yosui Inoue " Love is You "
GG☆Radio
Sevgi osmondir, sevgi dengizdir, sevgi qushlardir, sevgi gullardir,
Sevgi yulduzlardir, sevgi shamolli, sevgi menman, sevgi sensan.
@pandas_playlist

#sarhisob #may
Oy Sarhisobi.
May voqealarga boy va tez oʻtib ketdi. Badiiyatga koʻp vaqt ajrata olmadim, ammo Gyugoni davom ettirdim.
Sayohat qildim va koʻp joylarni koʻrdim. Bildim. Tahlil qildim.
Adabiyotsiz ham yashasa boʻladimi? Ha juda boʻladi. Ammo ancha quruq va rangsiz yashaysiz. Tanlov oʻzingizdan.
Millat uchun oʻqishingiz shart emas, oʻzingiz uchun oʻqisangiz kifoya.
O'qilgan kitoblar:
♻️ Jorj Oruell — “A Nice Cup of Tea”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Viktor Gyugo — “Kulayotgan odam”
Taqriz 👉 koʻk yozuvni bosing
♻️ Lyu Sizin — “Chumolilar va dinozavrlar”
Taqriz 👉 koʻk yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 1-May kuni tarixi
👉 Glazgo tabassumi
👉 Muzqaymoq
👉 Alley nima?
👉 Fitsjerald va Xeminguey
👉 Otam haqida
👉 Oʻz ustidan kulish
👉 Oxford haqida
👉 Norrington xonasi
👉 “Tirik kitob” haqida
👉 25-May
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

Ingliz tilida: Artificial intelligence
Rus tilida: Искусственный интеллект
Oʻzbek tilida:
Sun’iy intellekt;
Yasama zehn;
Sun’iy ong;
Notabiiy zehniyat
Mashina aqli
Va hokazo..
….
…..
@panda_books
Rus tilida: Искусственный интеллект
Oʻzbek tilida:
Sun’iy intellekt;
Yasama zehn;
Sun’iy ong;
Notabiiy zehniyat
Mashina aqli
Va hokazo..
….
…..
@panda_books
Oldinlari study blog yuritgan hammaga tanish Ifeekkhan endi katta hayotga qadam bosib ishdagi “o’yin qoidalari” haqida yozishni boshlabdi. Qiziq, qiziq. Hali ham do’stlari kitoblar. Va dars qilishda davom etyapti.
Yana yo’qolib qolmasdan ulanib oling.
👉🏻@avidadeifeekkhan
Yana yo’qolib qolmasdan ulanib oling.
👉🏻@avidadeifeekkhan