Telegram Web Link
Men yaqinda O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 40 ta badiiy asardan iborat tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati haqida eshitib qoldim.

Bu 2024-yilgi test uchun roʻyxat ekan:

1.
Zarbulmasal” (Gulxaniy)
2. “O‘tkan kunlar” romani (Abdulla Qodiriy)
3. “Mehrobdan chayon” romani (Abdulla Qodiriy)
4. “Kecha va kunduz” romani (Abdulhamid Cho‘lpon)
5. “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov)
6. “Nur borki, soya bor” roman (O‘tkir Hoshimov)
7. “Ikki eshik orasi” roman (O‘tkir Hoshimov)
8. “Qiyomat” romani (Chingiz Aytmatov)
9. “Asrga tatigulik kun” romani (Chingiz Aytmatov)
10. “Me’mor” roman (Mirmuhsin)
11. “Xo‘jand qal’asi” romani (Mirmuhsin)
12. “Yulduzli tunlar” roman (Pirimqul Qodirov)
13. “Avlodlar dovoni” roman (Pirimqul Qodirov)
14. “Ko‘hna dunyo” romani (Odil Yoqubov) 1
5. “Ulug‘bek xazinasi” romani (Odil Yoqubov)
16. “Diyonat” romani (Odil Yoqubov)
17. “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat)
18. “Jimjitlik” roman (Said Ahmad)
19. “Ufq” trilogiyasi (Said Ahmad)
20. “Lolazor” romani (Murod Muhammad Do‘st)
21. “Chinor” romani (Asqad Muxtor)
22. “Otamdan qolgan dalalar” romani (Tog‘ay Murod)
23. “Jaziramadagi odamlar” romani (Luqmon Bo‘rixon)
24. “Abulfayzxon” dramasi (Abdurauf Fitrat)
25. “Sohibqiron” dramasi (Abdulla Oripov)
26. “Temir xotin” komediyasi (Sharof Boshbekov)
27. “Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov)
28. “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov)
29. “Oq kema” qissasi (Chingiz Aytmatov)
30. “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim)
31. “Molxona” qissasi (Jorj Oruell)
32. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi (Tog‘ay Murod)
33. “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasi (Erkin A’zam)
34. “Qorako‘z majnun”, “Qoplon”, “Sobiq” hikoyalari (Said Ahmad)
35. “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “O‘g‘ri”, “Bemor” “O‘jar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi” hikoyalari (Abdulla Qahhor)
36. “O‘zbeklar”, “Ot egasi” hikoyalari (Shukur Xolmirzayev)
37. “Hayotga muhabbat” hikoyasi (Jek London)
38. “Hellados” hikoyasi (Nodar Dumbadze)
39. “Garov” hikoyasi (Anton Chexov)
40. “Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov)


Orangizda shu sertifikat topshirganlar yoki shu asarlar haqida koʻproq ma’lumot olishni
istaydiganlar bormi?

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha hamyurtlarimizni chin qalbimdan tabriklayman!

Nihoyat Jahon Chempionatiga chiqdik!

Qoyil yigitlar!!!!

@boredpandablog
🇺🇿
Qurbon Hayitingiz muborak boʻlsin!
Meni ta'sirlantirgan kitoblar Top-10 taligi

10. "Qirol Lir". Uilyam Shekspir
9. "Eljernon uchun gullar". Daniel Keyes
8. "Farengeyt bo'yicha harorat 451°". Rey Bredberi
7. "Ko'milgan dev". Kazuo Ishiguro
6. "Buyuk shaxmat taxtasi". Zbignev Bzejinskiy.
5. "Kod da Vinchi". Den Braun
4. "Molxona". Jorj Oruell.
3. " Graf Monte-Kristo". Aleksandr Dyuma.
2. "1984". Jorj Oruell.
1. "Why nations fail? Nima uchun ba'zi davlatlar boy, ba'zilari kambag'al?" D.Adjumoglu, D.Robinson.

Eski roʻyxat, allaqachon yangilash kerak.

Sizda qanaqa?

@panda_books
Haqqatda sheryurak qizligini tan olish kerak.

Respect.

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Tomas Mayn Rid — “Boshsiz chavandoz”

Eslayman, bolalik paytlarim shu film boshlansa, bizni ekrandan uzib boʻlmasdi. Chunki dadamni sevimli filmi edi bu. Eski paytlari Yovvoyi Gʻarb, bellariga toʻpponcha osib olgan kovboylar, Texas preriyalari va rancholari haqidagi sarguzasht filmlar urfda boʻlgan. Har safar eski aravalar, hindular bilan jang sahnalari aks etganda, beiixtiyor men ham ot mingancha bepoyon dashtlarda kezib yurishni xayol qilardim.

Xoʻsh, xavf-xatarga toʻla vestern filmiga asos bo’lgan ushbu kitobda muallif Mayn Rid ushbu dunyoni oʻziga xos tarzda yoritadi. Unda Luiza va Morisning oʻzaro muhabbat sinovlari, Poyndeksterlar oilasi misolida Janubdagi qul va quldorlar hayoti, Kassi Kalxaun, Migel Diaz misolida ayyorlik va xudbinlik, Zep Stamp timsolida jasurlik aks ettiriladi.

Butun syujet - preriya uzra kezib yurgan sirli ot mingan boshsiz chavandozning kimligi, u tirikmi, oʻlikmi yo shaytonmi ustiga qurilgani holda muallif mohirona tarzda saspens muhitini yaratadi.

Ammo bugun yillar oʻtib bu asarga yana qaytarkanman, aslida bu adabiy jihatdan oʻrtamiyona detektiv ekaniga amin boʻla boshladim. Asosiy qahramonlar ancha sayoz:. Moris Jerald haddan tashqari oliyjanob, Kassiy Kalxaun esa tipik yovuz. Ularda hayotiy ziddiyatlar uchun mantiqiy tugun yo‘q, qolipga solingan obrazlarga o‘xshaydi.

Tomas Mayn Rid aslida inglizzabon dunyo uchun deyarli unutilgan adib boʻlsa-da, bizda sovet davrida uni negadur vestern asoschisi sifatida juda qattiq sevishgan. U va Fenimor Kuper fenomeni haqida oldinroq yozgandim.

“Boshsiz chavandoz” yaxshi sarguzasht romanidan kutiladigan hamma narsani beradi: hayajon, sir-sinoat va g‘aroyibotlar. Biroq, undan chuqur adabiy ijro va esda qolarli iqtiboslar kutish o‘rinsiz. Bu vestern janr klassikasi - ravon va samimiy asardir.

Bolalik hissiyotlar uchun rahmat, Zep Stamp va Migel Diaz!

@panda_books
​​“A Nation of Bookworms” kitobida shunday deyiladi:

“SSSRda GTO me’yorlari topshirilar edi, Chexoslovakiya komsomoli esa "Fuchik nishoni" (Fučíkův odznak) ni olishni rag‘batlantirardi. Uning egalari faxr bilan "fuchikovchilar" deb atalar edi. Uni olish uchun yugurish, sakrash yoki granata uloqtirish shart emasdi - o‘qish, ko‘rish va o‘rganganlarni tushunish, bular keyin imtihon hay’ati tomonidan tekshirilar edi. Shunday qilib, quyidagilarni o‘rganish lozim edi:

Uchta siyosiy kitob: "Gotvald yoshlarga", "9-may Konstitutsiyasi", "Lenin, Stalin, Kalinin yoshlarga";

Majburiy o‘qish: Al. Yirasek "Barchaga qarshi";

Quyidagi nomlardan ikkitasini tanlash:
Y. Fuchik “Bo‘ynida sirtmoq bilan reportaj”,
Y. Fuchik “Ertasi kecha bo‘lgan mamlakatda” (SSSRga tashrif haqida reportaj);
P. Yilemnitskiy “Shamol qaytmoqda”;
I. Olbraxt “Anna-proletarka”;
M. Majerova “Sirena”.

Tanlash uchun ikkita she’riy to‘plam:
Yan Neruda “Juma qo‘shiqlari”;
Y. Volker “Ishchilarga”;
P. Bezruch “Sileziya qo‘shiqlari”;
S. K. Neyman “Qo‘mita”.

Uchta sovet romanidan bittasi: A. Fadeev “Yosh gvardiya”;
N. Ostrovskiy “Po‘lat qanday toblandi”;
B. Polevoy “Haqiqiy inson haqida qissa”.

O‘z mutaxassisligi bo‘yicha ikkita kasbiy kitobni o‘rganish.
5 ta filmni ko‘rish: 3 tasi sovet, 2 tasi chexoslovak yoki boshqa xalq demokratiyasi mamlakatlaridan.

Nishondagi shior shunday edi: "Odamlar, hushyor bo‘linglar!"

P.S. Yulius Fuchik (1903-1943) - chexoslovakiyalik jurnalist, adabiyot va teatr tanqidchisi, publitsist, Chexoslovakiya Kommunistik partiyasining faol a’zosi. Natsistlar qamoqxonasida bo‘lganida "Bo‘ynida sirtmoq bilan reportaj" kitobini yozgan. Natsistlar tomonidan qatl etilgan.

@panda_books
Panda Books
Haqqatda sheryurak qizligini tan olish kerak. Respect. @panda_books
Greta Tunberg va “Madlen” kemasining boshqa faollari bilan birga xalqaro suvlarda Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olinibdi.

Greta G’azoga Falastinliklarga yordam berish va dunyo hamjamiyati diqqatini ushbu muammoga qaratish uchun yoʻlga chiqqan edi.

@panda_books
#tavsiya

Umringning so'ngida qanday yashashni istasang, shu bugunoq shunday yashashni boshla.

Hech bir narsa mustahkam emas. Oldinda ham, ortda ham jamiki narsani domiga tortuvchi cheksizlik hukmron. Shu bois manmanlikka berilish yoki o‘zini o‘tga-cho‘qqa urib, ko‘zyosh to‘kish ahmoqlikdir.

Yozda ozgina stoik falsafasi bilan tanishish hech kimga ziyon qilmaydi. Oʻqi va hayotga qarashlaringni koʻrib chiq.

Mark Avreliy hayotining so‘nggi kunlarida: «Tez orada sen hamma narsani unutasan va o‘z navbatida seni ham hamma yodidan chiqaradi», — deb yozib qoldirgan.

@panda_books
“Eng yaxshi koʻrgan kitobingiz qaysi?”

Hech qachon bu savolga mukammal, oʻzim istagan javobni berolmaslik azoblaydi.

Shuncha kitobdan birortasini tanlolmasam kerak.

@panda_books
11-iyun, 2025-yil.

Salom, Kundalik!

Bugun yozishga arzigulik birorta gʻoya kelmadi.

@panda_books
Hech boʻlmasa, Budapeshtda olgan shu rasmim bilan oʻrtoqlashay.

@panda_books
🤔
Meni ta’sirlantirgan milliy kitoblar Top-10 taligi

Chingiz Aytmatov - “Oq kema”
Javlon Jovliyev - “Qoʻrqma”
Togʻay Murod - “Otamdan qolgan dalalar”
Abdurauf Fitrat - “Hind sayyohi qissasi”
Choʻlpon - “Kecha va kunduz”
Murod Muhammad Doʻst - “Lolazor”
Mirzakalon Ismoiliy – “Fargʻona tong otguncha”
Abdulla Qodiriy – “Mehrobdan chayon”
Pirimqul Qodirov – “Avlodlar dovoni”
Said Ahmad hikoyalari…

Roʻyxatni yaratayotib hali oʻzbek adabiyotidan oʻqishim lozim kitoblar anchaligini tushundim. Buni toʻgʻrilash kerak.

Ha, Aytmatov men uchun milliy yozuvchi, uni shunchaki xorijiy adib sifatida qabul qila olmayman.

@panda_books
Tinchlik - sevgidan, urush nafratdan kelib chiqadi. Sevgi va nafratning farqi nimada?

Farqi shundaki, inson tugʻilishi bilanoq nimadandir nafratlanib tugʻilmaydi, nafrat keyinchalik singdiriladi, singadi.. Sevgi esa insonga Alloh Taolodan ato etilgan eng aziz tuygʻulardan biridir. Uning eng begʻubor timsolini bolasini emizayotgan ona, farzandining ilk qadamini kuzatayotgan ota, ota-onasi duosini olayotgan farzandlar koʻzlarida koʻrsangiz boʻladi.

Dunyoga koʻproq sevgi kerak. Ayni kunlarda ayniqsa. Bolalarni bir-biriga mehrli va muruvvatli qilib tarbiyalash kerak. Kechirimli va halim boʻlish - ojizlik emas, balki kuchli shaxsiyat belgisi ekanini tushuntirish lozimdek.

Muhabbat bunyod etadi. Nafrat vayron qiladi. Muhabbat yo‘l boshlagan joyda tinchlik hukm suradi — bu dunyoning birdaniga yaxshi bo‘lib qolgani uchun emas, balki biz qadrlaydigan narsalarni asrashni tanlaganimiz uchun. Sevgi zaiflik emas. U qudratli qurol.

Tinchlikni istasak, sevishni bilish ham kerak — so‘zda emas, balki amalda. Har kuni. Ayniqsa qiyin damlarda.

Tinchlik — bu dunyoga pushti koʻzoynakda qarash degani emas. Bu nafratdan kuchliroq bo‘lgan bir his borligini anglashdir.

peace.

@panda_books
1975-yil. Qayerdadur qaysidur “kabinet”.

— Biz haligi rus-oʻzbek tili Lugʻati chiqaryotudik.
— Bularing boʻlmaydi. Sovet mafkurasi madh qilinmagan.
— Lekin axir bu shunchaki lugʻatku?!
— Misol tariqasida bo’lsayam keltiringlar unda.
— Xoʻp boʻladi.

@panda_books
2025/07/04 09:18:35
Back to Top
HTML Embed Code: