Bolalarda geografik til sabablari
📌Hazm organlari ishining buzilishi. Noto‘g‘ri ovqatlanish yoki zaxarlanish.
📌Deskvamativ glossit. Ko‘krak yoshidagi bolalarda tish chiqish paytida uchraydi.
📌Qizlardagi gormonal o‘zgarish. Birinchi menstruatsiya paytida.
📌Anemiya. Ko‘pincha og‘ir darjadagi anemiyada uchraydi.
📌Infeksiya. Ba’zi infeksion kasalliklarda mikroflora o‘zgarishi hisobiga.
📌Vitamin yetishmovchiligi. Ayniqsa B12 yetishmovchiligida.
📌Endokrin tizimdagi o‘zgarishlar.
©Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook

❤7
🍎Olmaning bolalar organizmi uchun foydali jihatlari
🍏Ichakda foydali bakteriyalar miqdorini oshiradi. Dizbakterioz paytida pektin prebiotik vazifasini bajaradi va mikroflorani normallashtiradi. Ich kelishini yaxshilaydi.
🍏Immunitetni oshiradi va astma xavfini kamaytiradi. Antioksidantlar oʻpkani oksidlovchilar bilan zararlanishdan himoya qiladi. Tez-tez olma yeyish astmaga boʻlgan xavfni 10%gacha kamaytiradi. Kversetin flavonoidi immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
🍏Kislotali reflyuksni kamaytiradi. Gastroezofagial reflyuks kasalligida ovqat ratsioniga olmani kiritish kasallik simptomlarini kamaytiradi.
🍏Suyaklarning mustahkamligi va zichligini oshiradi. Olmadagi kalsiy suyaklarni mustahkamlaydi.
🍏Turli xil preparatlardan oshqozonni himoya qiladi. Xlorogen kislota va katexin oshqozonni yemirilishdan saqlaydi.
🍏Miya kasalliklarini oldini oladi. Olma sharbati miyadagi zararli faol birikmalar miqdorini kamaytiradi.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

❤11
Bolalar uchun sabzining foydali jihatlari
🥕Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Sabzida beta-karotin juda ko‘p. Beta-karotin organizmda A vitaminiga aylanadi, bu esa ko‘zning to‘g‘ri ishlashi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Ayniqsa, qorong‘ida ko‘rishni kuchaytiradi.
🥕Immunitetni mustahkamlaydi
Sabzining tarkibidagi C vitamini va antioksidantlar bolalarning immun tizimini kuchaytiradi va kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
🥕Terini sog‘lom saqlaydi
A vitamini va antioksidantlar terining sog‘lom va yumshoq bo‘lishiga yordam beradi, shuningdek, toshmalar va boshqa teri muammolarini kamaytiradi.
🥕Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Sabzi tarkibida kletchatka (oziq tolalari) ko‘p bo‘lib, ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi, ich qotishining oldini oladi.
🥕Tish va milklar uchun foydali
Sabzini chaynash tishlar va milklar mushaklarini mustahkamlaydi, shuningdek, og‘iz gigiyenasini yaxshilaydi.

❤7👍1
ARLEKIN SINDROMI
Ko‘proq chala tug‘ulgan chaqaloqlarda qon-tomir fenomeni ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi. Ehtimol, bu vegetativ regulyatsiya mexanizmi disbalansi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Yonbosh holatda yotgan chaqaloqlar terisida, tanasining yuqori yarmida oqarish va pastki yarmida esa yorqin qizil rang aniqlanadi.
U bola holatini o‘zgartirishi bilan almashinadi.
Davolash shart emas, bir necha daqiqadan so‘ng o‘tib ketadi.

❤5👍3
Bolalarda statikaning rivojlanishi
Statika - tananing ma’lum qismlarini zaruriy holatda ushlab turish va fiksatsiya qilishdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanmagan.
1⃣Statikaning birinchi belgisi – bola boshini ushlashi hayotining 2-3 oyligidan boshlanadi, 3 oyligida vertikal holatda bola boshini yaxshi ushlashi kerak.
2⃣Ikkinchi belgi – bola o‘tirishi – 6–7 oyligidan boshlanadi, 7 oylikdan emaklay boshlaydi.
3⃣Uchinchi belgi – bola tik turishi – 9–10 oyligidan boshlanadi.
4⃣To‘rtinchi belgi – bola yurishi – 1-yoshning oxiridan boshlanadi.

👍8❤7
Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.
Air - aeratsiya(shamollatish)
Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.
Cleaning - Tozalash
Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish
Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
Air - aeratsiya(shamollatish)
Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.
Cleaning - Tozalash
Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish
Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
❤11🔥3
🍌🍐 Banan va nok pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha
Mahsulotlar:
• nok - 1 dona.
• banan - 1/2 dona.
• suv - 30 ml.
Tayyorlanishi:
1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#6oylikdan #qoʻshimcha
Mahsulotlar:
• nok - 1 dona.
• banan - 1/2 dona.
• suv - 30 ml.
Tayyorlanishi:
1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤2
🤧Yurtimizda mavsumiy gripp kasalligi yana bo‘y ko‘rsatishni boshladi
🤒Gripp kasalligining birinchi belgilari paydo bo‘lgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt o‘tadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi.
❓Bolalarda gripp kasalligi belgilar qanday?
•bolada tana harorati 38-40 darajaga ko‘tarilishi,
• bosh va tomoq og‘rishi,
• burun bitishi,
• burundan suyuqlik ajralishi,
• yo‘tal,
• mushaklarda og‘riq,
• holsizlik,
• ishtahaning buzilishi,
• ba’zi hollarda qusish holatlari kuzatiladi.
Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤒Gripp kasalligining birinchi belgilari paydo bo‘lgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt o‘tadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi.
❓Bolalarda gripp kasalligi belgilar qanday?
•bolada tana harorati 38-40 darajaga ko‘tarilishi,
• bosh va tomoq og‘rishi,
• burun bitishi,
• burundan suyuqlik ajralishi,
• yo‘tal,
• mushaklarda og‘riq,
• holsizlik,
• ishtahaning buzilishi,
• ba’zi hollarda qusish holatlari kuzatiladi.
Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤1
Bradilaliya va taxilaliya
Ba'zi bolalar gapirayotganda so'zlarni va tovushlarni cho'zib gapirishadi. Bunday holat bradilaliya deb ataladi. Bunda unli tovushlar monoton ravishda cho'zib talaffuz qilinadi. Bunday bolalar odatda juda bo'shashgan, sekin harakatchan bo'ladilar.
Bola shoshib, kuchanib, bo'g'inlarni qoldirib ketib so'zlarni tez-tez talaffuz qilishiga taxilaliya deb ataladi. Bunday bolalar juda aktiv, urushqoq, tez qo'zg'ab ketadigan bo'ladilar.
Bolaning gapirish sur'ati o'zgarishiga uning tarbiyasi va asab tizimi sababchi bo'ladi. Odatda bunday bolalarga asab tizimini boshqaradigan maxsus dorilar beriladi va jismoniy tarbiya qildiriladi.

Bolalarda appenditsitning o‘ziga xos xususiyatlar va ota-onalarga maslahatlar
https://telegra.ph/Bolalarda-appenditsit-04-01
Kanalga qo‘shilish:👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ

Telegraph
Bolalarda appenditsit
Appenditsit – appendiksning yoki koʻrichak chuvalchangsimon oʻsimtasining yalligʻlanishi. Koʻp hollarda chuvalchangsimon oʻsimta ingichka ichakning yoʻgʻon ichakka oʻtish joyida joylashadi. Ammo, ayrim insonlarda chuvalchangsimon oʻsimta jigar ostida, kichik…
❤1👍1
Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:
📌Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
📌Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
📌Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
📌Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
📌Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
📌Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
📌Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
📌Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

❤5👏2
👶Tishi chiqayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?
Bolani tishi yorib chiqayotganda u hamma narsani tishlagisi kelaveradi. Chunki tishlari qichishadi va birmuncha og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p injiqliklar qiladi.
1⃣Bolaga dorixonada sotiladigan, tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan maxsus rezinalardan olib berish kerak. Eslatib o‘tamiz rezina yumshoq bo‘lishi kerak.
2⃣Milklariga tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan, og'riq va qichishishni kamaytiradigan maxsus gellar(lidokainsiz) surish.
3⃣Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, quloqlardagi og‘riq, milklardagi og‘riq isitma va diareya holatlarini bartaraf qilish uchun Dentokind tabletkasi qo‘llaniladi.
📌1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal
📌1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 tabletkadan 3 mahal qo‘llaniladi.
❗️Eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi tabletka va gellarni faqat vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin!

❤5
Chaqaloq qancha vaqt uxlashi kerak?
😴Dastlabki 12 oyi davomida bolada normal uyqu vaqti qancha davom etishi va uyquga moslashtirish qay tarzda o‘tishi haqida savollar ota-onalarni o‘ylantirishi tabiiy holat.
3 oygacha: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bir kunda 14 dan 17 soatgacha uxlashi odatiy holat.
3 oydan 6 oygacha: 3 oydan boshlab chaqaloqning kunlik uyqusi 12 dan 15 soatgacha kamayishi kerak.
6 oydan 12 oygacha: 6 oylikdan boshlab chaqaloqlar kechasi to‘liq uxlashga o‘tadi.

❤9
🍼 Chaqaloqlarda och qolganlik belgilari
Yangi tug‘ilgan chaqaloq och qolganini ayta olmaydi.
1. Qo‘lini og‘ziga olib borishi yoki so‘rishi
Bu ochlikning eng erta belgilaridan biridir. Ko‘pincha chaqaloq och qolganida barmog‘i yoki mushtini og‘ziga soladi.
2. Og‘iz bilan qidiruvchi harakatlar qilishi
Ona ko‘kragiga yaqinlashganda boshini burib, og‘zini ochishi yoki emish harakatini qilishi — bu chaqaloq ovqat qidirmoqda degani.
3. Bezovtalik va yig‘lash
Agar chaqaloq bir necha daqiqadan beri yig‘layotgan bo‘lsa, u och bo‘lishi mumkin. Ochlikdan yig‘i ko‘pincha balandroq va davomli bo‘ladi.
4. Ko‘krakni yoki shishani izlash
Ko‘krak yaqinida boshini burishi yoki shisha ko‘rsa unga qarab harakat qilishi ham ochlik belgisi.
5. Tili bilan lablarini yalashi yoki lablarini chapillatishi
Bular ham chaqaloq emishga tayyor ekanini bildiradi.
Yig‘i — ochlikning kech belgisi hisoblanadi. Shuning uchun erta belgilarni aniqlash muhim. Chaqaloqlar esa talabiga qarab emizilishi kerak.

❤12👍1
Forwarded from BOLAJON BOOKS
👶Barcha onalar o'qishi shart bo'lgan kitob endi Oʻzbekistonda!
Bola salomatligi, tarbiyasi va onalarning eng ko‘p beradigan savollariga javoblar — bularning barchasi doktor Komarovskiyning “365 tavsiya” kitobida jamlangan!
Farzandingiz sogʻlom, baxtli va tinch uxlasin desangiz — mashhur pediatr Yevgeniy Komarovskiyning “365 tavsiya” kitobi aynan siz uchun!
Bu Ukrainalik mashhur pediatr Yevgeniy Komarovskiy tomonidan yozilgan, butun dunyoda bestseller maqomiga ega asar O'zbekistonda ilk bor.
Har bir sahifada — tajriba, ilm va ota-onalarga kerakli maslahatlar.
Komarovskiy aytganini qilgan onalar– farzandlari sog‘lom, o‘zlari esa xotirjam bo'lishadi.
Har kuni bitta tavsiya — 1 yil davomida bolaning sog‘lom o‘sishi uchun foydali maslahatlar!
🍼 Ovqatlantirish
😴 Uxlatish
🤧 Shamollashda parvarish
💊 Zarur bo‘lganda qanday yordam berish kerak?
❗️ Shoshiling! Kitoblar soni cheklangan!
📍O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Kitob narxi : 100000 so'm
📲 Buyurtma uchun: @Bola_Books
Kanalga ulanish:👉@Bolajonbooks

❤8
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya
Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.
Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.
Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

❤3
Forwarded from Behruz Bakhodirov
❓ Bolangiz sog'lig'idan xavotirdamisiz?
❓ Bolangizga tashxis qo'yishda muammolar bo'layaptimi?
Professor, tibbiyot fanlari doktori - Navruzova Shakar Istamovna;
Dotsent, tibbiyot fanlari doktori - Turayev Telmon Temirovich;
Dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi - Yuldasheva Gulnoz Giozovna hamda salohiyatli va tajribali PEDIATR, NEONATOLOGLAR jamoasi qayg'urishadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir oylik bolaning psixomotor rivojlanishi
▪️Bolaning holati oyoq-qo‘llarning fleksor mushaklar gipertonusi bilan bog‘liq.
▪️Shovqinga umumiy tana harakati bilan javob beradi, harakatlarida koordinatsiya yo‘q.
▪️Qornida yotganida boshini bir necha soniyaga ko‘taradi.
▪️Birinchi oyligi oxiriga kelib nazarini biror narsaga yo‘naltirish paydo bo‘ladi.
▪️Tovushlarni farqlamaydi.
▪️Hiqildoqdan chiqadiganga o‘xshash tovush chiqaradi.
▪️ Uyqusining davomiyligi 16 soat.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
▪️Bolaning holati oyoq-qo‘llarning fleksor mushaklar gipertonusi bilan bog‘liq.
▪️Shovqinga umumiy tana harakati bilan javob beradi, harakatlarida koordinatsiya yo‘q.
▪️Qornida yotganida boshini bir necha soniyaga ko‘taradi.
▪️Birinchi oyligi oxiriga kelib nazarini biror narsaga yo‘naltirish paydo bo‘ladi.
▪️Tovushlarni farqlamaydi.
▪️Hiqildoqdan chiqadiganga o‘xshash tovush chiqaradi.
▪️ Uyqusining davomiyligi 16 soat.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤5
NEONATAL ACNE(Chaqaloqlar husnbuzari)
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarning 20% ida uchraydi. Guruhlashgan papulalar to‘plamidan iborat bo‘ladi, yonoq va peshona sohasida joylashadi. Ba’zan chandiqchali nuqtalar shakllanishi bilan tugallanadi.
Asosiy sababi onadan o‘tgan gormonlar va endogen androgenlarning yog‘ bezlarini faoliyatini kuchaytirishi hisobiga yuzaga keladi.
Davolash shart emas, ko‘pincha o‘zi yo‘qolib ketadi. Ba’zan 2 oygacha saqlanishi mumkin. Ba’zi holatlarda o‘zi yo‘qolib ketmaydi, shunda uni dermatolog maslahatiga ko‘ra antiseptik eritmalar bilan davolash kerak!

❤3👍3
❓Chaqaloqning qulog‘i og‘rishini qanday aniqlash mumkin?
Ko‘plab holatlarda chaqaloqlar yig‘isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og‘rig‘i hisoblanadi. Og‘riq kuchi jihatidan quloq og‘rig‘i tish og‘rig‘iga tengdir.
Chaqaloqning qulog‘ida og‘riq bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.
Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog‘i suprasining tragus qismiga ohista bosiladi, agar o‘rta yoki tashqi quloqda yallig‘lanish bo‘lsa, simptom musbat bo‘ladi. Bu holatda chaqaloq yig‘lashi yoki yig‘isi kuchayishi mumkin.