Ko'krak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasiga sabab bo'ladigan top 5 oziq-ovqat mahsulotlari
▪️Sigir suti - 25 dan ortiq antigenlar saqlaydi, termik ishlov berilganda antigenlik xususiyati pasayadi. 75-80% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Tovuq tuxumi - uning tarkibida bir qancha antigen oqsillar mavjud. Termik ishlov berilganda antigenlik xususiyatini saqlaydi. 60-90% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Baliq - allergenlari termostabil bo'lib, allergenlik xususiyatini saqlaydi. 55-50% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Bug'doy mahsulotlari - 12,5-40% holatda gliadin, glyuten va boshqa oqsillar hisobiga allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Sitrus mevalar - ayniqsa apelsin, limon, mandarin 25-30% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Fimoz qanday kasallik?
Jinsiy olat chekka kertmagining torayishi hisobiga, olat boshchasining yalang‘ochlanmay qolishiga sabab bo‘ladi. Fimoz 3-5 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarda uchraydi.
3 turi bor:
-gipertrofik
-atrofik
-chandiqli
(Rasmda atrofik turi ko‘rsatilgan)
Bola qiynalib siyadi, siyish paytida bezovtalik, og‘riq bo‘ladi. Kertmak sohasida shish va qizarish kuzatiladi.
Vaqtida davolanmasa, siydik tutilib infeksiya tushishi hisobiga, parafimoz, balanopostit, sistit, piyelonefrit rivojlanishi mumkin!
1 yoshgacha fiziologik bo‘ladi, davolash shart emas!
1 yoshdan katta bolalarda operativ yo‘l - sirkumsiziya(sunnat qilish) bilan davolanadi.

Bolalarda 1-turdagi(Insulinga bog'liq) qandli diabet belgilari
▪️Doimiy chanqoqlik va ko'p suv ichish(polidipsiya)
▪️Tez-tez va ko'p miqdorda peshob qilish(poliuriya)
▪️Tungi va kunduzgi siydik tuta olmaslik.
▪️Tana massasining kamayishi
▪️Holsizlik va tez charchash
▪️Takrorlanuvchi teri infeksiyalari
▪️Tashqi jinsiy organlardagi yallig'lanishli kasalliklar
❗️ Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan shifokor endokrinolog yoki pediatr ko'rigiga olib borish zarur!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
▪️Doimiy chanqoqlik va ko'p suv ichish(polidipsiya)
▪️Tez-tez va ko'p miqdorda peshob qilish(poliuriya)
▪️Tungi va kunduzgi siydik tuta olmaslik.
▪️Tana massasining kamayishi
▪️Holsizlik va tez charchash
▪️Takrorlanuvchi teri infeksiyalari
▪️Tashqi jinsiy organlardagi yallig'lanishli kasalliklar
❗️ Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan shifokor endokrinolog yoki pediatr ko'rigiga olib borish zarur!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar uchun sabzining foydali jihatlari
🥕Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Sabzida beta-karotin juda ko‘p. Beta-karotin organizmda A vitaminiga aylanadi, bu esa ko‘zning to‘g‘ri ishlashi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Ayniqsa, qorong‘ida ko‘rishni kuchaytiradi.
🥕Immunitetni mustahkamlaydi
Sabzining tarkibidagi C vitamini va antioksidantlar bolalarning immun tizimini kuchaytiradi va kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
🥕Terini sog‘lom saqlaydi
A vitamini va antioksidantlar terining sog‘lom va yumshoq bo‘lishiga yordam beradi, shuningdek, toshmalar va boshqa teri muammolarini kamaytiradi.
🥕Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Sabzi tarkibida kletchatka (oziq tolalari) ko‘p bo‘lib, ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi, ich qotishining oldini oladi.
🥕Tish va milklar uchun foydali
Sabzini chaynash tishlar va milklar mushaklarini mustahkamlaydi, shuningdek, og‘iz gigiyenasini yaxshilaydi.

Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!
Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!
Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar 1 sutkada qancha vaqt uxlashi kerak?
✅Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat.
✅Chaqaloqlar (4–11 oy) — 12-15 soat.
✅Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat.
✅Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat.
✅Kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soat.
✅O‘smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
✅Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat.
✅Chaqaloqlar (4–11 oy) — 12-15 soat.
✅Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat.
✅Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat.
✅Kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soat.
✅O‘smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Olimlar tug’ma ko’rlikni yengishdi — shifokorlar tug’ma ko’r bo’lgan bolalarni tarixda birinchi bor davolay olishdi.
Bolalarga AIPL1 genidagi mutatsiya natijasida kelib chiqqan tug’ma amauroz tashxisi qo’yilgan, shu sababli ular butunlay ko’r bo’lib qolishgan. Shifokorlar ushbu bolalar ko’zining to’r pardasiga genning sog’lom nusxalarini joylashtirdilar. Operatsiyadan besh yil o’tgach ham ular yaxshi ko’rishmoqda.
Hozirda ushbu bolalar ota-onalarining yuzlarini taniy oladilar, hatto o’qish va yozishlari mumkin.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarga AIPL1 genidagi mutatsiya natijasida kelib chiqqan tug’ma amauroz tashxisi qo’yilgan, shu sababli ular butunlay ko’r bo’lib qolishgan. Shifokorlar ushbu bolalar ko’zining to’r pardasiga genning sog’lom nusxalarini joylashtirdilar. Operatsiyadan besh yil o’tgach ham ular yaxshi ko’rishmoqda.
Hozirda ushbu bolalar ota-onalarining yuzlarini taniy oladilar, hatto o’qish va yozishlari mumkin.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍎Olmaning bolalar organizmi uchun foydali jihatlari
🍏Ichakda foydali bakteriyalar miqdorini oshiradi. Dizbakterioz paytida pektin prebiotik vazifasini bajaradi va mikroflorani normallashtiradi. Ich kelishini yaxshilaydi.
🍏Immunitetni oshiradi va astma xavfini kamaytiradi. Antioksidantlar oʻpkani oksidlovchilar bilan zararlanishdan himoya qiladi. Tez-tez olma yeyish astmaga boʻlgan xavfni 10%gacha kamaytiradi. Kversetin flavonoidi immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
🍏Kislotali reflyuksni kamaytiradi. Gastroezofagial reflyuks kasalligida ovqat ratsioniga olmani kiritish kasallik simptomlarini kamaytiradi.
🍏Suyaklarning mustahkamligi va zichligini oshiradi. Olmadagi kalsiy suyaklarni mustahkamlaydi.
🍏Turli xil preparatlardan oshqozonni himoya qiladi. Xlorogen kislota va katexin oshqozonni yemirilishdan saqlaydi.
🍏Miya kasalliklarini oldini oladi. Olma sharbati miyadagi zararli faol birikmalar miqdorini kamaytiradi.

💡 Endilikda kanalimizni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, DONAT qilishingiz mumkin.
❓Donat nima? 💲Donat (ing. donate) - loyiha (sayt, kanal, mahsulot) ni qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalanuvchilar tomonidan loyiha egasiga qilinadigan beg'araz moliyaviy ko'mak. Bu ko'mak maxsus saytlar yoki birorta hisob raqamiga pul o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
❓ Donat qanday qilinadi? Quyida turgan havola orqali o'ting va o'zingizga qulay mablag'ni yozing. So'ngra o'zingizning hisob raqamingizni to'ldirgandek mablag'ni yuborsangiz bo'ladi.
Havola:
👉https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
❗️ Har bir donat, kichikmi yoki kattami, biz uchun juda qadrli va kanalimizni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlanganligingiz biz uchun ilhom manbai va harakatimizni davom ettirish uchun kuch beradi.

❓Bola qanday rivojlanadi?
⏳1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar
⏳2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.
⏳3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.
⏳4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.
⏳5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.
⏳7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.
⏳9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi
⏳11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook

❓Chaqaloqlar nima uchun yig‘laydilar?
▪️Och qolganida
▪️Tagligi to‘lib qolganda
▪️Uyqusi kelganida
▪️Qo‘rqqanida
▪️Sovuq qotganida
▫️Ichak sanchig‘ida
▫️Qulog‘i og‘riganida
▫️Stomatit toshmalari toshganida
▫️Nevrologik muammo borligida
❗️Chaqaloqlar yig‘isining sababi ko‘pincha kasallik bo‘ladi. Shuning uchun uni darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.
©Doctor Muxtorov

🍌🍐 Banan va nok pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha
Mahsulotlar:
• nok - 1 dona.
• banan - 1/2 dona.
• suv - 30 ml.
Tayyorlanishi:
1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#6oylikdan #qoʻshimcha
Mahsulotlar:
• nok - 1 dona.
• banan - 1/2 dona.
• suv - 30 ml.
Tayyorlanishi:
1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
✅Bolalarda rotavirusli gastroenterit belgilari
📌Qusish. Qusuq massasi boshida ko‘p ovqat aralashgan bo‘ladi, keyin shilliq aralashgan suvli ko‘rinishda to‘xtaydi.
📌Qorinda og‘riq. Og‘riq epigastral soha yoki kindik atrofida, odatda doimiy, lekin siquvchi kuchli og‘riq ham bo‘ladi.
📌Ich ketishi. Ich ketishlar soni sutkasiga 5-15 martagacha bo‘lishi mumkin. Stul holati ko‘p, suvli, sariq yoki sarg‘ish-yashil rangda, ko‘pikli va o‘tkir hidli bo‘ladi.
📌Isitma. Tana harorati 37,5-38 °C gacha, ba'zan 39 °C gacha ko‘tariladi.
📌Tomoqda qizarish. Yumshoq tanglay va halqumning yuqori qismida qizarish va shish paydo bo‘ladi.
📌Umumiy holsizlik. Intoksikatsiya va suvsizlanish hisobiga yuzaga keladi.
📌Bosh og‘rig‘i. Intoksikatsiya hisobiga yuzaga keladi.

❓Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?
Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.
Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari
Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.
❗️Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.

Bolalarda og'iz bo'shlig'i kandidozi (yelikish, molochnitsa)
Bu kasallik og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining zamburug'li zararlanishi hisoblanadi. Qo'zg'atuvchilari: Candida albicans, Candida tropicans, Candida crusei.
Kasalikka olib keluvchi asosiy omil bu qayt qilish va qusishdir.
O'tkir og'iz bo'shlig'i kandidozi 3 ta shaklga bo'linadi:
-yengil
-o'rta og'ir
-og'ir
Kasallikning asosiy belgisi og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining karash bilan qoplanishidir(Til, tanglay va yonoqlarning ichki devori). Bundan tashqari shilliq qavatda qizarish va bolada bezovtalik kuzatiladi. Til oqarishi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi, chunki sut ichganidan keyin tili oqarishi mumkin.
Og'ir holatlarda esa yutish og'riqli bo'lganligi uchun bola emish va shishadan ovqatlanishni rad etadi.

Teridagi asimmetrik(tananing ikki tomonida bir-biriga mos bo‘lmagan) burmalar nimadan dalolat beradi?
2-3 oylikdan katta bo‘lgan bo‘lgan bolalarda teridagi asimmetrik burmalar informativligi yuqori bo‘ladi.
Son suyagi tug‘ma chiqishida yoki chanoq-son displaziyasida teri burmalari har xil darajada joylashadi, chuqurligi va shakli jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Diagnostik ahamiyatga ega:
-dumba
-tizza osti
-chov burmalari
Agar son suyagini tug‘ma chiqishi yoki chala chiqishi bo‘lsa, o‘sha tomondagi burmalar chuqurroq va kattaroq bo‘ladi.
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda teri burmalari asimmetriyasi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi.
❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani Vrach ortoped yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

Bola qachon yurishni boshlaydi?
Bolalarning deyarli 50% 1 yoshga kelib yurib ketadi. Lekin yurish davri normada 9 oydan 16 oygacha cho'zilib ketishi mumkin. Yurish - bola organizmidagi 3 faktorning mutanosibligini talab etadi:
☑️mushak kuchi
☑️muvozanat saqlash
☑️xarakter.
Odatda bolaning xarakteri uning yurib ketishida asosiy rolni o'ynaydi.
Yumshoq xarakterga ega bo'lgan bosiq bolalar yurish, emaklash kabi jismoniy o'zgarishlarda asta-sekinlik bilan o'tadilar. Emaklashni yaxshi bilgan bolalar yurishga urinmaydilar, chunki o'z maqsadiga emaklab tez yetib olish imkoni borligini yaxshi tushunadilar.
Kech yurishni boshlagan bolalar odatda bir joyda o'tirib mayda buyumlarni tomosha qilib, ularni qo'llari bilan o'rganib o'tirishdan lazzat oladilar. Kech yurgan bola birinchi emaklaydi, keyin ushlab turib yuradi, keyin tura oladi, undan keyin esa mustaqil qadam tashlashni boshlaydi. Lekin kech yurgan bolalar odatda juda yaxshi, muvozanatni saqlab yuradilar.
Vaqtli yurishni boshlagan bola, aksincha, impulsiv, bir joyda o'tirmaydigan, injiq bola bo'lishi mumkin. Odatda vaqtli yurgan bolalar boshqa jismoniy o'zgarishlarni ham tez uddalashni istab ota-onasini ko'p yugurtirib qo'yadi.
Bolaning erta yoki kech yurishiga uning vazni ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ya'ni, ozg'in bolalar og'ir bolalardan ko'ra tezroq yuradi.
Bolaning yurgan vaqti uning intellekti, jismoniy rivojlanishi, kelajakdagi yutuqlari qanday bo'lishini aslo ko'rsatmaydi. Bolaning qachon va qanday yurgani uning xarakteri singari boshqalardan o'zgacha bo'ladi xolos.

Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:
📌Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
📌Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
📌Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
📌Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
📌Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
📌Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
📌Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
📌Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

Chaqaloqlarda kindik churrasi
Kindik churrasi–qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u 1-2 smni, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.
Tug‘ruq paytidagi travmalar, ich kelishi va siydik chiqarishdagi qiyinchiliklar, yo‘tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o‘lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️Eslatma: Agar bolada qisilgan churra belgilari ya'ni churra qorin bo'shlig'iga to'g'rilanmasa, qusish, meteorizm, qattiq yig'lash kuzatilsa, zudlik bolani shifokor ko'rigiga olib borish zarur!

Chaqaloqlar kindigida patologik holat borligini ko'rsatuvchi belgilar:
▪️Kindikning o'zida yoki atrofdagi terining qizarishi;
▪️Kindik shishib teri sathidan ko'tarilishi;
▪️Kindikdan suyuqlik(rangsiz yoki boshqa ranglarda) ajralishi;
▪️Kindikdan yiring hisobiga badbo'y hid kelishi;
▪️Bolaga kindikda og'riq bordek tuyulishi.
❗️Yuqoridagi belgilardan biri namoyon bo'lsa ham darhol pediatrga yoki bolalar xirurgiga murojaat etish lozim. Uy sharoitida davolash mumkin emas. Ba'zan kindikning yiringlashi sepsisga o'tib ketib, chaqaloq hayotiga xavf solishi mumkin.