Chaqaloqlarda ichak kolikasini bartaraf etish uchun tavsiyalar
Ona uchun:
1)Bola faqat emsa, ona parhez qilishi lozim, ayniqsa uglevodga boy mahsulotlardan.
2) Ona ko'proq suyuqlik ichishi kerak(kuniga 2,5-3 l).
Chaqaloqlar uchun:
1) Chaqaloqni emizib bo'lgandan so'ng, 10-15 daqiqa, kekirguncha 45 ° burchak ostida yoki vertikal ushlab turish lozim.
2) Chaqaloq qornini soat strelkasi bo'ylab massaj qilish lozim (5-6 minutdan kuniga 5-6 marta)
3) Bolaning oyoqlarini tizza va chanoq-son bo'g'imlarida bukib gimnastika qilish kerak (kuniga 5-6 marta).
4) Gaz parchalovchi preparatlar(Bobotik, Kolikvel, Espumizan) berish mumkin. Preparat dozalari pediatr tomonidan belgilanadi.
5) Zarurat bo'lsa pediatr tavsiyasi bilan probiotiklar berish mumkin.
© Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

❤20👍1🔥1
Ko'krak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasiga sabab bo'ladigan top 5 oziq-ovqat mahsulotlari
▪️Sigir suti - 25 dan ortiq antigenlar saqlaydi, termik ishlov berilganda antigenlik xususiyati pasayadi. 75-80% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Tovuq tuxumi - uning tarkibida bir qancha antigen oqsillar mavjud. Termik ishlov berilganda antigenlik xususiyatini saqlaydi. 60-90% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Baliq - allergenlari termostabil bo'lib, allergenlik xususiyatini saqlaydi. 55-50% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Bug'doy mahsulotlari - 12,5-40% holatda gliadin, glyuten va boshqa oqsillar hisobiga allergiya chaqirishi mumkin.
▪️Sitrus mevalar - ayniqsa apelsin, limon, mandarin 25-30% holatda allergiya chaqirishi mumkin.
© Doctor Muxtorov

❤8👍3
6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish
Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.
Qo‘shimcha ovqat berish tartibi
📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).
Kerakli tavsiyalar
▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.

❤6👍4
Bolalar sog‘ligi uchun bananning foydalari
🍌Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan o‘zida Ca(kalsiy) saqlaydi va u ichaklardan yaxshi so‘riladi. Suyaklarda yig‘iladi, raxitni oldini oladi va ularni tezroq o‘sishini ta’minlaydi.
🍌Qabziyat. Banan klechatkaga boy bo‘lganligi sababli ich kelishini yaxshilaydi.
🍌Oshqozon himoyasi. Oshqozon devorini o‘rab oladi va uni har xil mexanik(qattiq ovqat) va kimyoviy(xlorid kislota) ta’sirlardan himoya qiladi.
🍌Hazm faoliyatini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar iste’mol qilingan ovqatni tezroq hazm bo‘lishiga yordam beradi.
🍌Stressga qarshi ta’siri. Banan ko‘p miqdorda magniy(Mg) saqlaydi va u nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi.

❤5🔥5👍4
Bolalar virusli Gepatit Aga qarshi necha yoshdan boshlab emlanadi?
Virusli Gepatit Aga qarshi emlash bolalarda 1 yoshdan boshlab amalga oshiriladi.
Bizda 1 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga asosan Gepatit Aga qarshi vaksinatsiya uchun "Havriks"(720TB/1 doza) qo'llaniladi.
Preparat 2 yoshdan katta bolalarning yelka mushaklariga, 2 yoshdan kichik bolalar sonining old-lateral yuzasiga inyeksiya qilinadi.
Bolalarda gepatit Aga qarshi vaksinatsiya qilish sxemasi bo'yicha preparat ikki dozada yuboriladi. Birinchi dozadan 6-12 oy vaqt o'tib ikkinchi doza kiritiladi. Dozalar orasidagi interval 5 yildan oshmasligi kerak.
❗️Eslatma: Vaksinatsiya pediatr ruxsati va nazorati ostida amalga oshiriladi! Gepatit Aga qarshi emlash respublika profilaktik emlashlar kalendarida mavjud emas.

❤9👍2
Bolalarda yassioyoqlik
Yassioyoqlik – tayanch – harakat tizimining kasalligi. Bunda tovon suyaklari gumbazining yassilanishi kuzatiladi. Tayanch-harakat tizimi faoliyati buziladi.
Oyoq panjasining asosiy vazifasi tanadan tushgan og‘irlikni teng miqdorda taqsimlashdir. U xuddi “prujina” singari harakatda bo‘lishi kerak. Yassioyoqlikda esa bu yuk tizza, bo‘ksa va belga yuklama tushiradi. Harakat qilmasdan turib charchash, bosh og‘rig‘i – bu aynan to‘g‘ri taqsimlanmagan yukning oqibatidir.
Oyoqning tez charchashi, tovonda simillovchi og‘riqlar, oyoq kiyim tanlashdagi qiyinchiliklar, tovon shishi, katta barmoq sohasidagi terining qalinlashishi va dag‘allashishi yassitovonlikning erta belgilari sanaladi.
Yassitovonlikning tug‘ma va orttirilgan turi kuzatiladi. Bolalarda 5 yoshgacha suyak shaklida o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook

❤5👍1
🍉👶Tarvuzni bolalarga qachondan berish mumkin?
Tarvuz tarkibi:
Suv (92%) – issiq kunlarda suvsizlanishning oldini oladi.
C vitamin – immunitetni kuchaytiradi.
A vitamin – ko‘rish va teri sog‘lig‘iga foydali.
Likopin – antioksidant xususiyatga ega.
Kaliy – yurak va suyuqlik muvozanatini yaxshilaydi.
Qachondan va qancha miqdorda berish kerak?
🔹 0–6 oy: Faqatgina ona suti. Tarvuz man etiladi.
🔹 10–12 oy: 1–2 choy qoshiq pyure koʻrinishidau(urug‘siz, mayda qilib ezilgan)
🔹 1 yosh+: Mayda bo‘laklarga boʻlib, kuzatuv ostida. Urug‘siz va sovuq emas.
🔹 2 yosh+: 100–150 g gacha kuniga.
❗️ Ogoh bo‘ling:
Me'yoridan oshiq berish ich ketishiga sabab boʻlishi mumkin.
Tarvuz urug‘i — bo‘g‘ilish xavfi.
Sovuq tarvuz — tomoq og‘rig‘i.
Ko‘p tarvuz — qorin og‘rig‘i.

👍18❤17
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:
I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓Olti oylikdan oshgan bolalarga birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida qanday taomlarni berish tavsiya etiladi?
❓Qaysi ovqatlar ko‘proq foydali, qaysi taomlarni berishga esa shoshilmagan ma’qul?
Manba: unicef.uz
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❓Qaysi ovqatlar ko‘proq foydali, qaysi taomlarni berishga esa shoshilmagan ma’qul?
Manba: unicef.uz
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍7👏3❤2
Bolalarda raxit kasalligini oldini olish
Tug'ruqdan oldin(homilador ayollar uchun):
▫️D vitaminiga boy mahsulotlar iste'mol qilish
▫️Quyosh nurlari ostida sayr qilish
▫️Polivitaminlar qabul qilish(200-400 XB D vitamini saqlovchi)
Tug'ruqdan keyin chaqaloqlarda:
▪️Quyoshli kunlarda sayr qilish (9-10 lar atrofida)
▪️Bolani bir yoshgacha ona suti bilan boqish
▪️Massaj va gimnastik mashqlar o'tqazish
▪️Profilaktik doza(500 XB = 1 tomchi)da D vitamini ichirish.

❤7👍1
❓Bolalar tish tozalashni necha yoshdan boshlashi kerak?
Ota-onalar 3 yoshdan boshlab tish cho‘tkasi va pastasidan qanday foydalanishni o‘rgatishlari mumkin. Bu yoshda bola ota-ona yordamida bilan tozalashni boshlaydi. 7 yoshdan boshlab esa nerv-muskul tizimi to‘liq rivojlangach, o‘zlari mustaqil tozalashlari mumkin.
Bu davr sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinishni boshlagan davr bo‘lib, ko‘proq e’tiborni talab qiladi.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ota-onalar 3 yoshdan boshlab tish cho‘tkasi va pastasidan qanday foydalanishni o‘rgatishlari mumkin. Bu yoshda bola ota-ona yordamida bilan tozalashni boshlaydi. 7 yoshdan boshlab esa nerv-muskul tizimi to‘liq rivojlangach, o‘zlari mustaqil tozalashlari mumkin.
Bu davr sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinishni boshlagan davr bo‘lib, ko‘proq e’tiborni talab qiladi.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤6👍2
Chaqaloqlarda marmar teri (Cutis marmorata)
Sovuqda chaqaloq terisida to‘q qizil-ko‘k “marmar” naqsh paydo bo‘lishi cutis marmorata deyiladi. Bu chaqaloqlarda qon tomirlarining issiqlik nazorati tizimi yetilmaganligi sabab yuz beradi. Iliqlashganda odatda yo‘qoladi va xavfli emas.
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
▪️Iliq holatda ham yo‘qolmasa.
▪️Boshqa belgilar (nafas qisilishi, rangsizlanish, holsizlanish) bo‘lsa.
▪️Teri o‘zgarishlari tug‘ilgandan beri doimiy bo‘lsa.
❗️Ko‘p hollarda bu holat normal bo‘lsa-da, doimiy yoki simptomlar bilan kechsa — pediatr ko‘rigidan o‘tqazish zarur.

❤6🔥1👏1
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
📚 5 ta kitob — 20 000 soʻm
Yosh farazandlari bor har bir ota-ona buyurtma qilishi shart bo‘lgan kitoblar.
📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
@Maqsud_Muxtor

Qiziqarli ona tili — 4 000 so‘mXarid: www.tg-me.com/akademsavdo | +998994331677
Qiziqarli biologiya — 4 000 so‘m
Qiziqarli fizika — 4 000 so‘m
Elektr olami — 4 000 so‘m
Antiqa mantiq — 4 000 so‘m
📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
@Maqsud_Muxtor
❤5
13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun smartfonlar: o‘smirlarda depressiya va xavotir xavfi
Ijtimoiy tarmoqlarga (13+) cheklovlarga qaramay, Johns Hopkins Medicine mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, 8 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning taxminan 40%i allaqachon faol ravishda ulardan foydalanmoqda. Global Mind Project kabi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erta yoshda smartfonga kirish o‘spirinlarda depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z-o‘zini past baholash bilan bog‘liq.
Global Mind Project ma’lumotlariga ko‘ra, 13 yoshgacha birinchi smartfonini olgan yoshlar 18–24 yoshda ruhiy salomatlik muammolariga ko‘proq duch kelishadi. Qizlar orasida bu xavf ayniqsa sezilarli: 5–6 yoshda smartfondan foydalanishni boshlaganlarning 48%i keyinchalik o‘z joniga qasd qilish fikrlarini bildirgan – 13 yoshda qurilmani olganlarda esa bu ko‘rsatkich 28%.
Qo‘llab-quvvatlash va xavflar: ijtimoiy tarmoqlarning ikki tomonlama tabiati
Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa o‘zini yolg‘iz yoki tushunilmagan his qilayotgan o‘spirinlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Onlayn jamoalar o‘zini ifoda etishga, o‘xshash qiziqishlarga ega do‘stlar topishga va psixologik yordam haqida ma’lumot olishga yordam beradi.
, – deydi Johns Hopkins Medicine bolalar psixiatr doktori Kerol Vidal.
Ammo raqamli muhitga haddan tashqari berilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. AQSh bosh jarrohining ogohlantirishicha, uzoq vaqt ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish miyani o‘zgartirishi, hissiyotlarni boshqarish, impulsivlik va ijtimoiy signallarga javob berishni buzishi mumkin.
Qo‘shimcha xavflar:
- Yolg‘izlik. Onlayn muloqot jonli aloqalarni o‘rnini bosa olmaydi, o‘spirinlarni izolyatsiyada qoldiradi.
- Harakatsizlik. Ekran oldida ko‘p vaqt o‘tkazish faollikni kamaytiradi, endorfinlar – tabiiy antidepressantlar ishlab chiqarilishi pasayadi.
- Uyqusizlik. Ekranlarning ko‘k nuri va kechasi skroll qilish uxlashga xalaqit beradi va uyqu sifatini yomonlashtiradi.
- Tarmoqda zo‘ravonlik. Global Mind Project ma’lumotlariga ko‘ra, kiberzo‘ravonlik o‘spirinlarning ruhiy holatining 10% yomonlashishini tushuntiradi. Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlarga erta kirish ruhiy salomatlikning 40% holatida yomonlashuvi bilan bog‘liq.
- O‘zini lentadagi “ideal” obrazlar bilan solishtirish, zaharli kontent ta’siri va uyqu buzilishi xavotir va depressiya simptomlarini kuchaytiradi.
Bolalarga raqamli dunyoga moslashishda qanday yordam berish kerak?
Shifokorlar smartfonlardan foydalanishni taqiqlash emas, balki bolalarga raqamli gigiyena o‘rgatishni maslahat berishadi:
- Ekran oldida o‘tkaziladigan vaqtni yoshga qarab kuniga 1–2 soat bilan cheklash.
- Telefonga bildirishnomalarni o‘chirish, telefon qaramligini kamaytirish uchun.
- Uyqudan oldin va ovqat paytida gadjetlarni olib qo‘yish.
- Bolalar bilan kiberzo‘ravonlik va internetda xavfsiz xulq-atvor haqida suhbatlashish.
- Oila bilan muloqot paytida telefondan foydalanmaslik orqali namuna ko‘rsatish.
– deydi Johns Hopkins All Children’s Hospital neyropsixologi doktor Jennifer Katzenstein.
Mutaxassislar ta’kidlaydiki, ota-onalarning vazifasi bolani texnologiyalardan ajratib qo‘yish emas, balki ulardan ongli foydalanishni o‘rgatishdir.
Manba

"Ijtimoiy tarmoqlar maktab yoki oila muhitidan ko‘ra bolaga ko‘proq qabul qilinishni his qilish joyi bo‘lishi mumkin"

"Oddiy qoidalar – telefonni yotoqxonadan kechasi olib chiqish – uxlashni yaxshilaydi va xavotirni kamaytiradi",
– deydi Johns Hopkins All Children’s Hospital neyropsixologi doktor Jennifer Katzenstein.
Mutaxassislar ta’kidlaydiki, ota-onalarning vazifasi bolani texnologiyalardan ajratib qo‘yish emas, balki ulardan ongli foydalanishni o‘rgatishdir.
Manba
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤7👍4
Chaqaloqlarda iyak titrashi normal holatmi?
3-oygacha bo'lgan go'daklarda iyak titrashi normal holat hisoblanadi. Iyak titrashi ko'pincha oziqlantirish(emizish) yoki cho'miltirish vaqtida, yig'lash jarayonida, ba'zan esa uyqu vaqtida ham yuzaga keladi. 3 oydan katta bolalarda esa nevrologik yetilmaganlik yoki patologik holat belgisi bo'lishi mumkin.
Iyak titrashining fiziologik va patologik sabablari:
▪️Fiziologik titrash 3 oylikkacha bo'lgan go'daklar uchun xarakterli hisoblanadi. Asosan chala tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sabablari: gormonlar ta'siri, ochlik, diskomfort xona harorati, yorqin yorug'lik, qattiq shovqin, tana holatini birdan o'zgartirish, og'riq his qilish.
▪️Patologik iyak titrashiga miyadagi gipoksiya, kalla ichi bosimining ortishi, qalqonsimon bez kasalliklari va boshqa buzilishlar sabab bo'lishi mumkin.

❤8👍1
Bolalarda adenoid borligini kasallik belgilariga qarab aniqlaymiz.
📌Tez-tez burun bitishi, davolash yordam bermaydi.
📌Burun orqali nafas olishni qiyinlashishi
📌Og‘zini ochib uxlash
📌Xurrak otish
📌Uyqu buzilishi
📌Ovoz tembrining o‘zgarishi
📌Ko‘z qizarishi va yosh oqishi
📌Eshitishning pasayishi
📌Quruq yo‘tal, asosan ertalab
📌Qo‘zg‘aluvchanlik va tez charchab qolishi
📌Bosh og‘rig‘i
📌Nevrologik tiklar yoki ko‘zini tez-tez ochib yumish
❗️Yuqorida belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach LOR ko‘rigiga olib boring!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
📌Tez-tez burun bitishi, davolash yordam bermaydi.
📌Burun orqali nafas olishni qiyinlashishi
📌Og‘zini ochib uxlash
📌Xurrak otish
📌Uyqu buzilishi
📌Ovoz tembrining o‘zgarishi
📌Ko‘z qizarishi va yosh oqishi
📌Eshitishning pasayishi
📌Quruq yo‘tal, asosan ertalab
📌Qo‘zg‘aluvchanlik va tez charchab qolishi
📌Bosh og‘rig‘i
📌Nevrologik tiklar yoki ko‘zini tez-tez ochib yumish
❗️Yuqorida belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach LOR ko‘rigiga olib boring!
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
❤9👍6
Chaqaloqlar reflekslari
👶Xartum refleksi. Barmoqlar bilan chaqaloqning lablariga tegish natijasida uning lablari cho’chchayib, oldinga cho’ziladi.
👶Robinson refleksi. Kaftiga barmoq yoki qalam tegishiga javoban bola ularni shunday kuch bilan ushlab oladiki, xatto ko’tarsa ham qo’yib yubormaydi. 4- oyga borib, bu refleks yo’qolib ketadi(yuqoridagi suratda ko'rsatilgan).
👶Moro refleksi. Bola yotgan stol yoki krovat turtilsa, bola avval qo’llarini yoyadi, so’ng ularni bukadi. Bu refleks qo’ldagi bolani tez pastga tushirganda ham qayd etiladi. U statokinetik reflekslar turkumiga kirib, bola 4 oylik bo’lgunicha kuzatiladi.
👶Bauer refleksi. Bola qornida yotgan holatda kaft bilan uning oyoqlari kaftiga yengilgina bosiladi. Shunda bola kaftdan itarilib, emaklashga o’xshash harakat qiladi. Bu refleks ham bola 4 oylik bo’lganidan keyin yo’qoladi.

❤15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓Bolaning ilk qo‘shimcha ovqati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?
❓Olti oyga to‘lgan o‘g‘il-qizlar rasioniga qanday oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi zarur?
Manba: unicef.uz
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
❓Olti oyga to‘lgan o‘g‘il-qizlar rasioniga qanday oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi zarur?
Manba: unicef.uz
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook
❤5🔥1
📊 Qaysi hududda eng koʻp egizak chaqaloq tugʻilgan?
🏢 Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 9 738 nafar egizak chaqaloq tugʻilgan.
🇺🇿 Hududlar kesimida tugʻilgan egizak chaqaloqlar soni:
— Qoraqalpogʻiston R. – 451 ta
— Andijon viloyati – 883 ta
— Buxoro viloyati – 486 ta
— Jizzax viloyati – 410 ta
— Qashqadaryo viloyati – 1 054 ta
— Navoiy viloyati – 233 ta
— Namangan viloyati – 778 ta
— Samarqand viloyati – 1 197 ta
— Surxondaryo viloyati – 856 ta
— Sirdaryo viloyati – 258 ta
— Toshkent viloyati– 686 ta
— Fargʻona viloyati – 1 172 ta
— Xorazm viloyati – 544 ta
— Toshkent shahri – 730 ta

❤13