Telegram Web Link
🎉TABRIK!

🎈Barcha bolajonlarni 1-iyun “Xarqaro bolalarni himoya qilish” kuni bilan tabriklayman. Ularni doimo sog‘u-salomat bo‘lishi tilakdoshiman.

Bolalarimizni asraylik! Chunki bu dunyoda ulardanda ortiqroq boyligimiz yo‘q!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tug‘ma stridor nima o‘zi?

Bola nafas olganida normada ovoz eshitilmaydi. Ba'zi bolalarda nafas olayotganda shovqin eshitiladi. Tug‘ma stridor bu-chaqaloqlardagi shovqinli, qattiq, dag‘al nafas(xuddi videodagidek).

Buning asosiy sababi nafas yo‘llaridagi anomaliyadir. Ya'ni hiqildoq va traxeyadagi torayish hisobiga o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi shovqinli bo‘ladi(hushtakni eslang).

❗️Agar shovqinli nasaf bilan birga og‘iz atrofi ko‘karishi, marmarsimon teri, yutishga qiynalish va ozib ketish kuzatilsa, bolani darhol shifokor pediatr va lor ko‘rigiga olib borish lozim.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!

Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Allohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!


Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Bolani jazirama issiqdan asrang!

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari

☑️1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

☑️2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

☑️3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

☑️4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

☑️5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

☑️6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.

☑️7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

☑️8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

☑️9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

☑️10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatish qanchalik to‘g‘ri?

👶Bir martalik tagliklar(pampers) - bu juda qulay ayniqsa vaqtni tejaydi, lekin onajonlar undan qancha ko‘p foydalansa, bolani tuvakka o‘rgatish shunchalik qiyin bo‘ladi.

O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, pampersda bola tagini ho‘llab qo‘ysa ham, issiq, quruq va eng asosiysi unga noqulaylik tug‘dirmaydi.

Agar siz bolani ishtoncha va polzunkalarga o‘tkazsangiz, u yoqimsiz namlik holatini his qila boshlaydi va tuvakka o‘tirishni o‘rganishi ancha tez bo‘ladi.

👨‍⚕Kaminaning tavsiyasi, 18 oylikdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatmaganingiz ma’qul. Bu bilan siz bolangizda yana bir shartli refleksni o‘z vaqtida paydo bo‘lishiga yo‘l ochib bergan bo‘lasiz.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
MILIA

Milia –yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda ona gormonlari ta'siri ostida yog‘ bezlari ajralmalarining ko'p ajralishidan va yog‘ bezlarning chiqish yo'llari to'silishi oqibatida paydo bo'ladi. Ko'p holatlarda burun qanotlari, qanshar, peshona va iyaklarda yig'iladi. Kam hollarda butun tanani qoplaydi. Teri yuzasidan yuqorida yog‘ bezlari ajralmasi bilan to'ldirilgan 1–2 mm hajmdagi tugunchalar ko'rinishida bo'ladi. 50 foiz chaqaloqlarda kuzatiladi.
Davolash shart emas, 1–2 hafta ichida o‘zi yo‘qoladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda ko‘p terlash sabablari

Bolalarning koʻp terlashiga quyidagilar sabab boʻladi:
📌Xona haroratining yuqori boʻlishi yoki ob havoning issiq boʻlishi natijasida bolaning terlashi;
📌Kun davomida bola emotsional holati, qoʻzgʻaluvchanligi, nerv tizimining taʼsirlanishi tungi vaqtda koʻp terlashga sabab boʻladi
📌Shamollash kabi holatlarda;
📌Nasliy moyillik.

Koʻp ter ajralishi ayrim kasalliklar natijasida ham roʻy beradi, ular quyidagilar boʻlishi mumkin:
📌Vitamin D yetishmovchiligi va raxit
📌Qalqonsimon bez funksiyasida kamchiliklar;
📌Jigar va oshqozon ichak tizimidagi muammolar;
📌Yurak-qon tomir kasalliklari;
Immun tizimidagi oʻzgarishlar.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chaqaloqlarda issiqlik toshmalarini oldini olish

Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi xavfini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiyalarga rioya qilish lozim.

▪️Chaqaloqlarni mavsumga va ob-havoga moslab kiyintiring. Issiq kunlarda ularni adyol yoki issiq matolarga o'rash shart emas.
▪️Chaqaloqlarga kiyim tanlashda paxta matosidan tayyorlangan, keng va teri nafas oladigan kiyimlarni tanlang.
▪️Chaqaloqlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlaridan uzoqroq tuting.
▪️Issiq havoda chaqaloqlarni 22-25 °C haroratli salqin joyda saqlang. Yoz oylarida oʻta issiq havo kuzatilsa, konditsionerdan foydalanib xonani salqinlatish mumkin.
▪️Chaqaloqlarni isitish moslamalari yoki boshqa issiqlik chiqadigan manbalar yaqinidan uzoqroq saqlang.
▪️Ortiqcha terlash holatlarini kuzatib boring. Agar chaqaloq terisi qizarib ketsa yoki terlayotgan boʻlsa, salqin joyga o'tqazing va terisini quruq saqlang.
▪️ Issiqlik toshmalarini oldini olishning yana bir usuli chaqaloqni kuniga 1-2 marta qoraqiz o'tli dengiz tuzi solingan suvda cho'miltirish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tug‘ulgan chaqaloqda kalla suyaklari bir-biri bilan qanday birikkan?

Chaqaloq kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi:

💠Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida;
💠Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida;
💠O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida;
💠Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida;
💠O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV) (Doctor Muxtorov) via @PostBot
💡 Endilikda kanalimizni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, DONAT qilishingiz mumkin.

Donat nima? 💲Donat (ing. donate) - loyiha (sayt, kanal, mahsulot) ni qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalanuvchilar tomonidan loyiha egasiga qilinadigan beg'araz moliyaviy ko'mak. Bu ko'mak maxsus saytlar yoki birorta hisob raqamiga pul o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

Donat qanday qilinadi?
Quyida turgan havola orqali o'ting va o'zingizga qulay mablag'ni yozing. So'ngra o'zingizning hisob raqamingizni to'ldirgandek mablag'ni yuborsangiz bo'ladi.

Havola:
👉https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

❗️ Har bir donat, kichikmi yoki kattami, biz uchun juda qadrli va kanalimizni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlanganligingiz biz uchun ilhom manbai va harakatimizni davom ettirish uchun kuch beradi.
Go'daklarda tish chiqish alomatlari

▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi.
▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi.
▪️Tish chiqishidan taxminan bir oy oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi
▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga).
▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi.
▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin.
▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi.
▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi.
▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi
▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chaqaloqlarda tranzitor holatlar

▪️Hozirgina tug'ilgan bola sindromi
▪️Tranzitor giperventilyatsiya
▪️Tranzitor qon aylanishi
▪️Oddiy eritema
▪️Terining fiziologik qipiqlanishi (deskvamatsiya)
▪️Toksik eritema
▪️Milia
▪️Miliaria
▪️Fiziologik sariqlik
▪️Lanugo
▪️Teleangioektaziya
▪️Mongol dog'i
▪️Tranzitor gipertermiya
▪️Tranzitor gipotermiya
▪️Neonatal oligouriya
▪️Siydik infarkti
▪️Fiziologik mastopatiya
▪️Deskvamativ vulvovaginit
▪️Ichakning tranzitor katari

Yuqoridagi mavzular sizni qiziqtirsa quyigadi havola orqali o'qishingiz mumkin👇👇👇
https://soff.uz/product/tibbiyot-chaqaloqlarda-tranzitor-holatlar
MONGOL DOG‘I

Mongol dog‘lari - bu terida ko‘p miqdorda melanin pigmentini(teriga rang beruvchi pigment) to‘planishi natijasida yuzaga kelgan, ko‘k-yashil tusdagi dog‘.

Dog‘ ko‘pincha bel, dumg‘aza, yelkada joylashadi. O‘lchami 6-10 sm va undan katta bo‘lishi mumkin.

Dog‘ soch bilan qoplanmagan, bosganda yo‘qolmaydi.

Davolash shart emas,xavfsiz, 4-10 yoshgacha yo‘qolishi yoki bir umrgacha saqlanib qolishi mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Doctor Muxtorov
Dorixona narkomaniyasi yosharib boryapti: bemorlar ro‘yxatida 10 yoshli bola ham bor

O‘zbekistonda «dorixona narkomaniyasi» yosharib boryapti. 5 mingga yaqin odam narkologik bemorlar dispanser hisobida tursa, ular orasida 10 yoshli bola ham bor. Bu haqda Respublika bosh narkologi Zarifjon Ashurov ma’lumot berdi.

Mutaxassisga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi kurashda tanani davolashdan tashqari, psixologik muammolarni hal qilishga va ijtimoiylashuvga ahamiyat qaratish zarur. Chunki, Ashurovning ta’kidlashicha, yoshlarning aksariyati giyohvandlikka psixologik muammolar sabab berilyapti.

«Hozir giyohvandlik yo‘liga kirib qolish, asosan, ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq. Yoshlar bilan suhbatlashganimizda, aksariyati psixologik muammolarni sabab qilib ko‘rsatadi. „Yaqinlarim meni eshitmaydi“, „fikrim bilan hech kimning ishi yo‘q“, kabi sabablarni keltiradi», — dedi u.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Bolalarda tish chiqishini yengillashtiruvchi dori vositalari ularning o'limiga sabab bo'lyaptimi?

FDA(Food and Drug Administration) ning xabar berishicha, 2%li lidokain saqlovchi og'iz gellarini tish chiqishi paytida og'riqni davolash uchun foydalanmaslik kerak, chunki uning zarari foydasidan ustun turadi.

FDA chaqaloqlar va ko'krak yoshidagi bolalarda lidokainli gellardan tufayli yuzaga kelgan jiddiy no'jo'ya reaksiyalar, shu jumladan, bir nechta bolada o'lim holatlari haqida 22 tadan ortiq xabarlarni oldi. Bu faktlarning barchasi qat'iy hujjatlashtirilgan, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida 2%li lidokain eritmasini qo'llash va asoratlarni rivojlanishi o'rtasidagi sababiy bog'liqlik tasdiqlangan.

"Milklarga surish uchun qo'llaniladigan lidokain asosli mahalliy og'riq qoldiruvchi preparatlar har qanday holatda ham kam effektli, ularning ta'siri kuchsiz va bir necha daqiqa davom etadi. Gelni ko'p miqdorda tasodifiy yutib yuborish holati (tez-tez sodir bo'ladi) chaqaloqlarda og'ir asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin: tutqanoqlar, ko'pincha kalla suyagi va miyaning shikastlanishiga olib keladi, shuningdek yurak ritmining buzilishi. Lidokainli gellardan yuzaga kelgan bolalardagi o'lim holatlari, sabr kosasini to'lishi uchun so'nggi tomchi bo'ldi va biz AQShda chaqaloqlarda bu gellardan foydalanishni butunlay taqiqlaymiz" - deydi mutaxasislar.

FDA rasmiylari tibbiyot xodimlaridan tish chiqishidagi og'riqni davolash uchun 2%li lidokain gellarini buyurmaslikni yoki tavsiya qilmaslikni so'ramoqda. Mutaxassislar shifokorlarga ushbu xavf haqida ota-onalar va vasiylarni xabardor qilishni, boladagi og'riqni yo'qotishning boshqa usullarini qo'llashni maslahat berishadi: yumshoq rezinali sovutilgan (lekin muzlatilmagan emas!)tish yorgichdan foydalanish, bolaning milklarini toza barmoq bilan yengil massaj qilish va hokazo.

Manba: https://www.medscape.com/viewarticle/827419

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Badiiy adabiyot va she'riyat qiziquvchilar uchun kanal tavsiya qilamiz!

Kanalda siz:
▪️Iqtiboslar
▪️Taqrizlar
▪️Tahliliy maqolalar
▪️Hikoyalar
▪️Shaxsiy fikrlar
▪️Elektron kitoblar

Topishingiz mumkin.

Kanalga ulanish quyidagi havola orqali👇
@Maqsud_Muxtor
2025/07/03 18:50:48
Back to Top
HTML Embed Code: