Telegram Web Link

#Digital_Generation_Girls

"Raqamli avlod qizlari" loyihasidan navbatdagi intervyu:

Al Xorazmiy universitetining faxriy prezidenti Islam el Hadari Kelajak kasblari: Sun’iy intellektning o’rni kuchayib borayotgan dunyoga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
🌐 BATAFSIL
____

👉
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: qizlar.raqamliavlod.uz

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida, Serbiya Respublikasi Birinchi xonimi Tamara Vuchich Samarkand shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.


Uchrashuv davomida Tamara Vuchich maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, jumladan, maktab hayoti, o‘quv va STEAM-laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi, oshxona hamda boshqa mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.


Shuningdek, Vuchich xonim maktabning turli yo‘nalishlarda chuqur bilim olayotgan faol o‘quvchilar bilan bevosita muloqot qilib, yoshlarning ilmiy izlanishlari, g‘oyaviy yondashuvlari va erishgan yutuqlarini e’tirof etdi.

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli asr va ta’lim: “AI–School” tashabbusi

YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va ta’lim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uyg‘unligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Bu yo‘nalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv ta’lim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.

“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, har bir bolaga ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.


Bu tashabbuslar ta’lim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish va yangi intellektual muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YUNESKO sessiyasida dezinformatsiya xavfiga alohida e’tibor qaratildi

Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida YUNESKOning mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha global strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Shuningdek, yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia g‘oyalarini o‘zaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish tashabbusi qayd etildi.

Virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalg‘itish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar ko‘rish jiddiy zaruratga aylanmoqda, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO #tashabbuslar

Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari nutqida ta’lim sohasiga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezidentimiz ma’lum qilganidek, respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Farg‘ona YUNЕSKOning ta’lim shaharlari Global tarmog‘idan joy oldi. Shuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilg‘or texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi.

“Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ko‘hna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO shafeligida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qo‘shilamiz”, dedi Prezidentimiz.


Davlatimiz rahbari Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish, “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish, Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish kabi muhim tashabbuslarni taklif etdi.

Ma’lumot uchun: konferensiya so‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNЕSKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo‘lib o‘tmoqda.

@hilola_umarova


Agentlik rahbari Samarqand viloyatida o‘rganishda

🌍 Ushbu tashrif Samarqand shahrida o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

🗣 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Samarqandda bo‘lib, viloyatdagi tizim maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

📍Tashrif davomida rahbar Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Oqdaryo tumanidagi 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda bo‘lib, o‘quv jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ustozlar faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini o‘rgandi.

🔎 Shuningdek, Agentlik rahbari Samarqand viloyatidagi tizim maktablarida ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, ilg‘or tajribalar va mavjud muammolarni chuqur o‘rganib, ularni bartaraf etish hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.

🟢 Maqsad — ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish va samaradorlikni ta’minlash.

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/07 05:35:56
Back to Top
HTML Embed Code: