Telegram Web Link

#ChSB_imtihonlari

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda I chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

📝Choraklik summativ baholash sinovi savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlarga muvofiq ishlab chiqildi.

❗️2025/2026-oʻquv yili ChSB imtihonlari toʻliq onlayn shaklda oʻtkazilmoqda.

📆Tort kun davom etadigan ChSB imtihonlarida ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablardan jami 71 ming nafardan ortiq oʻquvchi ishtirok etadi. Xususan, reja-grafik asosida 5-11-sinf oʻquvchilari ixtisoslik fanlar boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, ChSB imtihonlari 31-oktabrga qadar davom etadi.

📸 Jarayonlardan fotolavhalar

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Digital_Generation_Girls

🔴 "Raqamli avlod qizlari" tanlovining kuzgi mavsumi uchun ro'yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda


Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:


Yashil iqtisodiyot;
Sun‘iy intellekt;
Iqlim o‘zgarishi;
Ta‘lim.

Jarayonlar 3 bosqichda tashkil etiladi, nomzodlar 1-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
qizlar.raqamliavlod.uz

#Raqamli_avlod_qizlari
#Yangi_mavsum

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:

Xusanov Azimjon Nozimjonovich — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mirgatsiya agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matematika_festivali

MATEMATIKA FESTIVALI BO‘LIB O‘TADI

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida 2–3-noyabr kunlari matematika festivali bo‘lib o‘tadi!

Tadbir amaliy matematika va informatika fakulteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

❗️Festivalda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi maktablarning 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

🔗 Festivalda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali joriy yilning 30-oktabriga qadar ro‘yxatdan o‘ting.

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam

📣📣📣📣📣

"IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI O‘TKAZILMOQDA!

🗣"Ixtirochilikka qadam" Respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi,
Tuman (shahar) bosqichi,
Hududiy bosqichi,
Respublika bosqichi.


❗️Tanlov davomida o‘quvchilar:
ta’lim,
axborot texnologiyalari,
yashil energiya,
ekologiya,
iqlim o‘zgarishi
qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.

🔹Batafsil videolavhada.

‼️‼️‼️
Tanlovning maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar roʻyxati maktab tomonidan ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Agentlik_tizimidagi_maktablar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.


🤩 Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.

✔️Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.

❗️ Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.

🌐 Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?

📎Unda maktablarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!

Hududlarda joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning sahifalari bilan quyida tanishing:

1️⃣ Andijon viloyati
2️⃣ Buxoro viloyati
3️⃣ Farg‘ona viloyati
4️⃣ Jizzax viloyati
5️⃣ Namangan viloyati
6️⃣ Navoiy viloyati
7️⃣ Qashqadaryo viloyati
8️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
9️⃣ Samarqand viloyati
🔟 Sirdaryo viloyati
1️⃣1️⃣ Surxondaryo viloyati
1️⃣2️⃣ Toshkent shahri
1️⃣3️⃣ Toshkent viloyati
1️⃣4️⃣ Xorazm viloyati

Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Digital_Generation_Girls

"Raqamli avlod qizlari" loyihasidan navbatdagi intervyu:

Al Xorazmiy universitetining faxriy prezidenti Islam el Hadari Kelajak kasblari: Sun’iy intellektning o’rni kuchayib borayotgan dunyoga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
🌐 BATAFSIL
____

👉
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: qizlar.raqamliavlod.uz

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida, Serbiya Respublikasi Birinchi xonimi Tamara Vuchich Samarkand shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.


Uchrashuv davomida Tamara Vuchich maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, jumladan, maktab hayoti, o‘quv va STEAM-laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi, oshxona hamda boshqa mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.


Shuningdek, Vuchich xonim maktabning turli yo‘nalishlarda chuqur bilim olayotgan faol o‘quvchilar bilan bevosita muloqot qilib, yoshlarning ilmiy izlanishlari, g‘oyaviy yondashuvlari va erishgan yutuqlarini e’tirof etdi.

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli asr va ta’lim: “AI–School” tashabbusi

YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va ta’lim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uyg‘unligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Bu yo‘nalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv ta’lim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.

“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, har bir bolaga ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.


Bu tashabbuslar ta’lim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish va yangi intellektual muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YUNESKO sessiyasida dezinformatsiya xavfiga alohida e’tibor qaratildi

Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida YUNESKOning mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha global strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Shuningdek, yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia g‘oyalarini o‘zaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish tashabbusi qayd etildi.

Virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalg‘itish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar ko‘rish jiddiy zaruratga aylanmoqda, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YUNESKO #tashabbuslar

Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari nutqida ta’lim sohasiga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezidentimiz ma’lum qilganidek, respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Farg‘ona YUNЕSKOning ta’lim shaharlari Global tarmog‘idan joy oldi. Shuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilg‘or texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi.

“Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ko‘hna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO shafeligida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qo‘shilamiz”, dedi Prezidentimiz.


Davlatimiz rahbari Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish, “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish, Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish kabi muhim tashabbuslarni taklif etdi.

Ma’lumot uchun: konferensiya so‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNЕSKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo‘lib o‘tmoqda.

@hilola_umarova
2025/10/31 04:05:32
Back to Top
HTML Embed Code: