Telegram Web Link
#uchrashuv

⚡️ Xabaringiz bor, yaqinda Prezident Qarori bilan Xorazm viloyatida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

📆 Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati binosida mazkur universitet faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤩 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Al-Xorazmiy universitetining tashkiliy guruhi rahbari Islam El-Xadari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining xorijiy sertifikat egalari bo‘lgan o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.

🗣Uchrashuv davomida tashkil etiladigan universitetda yaratiladigan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o‘qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berildi.

🟢 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullardan javob oldilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_metodik_kengash

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev, masʼul xodimlar, nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan taniqli olimlar, ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribali amaliyotchi oʻqituvchilari hamda darslik mualliflari ishtirok etdi.

Kengash kun tartibida Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 7-sinflar uchun algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsliklar, 5-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanma, shuningdek Prezident maktablari huzurida tashkil etilgan “Bitiruvchilar kengashi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Taʼlimda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori” nomli to‘plam muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida kun tartibiga kiritilgan darsliklarning mualliflari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi. Mazkur darsliklarga nisbatan oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan berilgan taqrizlar tinglandi.

Yigʻilish yakunida Ilmiy-metodik kengash tomonidan taqdimotlar chogʻida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida darsliklarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 14:54:35
Back to Top
HTML Embed Code: