Telegram Web Link
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiy_profilaktika
#birinchi_yordam

🩺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Tibbiy savodxonlik – salomatlik garovi” shiori ostida o‘quv-amaliyot tadbiri tashkil etildi.

📈Prezident maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarning, shuningdek, maktabda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog va texnik xodimlarning tibbiy bilimlarini oshirish, ularda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratilgan mazkur profilaktik tadbirda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakultetining professor o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etib, favqulodda holatlarda birinchi yordam ko‘rsatishga doir zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berib o‘tdilar.

🤝Mutaxassislar tomonidan shikastlangan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish ularning hayotini saqlab qolishning eng muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

☎️ Call-markaz: 1206

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 19:20:27
Back to Top
HTML Embed Code: