Telegram Web Link
#Amir_Temur_689_yilligi

🖇Sohibqiron bobomiz Amir Temurning 689 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti O'zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi dotsenti, fan doktori Anvar Ahmedovich Boqiyev maktabimizga taklif etilib, "Oʻzbek va jahon olimlari tomonidan Amir Temur hayotining oʻrganilishi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

📝Unda ustoz oʻquvchilarga Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni, shaxs sifatidagi xislatlari, sarkardalik mahoratlari, murakkab va tahlikali hayot yoʻli, ilm-fan va madaniyat uchun yaratgan sharoitlari, davlatchilik asoslarini mustahkamlash yoʻlidagi islohotlari, mohirona diplomatiyadagi strategik qarashlari hamda "Temur tuzuklari"da keltirilgan maʼlumotlar tahlili haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Shu bilan birga, ustoz oʻquvchilarimizga Amir Temur bobomizning ibratli hayot yoʻlini oʻrganish, oʻqib-izlanish ayni muddaoligini taʼkidlab, oʻqishlarida omadlar tiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontentning asosiy qismi — chet el mahsulotlari. Milliy, sifatli kontentimiz esa yetarli darajada emas.

Ayniqsa, bolalar uchun o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizga xos multfilmlar va ta’limiy kontentlar yetishmaydi. Shu bois, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan “Donocha” kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ularni yanada rivojlantirish kerak.

Albatta, bolalar adabiyotining, milliy ertaklarimizning ham o‘rni juda muhim.

Shu maqsadda, kecha O‘zbekistondagi yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashib, sohaning real holati hamda uni rivojlantirishga doir amaliy takliflarini eshitdim.


Большая часть контента, который смотрят наши дети, — это зарубежная продукция. К сожалению, качественного и содержательного национального контента по-прежнему недостаточно.

Особенно остро ощущается нехватка детских песен на узбекском языке, мультфильмов, отражающих наши национальные ценности, а также развивающих и образовательных материалов. Именно поэтому я поддерживаю проекты вроде Donocha, которые активно работают в этом направлении. Такие инициативы требуют всесторонней поддержки и дальнейшего развития.

Безусловно, важную роль в этом процессе играют и детская литература, и наши народные сказки.

Именно с этой целью я вчера встретилась с представителями ведущих анимационных студий Узбекистана, чтобы обсудить текущее состояние отрасли и выслушать их практические предложения по её развитию.
2025/07/07 12:33:08
Back to Top
HTML Embed Code: