Telegram Web Link
Otam, onam va men – sportchilar oilasi

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, xodimlar farzanlarini yozgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Otam, onam va men – sportchilar oilasi” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada xodimlar, ularning turmush o‘rtoqlari va bir nafardan farzandlari ishtirok etishib, 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi.
Batafsil 👉

👉 @postdarasmiy
Саломатлик

Иссиқ кунларда душ қабул қилиб, дарҳол кўчага чиқиш мумкинми?


Йўқ, мумкин эмас. Сабаби, душдан кейин дарров кўчага чиқсак, бошга шамол тегиб, кун бўйи бош оғриб юради. Шу боис чўмилгач ярим соат ўтибгина кўчага чиққан маъқул. Лекин бассейн ёки бошқа сув ҳавзаларида соатлаб чўмилиб кўчада юрса ҳам ҳеч нима қилмайди-ку, деган ҳақли савол туғилади. Сабаби оддий. Соч ва бош усти липидлар (ёғ) билан қопланган. Унинг вазифаси қуёш таъсири ва инфекциядан ҳимоялашдир. Бу липидларни сув кетказа олмайди. Лекин шампунь ишлатилса, ҳимоя қатлами ювилиб кетади. Натижада юқоридаги таъсирларга организм сезгирлашади. Демак, шошаётганда шампунь ишлатмай чўмилинг!
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

Savol:
Barchaga ma'lumki kundalik hayotimizda kuch birligi ot kuchi bilan o‘lchanadi. Hattoki, barcha avtomobil dvigatellari ham shu o'lchovda hisoblanadi. Nima uchun? Aniq javobni kutamiz.

Ushbu savolga Azamat Axmatov, Zokirov, Mansur kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob yo'llashdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob: XVIII asrda Shotlandiyalik injener-mexanik (1736-1819) Jeyms Uatt bug‘da ishlaydigan mashinani ixtiro qiladi. Uning imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yangi uskunaning kuchini ot kuchi bilan solishtirishga majbur bo‘lgan. Natijada fanga yangi kuch birligi, ot kuchi kiritilgan.
#Kasb_fidoyisi

Osoyishtalik yo‘lida kamarbasta

Bektemir tumani IIOFMB 2-IIB navbatchilik qismi haydovchisi, serjant Saidamir Qodirov qariyb 25 yildan buyon ichki ishlar organlarida faoliyat yuritib keladi. U ilk faoliyatini IIBB PPX brigadasi 4-batalonidan boshlagan. Hozirgi lavozimida 8 yildan buyon xizmat qilib keladi. Uning asosiy vazifasi tergov-tezkor guruhini voqea joyiga o‘z vaqtida yetkazib borishdan iborat.

U joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tergov-tezkor guruhi tarkibida voqea joyiga chiqib, qanchadan qancha jinoyatlarning “issiq izidan” ochilishida va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etmadi deysiz. O‘z kasbini ardoqlaydigan va yaxshi ko‘radigan xodimga xizmatning ana shunday qiyinchiliklari bilinmaydi. Mana shu emasmi fidoyilik, mana shu emasmi osoyishtalik yo‘lida kamarbasta bo‘lish.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
ОНАНИНГ ТУРТКИЛАШИ ҲАМ ЭРКАЛАШ

Хиёбон бўйлаб кетаётиб ғаройиб манзарага гувоҳ бўлдим. Скамейкада эру хотин ўғлини ўрталарига ўтқазиб, дам олиб ўтиришарди. Бир пайт ота шўхликдан тўхтамаётган ўғилчасига пўписа қилди. Болакай қўрқиб кетиб, онасининг пинжига суқилди. Аёл эрига ҳурмат юзасиданми ўғлини ўзидан нари итариб, номига яна туртиб ҳам қўйди. Бола бўлса онасининг турткилашларига қарамай яна ва яна унинг пинжига суқилаверди. Ахири аёл ўғлини бағрига босиб, бошини силади. Буни зимдан кузатиб турган эркак кулимсираб, ўрнидан туриб, нари кетди.
Биласизки, халқимизда «Отанинг қарғиши – ўқ, онанинг қарғиши – дўқ» деган мақол бор. Юқоридаги воқеани кузатиб туриб, мен ҳам ўзимча қуйидаги мақолни тўқидим: «Онанинг турткилаши ҳам эркалаш».
Бобомурод ТОШЕВ.
👉 @postdarasmiy
#ҳикмат

Топганингдан бошқаларга ҳам улаша олмаётган бўлсанг, қўлингни терга!
Сўзлашаётганингда кўнгил ранжитаётган бўлсанг, тилингни терга!
Юраётганингда манзил (йўл) дан чиқиб кетаётган бўлсанг, йўлингни терга!
Умринг ўтиб боргани сайин, жойингда турган бўлсанг, кунингни терга!
Севилганинг сайин вафосизлашиб бораётган бўлсанг, кўнглингни терга!
Қайси ҳолатда бўлсанг бўл, оқибатингни терга!

Ҳазрати Мавлоно Румий


👉 @postdarasmiy
Hokim va profilaktika inspektorlari uchrashuvi

Namangan tumani hokimlik binosida hokim va Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shu bilan birga mahalla va ko‘chalarga o‘rnatilgan video kuzatuv kameralarini profilaktika inspektorining xizmat xonasiga integratsiya qilish masalasi ko‘rildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
«GASHISH» MANZILIGA YETIB BORMADI

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida Toshkent shahrida yashovchi, 1998-yilda tug'ilgan shaxs qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan, «gashish» giyohvandlik moddasini Bekobod shahridagi yashirib qoʻyilgan joyidan olib, Qoʻqon shahrida yashovchi xaridorga olib ketayotgan vaqtida qo'lga olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@Postdarasmiy
Дунёдаги биринчи ноутбук

1981 йилда ишлаб чиқарилган Osborne-1 биринчи муваффақиятли портатив компьютер ҳисобланади. Бундан олдин бир неча шунга ўхшаш компьютерлар чиққан бўлса-да, Osborne-1 биринчилардан бўлиб кенг тарқалди ва портатив ҳисоблаш мосламаси сифатида тан олинди.
Оғирлиги 11 килограммга тенг бўлган ушбу компьютер ишлаш учун барча таркибий қисмлар (дисплей, клавиатура, дисковод)га, 5 дюйм экран ва 64 Кб оператив хотирага эга бўлган. Нархи эса 1795 долларга баҳоланган.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉 @postdarasmiy
Bugun 12-iyul - Abdulla Avloniy tug‘ilgan kun

Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda tug‘ilgan. Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi.

U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.
Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi.
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

Uni ovqatlantirsangiz — yashaydi, suv bersangiz — o‘ladi.
Savol: u nima?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot
ИЛГАРИ...

Илгари бошқалардан аввалроқ салом беришга интилишарди. Энди бошқаларни ўзигина эмас, сиёсатга салом беришни истайдиганлар кўпайгандек.

Илгари шифокорлар беморнинг кўзига, тилига қараб касалини аниқлашарди. Энди эса қўлига қараб ташхис қўйишяпти.

Илгари бошлиқлар иш орасида мажлисга ҳам бориб туришарди. Энди мажлисдан бўш пайтларда ишга боришяпти.

Илгари ҳофизлар аввал шеър танлаб, сўнг қўшиқ қилишарди. Бугунги хонандалар қўшиқ тайёр бўлди, фақат сўзи...

✍️"Муштум" журнали 2025 йил 6-сон
👉 @postdarasmiy
Yuk avtomobillaringiz sozmi?

Namangan viloyati IIB JXX YHXB tomonidan yuk avtomobillari haydovchilari o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda avtomashinalarni ruxsatsiz joylarda qoldirmaslik, faqat avtoturargohlarda to‘xtash zarurligi tushuntirildi. Shuningdek, texnik holat, gaz ballonlar, tormoz tizimi va yoritish moslamalari ko‘zdan kechirildi.

Haydovchilarga charchoq holatida harakatlanmaslik, uzoq safarga tayyorgarliksiz chiqmaslik borasida ogohlantirishlar berildi.
Botir Boymirzayev,
mayor.

👉 @postdarasmiy
#Ажабо

Суратга қараб нимани англаш мумкин? Йиқилсанг ҳам асло таслим бўлма! Мақсадга йиқилмаслик билан эмас, йиқилиб қайта туриш билан эришилади!

👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

Uni ovqatlantirsangiz — yashaydi, suv bersangiz — o‘ladi.
Savol: u nima?

Ushbu savolga Soxiba, Xusan, S.A.Dushanova, Boymurodov, Sh.Joʻrayev, Azamat Axmatov, Mansur, Ibrohimov, kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri javob yoʻllashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Olov.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar organlarida raqamlashtirish: Inson huquqlarini taʼminlashda “Xavfsiz shahar“ markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
———
Ички ишлар органларида рақамлаштириш: Инсон ҳуқуқларини таъминлашда “Хавфсиз шаҳар“ маркази томонидан амалга оширилаётган ишлар


👉 @postdarasmiy
2025/07/13 13:28:27
Back to Top
HTML Embed Code: