Telegram Web Link
Faxriy ustozlar doimo eʼtibor va eʼzozda

Namangan viloyati Ichki ishlar organi tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilib, yosh avlodga o‘rnak bo‘lgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan isteʼfodagi kapitan Alisher Musaboyev o‘zining 60 yoshini qarshilamoqda.
Shu munosabat bilan Chortoq tuman IIB rahbariyati hamda Faxriylar kengashi aʼzolari bilan birgalikda faxriy xodim xonadoniga borib, boshqarma rahbariyatining tabriknomasi o‘qib eshittirildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
8 КИШИГА ЙЎЛЛАНМА БЕРИЛДИ

Қарши шаҳар ИИОФМБ ЖХХ Пробация бўлинмасида назоратда турган шахслар ўртасида шаҳар Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш маркази билан ҳамкорликда “Ишга марҳамат” тадбири ўтказилди. Тадбирда 8 нафар назоратдаги шахсга ишга йўлланмалар берилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
Baliqchilik xo'jaliklarida

Ayni kunlarda IIV Aydar-Arnasoy ko'llar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat FVB xodimlari baliqchilik xo'jaliklari jamoalari bilan muloqotlar o'tkazayotir. Bu jarayonda cho'kishning oldini olish, suzish davomida va suvda harakatlanuvchi vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berilyapti.
O'z muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_firibgar!

❗️Firibgarlarga aldanib qolmaslikning oddiy qoidalari bilan tanishing!

@Postdarasmiy
Яна бир ҳуқуқбузарлик ҳақида хабар берганлар рағбатлантирилади

Қимматбаҳо металларга оид ҳуқуқбузарликлар тўғрисида хабар берган шахслар рағбатлантирилади. Бу борада Президентнинг ПҚ-207-сонли қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, 2026 йил 1 январдан қуйидагилар бекор қилинади:

⚡️ қимматбаҳо металлар ва қимматбаҳо тошлардан ишлаб чиқарилган заргарлик буюмлари ва ярим тайёр маҳсулотларни ⚡️реализация қилиш бўйича айланмани ҚҚСдан озод қилишга оид имтиёз;
⚡️олтиндан ясалган заргарлик буюмларини чакана савдода сотганлик учун йиғим.

2028 йил 1 январгача заргарлик буюмларини ишлаб чиқариш ёки уларни сотиш фаолияти билан шуғулланувчи тадбиркорларга ҚҚСнинг 80 фоизи ҳар ойнинг 25-санасигача автоматик равишда республика бюджетидан қайтарилади.

2025 йил 1 сентябрдан:

📌ЯТТларга заргарлик буюмларини сотиш фаолияти билан шуғулланишга рухсат этилади;
📌Давлат асиллик даражаси назорати инспекцияси томонидан Тошкент ва Нукус шаҳарлари ҳамда вилоятлар марказларида заргарлик буюмларининг асиллик даражасини текшириш ва уларни тамғалаш бўйича сайёр хизмат кўрсатиш йўлга қўйилади;
📌қимматбаҳо металлар ва қимматбаҳо тошлар тўғрисидаги ҳуқуқбузарликлар тўғрисида «Soliq» мобил иловаси орқали хабар берган шахсларга ундирилган жарима миқдорининг 50 фоизи миқдорида мукофот тўланади.
Zukkolik bahslari

“Yoshlar oyligi” doirasida To'raqo'rg'on tumani IIB yosh xodimlari hamda IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqa o'tkazildi.
Bilim va ziyraklik, tezkorlik va mantiqqa tayanishni talab qiluvchi ushbu sport turida yosh xodimlar faol ishtirok etib, bor mahoratlarini namoyon etishdi.

O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
👉 @postdarasmiy
20 YOSHLI YIGITGA JINOIY ISH QO'ZG'ATILDI

Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik boʻlimi va Chinoz tumani ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida “Telegram” messenjeri orqali firibgarlik bilan shugʻullanib kelgan shaxs aniqlanib, ushlandi. Ma'lum bo'lishicha, Chinoz tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilib, “Telegram”da “Bunyodbek” nomli profil orqali onlayn daromad olish niyatida 5 million 850 ming soʻm pul oʻtkazganini va aldanganini bildirib qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Surishtiruvlar davomida ushbu firibgarlikni Buxoro viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgani aniqlangan. U messenjerda 10 dan ortiq soxta profil ochib, odamlarni “treyding” orqali daromad topishga ishontirgan va ularning pul mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan. Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

@Postdarasmiy
Фойдали машғулот

Қашқадарё вилояти ИИБ ММИ ва КБТХ психолог таъминлаш гуруҳи ходимлари томонидан ёш ходимлар иштирокида психологик тренинг ташкил этилди. Бу жараёнда ходимлар ўртасида стресс, депрессия ва суицид ҳолатларининг олдини олиш борасида маърузалар қилиниб, амалий машғулотлар ўтилди.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BAYROQDORLAR

Toshkent viloyati IIBB xodimlari sport mashgʻulotlarida...

@Postdarasmiy
2025/07/13 15:17:29
Back to Top
HTML Embed Code: