Telegram Web Link
Forwarded from Qashqadaryo_AOKB
20 dan ortiq ish oʻrinlari yaratib bugun nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki qoʻshni Surxondaryo va Buxoro viloyatlariga ham xizmat koʻrsatayotgan "Qashqadaryo viloyati bosmaxonasi" MChJ Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar yordamida xizmat koʻrsatish turlari kengaymoqda. Ayni paytda 20 dan ziyod gazetalar va viloyatda faoliyat yuritayotgan nashriyotlarning kitoblari bu maskanda chop etilmoqda. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A. Xodjayev korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ish sifatini yanada yaxshilash, xizmat koʻrsatish tarmoqlarini yanada kengaytirish yuzasidan oʻzlarining qimmatli maslahatlari bilan oʻrtoqlashdilar.

https://www.tg-me.com/Qashqadaryo_AOKB
Forwarded from Qashqadaryo_AOKB
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida 2 ta televideniye oʻz faoliyatini olib bormoqda. AOKA direktori A.Xodjayev tashrif doirasida vohadagi televideniyelar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Qashqadaryo televideniyesida bir kunda 18 soat koʻrsatuvlar efirga uzatilmoqda. Ularning 5 soatini alohida tayyorlangan koʻrsatuvlar tashkil etadi. Ayniqsa, toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilayotgan "Ochiq muloqot" va axborot dasturlari oʻzining koʻplab tomoshabinlariga ega. A.Xodjayev televideniyening bugungi texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Nasaf telekanali NNT ham oʻz muxlislariga ega boʻlgan telekanallardan biri sifatida vohada alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jamoada faoliyat yuritayotgan yoshlarning koʻpligi A.Xodjayevni quvontirdi. Ularning sohaga oid bilim va tajribalarini yanada oshirish yuzasidan hamkorlik qilish boʻyicha takliflar berdi.

https://www.tg-me.com/Qashqadaryo_AOKB
Forwarded from Qashqadaryo_AOKB
Qashqadaryo viloyatidagi hizmat safari chogʻida AOKA direktori A.Xodjayev XIV asr yodgorligi hisoblanmish "Odina" majmuasida joylashgan qatagʻon qurbonlari muzeyi hamda "Abu Ubayda ibn Al-Jarroh" ziyoratgohlarida ham boʻldi.
Ayniqsa muzeyda aks etgan mustaqillik davrigacha boʻlgan "Qizil siyosat", uning mudhish oqibatlari, "Kollektivlashtirish", "Quloqlashtirish", "Paxta ishi" bilan bogʻliq voqealarning yorqin ifodalari aks etgan koʻrgazmalar, "III renessans" poydevoriga oid fotolavhalar iliq taassurot qoldirdi.

https://www.tg-me.com/Qashqadaryo_AOKB
Қашқадарёликлар барча ислоҳотларимизнинг олдинги сафида бўлади

Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудлар ривожи, ислоҳотлар натижадорлиги билан яқиндан танишиш мақсадида 19-20 июнь куни Қашқадарё вилоятида бўлди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/732763

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Қашқадарё вилоятига иккинчи куни сафаридан батафсил репортаж

Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
2025/10/02 21:06:23
Back to Top
HTML Embed Code: