Telegram Web Link
“QARSHI OPEN–2025” I-xalqaro turniri qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi

Qarshi shahrida o‘tkazilgan “QARSHI OPEN–2025” xalqaro turniri doirasida erkin kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar nihoyatda shiddatli va murosasiz ruhda kechdi.

Qashqadaryo viloyatida ilk bor tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqa sport ixlosmandlari va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Bellashuvlar Sport kurashlari federatsiyasi tomonidan tayinlangan tajribali hakamlar nazorati ostida adolatli tarzda o‘tkazildi.

Bugungi bahslarda polvonlar gilamda o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga hayajonli daqiqalarni tuhfa etishdi. Yakunda esa eng kuchli va mahoratli sportchilar g‘oliblik shohsupasidan joy oldilar.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
🏆 “QARSHI OPEN–2025” I-xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi

Qarshi shahrida o‘tkazilgan “QARSHI OPEN–2025” I-xalqaro turniri doirasida erkin kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar yakunlandi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat sport boshqarmasi, shuningdek, O‘zbekiston sport kurashlari federatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

G‘olib va sovrindor sportchilarga diplom, medal hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari topshirildi:

💰 Turnir mukofot jamg‘armasi:
🥇 1-o‘rin — 10 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 5 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 million so‘m


Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
🏆 “QARSHI OPEN–2025” I-xalqaro turnirining erkin kurash bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi g‘olib va sovrindorlari

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
2025/10/27 15:53:31
Back to Top
HTML Embed Code: