Telegram Web Link
🤼‍♂️ “QARSHI OPEN-2025” I-Xalqaro turniri

📸Musobaqaning yorqin lahzalaridan fotogalereya

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Qarshida “QARSHI OPEN-2025” xalqaro turnirining ilk g‘oliblari aniqlandi

Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha I-Xalqaro “KARSHI OPEN-2025” turnirining dastlabki kuni o‘z yakuniga yetdi.

Bugungi bellashuvlarda Yunon-rum kurashi bo‘yicha polvonlar gilamga chiqib, muxlislar uchun qiziqarli, shiddatli va murosasiz janglarni taqdim etishdi. Yakunda odatdagidek kuchli va mahoratlilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Turnirning birinchi kunida g‘olib va sovrindor sportchilarga medal, diplom hamda viloyat hokimligi mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Mukofotlarni viloyat prokuraturasi hamda viloyat sport boshqarmasi vakillari taqdim etdi.

📌 Ma’lumot uchun: ertaga musobaqalar erkin kurash yo‘nalishida erkaklar va ayollar o‘rtasida davom ettiriladi. Turnir davomida polvonlar g‘alaba sari intilish, matonat va mahoratlarini namoyon etishda davom etishadi.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤼‍♂️ Sport kurashlari bo‘yicha “QARSHI OPEN-2025” I-Xalqaro turniri

❗️ Ma'lumot uchun, bugun musobaqalar erkin kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida bahslari bo‘lib o‘tadi


Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤼‍♂️ Sport kurashlari bo‘yicha “QARSHI OPEN-2025” I-Xalqaro turniri

⚡️Super salto👍

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🥇Ozarbayjonda MDH mamlakatlari III o‘yinlari: Yana bir g‘alaba!

Ozarbayjon davlatida davom etayotgan III Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari o‘yinlari doirasidagi yirik kompleks musobaqalarda yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda.

Karate WKF yo‘nalishida milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilayotgan qashqadaryolik iqtidorli sportchi Gulshan Alimardonova -50 kg vazn toifasida o‘zining mahorati va iroda kuchini namoyon etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Uning ushbu g‘alabasi nafaqat Qashqadaryo sporti, balki butun O‘zbekiston sporti uchun ulkan yutuq bo‘lib, yoshlarimizning xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

🇺🇿 Milliy terma jamoamiz a’zolari MDH o‘yinlarida bunday yutuqlari bilan mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, xalqimizni quvontirishda davom etmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍5
🥈Qashqadaryolik sportchidan yana bir g‘alaba!

Ozarbayjonda davom etayotgan III Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari o‘yinlari doirasidagi yirik kompleks musobaqalarda yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda.

Karate WKF yo‘nalishida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan qashqadaryolik iqtidorli sportchi Bonu Egamberdiyeva -68 kg vazn toifasida o‘zining mahorati va iroda kuchini namoyon etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alaba nafaqat Qashqadaryo sporti, balki butun O‘zbekiston sporti uchun ham muhim yutuq bo‘lib, yoshlarimizning xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.

Bonu Egamberdiyeva musobaqa davomida yuqori darajadagi texnika va ruhiy barqarorlikni namoyon etdi. Uning janglarini kuzatgan mutaxassislar hamda mezbon mamlakat vakillari O‘zbekistonda karate sport turi jadal rivojlanayotganini alohida e’tirof etishdi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1🔥1
2025/10/25 09:27:39
Back to Top
HTML Embed Code: