Telegram Web Link
🥋 Qashqadaryolik aralash jang ustalari – O‘zbekiston kubogi g‘oliblari!

O‘zbekiston Aralash jang assotsiatsiyasi tashabbusi bilan aralash jang san’ati bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 750 nafar sportchi ishtirok etdi.

Malakali trenerlar Botir Rahmanov, Muzaffar Xudoyqulov hamda Bahrom Haydarov mas'ulligidagi viloyatimiz terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishishdi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar:

🥇Nurullaeva R–44 kg
🥇Samadova F–57 kg
🥇Hametova A–62 kg
🥇Xalimov S
🥇Asliddin A–93 kg
🥇Qurbonov Sh–61 kg
🥇Shodiev J– +67 kg
🥇Dolieva N–28 kg
🥇Begimqulova T–41 kg
🥈Berdimurodov M
🥈Eshonqulov A
🥈Fayzullayeva U–61 kg
🥈Rahmanov A–44 kg
🥉Akmalov A
🥉Bahromov A–31 kg


Musobaqa yakuniga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati terma jamoasi umumiy hisobda:
🥇9 ta oltin, 🥈4 ta kumush, 🥉2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
🏅 Botir Rakhmanov – Jahon Kubogi g‘olibi!

2025-yil 7–12 oktabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan Gimnastika sport majmuasida ikkinchi bor WAKO Jahon Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli turnirda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 3000 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Tatami va ring yo‘nalishlarida kuch sinashgan kikboksing ustalari o‘rtasidagi bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etildi.

🥇 Quvonarlisi shuki, musobaqaning Kick Light yo‘nalishida, 42–55 yosh toifasi va 94 kg vazn toifasida ishtirok etgan Qashqadaryo viloyati vakili Rakhmanov Botir barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🇺🇿 Ushbu natija O‘zbekiston kikboksing maktabining yuksak salohiyatini, sportchilarimizning xalqaro arenadagi raqobatbardoshligini va yurtimiz sportining izchil rivojlanayotganini yaqqol namoyon etdi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍5👏2
🏟 Muborakda yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

📍 Muborak tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi qurilgan sport maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur maydoncha o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamonaviy sharoit yaratadi.

Tadbirda tuman hokimligi, viloyat sport boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari hamda sport sohasida faol o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdilar.

⚽️🏀🏐 Yangi sport maydonchasida futbol, basketbol va voleybol o‘yinlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
⚡️🥇QASHQADARYOLIK SPORTCHILAR WAKO JAHON KUBOGIDA YUQORI NATIJALAR QO‘LGA KIRITDILAR

Joriy yilning 7–12-oktabr kunlari Toshkent shahrida ikkinchi marotaba tashkil etilgan WAKO Jahon Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli xalqaro turnirda 50 dan ziyod davlatdan 3000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada malakali murabbiy Ulug‘bek Jalolov mas’ulligida qatnashgan 116 nafar qashqadaryolik sportchi delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, qashqadaryolik sportchilar umumiy hisobda 47 ta medalni qo‘lga kiritishdi:

🥇Oltin medallar: 9 ta
🥈Kumush medallar: 8 ta
🥉Bronza medallar: 30 ta


Qashqadaryo viloyati sportchilari nafaqat kuch va mahoratni, balki O‘zbekiston sportining g‘alaba ruhini ham munosib ravishda namoyish etdilar. Ushbu yutuqlar sportchilarni kelgusi xalqaro musobaqalarga tayyorlashdagi samarali ishlar natijasi ekanligini ta’kidlash lozim.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
2025/10/19 01:28:39
Back to Top
HTML Embed Code: