Ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Shahrisabz shahrida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida sport va ommaviy jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba-yugur” hamda “O‘quvchi-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqa davomida minglab ishtirokchilar yuqori ruhiy va jismoniy tayyorgarlik, matonat hamda g‘ayrat bilan bellashdilar. Shaharning tarixiy maydoni bo‘ylab tashkil etilgan yugurish marafoni bayramona ruhda o‘tdi.
Finish chizig‘ini birinchilardan bo‘lib kesib o‘tgan g‘olib va sovrindorlar musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida shohsupadan joy oldilar. Ular tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, medal, sport epikirovkasi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Mazkur ommaviy yugurishlar nafaqat sport bayramiga, balki ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlar orasida sog‘lom hayot tarzini mustahkamlash sari qadam bo‘ldi.
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube

👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM