Telegram Web Link
Forwarded from Sport vazirligi
💼 Respublikamiz bo'ylab 30–70 yosh va undan katta yoshdagi aholidan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish tadbiri bo'lib o'tdi

📝 Bugun respublikamizning barcha viloyatlaridagi sport muassasalarida 30–70 yosh va undan katta yoshdagi aholidan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish tadbirlariga bir vaqtning o'zida tantanali start berildi.

🫥 Mazkur tadbirda Samarqand viloyati studiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, viloyat hokimi o‘rinbosari H.Tuxtayev,  O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Q.Sobirov, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

🟢Shu bilan birga, Toshkent shahridagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ham ushbu tadbirlarni tashkil etishda hamkorlik qilgan O'zbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin qizlar qo'mitasi, Sog'lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi mutasaddilari, belgilangan yosh toifasidagi aholi vakillari faol ishtirok etishdi.

⚫️Tadbirda so‘z olgan Sport vaziri Adkham Ikramov aholining "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari jamiyatimizda jismoniy faollikni oshirish, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini taʼkidladi.

✔️ Shudan so‘ng, tadbir ishtirokchilari ommaviy badantarbiya va tanani qizdirish mashqlarini o'tab, sport sinovlarini topshirishga kirishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Qashqadaryoda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga start berildi!

Bugun respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Qashqadaryo viloyatida ham 30–70 yosh va undan katta yoshdagi aholidan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish tadbirlariga bir vaqtning o‘zida tantanali start berildi.

📍 Tadbir Qarshi shahridagi 9-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda viloyat sport boshqarmasi mas’ullari, sport ta’lim muassasalari xodimlari, belgilangan yosh toifasidagi fuqarolar, OAV vakillari va keng jamoatchilik faol ishtirok etdilar.

O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov respublika studiyasidan onlayn tarzda so‘zga chiqib, mazkur tashabbus aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda salomatlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.


Tadbir doirasida ishtirokchilar ommaviy badantarbiya mashqlarini bajarib, tanani qizdirish mashqlarini o‘tkazdilar va belgilangan me’yorlar asosida sport sinovlarini topshirdilar.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
Forwarded from Sport vazirligi
“Inklyuziv jamiyatni shakllantirishda — adaptiv sportning oʼrni” mavzusidagi oʼquv-amaliy seminar qizgʼin tarzda davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan, Sport vazirligi hamda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar filiali hamkorligida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Inklyuziv jamiyatni shakllantirishda adaptiv sportning oʻrni” mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi boshligʼi Muzaffarxoʼja Raxmatxoʼjaev “Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirishda adaptiv jismoniy tarbiya va inklyuziv sport yoʼnalishlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalari” mavzusida maʼruza qildi.

Taqdimot davomida mamlakatimizda adaptiv va inklyuziv sportni rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar, sport maktablarining bu jarayondagi oʼrni hamda kelgusidagi vazifalar xususida atroflicha maʼlumot berildi. Ishtirokchilar sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, seminar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Sport vazirligining Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalariтш joriy etish va raqamlashtirish boʼlimi boshligʼi Navruz Shoymordanov “Sport taʼlim muassasalari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda raqamlashtirish jarayoni: ‘ERP Sport elektron tizimi orqali boshqaruv va ijtimoiy integratsiya masalalari” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruza davomida sport taʼlimi tizimida raqamlashtirishning ahamiyati, elektron boshqaruv orqali samaradorlikni oshirish va jamoaviy faoliyatni takomillashtirish masalalariga alohida toʼxtalib oʼtildi. Shuningdek, “ERP Sport” tizimining amaliyotdagi imkoniyatlari va uning ijtimoiy integratsiyaga qoʼshayotgan hissasi haqida ham keng maʼlumot berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
🏓 Qarshi shahrida U17 yosh toifasida stol tennisi chempionati bo‘lib o‘tadi

🗓 10-oktabr kuni Qarshi shahridagi Stol tennisi markazida (Monomarkaz, 2-qavat) sportning stol tennisi turi bo‘yicha U17 yosh toifasida Qashqadaryo viloyat chempionati o‘tkaziladi.

Musobaqada viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli raketka ustalari ishtirok etishadi.

Maqsad — yosh raketka ustalarining tajribasini oshirish, ularni respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlash, hamda viloyatda stol tennisi sportini yanada ommalashtirish va rivojlantirishdir.


Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat Sport boshqarmasi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlanadi.

📣 Barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni musobaqani yoritishda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Stol tennisi — tezlik, aniqlik va qat’iyat sporti! Yosh chempionlar, zarbalaringiz doimo aniq, g‘alabalaringiz ketma-ket bo‘lsin!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 SOG‘LOM HAYOT SARI BIRGALIKDA QADAM TASHLAYMIZ!

“Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba-yugur” va “O‘quvchi-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari g‘olib va sovrindorlaridan intervyu

🗓 06.10.2025-yil
📍Shahrisabz shahri.


🟢 Sog‘lom hayot sari birgalikda intilamiz!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
2025/10/20 07:11:24
Back to Top
HTML Embed Code: