Telegram Web Link
Kasbi tumanida “Quvnoq startlar” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

2025-yil 21-oktabr kuni Kasbi tuman sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Quvnoq startlar” turi hamda Yengil atletika bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

5-6 hamda 7-8-sinflar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur bellashuvda ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik hamda jamoaviylik ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Musobaqa davomida bolalar o‘zlarining g‘ayrati, shijoati va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yorqin ifoda etdilar.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryolik gimnastikachilar O‘zbekiston kubogida ishtirok etmoqda

Ayni damda Namangan shahrining “Pahlavon uyingohi” sport majmuasida badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari davom etmoqda.

Mazkur musobaqada Qashqadaryo viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchi o‘quvchilari ham faol ishtirok etishmoqda. 2011–2012-yillarda tug‘ilgan qizlarimiz musobaqalarda munosib qatnashib, o‘z mahoratlarini namoyon etmoqdalar.

Sportchilarimizga musobaqalarda ulkan omad va zafarlar tilaymiz! 🌟🇺🇿

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
Qamashi tumanida “Shashka” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

Bugun Qamashi tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Shashka” turi bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

5–11-sinflar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining bilim, zukkolik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.

🏆 Yakuniy natijalar quyidagicha:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 60-maktab o‘quvchisi Zulmatov Ozodbek
🥈 2-o‘rin — 44-maktab o‘quvchisi Jalilov Azizbek
🥉 3-o‘rin — 12-maktab o‘quvchisi Jo‘rayev Samariddin

Qiz bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 14-maktab o‘quvchisi Avloqulova Dilnura
🥈 2-o‘rin — 87-maktab o‘quvchisi Sobirova Farangiz
🥉 3-o‘rin — 49-maktab o‘quvchisi Nazarova Zarina

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlandilar.
🟢 Qashqadaryolik sportchidan yuksak natija!

2025-yil 16–19-oktyabr kunlari Samarqand shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha “VI–Xalqaro turnir Marakand” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 2011–2013 hamda 2014–2016-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smir o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar.

Mazkur nufuzli turnirda Qashqadaryo viloyati vakilasi X. Xudoyberdiyeva 44 kg vazn toifasida yuqori mahorat ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 🥇

Ushbu g‘alabada sportchimizning murabbiyi ham katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash joiz. Ularni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz! 👏

Bu muvaffaqiyat Qashqadaryo sportchilarining mashaqqatli mehnati va fidokorona tayyorgarligi samarasidir. 🇺🇿💪

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍3
🥇 Qashqadaryo para yengil atletika jamoasining navbatdagi g‘alabasi!

17–22 oktabr kunlari Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida Qashqadaryo viloyati terma jamoasi yuqori natijalarga erishib, jami 16 ta medalni qo‘lga kiritdi!

⚡️Natijalar quyidagicha:
🥇- 4 ta oltin;
🥈- 7 ta kumush;
🥉- 5 ta bronza
;

Bu natija ortida fidoyi trenerlar va irodali sportchilarning mehnati yotadi!

Ayniqsa, viloyat terma jamoasi tarkibidan qatnashgan Qashqadaryo viloyati ISM jamoasi alohida ta’rifga loyiq — ular umumiy natijaning 44%ini tashkil etib, 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi!

👍 Yosh va iqtidorli murabbiy Jahongir Nodirovning shogirdlari esa bu musobaqada 5 ta medal bilan ishtirokni yanada sharafli qildi. Sport maktabida bor-yo‘g‘i 7 oydan beri faoliyat yuritayotgan bu mutaxassisning natijalari — mehnat va salohiyatning yorqin ifodasidir!


Qashqadaryo sportchilariga kelgusida ham yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🏆 Qashqadaryo viloyati ISM para yengil atletikachilarining navbatdagi g‘alabasi! 💪

17–22 oktabr kunlari Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida Qashqadaryo viloyati ISM terma jamoasi sportchilari yuqori natijalarga erishishdi! 🇺🇿

Jamoa a’zolari musobaqani 7 ta medal bilan yakunlab, viloyat terma jamoasining umumiy natijasining 44% ni ta’minlashdi! 🔥

🥇 Husanov Sevinch — 1 ta oltin, 1 ta kumush
🥈 Salimov Jonibek — 1 ta kumush
🥈 Jumanazarov Xudoybergan — 1 ta kumush
🥈 Xo‘jamova Maftuna — 1 ta kumush
🥉 Haqberdiyeva Maftuna — 1 ta bronza
🥉 Choriyeva Dilshodaoy — 1 ta bronza


Bu natijalar – sportchilarimiz, ularning fidoyi murabbiylari va doimo yonida bo‘lgan ota-onalarining mehnati va mehri samarasidir! 🙌

💐 Sport maktabi ma’muriyati musobaqada faol ishtirok etgan barcha sportchilarni, ularning ustozlari va ota-onalarini chin qalbdan tabriklaydi hamda minnatdorchilik bildiradi!


Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish – kelajagimiz uchun muhim qadam!”

“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi tomonidan jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarda faol ishtirok eting!

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏓 “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalari!

Osiyo texnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqaga start berildi!

Mazkur musobaqa sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Bahslar qizg‘in, murosasiz va hayajonga boy tarzda o‘tmoqda. 💪🔥

🏆 G‘olib va sovrindor ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

📍 Musobaqa yakunida eng iqtidorli sportchilar saralab olinib, universitet sharafini himoya qiluvchi jamoa shakllantiriladi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍1
2025/10/27 15:53:42
Back to Top
HTML Embed Code: