Telegram Web Link
#diqqat_eslatma

Diqqat! Hurmatli bilimdonlar!
3-nazorat testga 3 soat vaqt qoldi!

🏆 @FikrLab loyihasi 3-6 sinf o'quvchilari uchun Mantiqiy fikrlash bo'yicha 3-Respublika nazorat imtihonini e'lon qiladi!

Bugun soat 13:00 dan 21:00 gacha oliygoh.uz platformasida Matematik mantiq bo'yicha onlayn test bo'lib o'tadi.

📄 Natijalar ro'yhati sinflar kesimida e'lon qilinadi!

🏆 Faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

👩‍🏫 Masalarning yechimi va video tahlili @fikrlab kanalida e'lon qilinadi.

➡️ Testda qatnashish uchun @fikrlab_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ushbu postni maksimal tarqating, sinfdoshlaringiz ham qatnashsin: @fikrlab
💧 Tashnalik hissi, tana vaznining 1% ga teng bo‘lgan miqdorda suv yo‘qotilishida yuzaga keladi. 5% dan ko‘proq yo‘qotish hushdan ketishga, 10% dan ko‘proq suv yo‘qotish esa o‘limga olib kelishi mumkin.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥂 Fanta nega bunday nomlanganligini bilasizmi? II jahon urushi mobaynida Coca-Colaning Germaniyadagi bo‘limini bosh­qargan Maks Kayt yangi mahsulot yaratishga qaror qiladi. Unga nom berishda butun jamoa qatnashadi. Maks Kayt xo­dim­larga nemischada “fantasie” ya’ni “tasav­vurni ishlating”, deydi. Ayni shu damda ishchilardan biri Jo Nip bexosdan “Fanta!” deb yuboradi. Buni qarangki, taklif ham­maga ma’qul bo‘ladi va mahsulot shu nom bilan ataladi.

@qiziqfan
#kun_tarixi

2️⃣3️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

📌1556 yil
— Shensida 830 ming kishini hayotdan olib ketgan tarixdagi eng yirik zilzila yuz bergan;

📌 1579 yil — Utrext uniyasi (ittifoqi) tuzilgan: Niderlandiyaning shimoliy viloyatlari Ispaniyaga qarshi birlashgan;

👩‍🎓1849 yil — Nyu-York shtatidagi Jeneva shahrida AQSH tarixida birinchi marta ayol bitiruvchiga diplom topshirilgan. Tibbiyot bo‘yicha tahsil olgan qizning ismi Elizabet Blekuell bo‘lib, u angliyalik edi;

🌍 1895 yil — odamlar birinchi marta Antarktida qirg‘og‘iga yetgan. U yerga birinchi bo‘lib Norvegiyaning “Antarktida” baliq ovlash kemasi kapitani va yo‘lovchilari borishgan;

⚖️ 1912 yil—Gaaga shahrida giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha birinchi xalqaro kelishuv Xalqaro Afyun Konvensiyasi imzolangan;

📌 1944 yil — T-34-85 jangovar tanklarint ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

🇮🇱 1950 yil — Quddus Isroil poytaxti deb eʼlon qilingan;

🇹🇼1954 yil —Tayvanga Koreyadagi 14000 harbiy asir qaytarib berilgan;

🇻🇪 1958 yil — Venesueladagi 1958 yil yanvar qo‘zg‘olon boshlangan;

🔥 2001 yil — Tyanmen maydonida bir guruh odamlar o‘zini o‘zi yoqib yuborgan.

@qiziqfan
🐬 Amazonka daryosida noyob bo’lgan pushti delfinlar hayot kechirishadi.

@qiziqfan
✈️ Samolyotda parvoz paytida odamning soch o‘sish sur’ati ikki baravar tezlashadi.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐧 Tuyaqushning ko’zi uning miyasi o’lchamidan kattaroq.

@qiziqfan
#kun_tarixi

2️⃣4️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

⚔️ 41 yil
— Rim imperatori Kaligulaga qarshi fitna uyushtirilgan, imperator va uning oilasini o‘ldirilgan;

🔎 1848 yil— Jeyms Marshall tashabbusi bilan butun Amerikada oltin izlash (Gold rush) boshlanib ketgan;

📜 1919 yil —Y. Sverdlov tomonidan imzolangan Markaziy qo‘mitasining kazaklarga qarshi kurash bo‘yicha tashkiliy byurosi tomonidan ko‘rsatma chiqarilgan bo‘lib, bu bolsheviklarning kazaklar va ularning oilalariga qarshi ommaviy qizil terrorini boshlab bergan;

🤝 1943 yil— AQSH prezidenti Franklin Delano Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston. Cherchill raisligida Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Marokashdagi Kasablanka shahrida konferensiya o‘tkazilgan;

🍻 1935 yil— AQSHning Virjiniya shtatida pivo ilk marotaba konservalangan idishlarda sotila boshlangan;

🇨🇱 1939 yil— Chilida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 28,000 odam halok bo‘lgan;

🇬🇧 1965 yil— britanilik siyosatchi, davlat arbobi Uinston Cherchill vafot etgan;

🛩 1966 yil — Hindistonning Boeing-707 samolyoti Mont Blanda qulashi oqibatida 117 kishi halok bo‘lgan;

🖥 1984 yil — birinchi Apple Macintosh shaxsiy kompyuterlari ishlab chiqarilgan.

@qiziqfan
🐘 Filning tishlari 9 kg`gacha tosh bosishi mumkin.

@qiziqfan
🧍‍♂️ Erkaklar 130 smdan past, ayollar esa 120 smdan past bo‘lganda mitti odam (karlik) deb hisoblanadi.

@qiziqfan
🦋 Bu eng noodatiy kapalaklardan biri. Uning noodatiyligi shaffof qanotlari mavjudligida.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

2️⃣5️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

⚔️ 750 yil
— Umaviylar armiyasi va Abbosiy tarafdorlari o‘rtasida jang bo‘lib, unda Abbosiylarning g‘alabasi Umaviy xalifaligiga chek qo‘ydi va XIII asrgacha hukmronlik qilgan Abbosiylar sulolasining boshqaruvini boshlab bergan;

🤝 1479 yil —Konstantinopol shartnomasi Venetsiya Respublikasi va Usmonli imperiyasi o‘rtasidagi 15 yillik urushni tugatgan;

🚫 1658 yil— Yangi Amsterdam gubernatori tennisni taqiqladi, chunki u odamlarni ibodat qilishdan chalg‘itadi deb o‘ylagan;

📌 1791 yil — Britaniya parlamenti Kvebekni Yuqori va Quyi Kanadaga (hozirgi Ontario va Kvebek) ajratgan;

🛳 1878 yil — Turkiya paroxodini Rossiya torpedasi cho‘ktirib yuborgan,bu torpeda oqibatida cho‘kkan ilk kema bo‘lgan;

📚 1878 yil — Leyden universitetida dunyodagi birinchi nazariy fizika bo‘limi ochilgan;

💎 1905 yil - Janubiy Afrikada eng katta olmos (3106 karat) topilgan;

☎️ 1915 yil — ixtirochi Aleksandr Bell birinchi trans-amerika telefon qo‘ng‘irog‘ini o‘tkazgan (Nyu-York-San-Fransisko).

📌 1919 yil— Antanta Millatlar Ligasini tuzish rejasini maʼqullagan;

⚔️ 1942 yil —Tailand Ikkinchi jahon urushi paytida AQSH va Angliyaga qarshi urush eʼlon qildi;

🇮🇱🗳 1949 yil —Isroilda birinchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan;

🇮🇳1957 yil —Kashmir Hindiston tarkibiga kiritilgan;

1960 yil — SSSRda GULAG (Majburiy mehnat lagerlari, mehnat turar joylari va hibsga olingan joylar bosh boshqarmasi) tugatilgan;

⚔️ 1971 yil —Idi Amin Ugandada to‘ntarish uyushtirgan;

🛰 2004 yil — AQSHning Marsga ikkinchi sayohati amalga oshirilgan, “Opportunity” kemasi Mars yuzasiga qo‘ngan.

@qiziqfan
🦴 Suyak po‘latdan 5 marta mustahkamroq hisoblanadi.

@qiziqfan
❤️ Inson yuragi hayoti davomida 182 million litrdan ortiq qonni haydaydi.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 AQShdagi Tennessi shtatining Dayyersberg shahrida qiz bola o‘g‘il bolaga qo‘ng‘iroq qilib, uni uchrashuvga taklif qilishi qonunbuzarlik hisoblanadi;

@qiziqfan
#kun_tarixi

2️⃣6️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

👑 1340 yil
— Eduard III Fransiya qiroli deb eʼlon qilingan;

📌 1525 yil— Rossiyaning birinchi bosma xaritasi nashr etilgan;

📌 1531 yil —Lissabonda halokatli zilzila va sunami 30 mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan;

📌1788 yil — Sidney shahri tashkil topgan. U Avstraliyadagi ilk yevropaliklar aholi punkti bo‘lgan;

🇦🇺 1808 yil — Avstraliyada "rom qo‘zg‘oloni" deb nomlangan voqea sodir bo‘lgan;

⚔️ 1871 yil— Fransiya-Prussiya urushi: qamalda qolgan Parij garnizoni va Prussiya qo‘shinlari o‘rtasida sulh tuzilgan;

✈️ 1911 yil — Glen Kyortis boshqargan birinchi dengiz samolyoti uchib ketgan;

🛬 1914 yil— "Ilya Muromes" rusumli birinchi to‘rtta dvigatelli bombardimonchi samolyot parvozi amalga oshirilgan;

📌 1924 yil — Sovetlarning 2 Kongressi farmoni bilan Petrograd Leningrad deb o‘zgartirilgan;.

📄 1934 yil — Fashistlar Germaniyasi va ikkinchi Polsha Respublikasi o‘rtasida Gitler-Pilsudski shartnomasi imzolangan;

📌 1939 yil —Vashingtondagi nazariy fizika bo‘yicha mashhur konferensiyada Nils Bor uranni kashf etganligini eʼlon qilgan;

🇦🇫 2004 yil —Prezident Hamid Karzay rasman Afg‘onistonning hozirgi Konstitutsiyasini tasdiqlagan;

🇺🇿 🛂 O‘zbekiston Respublikasida Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni.

@qiziqfan
Dunyodagi eng issiq cho‘l Erondagi Lut cho‘li bo‘lib, u yerda harorat Selsiy bo‘yicha 71 darajagacha ko‘tarilgan.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇳 Hind kalendarida 6 ta mavsum bor. Bahor, yoz, yomg‘ir mavsumi, kuz, qish, erta bahor.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌶 Cho‘llar

✔️ Dunyodagi eng katta cho‘l bu Antarktida cho‘li bo‘lib, u taxminan 14 million kvadrat kilometr maydonni egallaydi.

✔️ Dunyodagi ikkinchi eng katta cho‘l Arktika cho‘li bo‘lib, u taxminan 13,7 million kvadrat kilometr maydonni egallaydi.

✔️ Dunyodagi uchinchi yirik cho‘l Sahroi Kabir cho‘li bo‘lib, u taxminan 9 million kvadrat kilometr maydonni egallaydi.

☄️ Eslatma: Cho‘llar hududdagi temperatura bilan emas, aksincha yiliga 25 santimetrdan kam yog‘ingarchilik oladigan hududlar hisoblanadi.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

2️⃣7️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

👑 98 yil
—Troyan Nerva vafotidan keyin Rim imperatoriga aylangan;

⚔️ 1918 yil —Finlyandiyada fuqarolar urushi boshlangan;

⚰️ 1924 yil— V. I. Leninning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan;

🛡1944 yil —"Yanvar momaqaldirog‘i" operatsiyasi natijasida Leningrad blokadasini to‘liq ko‘tarish tugallandi.

1945 yil —Osvensimdagi (Polsha) natsistlar konslagerining mahbuslari ozod qilingan;

📻 1948 yil —AQSHda ilk marta magnitafonlarni sotish boshlangan;

🛸 1967 yil —koinotni butun insoniyat mulki deb eʼlon qilgan va kosmosga yadro qurolini joylashtirishni taqiqlagan, kosmosni o‘rganish va undan foydalanishdagi davlatlarning faoliyat tamoyillari to‘g‘risida xalqaro shartnoma imzolangan;

🚀 1967 yil — “Apollon-1” kosmik kemasini sinovdan o‘tkazish paytida falokat yuz berib 3 nafar astronavt halok bo‘lgan;

🤝 1973 yil — Vyetnamda urushni to‘xtatish va tinchlikni tiklash uchun Parij bitimi imzolangan;

📌 1983 yil — eng uzun suv osti tunneli Seykan (53,85 km, Xonsyu – Xokkaydo o‘rtasida) qurib bitkazilgan.

@qiziqfan
2025/07/07 08:11:05
Back to Top
HTML Embed Code: