Telegram Web Link
#kun_tarixi

1️⃣3️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚖️ 1633 yil
— Rimda Galileo Galiley ustidan inkvizitsiya sudi bo‘lib o‘tgan;

🔫 1692 yil — Glenkoda (Shotlandiya) Makdonald to‘dasining 70 dan ortiq aʼzolari azaliy dushmanlari bo‘lgan Kempbelllar tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan, uylariga o‘t qo‘yilgan. Ushbu qotillar aslida Makdonald to‘dasi boshpana bergan mehmonlar bo‘lishgan. Qirg‘inga Makdonald aʼzolarining zudlik bilan yangi qirol Uilyam Oranskiyga sodiqliklarini eʼlon qilishmagani asos bo‘lgan;

⚔️ 1739 yil —Eron shohi Nodirshoh Afshar Hindistonga bostirib kirgan va Dehli yaqinida imperiya qo‘shinlarini mag‘lub etgan;

⚔️ 1840 yil — Rus generali Perovskiy dashtdan qo‘shinlarni qaytarish to‘g‘risida buyruq bergan va shu tariqa Xivaga qilingan qishki yurish muvaffaqiyatsiz tugagan;

📌 1858 yil — Ingliz tadqiqotchilari Richard Barton va Jon Spek Afrikada olib borilgan ekspeditsiya paytida Markaziy Afrikaning sharqiy qismidagi Tanganika katta ko‘lini kashf etishgan;

1917 yil — afsonaviy josus Mata Xari Parijda hibsga olingan;

⚔️ 1945 yil —Ikkinchi jahon urushi: Drezden ingliz-amerika samolyotlari tomonidan bombardimon qilina boshlangan;

⌨️ 1946 yil — AQSH harbiylari Mauchli va Ekkertning birinchi raqamli kompyuterini (ENIAC) yaratganligi to‘g‘risida eʼlon qilishgan;

🚫 1974 yil — SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan yozuvchi A.I.Soljenitsin SSSR fuqaroligidan mahrum qilinib, mamlakatdan chiqarib yuborilgan;

📌 1975 yil — Shimoliy Kipr Turkiya Federal Davlati deya eʼlon qilingan;

📌 1988 yil— Stepanakertda bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining Armanistonga qo‘shilishi talabi qo‘yilgan;

⚔️ 1996 yil — Nepal Kommunistik partiyasining Nepaldagi qirol hokimiyatiga qarshi "Xalq urushi" boshlangan;

💣 2004 yil —Dohada (Qatar), suiqasd natijasida Chechenistonning Ichkeriya Respublikasi Prezidenti Zelimxon Yandarbiyev o‘ldirilgan. U Dohadagi markaziy masjidda juma namozidan uyiga qaytayotganda, mashinasi portlatilgan paytda halok bo‘lgan.

@qiziqfan
🐈‍⬛ 1988 yilda yolg‘izlikda yashaydigan antiqa buyumlar sotuvchisi Ben Ri 25 million dollarini Bleki laqabli mushugiga meros qoldirgan. Va o‘z navbatida Bleki esa “Eng boy merosxo‘r mushuk” sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌲 Dunyodagi ENG ulkan Yangi yil archasi Meksika poytaxti Mexikoda 2009 yilda o‘rnatilgan. Uning uzunligi 110 metr 35 santimetr bo‘lgan.

@qiziqfan
🇿🇦 Janubiy Afrikalik 37 yoshli Gotsiame Sitxoul birdaniga 10 nafar chaqaloqni dunyoga keltirgan holda Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

10 nafardan 7 tasi o‘g‘il qolganlari esa qiz farzand.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣4️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

📌 842 yil
— fransuz tilining tug‘ilgan kuni: nemis Lui II va Karl II qadimgi fransuz tilida Strasburg qasamyodini qilishgan;

🔥1349 yil — Qora o‘lim: o‘latni tarqatishda ayblangan 2000 ga yaqin yahudiylar Strasburgda o‘ldirilgan, ulardan 900 nafari tiriklayin yoqib yuborilgan;

🤴📝 1483 yil— Buyuk shoir va Temuriylar sulolasidan chiqqan mashhur davlat arbobi, Hindistondagi yirik Boburiylar imperiyasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan;

🗡 1779 yil — dengizchi Jeyms Kuk Gavayi orollari aholisi tomonidan o‘ldirilgan (baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra yeyilgan);

⚔️ 1804 yil— Usmoniylar hukmronligiga qarshi Georgiy Petrovich boshchiligidagi serblarning birinchi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni boshlangan;

📢 1834 yil —Lionda to‘quvchilarning umumiy ish tashlashi boshlangan, birinchi marta ishchilarning inqilobiy kurashining ramzi sifatida qizil bayroq ko‘tarilgan;

☎️ 1876 yil— Aleksandr Grexem Bell AQSH hukumatidan "nutq va boshqa tovushlarni telegraf orqali elektr to‘lqinlari yordamida uzatish apparati", yaʼni telefon uchun patent olgan;

📆 1918 yil — Sovet Rossiyasi Gregorian taqvimiga o‘tgan;

🔫 1929 yil — Chikagoda Valentin kuni qirg‘ini. Al Kapone mafiozlari o‘zlarining raqiblari bo‘lgan irlandlarning Moran to‘dasining 7 nafar aʼzosini otib o‘ldirishgan;

✈️ 1945 yil — Germaniya qo‘l ostidagi Chexoslovakiya poytaxti Praga AQSH havo kuchlari tomonidan bombardimon qilingan. Natijada 700dan ziyod kishi halok bo‘lgan va 1184 kishi yaralangan, ularning barchasi oddiy fuqarolar bo‘lgan;

🇺🇸 🇦🇫 1979 yil — AQSHning Afg‘onistondagi elchisi Adolf Dubs garovga olingan va keyinchalik o‘ldirilgan. Bu voqea AQSHning Afg‘onistonga nisbatan siyosatini keskin kuchayishiga olib kelgan. AQSHning Afg‘onistondagi elchisi lavozimi 2002 yilgacha bo‘sh qolgan;

💻 1995 yil —afsonaviy xaker Kevin Mitnik AQSH hukumati tomonidan hibsga olingan;

2005 yil — YouTube ishga tushgan;

⚔️ 2011 yil — Arab bahori: Bahraynda qo‘zg‘olon boshlangan.

@qiziqfan
☎️ Dunyodagi ENG birinchi telefon 1875 yilda Bostonda ikki olim Aleksandr Bell va Tomas Uaston tomonidan ixtiro qilingan.

@qiziqfan
⚽️ Futbol bo‘yicha eng birinchi Jahon chempionati 1930 yil Urugvayda bo‘lib o‘tgan va unda mezbon jamoa Urugvay g‘olib bo‘lgan.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi ENG xavfli jonzotlar

1. Chivinlar tufayli bir yilda 750.000 kishi o‘ladi.

2. Ilonlar sababli yiliga 100.000 ga yaqin inson halok bo‘ladi.

3. Itlar. Ular tufayli bir yil ichida 35.000 kishi halok bo‘lar ekan

4. Chuchuk suv chig‘anog‘i (Shilliqqurt). Ko‘rinishidan xavfsizdek ko‘rinishi mumkin. Ammo aynan shu mavjudot tufayli 20.000 kishi o‘lar ekan.Bu jonzot bedavo kasalliklar yuqtirishi mumkin.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣5️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

📜 438 yil
— Rim imperiyasining birinchi rasmiy qonunlar to‘plami bo‘lgan Feodosiy kodeksi qabul qilingan;

🏛 1045 yil — Rossiyada Yaroslav Mudriy tashabbusi bilan Avliyo Sofiya ibodatxonasi qurilishi boshlangan;

📌 1565 yil —Ivan Grozniy oprichninaning amalga oshirilishi to‘g‘risida eʼlon qilgan;

🤝 1763 yil — Leypsig yaqinidagi saksonlarning Hubertusburg qasrida Prussiya, Avstriya va Saksoniya o‘rtasida yetti yillik urushni tugatilib, tinchlik shartnomasi imzolangan;

🇫🇷 1794 yil — Fransiya Respublikasining uch rangli bayrog‘i qabul qilingan;

⚖️ 1922 yil — Gaaga Xalqaro sudining birinchi sessiyasi ochilgan;

🧨 1933 yil— Mayamida anarxist Juzeppe Zangara AQSHning yangi saylangan prezidenti Franklin Ruzveltni o‘ldirishga uringan;

🇸🇬 1942 yil — Yaponiya Singapurni bosib olgan;

📌 1943 yil— SS Obergruppenfuyureri Pol Xusser Gitlerning shaxsiy buyrug‘ini ochiqdan-ochiq buzib Xarkov yaqinidan SS Panzer korpusini evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq bergan;

🚫 1947 yil — "SSSR fuqarolari va chet elliklar o‘rtasida nikohni taqiqlash to‘g‘risida" farmon chiqarilgan;

🇮🇱 1949 yil — Knesset Isroilning birinchi prezidenti etib Xaim Veysman nomzodini maʼqullagan;

📺 1950 yil — Uolt Disney studiyasi Charlz Perroning “Zolushka” ertagi asosida yaratilgan multfilmni namoyish etgan;

🇦🇫 1989 yil — SSSR armiyasining Afg‘onistondan olib chiqilishi nihoyasiga yetgan;

🛸 2013 yil —Chelyabinsk viloyatiga yirik meteorit qulab tushgan. Chebarkul ko‘li hududiga tushgan "kosmik mehmon"ning tashrifi natijasida 1,5 mingdan ortiq odam jarohat olgan.

@qiziqfan
🦈 Akula tishlari

@qiziqfan
🇺🇿Doim yolg’on gapirishga odatlanish tibbiyotda «Myunxgauzen sindromi» xastaligi deb ataladi. Dunyodagi 80 foiz odam esa har kuni albatta yolg’on ishlatmay tura olmaydi.

@qiziqfan
🇺🇿"You Tube" dagi eng uzun videoning davomiyligi qancha?

2011-yil 14-dekabr kuni "You Tube" ga eng uzun video qo'yilgan bo'lib uning davomiyligi 596 soat 32 daqiqa 21 soniya ni tashkil etadi. Bu videoni ko'rishga 25 kun vaqtingiz ketadi.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣6️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

🗡 1568 yil
—Ispaniya inkvizitsiyasi Niderlandiyaning barcha aholisiga o‘lim jazosini eʼlon qilgan;

⚔️ 1704 yil — Varshava Konfederatsiyasi amaldagi qirolni lavozimidan bo‘shatishi oqibatida Polshada fuqarolar urushi boshlanib ketgan;

📜👑 1722 yil — Pyotr I taxtga merosxo‘rlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan, unga ko‘ra imperator merosxo‘rni yoshiga emas, balki o‘z xohishiga ko‘ra voris tayinlashi belgilangan;

🛳 1837 yil — Man oroli yaqinida inglizlarning “Jeyn” va “Margaret” kemalari halokatga uchrashi oqibatida ikki yuzdan ortiq odam halok bo‘lgan;

🇰🇿 1854 yil — 1929-1997 yillarda Qozog‘iston Respublikasining poytaxti bo‘lgan Verniy (1921 yildan —Olma-ota) qalʼasiga asos solingan;

⚔️ 1916 yil — general Yudenichning Kavkaz qo‘shini og‘ir kechgan janglarda Turkiyaning uchinchi armiyasini mag‘lubiyatga uchratib, Erzurumga kirib kelgan;

🇱🇹 1918 yil — Litvaning Rossiya va Germaniyadan mustaqilligi eʼlon qilingan;

📌 1918 yil — Mustaqil Kuban Xalq Respublikasi tashkil topganligi eʼlon qilingan;

🧱 1923 yil— Xovard Karter firʼavn Tutanxamon qabrini ochgan;

🎖1957 yil — SSSRda "Cho‘kayotgan odamlarni qutqarganligi uchun" medali taʼsis etilgan;

👮‍♂️1968 yil —Alabama shtatining Xeylivill shahrida AQSHda birinchi marta 911 qutqaruv xizmati ish boshlagan;

🚛 1976 yil — SSSRda birinchi KAMAZ avtomobili “Kama” avtomobil zavodining konveyeridan chiqarilgan;

📌 1978 yil — birinchi kompyuterlashtirilgan elektron eʼlonlar taxtasi— BBC yaratilgan;

📌 1992 yil — Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO) yig‘ilishida Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston aʼzolikka qabul qilingan;

💣 1999 yil — Toshkentda terakt sodir etilgan, shaharda bir qator portlashlar yuz bergan. Jumladan, birinchi Prezident Islom Karimov raisligida parlament majlisi o‘tkazilayotgan Oliy Majlis binosida ham portlashlar bo‘lgan;

💣 2001 yil — Prishtina shahrida (Kosovo) terakt sodir etilgan; "Nish Express" avtobusi portlatib yuborilgan;

📄 2005 yil — Kioto protokoli kuchga kirgan.

@qiziqfan
🧸 Ayiqning yuragi har daqiqada 40 marta uradi. Uyqu mahali esa daqiqasiga 8 marta uradi xolos.

@qiziqfan
🇺🇿Dollar banknotasini ishlab chiqarish narxi - taxminan 3 sent

@qiziq
🇩🇪 Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada pul juda qadrsizlangan.

Va shu darajaga yetganki, odamlar xona devorlariga gul qog‘oz o‘rniga pullarni yopishtirishgan- chunki bu arzon hisoblangan.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣7️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1454 yil
— Burgundiya gersogi Filipp III Papaning salib yurishiga qo‘shilishga vaʼda berib, qasamyod qabul qilgan;

🔥 1600 yil— sud qarori bilan Jordano Bruno Rimdagi Gullar maydonida yoqib yuborilgan;

🤝 1720 yil —Ispaniya va To‘rtlar Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida Gaaga shartnomasi imzolangan va urush tugatilgan;

⚔️1814 yil — Napoleon Bonapart Morman jangida Palen boshchiligida ruslarni mag‘lub etgan;

📌 1854 yil— Buyuk Britaniya Oranj respublikasi mustaqilligini tan olgan;

⚔️ 1855 yil — Qrim urushi: rus qo‘shinlari Evpatoriyaga muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirgan;

🛡 1859 yil —Koxinhin yurishi paytida ikki kunlik qamaldan so‘ng Fransiya-Ispaniya kuchlari Saygonni egallab olishgan;

📌 1863 yil — Jenevada Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan; Bu tashkilot umumjahon, insonparvarlik harakati sanaladi;

⚔️ 1863 yil— Polsha qo‘zg‘oloni paytida Mexov jangi bo‘lib o‘tgan va unda imperiya qo‘shinlari g‘alaba qozongan;

1864 yil —Charleston portida suvosti kemasi birinchi marta muvaffaqiyatli qo‘llanilgan;

💣 1880 yil — Imperator Aleksandr II hayotiga beshinchi marta suiqasd qilingan. Stepan Xalturin Sankt-Peterburgdagi qishki saroyda portlash uyushtirgan;

⚔️ 1943 yil —Ikkinchi jahon urushi davrida Pavlograd shahri fashist bosqinchilaridan ozod etilgan;

📻 1947 yil — "Amerika ovozi" radiostansiyasi Sovet Ittifoqida efirga uzatila boshlangan;

🚀 1975 yil — Moskvada Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi SSSR-Buyuk Britaniya qo‘shma Deklaratsiyasi imzolangan;

⚔️ 1979 yil — Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Vyetnamga bostirib kirgan va Xitoy-Vyetnam urushi boshlangan;

💻1983 yil— Ada dasturlash tili “tug‘ilgan”;

📌 1993 yil — Rossiyada Gazprom kompaniyasi tashkil etilgan;

📃1994 yil — MDH mamlakatlari Ichki ishlar vazirlari "Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida bitim" ni imzolashgan;

🤝 1999 yil — Federatsiya Kengashi 1997 yilgi Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilgan;

🇽🇰 2008 yil — Kosovo Respublikasi Serbiyadan mustaqilligini eʼlon qilgan;

🛢 2009 yil — Shimoliy dengizga katta miqdorda neft to‘kilib ketgan.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣8️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1268 yil
— Rakovor jangida Tevton ordeni ulkan mag‘lubiyatga uchragan;

👰‍♀️ 1386 yil —Litva Buyuk knyazi Jagiyello polyak malikasi Yadvigaga uylangan;

📌 1405 yil— Amir Temur Xitoyga yurish paytida O‘trorda vafot etgan;

⚔️ 1814 yil — Montre jangida Napoleon Vyurtemberg valiahd shahzodasining qo‘shinini mag‘lub etgan;

🇺🇸 1861 yil— Jefferson Devisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tgan va Amerika Konfederativ Shtatlari Prezidenti lavozimiga kirishgan;

✈️ 1911 yil — Hindistonda birinchi marta pochta parvozi amalga oshirilgan. Uchuvchi Anri Pikuet Ollohoboddan Neyni shahriga (oralig‘i 13 km) 6,5 mingta xat va 250 ta otkritkalarni yetkazib bergan;

📌 1913 yil — Frederik Soddi izotop atamasini fanga kiritgan;

🎞 1929 yil — Oskar mukofoti ilk sohiblariga topshirilgan;

🪐 1930 yil — Amerikalik astronom Klayd Tombau Louell rasadxonasida Quyosh tizimidagi to‘qqizinchi sayyora— Plutonni kashf etgan;

📌 1948 yil — SSSR va Birma Ittifoqi (hozirgi Myanma Ittifoqi) o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan;

🇬🇲 1965 yil — Gambiya Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan;

❄️ 1979 yil — Sahroi Kabirga qor yog‘gan;

📌 1986 yil — Boris Yelsin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining aʼzoligiga saylangan;

🇺🇿🇬🇧 1992 yil — O‘zbekiston va Birlashgan Qirollik o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan;

📌 1995 yil — Toshkentda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis syezdi bo‘lib o‘tgan. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlangan;

🔥 2003 yil — Janubiy Koreyaning Tegu shahrida yong‘in sodir bo‘lgan va natijada 198 kishi vafot etgan;

💣 2004 yil — Eronning Nishopur shahrida poyezd portlab taxminan 300 kishi halok bo‘lgan, besh yuzga yaqin kishi jarohat olgan;

📌 2015 yil — Debalseve uchun janglar tugab shahar ustidan Donesk Xalq Respublikasi nazorati o‘rnatilgan.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣9️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 197 yil
— Lugdun jangi boshlangan bo‘lib, unda uzurpator Klodiy Albin Rim imperatori Septimiy Sever qo‘shinlari tomonidan mag‘lubiyatga uchragan;

🪐 1473 yil— buyuk polyak astronomi va matematigi Nikolay Kopernik tug‘ilgan;

📌 1726 yil— Rossiya imperatori Yekaterina IIning farmoni asosida Oliy Maxfiy Kengash tashkil etilgan;

🚫1793 yil— Rossiya imperiyasining inqilobiy Fransiya bilan barcha aloqalari to‘xtatilgan;

🇫🇷 1800 yil — Napoleon Bonapart o‘zini Fransiyaning birinchi konsuli deb eʼlon qilgan;

🛳 1841 yil— AQSHning "Govener Fenner" kemasi Liverpuldan Nyu-Yorkka suzib ketayotganida halokatga uchrab 122 kishi vafot etgan;

🌍 1855 yil — fransuz matematik olimi va astronomi Urban Le Verriyer Parij Fanlar akademiyasiga dunyodagi birinchi ob-havo xaritasini namoyish qilib, o‘sha kuni ertalabki Yevropa uchun ob-havo maʼlumotini xarita orqali taqdim etgan;

🎙1878 yil — Amerikalik ixtirochi Tomas Edison fonografni patentlagan;

⚔️ 1905 yil — Rus-yapon urushi davridagi Mukden jangi boshlangan, bir oydan ortiq davom etgan to‘qnashuvlarda Yaponiya g‘alaba qozongan;

⚔️ 1915 yil — Birinchi jahon urushi davridagi Dardanell operatsiyasi boshlangan;

📌 1938 yil —dunyodagi birinchi shimoliy qutb stansiyasi— "Shimoliy qutb-1" o‘z ishini yakunlagan;

🇺🇦 1954 yil — Qrim viloyatini RSFSR tarkibidan Ukraina SSR tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risida SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni qabul qilingan;

📑 1990 yil— "O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida"gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilingan, ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlangan;

🇮🇷 ✈️ 2003 yil— Erondagi Islom inqilobiy kuchlarning Il-76MD samolyoti Kirmon shahri yaqinida qulab tushishi oqibatida 275 kishi halok bo‘lgan;

🇨🇺 💼 2008 yil — Kuba rahbari Fidel Kastro siyosatdan ketishini eʼlon qilgan;

@qiziqfam
#kun_tarixi
2️⃣0️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

1705 yil— Rossiyada Pyotr I farmoni bilan birinchi marta rekrutlikka olishda tanlov o‘tkazish joriy qilingan;
⚔️ 1864 yil — AQSH fuqarolar urushi davrida Florida shtatida Olast jangi bo‘lib o‘tgan;
🖼 1872 yil— Nyu-Yorkda Metropolitan muzeyi ochilgan;
📌 1922 yil— Vilnyus Seymi Vilnyus va Litvaning janubi-sharqiy qismining Polshaga qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan;
✈️ 1942 yil — Buganvillda havo jangi yuz bergan;
💣 1945 yil — SSSRning qurol-yarog‘ omborlari Uraldan Moskvaga qaytarib olib kelingan;
🚀 1962 yil — Yerni uch marta aylanib chiqqan Jon Glenn birinchi Amerika orbital kosmik parvozini amalga oshirgan;
🚀 1986 yil —“Mir” orbital stansiyasining tayanch qismi orbitaga chiqarilgan;
📌 1988 yil —Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi "Ozarbayjon SSR va Armaniston SSR Oliy Kengashlariga Tog‘li Qorabog‘ viloyatini Ozarbayjon SSRdan Armanistonga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma jo‘natish to‘g‘risida qaror qabul qilgan;
🇺🇿 🗳1991 yil —O‘zbekiston Oliy Kengashining rayosati referendum o‘tkazishni maʼqullab, SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qilgan. Qo‘shimcha byulletenga "Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?" degan savol qo‘yilgan. Saylovchilarning 93 %i bu savolga «Ha» deb javob bergan;
🚀 1999 yil — "Soyuz TM-29" so‘nggi ekspeditsiyasi “Mir” orbital stansiyasiga yuborilgan;
🇰🇬🗳 2000 yil — Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengesi (parlamenti) ga saylovlar bo‘lib o‘tgan;
🇱🇻 2009 yil — Latviya Prezidenti Valdis Zatlers Bosh vazir Ivars Godmanisni isteʼfosiga chiqargan.

@qiziqfan
2025/07/06 05:33:09
Back to Top
HTML Embed Code: