Telegram Web Link
🔴

🔴 Ushbu qonun loyihasi bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga hokim lavozimiga nomzod tegishli xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini ham taqdim etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

🔴 Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunlarga Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasidan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etish ham nazarda tutilmoqda.
_____________________

🔴 Законопроектом вносятся изменения в Закон «О государственной власти на местах», предусматривающие, что при рассмотрении кандидатуры на должность хокима в соответствующем Кенгаше народных депутатов, кандидат, наряду с программой социально-экономического развития территории на перспективу, должен представить также план по противодействию коррупции.

🔴 Кроме того, вносятся изменения в Законы «О Регламенте Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан» и «О Кабинете Министров Республики Узбекистан», предусматривающие, что кандидат на должность члена Кабинета Министров, при рассмотрении и одобрении его кандидатуры в Законодательной палате, должен представить не только план действий, предусматривающий взаимосвязанные с программой действий Кабинета Министров Республики Узбекистан правовые, экономические, социальные, организационно-технические меры по достижению целевых показателей и задач на перспективу, но и отдельный план по противодействию коррупции.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

‼️ Mazkur qonun loyihasi hokimlar hamda Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uliyati va hisobdorligini oshirishga, ularning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha vazifalari ijrosi samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.

Munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
_____________________

‼️ Принятие данного законопроекта направлено на повышение ответственности и подотчетности кандидатов на должности хокимов и членов Кабинета Министров в борьбе с коррупцией, а также на обеспечение эффективности выполнения ими задач по противодействию коррупции.

По итогам обсуждений законопроект принят депутатами во втором чтении.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

✔️ Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan samarali foydalanishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_____________________

✔️ На заседании в первом чтении рассматривается законопроект, разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы, направленный на повышение эффективности использования земельных участков, предназначенных для сельского хозяйства.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🚫 Ta’kidlanganidek, o‘tgan yili Qonunchilik palatasi deputatlariga fermerlardan yetishtirgan hosilni respublika bo‘ylab erkin realizatsiya qilishda ayrim to‘sqinliklar bo‘lganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikda davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emasligi belgilangan. Amaliyotda ayrim hollarda davlat fuqarolik xizmatiga kirgan fermerlar nomidagi fermer xo‘jaligini boshqa shaxsga o‘tkaza olmayapti. Bu esa, o‘z navbatida qonun buzilishi hamda korrupsion holatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

🚫 Ma’lumki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda tadbirkorlarning o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish huquqi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

🚫 Yuqoridagilardan kelib chiqib, qonun loyihasi bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga aralashganlik yoxud to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
_____________________

🚫 Вначале докладчик отметив необходимость принятия данного законопроекта, подчеркнул, что в прошлом году в Законодательную палату поступили обращения от фермеров о возникших трудностях при свободной реализации выращенной продукции по всей республике. Кроме того, действующее законодательство запрещает государственным служащим заниматься предпринимательской деятельностью. На практике нередко встречаются случаи, когда фермер, ставший госслужащим, не может передать свое фермерское хозяйство другому лицу, что создает правонарушения и способствует возникновению коррупционных ситуаций.

🚫 Известно, Закон «О гарантиях свободы предпринимательской деятельности» предусматривает право предпринимателей самостоятельно реализовывать свои товары (работы, услуги) по свободно устанавливаемым ценам, исходя из рыночной конъюнктуры, либо на договорной основе. Государственные органы, организации и их должностные лица не вправе вмешиваться в законную предпринимательскую деятельность.

🚫 Исходя из этого, законопроектом в соответствии с Уголовным и Кодексом об административной ответственности устанавливается ответственность за вмешательство или создание препятствий свободному перемещению и реализации товаров (работ, услуг) и финансовых средств.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🚨 Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha o‘ziga ijaraga berilgan ikki yoki undan ortiq yer uchastkalaridan biri yoki bir nechtasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishi (qisman qayta ijaraga berishi) mumkinligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🚨 Bundan tashqari, fermer xo‘jaligi rahbari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydigan ishga qabul qilingan taqdirda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘z oila a’zolaridan biriga qonunchilikka muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.

🚨 Deputatlarning qayd etishicha, ushbu qonun loyihasi tadbirkorlik, shu jumladan, fermerlik faoliyati erkinligi kafolatlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

🚨 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_____________________

🚨 Кроме того, вносятся дополнения, позволяющие арендатору земельного участка сельскохозяйственного назначения передать (частичный перенаем) свои права и обязанности по земельным участками другому лицу по договору аренды.

🚨 Помимо этого, устанавливается, что если руководитель фермерского хозяйства назначается на должность, не совместимую с предпринимательской деятельностью, он имеет право передать право аренды земельного участка одному из членов своей семьи на срок действия договора аренды в соответствии с законом.

🚨 Как подчеркнули депутаты, данный законопроект направлен на расширение гарантий свободы предпринимательской, в том числе фермерской деятельности, на эффективное использование земель сельскохозяйственного назначения, защиту законных интересов производителей сельхозпродукции и повышение их финансовых возможностей.

🚨 По итогам обсуждения законопроект был принят депутатами в первом чтении.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

Majlisda “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_____________________

На заседании в первом чтении рассматривается проект закона «О внесении дополнения и изменения в статью 13 Закона Республики Узбекистан «О государственной пошлине».

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🔴 Mazkur qonun loyihasi ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, u bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalariga karta egalari va ularning oila a’zolari uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

🔴 Jumladan, “Vatandosh” kartasi egalari turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda, ularning oila a’zolari amaldagi viza muddatini ko‘p martalik qilib uzaytirganda, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda va ro‘yxatga olingan muddatini uzaytirganda davlat bojidan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.
_____________________

🔴 Рассматриваемый законопроект является логическим продолжением проводимой работы в данном направлении, которым предлагается внести дополнения и изменения в соответствующие статьи Закона «О государственной пошлине», предусматривающие освобождение владельцев карты и членов их семей от уплаты государственной пошлины за ряд государственных услуг в сфере миграции и оформления гражданства.

🔴 В частности, планируется освободить от уплаты госпошлины владельцев карты «Ватандош» при регистрации по месту проживания, а также членов их семей — при продлении многократной визы, регистрации по месту пребывания и продлении срока регистрации.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

❗️ Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga O‘zbekiston hududida professional, shu jumladan, tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun qulay huquqiy, ijtimoiy sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_____________________

❗️ Отмечено, что предлагаемые нормы направлены на создание для соотечественников, проживающих за рубежом, благоприятных правовых и социальных условий для осуществления профессиональной, предпринимательской, инвестиционной, научной, просветительской и культурной деятельности на территории Узбекистана.

По итогам обсуждения законопроект был принят депутатами в первом чтении.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🚫 Majlisda deputatlar Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli foydalanishi hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga berilgan javobini ko‘rib chiqdilar.

🚫 Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” bugungi kunda yoshlarning salohiyatini namoyon etish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning samarali mexanizmlaridan biriga aylangan. Hisobot davrida 15,4 milliondan ziyod yoshlar qamrab olingan 524 mingga yaqin tadbirlar tashkil etilgan.

🚫 Mahallalarda o‘tkazilgan musobaqalarda 8 millionga yaqin yoshlar faol ishtirok etgan. Olimpiada g‘oliblari orasida 17 nafar yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, ularning mahallalarida esa 969 ta yangi sport maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirilgan. “Yosh kitobxon” tanlovi doirasida 4,7 milliondan ortiq yoshlar ishtirok etib, 17 nafar g‘oliblarga “Spark” avtomashinalari topshirilgan.

🚫 Yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish va hisobdorlikni oshirish maqsadida “Yetakchi” elektron platformasi joriy etilgan. Ushbu platforma 15 ta elektron tizimni birlashtiradi. Platforma orqali yetakchilar onlayn ta’lim, shaxsiy yoki anonim murojaat yo‘llash imkoniyatiga ega. Shuningdek, platformada “Yetakchi akademiyasi” orqali onlayn ta’lim olish imkoniyati yaratilgan.

🚫 Deputatlar tomonidan yuborilgan parlament so‘rovida “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar ayrim tumanlarga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilmayotgani hamda mablag‘larni taqsimlash mexanizmi to‘liq ta’minlanmayotgani qayd etilib, mazkur masala yuzasidan tushuntirish berish so‘ralgan edi.

🚫 Parlament so‘roviga kelgan javobda, yoshlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim mexanizmi bo‘lgan “Yoshlar daftari” jamg‘armalarining holati tahlil qilingan.

🚫 2025-yil 5-sentyabr holatiga jamg‘armalarda 336 mlrd so‘m mablag‘ shakllangan bo‘lib, yil boshidan 45 ming nafar yoshga 188 mlrd so‘mlik moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilgan.

🚫 Biroq ayrim tumanlarda mablag‘larni o‘z vaqtida yetkazib berilmaslik holatlari mavjud. Bu muammolarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan. Endi jamg‘armalardagi mablag‘lar har bir mahalla kesimida aholi soni, kambag‘allik darajasi va nogironligi bo‘lgan shaxslar soniga mutanosib ravishda adolatli taqsimlanishi belgilangan.

🚫 Bundan tashqari, Agentlik tomonidan dehqonchilik qilish istagidagi 224 ming 182 nafar yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan. Hokimliklar zaxirasidagi 60 ming gektardan ziyod yer auksion orqali 152 ming yoshlarga foydalanishga berilgan. “Yosh fermer” elektron platformasi va mobil ilovasi orqali yoshlar faoliyati monitoring qilinadi, ularga agrota’lim, marketing va mahsulot yetishtirish bo‘yicha maslahatlar beriladi. Yoshlar uchun “Fermerlar maktabi”da qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda.

🚫 Majlisda yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularni bandlik, ta’lim, tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani, shu bilan birga, sohada yechimini kutayotgan bir qator masalalar borligi qayd etildi.

🚫 Deputatlar tomonidan bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, joylarda ijro intizomini ta’minlash va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan har bir yigit-qiz xabardor bo‘lishi va undan samarali foydalanishi uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🚫 Majlisda Yoshlar ishlari agentligining parlament so‘roviga javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
🔴 🚫 Majlisda deputatlar Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli foydalanishi hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati…
🔴

🚫 На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса рассмотрен ответ директора Агентства по делам молодежи Алишера Саъдуллаева на парламентский запрос по содержательной организации свободного времени молодежи, ее профессионального обучения и обеспечения занятости.

🚫 Отмечено, инициированная главой государства «Олимпиада пяти инициатив» сегодня стала одним из действенных механизмов раскрытия потенциала молодежи и организации ее содержательного досуга. За отчетный период проведено около 524 тыс мероприятий, в которых приняли участие более 15,4 млн молодых людей.

🚫 Почти 8 млн юношей и девушек участвовали в соревнованиях, организованных в махаллях. Среди победителей Олимпиады 17 молодых людей удостоены государственных наград, а в их махаллях построено и сдано в эксплуатацию 969 новых спортивных площадок.
В рамках конкурса «Ёш китобхон» приняли участие свыше 4,7 млн молодых людей, а 17 победителям вручены автомобили «Spark».

🚫 Для повышения эффективности деятельности молодежных лидеров и обеспечения их отчетности внедрена электронная платформа «Етакчи». Она объединяет 15 электронных систем и предоставляет возможность проходить онлайн-обучение, направлять личные или анонимные обращения, а также через «Етакчи академияси» обучаться онлайн.

🚫 В парламентском запросе также был отмечен вопрос о несвоевременном и неполном доведении выделенных средств Фонда «Молодежная тетрадь» до отдельных районов, а также о несовершенстве механизма их распределения.

🚫 В представленном ответе Агентства проанализировано текущее состояние фондов «Молодежная тетрадь», являющихся важным инструментом материальной и социальной поддержки молодежи. По состоянию на 5 сентября 2025 года в этих фондах сформировано 336 млрд сумов, при этом с начала года 45 тыс молодых людей оказана материальная поддержка на общую сумму 188 млрд сумов.

🚫 В то же время в ряде районов сохраняются случаи несвоевременного доведения средств. Для решения этих вопросов принято постановление Кабинета Министров № 462, согласно которому средства фондов теперь распределяются справедливо в разрезе махаллей, исходя из численности населения, уровня бедности и количества лиц с инвалидностью.

🚫 Кроме того, Агентством сформирован список из 224 182 молодых людей, выразивших желание заниматься фермерством. Молодым людям из резервных земель, находящихся в распоряжении хокимиятов, путем проведения аукциона выделено свыше 60 тыс га земли. На электронной платформе и мобильном приложении «Yosh fermer» проводится мониторинг деятельности молодых фермеров, предоставляются консультации по агрообразованию, маркетингу и производству продукции. Для них также организованы краткосрочные курсы в «Школах фермеров».

Подчеркнуто, что последовательно и системно проводится работа по расширению возможностей молодежи, обеспечению ее занятости, вовлечению в сферу образования, предпринимательства и фермерства. Вместе с тем остаются вопросы, требующие решения.

🚫 Депутаты отметили необходимость продолжения начатой работы, обеспечения строгого исполнения дисциплины на местах, а также активизации информационно-разъяснительной деятельности, чтобы каждая девушка и каждый юноша были осведомлены о предоставляемых возможностях и могли эффективно ими воспользоваться.

🚫 Ответ Агентства по делам молодежи на парламентский запрос был принят к сведению.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

***
Пленарное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса завершило свою работу.

Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢 “AHOLINI SHOVQINNING ZARARLI TA’SIRIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN LOYIHASI QABUL QILINDI VA SENATGA YUBORILDI.


🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢 SHAXSLARNING TASVIRGA BO‘LGAN HUQUQLARI HIMOYASINI KUCHAYTIRISHGA QARATILGAN QONUN LOYIHASI QABUL QILINDI VA SENATGA YUBORILDI.


🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TDT: mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik yanada kengayadi

Oxirgi besh yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki baravardan oshib, 2024-yil oxiriga kelib 253 million dollarga yetdi. 2025-yilning yarim yilligi holatiga ko‘ra, 80 mln. AQSH dollarini tashkil etmoqda.


🔴BATAFSIL

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

🏢 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Majlisda quyidagi asosiy masalalar muhokamalar markazida bo’ldi:

🔘 Endi odamlarni bezovta qiladigan darajada shovqin soladiganlar javobgar bo‘ladilar;

🔘 Sizning tasviringizni roziligingizni olmasdan turib tarqatganlarga qonuniy chora ko‘riladi;

🔘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining axboroti eshitildi;

🔘 Vazirlar mahkamasi a’zosi lavozimiga nomzodlar korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini ham taqdim etadi.


🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Turkiy hamjihatlik – tinchlik, taraqqiyot va adolat yo‘lidagi birlashuv

Gabala sammitida Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar inson, uning huquq va manfaatlari, hayoti va farovonligi bilan chambarchas bog‘langani bilan ham ahamiyatlidir. Zero, partiyamizning asosiy g‘oyasi – “Adolat – jamiyat taraqqiyotining poydevori” tamoyili bilan to‘liq uyg‘un.


🔴BATAFSIL

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosаbat

Barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik


Bugun O‘zbekistonning har bir tashabbusi — bu tarixiy ildizlardan kuch olib, kelajak sari dadil yurayotgan Yangi O‘zbekiston diplomatiyasining amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu sammit natijalari shubhasiz, turkiy xalqlar farovonligi va taraqqiyoti yo‘lida ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitadi.


🔴BATAFSIL

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deputat_savoli

🗣 DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN MULOQOTLAR DAVOMIDA OQOVA SUV TARMOQLARI TIZIMIDAGI MUAMMOLAR DOIMIY RAVISHDA KO‘TARILAYOTGANI VA ULARNI BARTARAF ETISH ZARURLIGINI TA’KIDLADI


🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deputat_savoli

🗣 DEPUTAT MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI BORASIDA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILAYOTGANI YUZASIDAN MAS’ULLARGA JIDDIY SAVOL BILAN MUROJAAT QILDI


🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deputat_savoli

🗣 DEPUTAT: OQOVA SUV TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHDA QO'LLANILAYOTGAN TEXNOLOGIYALAR QAY DARAJADA SAMARALI VA INNOVATSION?


🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 07:45:58
Back to Top
HTML Embed Code: