Telegram Web Link
Жамоатчилик кенгаши аъзолари теримчилар билан учрашди

Қашқадарё вилояти ҳокимлиги ҳузуридаги жамоатчилик кенгаши аъзолари Кўкдала туманидаги фермер хўжаликлари далаларида бўлиб, теримчи ва мавсумий ишчиларга яратилган шароитларни кўздан кечирди.

Улар билан самимий суҳбат ўтказилиб, халқ хўжалиги тараққиётига қўшаётган муносиб ҳиссаси алоҳида эътироф этилди.

Шунингдек, уларнинг меҳнати қадрланиб, илғор теримчиларга вилоят ҳокимининг эсдалик совғалари топширилди.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirishkor tumaniga Mo‘g‘ulistondan qariyb 1,6 milliard so‘mlik 652 bosh “Bayat” zotli qo‘ylar olib kelindi.

Batafsil videoda


Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Qashqadaryolik 17 yoshdan yuqori erkak va ayollar uchun yangi ish o‘rni!

Hurmatli vohadoshlar!
Qarshi shahridagi “Surxon plas decor” MCHJ qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi daromad topishni istagan 17 yoshdan yuqori faol, mas’uliyatli, jamoada ishlashga tayyor erkak va ayollarni ishga taklif etadi!

Ish shartlari:
Ish ikki smenada — kunduzgi va tungi rejimda olib boriladi;
Ish boshlash uchun maxsus tajriba talab qilinmaydi;
Ishchilar 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi;
Uzoqdan qatnab ishlaydiganlar uchun yotoqxona mavjud.

Foydali jihatlar:
- barqaror daromad va qo‘shimcha pul ishlash imkoniyati;
- ish tajribasini orttirish;
- jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu korxonada 20 turdan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqariladi va 30 nafardan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 +998902672799

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Суд тизимида “Коррупция — ривожланишимизга тўсиқ” мавзусида тадбир ўтказилди

Қашқадарё вилоят суди томонидан коррупциянинг олдини олиш ва унга қарши муросасиз муносабатни шакллантириш мақсадида “Коррупция — ривожланишимизга тўсиқ” мавзусида тадбир ташкил этилди.

Тадбирда судьялар, суд ходимлари ва уларнинг оила аъзолари иштирок этди. Вилоят суди раиси А.Маҳкамов суд тизими вакиллари жамиятда адолат ва ишончни таъминловчи масъул шахслар эканини таъкидлаб, ҳалоллик ва покликни ҳар бир судьянинг ҳаётий мезонига айлантириш зарурлигини қайд этди.

Шунингдек, тадбирга судьялар ота-оналари ҳам таклиф этилиб, улар фарзандларининг нафақат ишда, балки оилада ҳам қонунга садоқат ва виждон поклиги намунаси эканидан фахрланишини изҳор этдилар.

Якунда иштирокчиларга коррупциянинг ҳар қандай кўринишига муросасиз бўлиш, адолат ва ҳалолликни ҳаётнинг асосий тамойили сифатида қабул қилиш зарурлиги таъкидланди.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasida xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada mehnat qilayotgan xodimlarning faoliyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, ularning samarali mehnat qilishida oila va ishxonaning hamkorligi muhimligini ta’kidlandi.

Bu esa o‘z navbatida xodimlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli salbiy holatlarni ham oldini olishga xizmat qilishini aytib o‘tildi.

Tadbir yakunida jamoada o‘zining mehnati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
#ЭЪЛОН ДЕПАРТАМЕНТ ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ БОШҚАРМАСИНИНГ ЖАМОАТЧИЛИККА МУРОЖААТИ

Ҳурматли фуқаролар!

Агарда Сизга ва яқинларингизга бирор-бир шахс ўзини Департамент ёки бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходими деб таништириб, турли йўллар билан тамагирлик қилиб, пул ёки бошқа моддий қимматликлар талаб қилиш ҳолатларига дуч келсангиз, бу ҳақда зудлик билан Департамент шахсий хавфсизлик бўлимининг 71-202-86-67 (ички рақам 8889) ёки 75-226-01-80 рақамли “Ишонч телефони”га маълум қилишингизни сўраймиз.

❗️Мурожаат муаллифлари ва уларнинг яқин қариндошлари ҳақидаги маълумотларнинг сир сақланиши тўлиқ кафолатланади.


Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Qashqadaryoda o‘tkazilgan Yosh kitobxon oila tanlovining viloyat bosqichida 21 mingdan ortiq kitobsevar oilalar kitob mutolaasini targ‘ib qilish va oila qadriyatlarini mustahkamlash maqsadida bir joyga jam bo‘ldi .

Tanlov davomida ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlarida o‘z bilimi, jipsligi va tafakkurini namoyon etdilar.

Natijada eng faol va zukko oilalar g‘olib deb topildi:

🥇 1-o‘rin
— Qamashi tumani Rashidovlar oilasi
🥈 2-o‘rin — Chiroqchi tumani Xolmurodovlar oilasi
🥉 3-o‘rin — Muborak tumani Safarovlar oilasi

G‘olib bo‘lgan Rashidovlar oilasi endi tanlovning final bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
ELEKTROSTANSIYALARDA SANOAT XAVFSIZLIGI VA MAVSUMGA TAYYORGARLIK

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S.Yakubekov boshchiligida Qashqadaryo xududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha sanoat obektlari xususan, elektrostansiyalarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

https://gov.uz/oz/cirns/news/view/92703
PAXTA TERISH MASHINASI “O‘ZAGROINSPEKSIYA” NAZORATIDA

Viloyatimizning Mirishkor tumanida 2025-yilgi paxta yig‘im-terim mavsumi jadal sur’atda davom etmoqda.

Ayni paytda joriy yil yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish maqsadida tumanda 24 ta zamonaviy paxta terish mashinalari terim ishlariga jalb etilgan.


Texnika vositalarining uzluksiz va soz holatda faoliyat yuritishi “O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Boshqarma boshlig‘i S. Donaev boshchiligida mutaxassislar terim jarayonida foydalanilayotgan mashinalarning texnik holati va xavfsiz ishlashini doimiy ravishda monitoring qilib bormoqda.

Monitoring ishlari barcha tumanlarimizda doimiy tashkil etilmoqda.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
2025/10/20 00:49:02
Back to Top
HTML Embed Code: