Telegram Web Link
1 oy oldin yangi loyiha olgan edim - Qarshi shahridagi maishiy texnika doʻkoni.

Taklif bilan chiqishdi, gaplashdik, kelishdik, ma’qul boʻldi, ishni boshladik.

Bundan oldin 2 ta loyiha taklif bilan chiqqanida bekor qilgandim. Sababi:

- 1. Loyiha rahbari ma’suliyatsiz
- 2. SMM'dan aniq nima xohlayotganini bilmaydi
- 3. Reklama budget ajratishni xohlamaydi
- 4. Bizga kamroq toʻlamoqchi, bilingki arzon narsani qadri boʻlmaydi va ikki tomonda ham ma’suliyat yuqori boʻlmaydi.

1 oy oldin olgan loyihamizga quyidagicha natijalar koʻrsatdik:

- Obunachilar soni 1000 taga oʻsdi. 1.5k edi, 2.5k ga olib chiqdi (auditoriyasi qarshi shahri boʻlgan loyiha uchun yaxshimi ?)

- stories koʻrishlar soni 5x ga oʻsdi. 60-70 ta koʻrilardi, 300+ ga chiqdi

- eng koʻp koʻrilgan video hozircha 85k. Target yoqilgan va organik ham oʻsdi.

@ramzbek
🔥11👍7🤩3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Ta’lim va Zapuskda marketing boʻyicha Community bilan navbatdagi Networking🚀

@ramzbek
👍13
Xayrli kun, bugun kunim uchrashuvlar bilan oʻtadi 🙂

@ramzbek
👍12👌4🔥2🎉1🤩1🤓1
2024-yil koʻproq bilim olishga kirishdim.

Har kuni koʻp narsani bilmasligimni bilib boryapman.

Har kuni nimadir oʻrganishga harakat qilib boshladim.

Hozir jamoa boshqaruvi va sotuvdagi koʻnikmalar men uchun juda muhim.

Va shuningdek 2024-yilda jamoamizni kengaytirishni maqsad qilganman. Hozir 3 ta katta loyihamiz bor.
🔥9🎉5👏3🕊1
Oxirgi 1 oyda 10 ga yaqin odamlar kurs ochmaysizmi deb yozyapti.

Do'stlar kurs ochsam o'qigan bo'larmidingiz? Izohda "1" qoldirsangiz yetadi.
👌7🤝5👏4🕊1😴1
Sohada 4 yildan buyon ishlab kelaman. Ushbu kanalni ham 2020-yil boshida ochgan ekanman.

Kursimda Qarshi shahridagi loyihalarda 4 yil ishlab yiqqan tajribalarim bo'ladi.

Product hali to'liq tayyor emas. O'zim ham yaqinda Full Marketing kursida o'qishni boshlayapman.
👍7🔥4👏4🕊1
Bugundan Farxod Kamilovning “Full Marketing” kursida oʻqishni boshladik.

@ramzbek
👍95👏5🕊1
Men Qarshi shahrida ishlayman komandam bilan. Bilasizmi 1-2 yil oldin men Toshkentga ketaman deb qolganman.

Sabab nima bo'lgan – sabab toshkent rivojlanib ketyapti, toshkentga borishim kerak.

Hozir Qarshida bozor juda bo'sh, raqobat esa umuman yo'q. Lekin bu narsani hozir tushunyapman. Nima uchun men bozor bo'sh joydan bozor mavjud joyga borishim kerak.

Ha Toshkentda ko'p pul topish mumkin – yo'q noto'g'ri tushuncha. Hozir bizni viloyatda 3 ta loyihamiz bor, shuni 10 ta qila olamizmi? - albatta.

Hozir 4 ta xodimim bor, shuni 10 ta qilolamanmi? - albatta. Hozir SMM xizmati ko'rsatib ishlab kelyapmiz, lekin loyihalarga Marketing xizmat ko'rsatib chek narxini ko'tara olamizmi? - ha.

Do'stlar bir narsani tushundim, tekin pishloq hech qayerda yo'q. Bilim olish, o'z ustida ishlash va natija qilib berish – shu sizni yaxshi daromad topishingizga xizmat qiladi.

@ramzbek
👍23🔥7👏5🎉1
Talab va taklif, infoprodyuserlik, zapusk

Talab va taklif - hamma joyda ishlaydigan narsa.

Hop, men marketologman, Qarshi shahridagi ishlayman. Hamma infoprodyuserlikka va zapuskka oʻtyapti, men ham oʻtishim kerakmi?

Yoʻq! Nimaga? - chunki men ishlayotgan joyda, Qarshi shahrida bunga talab bormi, albatta yoʻq.

Bizda tadbirkorlar endi SMM nimaligini tushunishyapti, demak men SMM xizmatlarini koʻrsatishim kerak va SMM boʻyicha ishlagan loyihalarimiz marketing qilishga ehtiyoj sezganida marketing xizmatlarini taklif qilishimiz mumkin.

Shunaqa gaplar, siz hech narsadan qolib ketmayapsiz, zapuskka yoki infoprodyuserlikka oʻtmoqchi boʻlganlar xulosa qilishlari mumkin.

@ramzbek
👍9🔥3👌2💯2🕊1
Men emas, biz qilyapmiz

Hamma joyda, hamma jamoada boʻlishi mumkin, men qilyapman, mensiz ish yurmay qoladi.

Notoʻgʻri. Biz qilyapmiz. Jamoa qiladi. Bir kishi katta ishlarda hech qayerga borolmaydi. Ammo jamoa bilan borish mumkin.

Yana bir qiziq fikr: ayrimlar men shu korxonada ishlayotganim uchun ish yaxshi yuryapti, men ketsam ish toʻxtab qoladi deb oʻylaydi, oʻzicha.

Ammo unaqa emas. Siz ketsangiz oʻrningizga boshqa keladi va ish doimgidek yuraveradi. Oʻzim koʻrganman shunaqa holatni. Xodim ishdan ketgan ammo ish juda yaxshi yuryapti. Shunaqa doʻstlar.

@ramzbek
💯11👍8🔥4🤔2🕊1🤷1
SMM aniq sotuvni oshirib beradi degan joyi yoʻq

Yangi loyihalar olayotganda koʻp duch kelyapmiz, biznes egasidan “SMM dan nima kutyapsiz” deganimizda savdo yaxshi boʻlishi kerak deydi.

Savdo yaxshi boʻlishi uchun faqat SMM emas, bir necha omillar sabab boʻladi.

SMM bu mijozlar bilan aloqa qilishning, mijoz bilan kommunikatsiya oʻrnatishning bir yoʻli xolos.

Ya’ni hamma ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi va biznes oʻzi chegirmalarini, yangiliklarini aynan media orqali yetkazishi oson. Shunaqa gaplar, qoʻshilasizmi?

@ramzbek
👍14🔥4💯3🤝2🕊1
​​Pozitsiya, maqsad va qadriyat

Bugun Instagram sahifamda shu haqida gapirib berdim.

Meni va jamoamizni pozitsiyasi.
Biz loyihalarimiz bilan uzoqroq ishlashni reja qilamiz, masalan birinchi ishlab boshlagan loyihamizga 3 yil bo'libdi, hozirgacha ishlab kelyapmiz, u vaqti jamoa yo'q edi, o'zim ishlardim va hozir jamoamiz bilan ishlab kelyapmiz.

Loyihalarni unisidan bunisiga sakrashdan ko'ra, uzoqroq muddat ishlashni reja qilamiz va ma'qul ko'ramiz. Hozir esa Qarshi shahridagi o'z yo'nalishida eng katta bizneslar bilan ishlab kelyapmiz.

Jamoamiz oliy maqsad va qadriyatlariga ega.
Jamoamiz maqsadi va qadriyatlari bir bo'lishi uchun jamoamizni katta qismi o'zimni shogirdlarimdan tashkil topgan va bundan keyin ham shuni reja qilyapman. 8 oy bo'libdi jamoa tuzib boshlaganimizga va 2024-yilda kengayishni maqsad qilganmiz.

Bugun esa sizga boshqa berilmasligi mumkin bo'lgan imkoniyatni bermoqchiman. Shogird olmoqchiman, jamoa va meni 4 yillik tajribamni oladi, ofisda ishlaydi, o'rganadi. Qiziq bo'lsa formani to'ldiring.

@ramzbek
👍53👏3👎1🕊1
Qarshi shahrida Marketolog, SMM mutaxassisi boʻlib ishlayotganlar uchun ajoyib yangilik bor.

Birinchi marta Qarshi shahridagi Marketolog va SMM mutaxassislari uchun Club tashkil qilyapmiz.

⁃ Klubda oʻzim va jamoamizdan ham tajribali mutaxassislar tajriba almashamiz;
⁃ Klubga qoʻshilish uchun kamida bitta real loyihangiz boʻlishi kerak;
⁃ Klub bilan haftada bir yoki 2 hafta bir yigʻilish oʻtkazib boramiz;

Clubning asosiy maqsadi:

⁃ Mutaxassislar oʻzaro tajriba almashishi;
⁃ Networkingni yaxshilash;
⁃ Qashqadaryo bozorida SMM ni rivojlantirish.

Klubga qoʻshilish uchun:

⁃ Loyihangizni
⁃ SMM da qancha tajribangiz borligini yozib yuboring: @nurqulov 🙂

@ramzbek
🔥7👍5🤝2👎1🕊1
Bir kunda, bir soatda ishsiz qolib ketish mumkin
😁13😱3😢2👎1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍7💯5🤩2👎1🕊1
2025/07/08 15:09:48
Back to Top
HTML Embed Code: