Telegram Web Link
Yangi loyiha, o'quvchilarning amaliyoti, yangi guruh

So'ngi kunlarda ko'p ishlar boshlab qo'ydik, ushbu postda ketma-ket hammasini aytib beraman.

Yangi loyiha. Qarshi shahridagi N1 kafelarning biri - "Aroma Bakery & Cafe" bilan ish boshlayapmiz. Ha, yo'nalish - Cafe.

O'quvchilarning amaliyoti. "SMM & Content Making" kursimizning 3-oyi – amaliyot. Ya'ni o'quvchilarimiz real loyihalar bilan ham amaliyot qilishadi. Yangi loyihamizga o'quvchilarimiz bilan ishni boshlab yuborganmiz.

Oktabr oyi o'quvchilarimiz to'liq amaliyot qilishadi va amaliyotdan muvaffaqiyatli o'tganlari Media jamoamizga qabul qilinib o'sha loyihaga qabul qilinib ishlab boshlashadi.

Yangi guruh. Kursimizning navbatdagi guruhiga oktabr oyi boshidan start beryapmiz. Kursga suhbat asosida qabul qilinadi va kecha kursga yozilgan o'quvchilarimiz bilan suhbat o'tkazdik.

@ramzbek
Forwarded from Khasan Nurkulov (Khasan Nurkulov)
Agar kimda IELTS daraja bo'lsa, siz Amerikaning universitetlariga topshirishingiz mumkin!

Kim topshirmoqchi bo'lsa: @nurkulovuz

Chegirma bo'layapti, muddati 3-oktabrgacha!

Ishonarli!

Max repost qilamiz!

@khasanblog
Forwarded from Asliddin Subxonov
Oylik statistika. Jadval.xlsx
10.5 KB
🔥 SMM menejerlariga oylik hisobot topshirish uchun shablon | Jadval

📊 Ushbu shablon Jadval ko'rinishida bo'lib barcha natijalarni bitta sahifada ko'rish uchun

Yuklab olib bemalol ishlatishingiz mumkin.

👉 @asliddin_subxonov
Bilish emas, bajarish muhim

Bugun nimagadir shu haqida post yozgim keldi. Jamoamizdagi bollarga ham aytyapman. Bilish emas, bajarish muhim.

Biz bilamiz shaxsiy brendimizni yuritishni, har kuni video qoʻyishni yoki story qoʻyishni, yoki boʻlmasa yana qaysidir instrumentlar zoʻr ishlashini, ammo bajarmaymiz.

Yoki yangi loyiha olishni ham bilamiz, ammo qoʻrqamiz va boshqalar.

Oxirgi paytlar kurs oʻquvchilarimizga ham shuni aytyapman, qoʻrqmasdan yangi loyiha olib ishlab koʻring, oʻrganganlaringizni amaliyotda bajaring, shunda siz haqiqiy mutaxassis boʻlasiz.

Bilishda emas, bajarishda koʻp gap bor 💥

@ramzbek
Bugungi kuningiz kechagi kuningizga oʻxshamasin

Ya’ni, agar siz kecha qilgan ishingizni yana va yana takrorlayvermasdan yangi instrumentlar ishlatgan holda yangicha yondoshsangiz, sohada o'sish yaxshiroq bo'ladi.

Bugundan o'zim ham bunga amal qilib boshladim🙂

@ramzbek
Bugun 3 oy oldin ochilgan "SMM & Content Making" kursini so'ngi darsi bo'lib o'tdi.

Ushbu 3 oy:

- o'zim uchun ham katta tajriba bo'ldi
- 20 kishi 3 oy davomida katta Community tashkil qildik

@ramzbek
Bugun kun uchrashuvlar bilan oʻtdi. Jamoamiz bilan yana yangi loyihalar olish arafasidamiz.

Qarshi shahridagi yana eng katta bizneslar bilan ishlaymiz xudo xohlasa.

@ramzbek
Ayni vaqtda jamoamiz bilan yangi loyihalar olyapmiz. Viloyatda, Qarshi shahrida.

Tadbirkorlar bilan muammolar bo'lyapti – SMM'dan kutuvi qanaqa, xohishlari nimalar, aniq maqsad yo'q.

Ha, bizda endi tadbirkorlar bilishyapti. Ya'ni nima uchun SMM yuritmoqchisiz deganimizda "hamma qilyaptiku" degan javob olyapmiz.

Ammo jamoa yaxshi tajriba olyapti deb o'ylayman, yaxshi dars bo'lyapti.

Ha, yaxshi, aniq raqamlar bilan gapiradiganlar ham yo'q emas 🙂

Yana bir narsa, va katta muammo – Qarshi shahrida mutaxassis tanqisligi paydo bo'lgan.

@ramzbek
Loyihalarimiz uchun strategiya tuzyapman.

Oʻzi aslida bizni miyamizda gʻoyalar koʻp, faqat uni biz ogʻizda gapiramiz.

Aslida shu gapiriladigan narsalarni yozib chiqsak shunda u koʻzimizga koʻrinadi.

@ramzbek
2023-yil oldingizga qoʻygan maqsadlaringizni qanchasiga erishdingiz?

Bundan 4 yil oldin meni bu narsalar hayolimga ham kelmagan edi. Men buni qilolmay deb oʻylar edim, yoʻq, aksincha aynan siz qilolasiz, aynan men qila olaman.

Birinchi boʻlib inson oʻziga ishonishi kerak deb oʻylayman, risk, qimmat mashinada yurish, qimmat kiyimlar kiyish, qimmat restoranlarda oʻtirish.

2023-yil esa qoʻygan maqsadlarimning hammasiga ham erisha olmadim, ammo bir qismiga erishdim:

- Yangi mashina olish (Gentra avtomobilini sotib oldim)
- Qarshi shahrida Media jamoa qurish
- Qarshi shahrida birinchi boʻlib “SMM & Content Making” kursini tashkil qilib bozorda yaxshi mutaxassislar chiqarish
- Oila qurish (afsus, keyingi yilga qoldi)
- Shahardan kvartira sotib olish
- Oylik daromadimni 5x ga oshirish
- Shaxsiy brendimni rivojlantirish

Xullas menda shunaqa, sizdachi👇🏻

@ramzbek
2025/07/08 10:10:52
Back to Top
HTML Embed Code: