Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunimizning haqiqati

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#Kun_hikmati

Haqiqiy bilim, barcha eng qimmatli narsalar kabi, osonlik bilan erishilmasligi kerak. Uni olish uchun siz ishlashingiz, o‘rganishingiz, o‘ylashingiz va eng muhimi, buning uchun qanoat qilishingiz kerak.

©️Ingliz tarixchisi, pedagog Tomas Arnold


🎙 Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
🎯 Mentimeter — darsda real vaqt savol-javob!

👉 O‘quvchilar telefon orqali savollarga javob beradi.
👉 Natijalar grafika va so‘z buluti ko‘rinishida chiqadi.
👉 Darsni interaktiv va hayajonli qiladi.

🖥 Mentimeter bilan:
— Test o‘tkazing
— Bahs uchun savollar bering
— Darsda o‘quvchilar fikrini oson biling!

🔗 1 daqiqada so‘rovnoma yarating va darsni jonlantiring!

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
#mulohaza

Mantiqqa bir murojaat qilsak...

Agar siz O'zbek tili va adabiyoti yoki Ona tili va adabiyoti yo'nalishining magistraturasida o'qimoqchi bo'lsangiz avvalo chet tilini bilish bo'yicha til sertifikatingiz bo'lishi kerak. Faqat shundagina magistraturaga hujjat topshira olasiz.

Tasavvur qilyapsizmi O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi uchun siz chet tili sertifikatiga ega bo'lishingiz lozim. 🧐🧐🧐

Boshqa fan yo'nalishlari uchun shu mezonni tushunish mumkin, lekin o'z ona tilisida ilmiy faoliyat olib bormoqchi bo'lgan yosh kadr uchun bu talab qanchalik mantiqli?

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
🎓 Kun hikmati

“Ta’lim — bu chiroq. Ustoz — uning yorug‘ligi. O‘quvchi esa yo‘l topuvchi sayyohdir.”

Bugun kimningdir yo‘lini yoritayotganingizni unutmang. Har bir so‘z — kelajak sari bir qadam.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Bitiruvchilar yakuniy attestatsiya imtihoniga kechikib kelsa, unga qanday jazo chorasi qoʻllash mumkin?

❗️Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8:00 dan boshlanadi.

✍️Yakuniy davlat attestatsiyasiga kechikib kelgan oʻquvchi belgilangan tartibni buzgan hisoblanadi. Bitiruvchi ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi.

👨‍💻Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.

📝Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin 2 hafta oʻtgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

❗️Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
PISA 2025 buyruq (1-ilova_maktablar).docx
31.6 KB
#Fayl
⚡️2025 yilda PISA tadqiqotlarida ishtirok etuvchi 233 ta maktab tanlab olindi

PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

2025 yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O‘zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot jarayonlari 2025 yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: 2022 yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

Manba 👉

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Akaning ukaga mehri. Juda ajoyib!

Shunday akasi borlarga qarsaklar 👏👏👏

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Forwarded from E-BAZA ISH REJA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Daftar chetidagi qizil chiziq nima uchun kerak ekanligini bilasizmi?

Yuqoridagi video orqali qiziqarli ma'lumotga ega bo‘ling va o‘quvchilaringizga ham savol sifatida bering.

🤖Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
👉
@ebazaga_bot

✅️Ta'limda birinchi kanal👇
https://www.tg-me.com/e_baza_ishreja
https://www.tg-me.com/+mi15W-aqCcFhOTIy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги янгилик

Президент фармонига кўра, 2025/2026-ўқув йилидан бошлаб таълимнинг сиртқи шаклига қабул тугатилди.

Мазкур талаб давлат олийгоҳлари учун ҳам, нодавлат (хусусий) олийгоҳлар учун ҳам бирдек амал қилади;

• бунда сиртқи таълимга қабул барча йўналишларда тугатилади. Энди ҳеч қайси йўналишга сиртқи учун талаба қабул қилиб бўлмайди;

• ҳозир ўқиётган юқори босқич талабалари ўқишини сиртқида давом эттираверади. Яъни сиртқи учун қабул тўхтатилди, сиртқига бошқа янги талаба олинмайди, аммо сиртқиларнинг ўзи ёпилгани йўқ;

• сиртқининг ўрнига кундузги таълимдан бошқа муқобил таълим шакллари бўйича қабул квоталари босқичма-босқич ошириб борилади. Бу кўпроқ масофавий таълим шакли бўлиши мумкин. Мақбуллаштирилган кундузги таълим шакли бўйича ўқитишга рухсат берилади;

• олийгоҳларда муқобил таълим шакллари бўйича кундузги таълим шакли қабул натижасининг 50 фоизидан оширишга йўл қўйилмайди.

Каналга обуна бўлинг!👉https://www.tg-me.com/DM_Ilmiytadqiq
⚡️9 may – Xotira va qadrlash kuni!

☀️Bu kun – Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizni yodga olish, ularning jasoratini ehtirom bilan qadrlash kunidir.

Ajdodlarimizning mardonavor harakati, sabr-toqati va fidoyiligi bugungi tinch hayotimizning mustahkam poydevoridir.

⭐️Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar!

🎗Sizlarni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Barchangizga sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik, yurtimizga osoyishtalik tilaymiz.

Urush va mehnat faxriylariga cheksiz hurmat va chuqur ehtirom bajo keltiramiz.

Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchining kuchi nimada?

O‘qituvchi – bu faqat bilim beruvchi emas. U ilhomlantiradi, o‘ylantiradi, yo‘l ko‘rsatadi.
Agar siz bir bolani o‘zgartira olsangiz – demak, bir kelajakni o‘zgartirgansiz.

📌 Har bir dars – bir imkoniyat. Har bir so‘z – bir ta’sir.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabulga oz qoldi. Abituriyentga qanday hujjatlar kerak?

Hozir qabul uchun faqat sanoqli hujjat zarur:

📄 Pasport (ID-karta);
📄 O'rta ta'limni tugatgani to'g'risida hujjat (shu yil maktabni tugatganlarga bu kerak emas);
📄Imtiyozi bo'lsa, uni tasdiqlovchi hujjat;

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
🧠 Rivojlanishni to‘xtatmaydigan o‘qituvchi -bu ....

Yaxshi o‘qituvchi har doim o‘rganishda davom etadi.
📚 Haftasiga hech bo‘lmasa 1 ta maqola o‘qing, 1 ta yangi dars metodikasi o‘rganing.
🎧 Podcastlar, YouTube’dagi ta’limiy videolar, kurslar – bular siz uchun bepul universitet!

Rivojlanayotgan o‘qituvchi – o‘zgarayotgan jamiyatning asosi.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
📱 Zamonaviy texnologiyalarni darsda qanday ishlatish mumkin?

Bugungi o‘quvchilar raqamli dunyoda yashayapti. Siz ham:
Kahoot, Mentimeter orqali interaktiv savollar yarating
Canva yordamida vizual taqdimotlar tayyorlang
Telegram orqali uy vazifalarini eslatib turing

Texnologiya – darsni jonlantirish vositasi, raqobatchi emas!

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
🔁 “3-2-1” usuli bilan darsni yakunlang

Dars oxirida o‘quvchilar nima o‘rganganini eslatish uchun:
📌 3 ta asosiy tushuncha
📌 2 ta qiziqarli fakt
📌 1 ta hali tushunilmagan savol yozib berishlarini so‘rang
Bu oddiy, ammo kuchli refleksiya usuli dars samaradorligini sezilarli oshiradi.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
2025/06/28 11:00:21
Back to Top
HTML Embed Code: