Telegram Web Link
🎓 25-May — So‘nggi Qo‘ng‘iroq

📚
Sinfda so‘nggi bor yangraydi qo‘ng‘iroq,
Yurakda aralash — sog‘inchu, quvonch.
Doskaga yozilmas endi hech darslar,
Xotira bo‘lib qoladi har bir soniyang.

👣
Yo‘laklar jim bo‘lar, izlaring qolib,
Orzular chorlaydi, yo‘lingni olib.
Ustozga ta’zimda ko‘zlar to‘ladi,
Har bir “rahmat” yurakdan bo‘ladi.

💐
Hayot darsidan endi navbat sizga,
Bo‘ling inson, doim yurib to‘g‘ri izda.
25-may — tugash emas, boshlanish,
Ilm, mehr, orzuga yetish — asl yashashdir!

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍93
#dolzarb #energiyatejamkorlik

🔌 “Elektr energiya liniyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib turaman...”
📉 “Hisoblagich o‘rnatmagandim hali...”
🧾 “Bir-ikki oyga shunchaki...”

❗️Ammo bu shunchaki emas.
Siz — elektr energiyasini o‘g‘irlamoqchisiz.
Bu uchun qonunda qanday javobgarlik borligini bilasizmi?

Bu harakat energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish deb baholanib, ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan keyin yana sodir etilsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi bilan jinoyat javobgarligiga tortilishiga asos bo‘ladi.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍111
O‘quvchining e’tiborini qanday ushlash mumkin?

Bugungi yoshlar uchun e’tiborni ushlab qolish – san’at darajasida. Buni quyidagilar orqali uddalash mumkin:

🎲 Gamifikatsiya – topshiriqlarni o‘yin shaklida bering
📊 Vizual taqdimotlar – matndan ko‘ra rasm, sxema, jadval
🕐 Vaqt cheklovi – “bu savolga 2 daqiqada javob topamiz”
💡 Yengil hazil, kontekstli misollar – og‘ir darsga “havo” kiritadi

Eng muhimi – siz darsga o‘zingiz qiziqing. O‘quvchi bu energiyani his qiladi.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍9🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#metodika

Mana bu metodga qarang. Kim tinglamayotganini bilishning eng ajoyib usuli. Barcha o‘quvchilarni nazorat qila olasiz.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍126🤩5
Siz fan o‘rgatmayapsiz, hayotga tayyorlayapsiz

Biologiya, matematika, tarix – bu faqat fanlar emas.

Har bir dars orqali siz:
🌱 Mustaqil fikrlash
🌱 Savol berish madaniyati
🌱 Yechim topish ko‘nikmalarini o‘rgatyapsiz

O‘quvchilar darsni esdan chiqaradi, lekin undagi yondashuv va muomalani hech qachon unutmaydi.
Demak, har bir dars – tarbiya maktabidir.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍121🎉1
⚡️ Rasman: Bu yil kirish imtihonida ishtirok etish uchun abituriyentlar 187 500 so‘m to‘lov qiladi.

◼️ O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar test topshirish uchun BHMning yarim baravari miqdorida (ya’ni 187 500 so‘m) to‘lov qiladi.

❗️To‘lovdan ozod etiladigan abituriyentlar:

Shu yili maktabni bitirganlar;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar;

Mehribonlik uyi va bolalar shaharchasi bitiruvchilari;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda bo‘lgan shaxslar va ularning farzandlari;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍81🫡1
Qayta ishlash – bilimni mustahkamlovchi eng kuchli vosita

Dars tugadi – mavzu o‘tildi. Lekin shunda bilim barqaror bo‘ladimi?

🧠 Har 3 darsdan so‘ng:
🔁 Qayta savol-javob
🔁 Mini-test
🔁 Mavzular orasida bog‘liqlikni ko‘rsatish

Boshqa darslar bilan ulanishni ko‘rgan o‘quvchi, bilimlar orasidagi mantiqiy zanjirni quradi. Bu esa chuqur tushunish kalitidir.


🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍421🔥1🎉1
#fakt

Qahva odamni xursand qiladi — ilmiy asosda!

Qahva ichganimizda miyada dopamin deb ataladigan “xursandlik gormoni” ko‘proq ishlab chiqiladi. Shuning uchun ko‘pchilik tongda qahva ichmasdan o‘zini tetik his qilmaydi.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍811🎉1
⚡️ Qashqadaryoda maktabni faqatgina 1 o‘quvchi bitirdi

◾️ Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan Aspiduxtar qishlog‘i – tog‘ bag‘ridagi kam sonli xonadonga ega, moʻjazgina qishloq. U yerdagi 60-maktab filialida esa atigi 15 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Shu 15 nafarning ichida bir nafar 11-sinf bitiruvchisi – Muslima Toshtemirova ham bor. Uning yolg‘iz o‘zi bu yil maktabdagi yagona bitiruvchi bo‘ldi.

Muslima kelajakda shifokor bo‘lishni reja qilgan.


🎙A'zo bo'ling va bizni kuzatib boring:
https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍197😁4🤩3👏1🎉1
#mulohaza

O'rtacha darajali ustoz so'zlab beradi. Yaxshirog'i tushuntiradi. Zo'r ustoz ko'rsatib beradi. Buyuk ustozlar esa ilhomlantiradi.

©️ Villiyam Artur Vard

🎙A'zo bo'ling va bizni kuzatib boring:
https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
5👍32🎉2👏1
📚 O‘qituvchi hayoti — Netflixga loyiq serial:

1-fasl: 32 kishilik sinfda 3 ta marker bilan tirik qolish.
2-fasl: Hafta davomida “konferensiya” degan nom ostida 18 ta majlis.
3-fasl: 16 ta daftar, 4 ta bolaning “menga 3 qo‘ygansizku” degan janjali.
4-fasl: “Siz darsni tushuntirmadingiz” degan ota-ona… darsga kirmagan bolasi bilan.
5-fasl: Yakuniy nazoratni 1 kechada 3 litr choy bilan o‘qish.
6-fasl: “Ustoz siz eng zo‘rsiz!” — bitiruv kuni.
Final: Qarsaklar, ko‘zda yosh, va... qayta 1-fasldan boshlanish.

🧠 Pedagog bo‘lish — bu kasb emas. Bu – “men dunyoni biroz yaxshiroq qilishga qasam ichganman” degan odamning yo‘li.


🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍227🏆2😁1🎉1
🌙Qurbon Hayitida qaysi kun dam olinadi?

◾️ O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Shunga asosan va qo'shimcha dam olish kunlari belgilanmaganligi hisobiga dam olish kunlari quyidagicha bo'ladi:

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
8-iyun (yakshanba) — barcha uchun dam olish kuni.

9-iyun (dushanba) esa barcha uchun ish kuni.


🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
8👍6
#fakt

Odam miyasi elektr chiroqdan ko‘proq energiya ishlatadi
Sokin holatda ham odam miyasi taxminan 20 Vatt energiya sarflaydi — bu kichik elektr chiroqdan ko‘proq! Bu miya doim faol ishlayotganining isboti.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍54😁1
#mulohaza

"U biror narsa bilmasdi…"

Darsda hech qachon ko‘zga ko‘rinmasdi. Savollarga javob bermasdi. Hatto bir kuni ustozlar uni shunday deb ta’riflashdi:
— Bu bola ilmga yaramaydi.

Ammo u ichida bir qaror qabul qildi:
“Men har kuni bittagina yangi narsa o‘rganaman. Kimdir meni past ko‘rsa ham, men o‘zimni yuqoriga ko‘taraman.”

O‘sha “ilmga yaramaydi” degan bola keyinchalik dunyo fizikasi tamoyillarini o‘zgartirgan Albert Eynshteyn edi.

P.S. Hech kim siz haqingizda nima deyishini o‘zgartira olmaysiz.
Ammo siz o‘zingiz haqida nima qilishingizni tanlashingiz mumkin.

O‘qing. Izlaning. O‘zingizni isbotlang.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
11👍2🔥1
Davlat OTMlarida kontrakt narxi qancha?

◾️ Hujjat topshirish boshlanishiga oz qoldi. Kontrakt narxlarini bilib qo'yish ham tanlov qilayotganda kerakli bo'lishi mumkin.

Eslatma: bu 2024-2025-o'quv yili uchun narxlar. Yangi o'quv yilida narxlar qayta tasdiqlanadi.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
6👍2🎉1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_metodika

Boshlang'ich sinf ustozlari uchun SONLARNI O'RGATISH bo'yicha yana bir yangi metodika 🎉🎁

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍72😁1
#fakt

Pomidor — meva ham, sabzavot ham
Botanika nuqtai nazaridan pomidor — meva. Ammo pishirishda va kundalik hayotda u sabzavot sifatida ishlatiladi. 1893-yilda AQSh Oliy sudi uni bojxona to‘lovlari uchun sabzavot deb tasniflagan!

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
8😁2💯21🤩1🐳1
Taqdimot shablonlari.zip
293.6 MB
Ajoyib taqdimotlar tayyorlash uchun shablonlar
#gift / #powerpoint

ℹ️ Yaxshi taqdimot tayyorlash uchun yaxshi shablonlar jamlanmasi. O'zingiz, yaqinlaringiz va tanishlaringiz bilan bemalol ulashavering. Ilm o'rganishda aslo to'xtamang.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
4👍3🔥1
Gamma-dasturi-yordamida-slayd-yaratish-boyicha-qollanma.pptx
18.8 MB
#Gamma #SuniyIntellekt #Prezentatsiya

🚀 Prezentatsiyalarni 1 daqiqada tayyorlash mumkinmi? HA!

Agar PowerPoint yoki Canvaga soatlab vaqt sarflab, oxiri bezor bo‘lib tashlab qo‘yadiganlardan bo‘lsangiz – Gamma aynan siz uchun! 😎

🎨 Dizayn? Tayyor!
📄 Formatlash? O‘zi qiladi!
🤖 Sun’iy intellekt? Ha, yordam beradi!

Siz faqat g‘oyangizni yozasiz, Gamma esa avtomatik ravishda zamonaviy, chiroyli va professional slaydlar yaratadi!

🔥 Nega Gamma?
1 daqiqada tayyor prezentatsiya
Dizayn va format bilan ovora bo‘lmaysiz
Interaktiv slaydlar, rasm va matnlarni qo‘shish oson
Zamonaviy va juda chiroyli natija

🕤 Vaqtingizni tejang, zerikarli slaydlar bilan qiynalmang!
🎯 Hamma hayratda qoldiradigan prezentatsiya tayyorlash uchun Gamma sinab ko‘ring!

📌 Sinab ko‘ring: gamma.app

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
2👍21
2025/07/14 09:57:58
Back to Top
HTML Embed Code: