Telegram Web Link
Renessans ta’lim universitetida har juma – “Milliy liboslar kuni”

Xabaringiz bor, milliylikni keng targ‘ib qilish maqsadida yangi tashabbus yo‘lga qo‘yilgan. Endilikda har juma kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari milliy libosda ishga kelishi urfga aylanmoqda.

Bu an’ana milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, xalqona an’analarimizni asrab-avaylashga qaratilgan. Universitet jamoasi ushbu tashabbus orqali yosh avlodda milliy iftixor tuyg‘usini oshirish, madaniy merosimizni asrash va uni keng ommaga yetkazishni maqsad qilgan.


Milliy liboslar o‘ziga xos uslub va nafislik, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiradi. Shu bois, har juma kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan kiyilgan qadimiy do‘ppilar, atlas va adras kiyimlar hamda zardo‘zi liboslar muhitga yanada joziba bag‘ishlaydi.

Renessans ta’lim universiteti milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini saqlagan holda, ta’lim maskanining o‘ziga xos an’anasini yaratmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21
#Respublika_konferensiyasi

Renessans ta’lim universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkaziladi

Eslatib o'tamiz, ertaga
, 24-oktabr kuni Renessans ta'lim universitetida “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi.

📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

🔹 Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar: o‘qitishda zamonaviy usullar va ularning samaradorligi;
🔹Raqamli ta’lim resurslari va platformalar: LMS tizimlari, onlayn kurslar va elektron darsliklar;
🔹 Ta’limda sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar: sun’iy intellekt asosida adaptiv o‘qitish tizimlari;
🔹 Dizayn va axborot texnologiyalari: grafika va multimedia dizayni orqali ta’lim samaradorligini oshirish.

📌Manzil: Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

Barcha oliy talim muassasalari olimlari, tadqiqotchilari va talaba-yoshlarni ushbu konferensiyaga taklif etamiz.


Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1
Renessans ta’lim universitetida “Zakovat ligasi”ning 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi

Intellektual bahslarning 2-tur o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, jamoaviy hamjihatlik hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdi.

Musobaqaning navbatdagi 3-tur o‘yinlari ertaga, 24-oktabr kuni, soat 14:00 da boshlanadi. Unda universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar hamda boshqaruv xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.


Intellektual o‘yin Renessans taʼlim universiteti Filologiya va tarix fakulteti binosida bo'lib o'tadi.

📌Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Orzu MFY, Beruniy 2-uy.

Ishtirok etish uchun quyidagi Telegram manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @temsai13

O‘yin natijalari va yangiliklari ushbu Telegram kanalida doimiy berib boriladi:👇
@Zakovat_RTU

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2
RENESSANS_TAʼLIM_UNIVERSITETIDA_TASHKIL_ETILGAN_KLUB_VA_TOʻGARAKLAR.pdf
149.3 KB
Renessans ta’lim universitetida faoliyat yuritayotgan klub va to‘garaklar

Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida Renessans ta’lim universitetida turli yo‘nalishdagi klub va to‘garaklar faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilgan.

🔽Ular quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilgan:
✔️Sport to‘garaklari
✔️Ilmiy to‘garak va klublar
✔️Til to‘garaklari va klublar
✔️Intellektual to‘garak va klublar


Har bir klub va to‘garak belgilangan haftalik jadval asosida faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, ularga tajribali rahbarlar biriktirilgan bo‘lib, jarayonni samarali tashkil etadi va talabalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

📆 Klub va to‘garaklarning aniq o‘tish vaqtlari hamda mas’ul rahbarlari to‘liq jadvalda ko‘rsatilgan. Bugun har bir klub va to‘garaklarning Telegram kanallarini ham e'lon qilamiz. Talabalar qiziqishlariga mos yo‘nalishni tanlab, ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bir ozdan so‘ng o‘z ishini boshlaydi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Renessans ta’lim universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2
Renessans ta’lim universitetida “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiyani Renessans ta’lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev tantanali ochib berdi. U ishtirokchilarni mana shunday ahamiyatli muloqot yo‘lga qo‘yilgani bilan tabriklab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda mamlakatimizning yеtakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari, yosh  olimlar va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32
Respublika konferensiyasida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari keng muhokama qilinmoqda

Unda Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alisher Abdullayev “Oliy ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish: yangi bosqich va imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi Shaxnoza Xolmaxamatova “Sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish borasidagi vazifalarni huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” masalasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Bundan tashqari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Jamiyat birdamligini ta’minlash bo‘yicha loyihalar bo‘limi” boshlig‘i, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Suxrob Xidirov “Innovatsion va raqamli yechimlar orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyalari” mavzusida so‘z yuritdi.

Mazkur ma’ruzalarda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish hamda innovatsion yondashuvlar orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar berildi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2
2025/10/24 17:07:48
Back to Top
HTML Embed Code: