Telegram Web Link
🌍🌍🌍🌍🌍

Prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida tizimdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish, kelgusidagi ustuvor masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish uchun barcha mas’ullar “favqulodda to‘qson kunlik” ish rejimiga o‘tib ish olib borishi zarurligini alohida qayd etdi.

“Eng asosiy maqsadimiz, bog‘chalarni kun davomida bolani faqat vaqtini o‘tkazadigan emas, ularning ta’lim olishlari uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishiga erishishdir.

Shu sababli maktabgacha ta’limda sifat samaradorligiga erishish kechiktirib bo‘lmas masala ekanligini mas’ullar his qilishi kerak”,

— dedi vazir.

📊 Shundan kelib chiqqan holda soha mutasaddilari oldiga bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati, psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish, iyun-avgust oylarida 7 mingta bog‘chalardagi 118 ming nafar tarbiyachini yangi dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish vazifalari qo‘yildi.

🌐
BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiya fanining takomillashtirilayotgan o‘quv dasturlari muhokama qilindi

🗓Tarbiya fanidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda sohaga oid ekspertlar ishtirok etishdi.

📄Tarbiya fani doirasida 4 ta mazmun soha, xususan, "Vatanparvarlik", "Ijtimoiy odoblar", "Milliy qadriyatlarga sodiqlik", "Faol fuqarolik" bo‘yicha o‘quv maqsadlari shakllantirilmoqda.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnologiya fanining takomillashtirilayotgan o‘quv dasturlari muhokama qilindi

🗓Texnologiya Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda sohaga oid ekspertlar ishtirok etishdi.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏3👌31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎥 Respublika ta’lim markazidagi qizg‘in islohotlar efirda!

Maktab va maktabgacha ta’lim mazmuni qanday takomillashmoqda? Yangi darsliklari qanday ishlab chiqilmoqda? Jarayonlar muhokamasi qanday bo'lib o'tadi?

🔴 Mahalla telekanalining “Minbar” tok-shousi orqali bu boradagi eng dolzarb savollarga javob berildi!

📺Tok-shouda Respublika ta’lim markazida kechayotgan islohotlar, mutaxassislar fikri va darsliklar yaratilishi ortidagi jarayonlarni ko'rishingiz mumkin.

👆 Batafsil videoda ko‘ring, fikr bildiring, do‘stlaringiz bilan ulashing!

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏53👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tili fani bo‘yicha o‘quv dasturi takomillashtirilmoqda

🗓 Ingliz tilidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

📚 Muhokamada ingliz tili o‘qitishning zamonaviy talablari va xalqaro standartlar, jumladan, CEFRga mos yondashuvlar tahlil etildi, o‘quv maqsadlari aniqlashtirildi.

📈Endi darslar ko‘proq amaliy mashg‘ulotlarga boy bo‘ladi, o‘quvchi tildan hayotiy vaziyatlarda to'g'ri foydalanishni o‘rganadi!

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2
Forwarded from Hilola Umarova
Buyuk Britaniya safari: yangi kelishuv va hamkorliklar

Vazirlik delegatsiyasi bilan Buyuk Britaniyaga safar qilib, Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.

Dunyodagi 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari qatnashgan ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida qator uchrashuvlar ham o‘tkazdik. Safar va undagi uchrashuv, natijalar haqida qisqacha ma’lumot bersam.

ICESCO tashkiloti bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashib istiqboldagi hamkorlik, birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazishni muhokama qildik.

Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.

Vazirlik va VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, yurtimizdagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilar jalb qilinadi.

Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan bolalarni sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashdik.

Safarimizning unutilmas uchrashuvlaridan biri O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan muloqotimiz bo‘ldi. Harakatchan, ilmga chanqoq qorako‘zlarimiz bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari yaqinda imzolagan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishga oid farmon, unda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida gaplashdik.

Bundan tashqari Kembrij shahrida “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari bilan ham uchrashishga ulgurdik.

@hilola_umarova
👍10
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli oʻquvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

Bugun barchangizning qalbingizda oʻzgacha his-tuygʻular kechayotganini, katta hayot ostonasida turib oʻz kelajagingiz uchun turli rejalar tuzayotganingizni yurakdan his qilib turibman.

Maktab — oila kabi har biringizning hayotingizda katta oʻrin egallagan. Sinfdoshlaringiz oʻrtasidagi mehr-oqibat va samimiy doʻstlik tuygʻulari kelgusida ham bardavom boʻlishiga ishonaman.

Joriy oʻquv yili yakunida respublikamizdagi oʻn mingdan ziyod maktablarning 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar yigit va qizlar tugatishmoqda. Aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanishadi.

Albatta, bu yutuqlar sizlarning hayotingizda dastlabki muvaffaqiyatdir. Kasbingiz ortidan erishadigan mukofotlaringiz va hayotdagi boshqa zafarlaringiz hali oldinda. Bu yoʻlda barchangizga katta omadlar tilab qolaman.

Bugun chalinadigan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari bir umrga yuragingizdan joy olishiga ishonaman. Uning jarangdor sadolari hamisha begʻubor yoshlik va oʻquvchilik davringizni yodga solib turishi shubhasiz.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman, aziz bitiruvchi yoshlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


@hilola_umarova
👍6👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga tabrigi
#23may

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍5👏1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokamasi

Tasviriy san'at va chizmachilik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturi takomillashtirilmoqda

🗓 Tasviriy san‘at va chizmachilik fanlaridan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

🔖Muhokamalarda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

o‘quv maqsadlarining zamonaviy talablarga mosligi;
ijodiy fikrlash va estetik didni shakllantirish;
bolalarning amaliy san’atga qiziqishini oshirish.

👩‍🎨Ushbu takomillashtirilayotgan dastur orqali o‘quvchilar san’atni nafaqat chizish, balki tushunish va his qilishni o‘rganishadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏2👌21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokamasi

⚖️Davlat va huquq asoslari: huquqiy bilimlarga zamonaviy yondashuv

🗓 Respublika ta’lim markazida Davlat va huquq asoslari fanidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar va sohaga oid ekspertlar ishtirok etshdi.

🔖 Muhokamada o‘quvchilarda huquqiy savodxonlikni shakllantirishga  xizmat qiladigan, hayotiy misollar va amaliy topshiriqlarga asoslangan o‘quv dastur loyihasi muhokama qilindi.

🎯Maqsad — o‘quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantiruvchi ta’lim mazmunini yaratishdir.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍41
2025/07/09 11:27:54
Back to Top
HTML Embed Code: