Telegram Web Link
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

GCED: O‘quv dasturlarida fuqarolik ta‘limi

Barqaror rivojlanish maqsadlarini o‘quv dasturini integratsiya qilish bo‘yicha xalqaro o‘quv-seminar yakunlandi.

🔖 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda APCEIU hamkorligida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda ishtirokchilar barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat, global fuqarolik va fuqarolik kompetensiyalarini ta’lim dasturlariga integratsiya qilish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishdi.

Professor Ester Care (Avstraliya), Lea Espallardo (Filippin), Endi Smart (Buyuk Britaniya) va Jeongmin Eom (Janubiy Koreya) kabi xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan sessiyalar mahalliy mutaxassislar uchun foydali bo‘ldi.

📎 Eslatib o‘tamiz, seminar-trening 28-apreldan 1-mayga qadar bo‘lib o‘tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164👏3👌2
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Eʼzozxon Gapirjanovna tizimda uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis. U “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, direktor maslahatchisi kabi vazifalarda samarali mehnat qilgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi isloh qilinib, barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Oldimizda juda katta vazifa – universitetning boshqaruv tizimini “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtirish, taʼlim sohasi uchun sifatli kadrlar yetkazib berish vazifasi turibdi.

Bugungi tayinlov katta ishonch bildirilganidan dalolat. Jamoamiz bilan Eʼzozxon Gapirjanovnaning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat tilayman!

@hilola_umarova
👍171👏1
#uchrashuv

🔴Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Respublika ta’lim markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir markaz faoliyati, yangi tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.

Hilola Umarova markaz xodimlari bilan samimiy suhbat qurdi. Har bir bo‘lim faoliyatini o‘rganib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb vazifalar va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’lim mazmuni bolalarning dunyoqarashi, tafakkuri va kelajagiga ta’sir qiladi. Shuning uchun bu jarayonda ijodkor, muallif o‘z ishini yuksak mas’uliyat bilan bajarishi shart, — dedi Hilola Umarova.


Vazir ta’lim mazmunini takomillashtirishda eng ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish muhimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Muloqot va o‘rganishlar yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👏2
9 may – Xotira va qadrlash kuni

📅Bugun – yuragimizda mangu iz qoldirgan, tarix sahifalariga oltin harflar bilan yozilgan muhim sanalardan biri. Bu kun – jasorat, matonat va Vatanga sadoqat timsoli bo‘lgan ajdodlarimizni hurmat bilan yodga olish, ularning bebaho xizmatlarini qadrlash kuni.

Bu sana – o‘tganlarni yodga olish, ularning mangu xotirasini qalbimizda saqlash va hayotimiz davomida qadrlashimiz kerakligini eslatadi.

Xotira abadiy, qadrlash muqaddas❗️
👍8👏32👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markazda ish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

📆Bugun milliy sinflar uchun rus tili fanidan Davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

👆Batafsil videoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👏74👌2
2025/07/09 19:02:44
Back to Top
HTML Embed Code: