Telegram Web Link
Forwarded from Geno Ferollo
Windows'dan Linux'ga nega ko'chishimiz kerak?

Mana bu yil 25-avgustda Linux 30 yoshni qarshi oladi. Manashu 30 yil davomida U Windows'ga jiddiy raqobatchi bo'lib yetishdi. Linux har joyda, Android qurilmalar, aqlli soatlar, yugurish yo'lagi ana boringki kosmik kemalarda ham. Linux Fondi ma'lumotlariga qaraganda dunyodagi har 10 ta kompyuterdan 9 tasida Linux ishlaydi. Qolgan bittasida yo Windows yoki BSD ishlaydi. Linux nafaqat gigant loyihalarda, balki oddiy kompyuterda ham ishlaydi va Windows'ga qaraganda so'ngi 5 yilda juda tez o'sayapdi. Keling endi Windows'dan Linux'ga nega ko'chib o'tish kerakligi haqida 5 ta sabab aytsam.

- Linux doimo bepul
- Linux kompyuter viruslariga chidamli. (Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytaman. Hali biron marta Linux'da virus uchratganim yo'q)
- Ochiq manbaali (Linux OSning dasturiy manbaasi ochiq holatda saqlanadi va uni ushbu linkdan yuklab olishingiz mumkun)
- Linux boshqa operatsion tizimlarga qaraganda ancha tez ishlaydi
- Moslashuvchan. (Linux eski kompyuterlardan tortib, eng so'ngga super kompyuterda ham ishlayveradi)

Linux'ning O'zbekistonda ham Jamolari bor. Ularga misol qilib Xinux'ni keltirish mumkun. Ushbu hamjamiyat O'zbekistondagi rasmiy Linux hamjamiyati bo'lib Linux asosida zamonaviy o'zbek Linux operatsion tizimini ishlab chiqmoqda.

Xinux hamjamiyatiga qo'shiling: @xinuxuz
Forwarded from PDP Academy
Amerikada dasturchi bo'lib ishlash | Saidbek Arislonov

📌Kasb tanlashda insonlar yo’l qo’yadigan eng asosiy xatolardan biri bu, faqatgina kasb keltiradigan daromadga qiziqib, o’zi sevmagan ish bilan shug’ullanish bo’lsa, ikkinchisi esa bir sohani qat’iyan tanlamay, har 2 haftada o'z ish joyini yangilab turishdir.

🧑🏻‍💻Dasturlash esa aynan ana shunday insonlarni xush ko’rmaydi. Bo’lajak dasturchilardan, albatta, sabr, tirishqoqlik va o'z ishiga bo’lgan muhabbat talab etiladi.

🚀Navbatdagi PDP Meet-up loyihamizning 17-soni mehmoni, MasterCard Senior Full Stack Developer Saidbek Arislonov Amerikada dasturchilarni qanday ustunliklari uchun ishga olishlari va u yerdagi ish muhiti haqida batafsil so’zlab berdilar.

Videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/L-Rjyl52sPQ

🔔 Dasturlash sohasiga oid boshqa eng qaynoq suhbatlarni o'tkazib yubormaslik uchun YouTube kanalimizga obuna bo'ling.

Kanalga ulanish 👉🏻 @pdpuz

Website | Instagram | Youtube| TikTok
Forwarded from Umidjon Ishmukhamedov
Assalomu alaykum Millatimiz Umidlari!

O'zbek ayollari migrant bo'lib chet ellarda yurar ekan, bizga uyqu yo'q!
- Buyuk ajdodga munosib buyuk avlod bo’lishni , ilmli inson, sahovatli boy va haqiqiy Millat Umidi bo’lishni niyat qilgan va bu yo’lda izlanishdan to’xtamayotgan yoshlarimizni, Millatimiz Umidlarini tanitish, o’z o’rnida yoshlarimizga - bo’lajak millat umidlariga o’rnak qilish istagida MILLAT UMIDI ko’rsatuvining birinchi soni suratga olindi.

Loyihamizning ilk mehmoni - yoshlar motivatori, Xalqaro toifadagi iqtisodchi, biznes-murabbiy, o'zining manfaatli fikrlari, chuqur mulohaza va maslahatlari bilan yurtdoshlarimiz qalbidan chuqur joy olib kelayotgan Ilmli inson - Muhammad Ali Eshonqulov bo’ldilar.
Forwarded from MohirDev.uz
​​Mohirlar "Meet -up"ni o'tkazib yubormang!

Toshkent shahridagi Inha Universiteti o'quv binosi uchrashuvlar zalida bo'lib o'tadigan "Meet-up"ga barchani taklif qilamiz.

Uchrashuv speaker'lari:
🚀Injinering, dasturlash sohalarida ko'p yillik tajribaga ega
🚀Ta'lim sohasida ko'p yoshlarga ustoz bo'lishga ulgurgan
🚀Freelancer/out-staff/out-source yo'nalishlarda yetakchi kompaniyalarni boshqarib, faoliyat yuritib kelayotgan
🚀Ko'zga ko'ringan yirik tashkilot, kompaniyalarda mehnat faoliyatini olib borayotgan Saidbek Arislonov, Zafarbek Ibrohimov va Akmal Kadirov - lardir

Bu uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, yoshlarga, endigina dasturlash sohalariga kirib kelayotgan injinerlarga o'z kasbiy yo'nalishlarini topishda yordamchi bo'lish.

Meet-up 09 - Sentabr 15.00da Toshkent shahridagi Inha Universiteti uchrashuvlar zalida bo'lib o'tadi.

Joylari soni cheklanganligini inobatga olib. Ro'yxatdan o'tishingiz va o'z joyingizni band qilishingizni so'rab qolamiz.

Ro'yxatdan o'tish uchun link https://forms.gle/WpP1DRTeqhRjDyyc7

Eslatma o'rnida! Ro'yxatdan o'tkaningizdan so'ng, 9-Sentabrgacha pochta manzilingizga "e-Ticket" yuboriladi.

Barchangizni Meet-up'da kutib qolamiz!

Telegram | Youtube | Facebook
Bugun soat 3 da INHA ga kelaverasizlar. Mabodo ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, va taklifnoma kelmagan bo'lsa ham kelavering. Muammo emas.

See ya all !
Forwarded from Zafar Ibrohimov
Kecha bo'lib o'tgan Meet Up dan lavhalar

Uchrashuv ochig'i men kutagandan-da ancha yuqori kayfiyatda o'tdi. Sababi, yoshlarimiz bugun kimlarga ergashayotganini ko'rib ko'zim quvondi.

Qiziqarli savollar uchun sizlarga alohida rahmat)

@ZafarbekIbrohimov

YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsan o'zim frilanserlik bilan shug'ullanmayman. Lekin boshqalar kabi menda ham "Frilanserlikda non yo'q, katta dasturchilar bozorni allaqachon egallab olishgan, man frilans bozoriga kirsam ham muvaffaqiyatga erisha olmayman" degan fikr bor edi.

Zafarbek Ibrohimov akamiz bilan uyushtirgan suhbatimizdan keyin bildimki, kimda tajriba va kuchli bilim bo'lsa, frilans faoloyatini boshlab muvaffaqiyatga erishish shanslari juda baland ekan.

To'liq suhbat videosi shu kunlarda YouTube kanalimga joylanadi.
Forwarded from Zafar Ibrohimov
Hozirgina kelgan qaynoq xabar. Bir ukamiz UpWork da $500 lik birinchi ishini qolga kiritibdi. 🔥

Omad!

@ZafarbekIbrohimov
Facebook, Whatsapp, Instagram va Messenger da uzilishlar kuzatilmoqda.
2025/10/18 05:50:21
Back to Top
HTML Embed Code: