Telegram Web Link
#Jarayon

Shahrimizda bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro tadbir – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida maxsus tezkor shtab tashkil etilgandi. Mazkur shtabga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan biriktirilgan mas’ul xodimlar – A. Mamadaliyev va Sh. Po'latovalar tashrif buyurib, shtab a’zolari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda xalqaro tadbirga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, shtab mas’ullariga muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
6🔥2👍1
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
#Seminar_trening

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalarini oliygoh Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilayotgan "Startaplar, innovatsiyalar, imkoniyatlar va muvaffaqiyat kalitlari" mavzusidagi onlayn seminarimizga taklif etamiz!

Tadbirga “Mard o’g’lon” davlat mukofoti, “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni hamda “Abu Rayhon Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining Toshkent shahri bosqichi “Eng faol ishtirokchisi” nominatsiyasi g‘olibi Asadbek Urunov spikerlik qiladi.

Seminar davomida siz startaplar va innovatsiyalar haqida so'nggi tendensiyalarni o'rganasiz, o'z g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlar va resurslar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

Seminar bugun soat 21:00 da telegram ijtimoiy tarmog'ida tashkil etiladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
2👍2
#Sport_tadbirlari

Samarqand davlat chet tillar institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarining o'tkazilishi davom etmoqda.

Bugungi musobaqa o'g'il-qizlar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha tashkil etildi va uni institut Sport klubi raisi o'rinbosari A.Musayev kirish so'zi bilan ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.


Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
2👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov Toshkent Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Finlyandiya va Shvetsiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusidagi bir oylik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlab qaytgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

Unda xorijiy tajriba, yangi pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan orttirilgan malakalar asosida taqdimot va ma’ruzalar tashkil etish vazifasi belgilab olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
5👍4
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.


Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

Kasbiy ta’lim agentligi:

texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_turar_joyi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov talabalar turar joyida bo‘ldi.

Ushbu tashrif davomida rektor talabalarga barcha qulayliklarni yaratish uchun amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarini, kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik jarayonlarini, binolarning issiqlik tizimini ko‘zdan kechirdi.

Rektor mas’ullarga talabalar uchun barcha sharoitlarga ega, qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_oshirish

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti Tarix va etnologiya ilmiy-tadqiqot markazi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘rnatilgan mustahkam hamkorlik doirasida xorijda tajriba almashib, ilmiy izlanishlar olib borgan SamDCHTI professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda xizmat safari davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, o‘rganilgan tajribalar va tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Bu kabi ilmiy hamkorliklar nafaqat professor-o‘qituvchilar salohiyatini, ta’lim sifati va samaradorligini oshiradi, balki institutning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
6👍3🕊1
2025/10/25 05:03:25
Back to Top
HTML Embed Code: