Telegram Web Link
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi o‘quv yilidan boshlab barcha bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Bu darslarimiz yosh avlodning umuminsoniy va milliy qadriyatlarini shakllantiradigan, vatanparvarlik hissini oshiradigan, so‘nggi ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan xabardor qiladigan zamonaviy va qimmatli mashg‘ulotga aylanishi kerak. Shu bois har bir mavzu yuzasidan o‘qituvchilarga dars mashg‘ulotlarining namunaviy ssenariylari, kreativ mediakontentlar tayyorlanib, “Kelajak soati” loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalari va milliytarbiya.uz platformasiga yuklanyapti.

Til va ta’limni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yozish, so‘zlash, fikrni ifoda eta olish ko‘nikmalari ta’lim orqali shakllanadi. Millat pedagoglari zimmasida ziyoli, savodli avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa bor.

21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan darslarimizga tilshunos olimlar, jurnalistlar va til jonkuyarlarini taklif etdik. Quvonarlisi, ziyolilarimiz taklifimizga labbay, deya javob berib, ta’limga xayrixohligini yana bir ko‘rsatishdi. O‘quvchi va talaba yoshlar bilan ona tilimiz mavzusida jonli suhbatlar va qiziqarli mashg‘ulotlar olib borildi.

Taassurotlar, darslar manzarasi qanday bo‘lgani haqidagi kichik videolavhamizni siz bilan bo‘lishgim keldi. Nazarimda bu tajriba orqali maqsadimiz tomon yana bir qadam yaqinlashdik, yanada katta ishtiyoq bilan davom etamiz.

@hilola_umarova
👍1
Forwarded from E’zoza Karimova
#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Oʻzbek tili asrlar davomida xalqimiz ma’naviyati, adabiyoti va madaniyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan. U millat sifatidagi mavjudligimizning ramzi, qalbimiz va tafakkurimiz oynasidir.

Shu bois ona tilimizga muhabbat va sadoqat ko‘rsatish, uning bor jozibasi bilan keyingi avlodlarga yetkazish — har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram bilan samimiy tabriklayman.

O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin!

E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


E’zoza Karimova
#Bugun

O‘zbek tili bayrami — tilga hurmat va e’tibor kuni

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi va Ona-tili guruhi tinglovchilari ARM bilan hamkorlikda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining tarixi, uning bugungi kunidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashdilar. Tilimizni asrab-avaylash, yanada rivojlantirish va yosh avlodga yetkazish yo‘llari haqida qiziqarli mulohazalar bildirildi.

Davra suhbati samimiy va mazmunli muhitda o‘tdi hamda barcha ishtirokchilar ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborlarini yana bir bor namoyon etdilar.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

🚀Telegram 🔵Facebook 🎬Youtube 🌐Rasmiy sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar!

Bugun, 21-oktabr millatimizning eng bebaho boyliklaridan biri — ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun O'zbek tili bayramini nishonlamoqdamiz. Tilimiz — bizning milliy g‘ururimiz, madaniy merosimiz va tariximizning muhim qismi hisoblanadi. Har bir so‘z, har bir ifoda, har bir gap – bu xalqimizning yuragi va ruhining aksidir.

Til — faqat muloqot vositasi emas, balki millatning ongini, qadriyatlarini, tafakkurini ifoda etuvchi eng muhim omildir. Ona tilimizda yozilgan asarlar ajdodlarimizning dono fikrlarini, xalqimizning urf-odatlarini, madaniyati va ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan. Shuning uchun, ona tilimizni saqlash va rivojlantirish har birimizning sharafli burchimizdir.

Bugungi kunda tilimizni yanada rivojlantirish, yosh avlodga ona tilining nafisligi va go‘zalligini yetkazish — biz pedagoglarning ustuvor vazifasi. Tilga bo‘lgan ehtirom va mehr-muhabbat nafaqat milliy o‘zligimizni saqlab qolish, balki butun dunyo bilan samarali muloqot qilishimiz uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan 21-oktabr — O'zbek tili bayrami kunida barchangizni samimiy tabriklayman. Ona tilimizni sevish, uni o‘rganish va rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatayotgan harakatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ilmiy va ijodiy yutuqlar, oilaviy tinchlik tilayman.

Kelajak avlodlarimiz ona tilini yanada yuksak qadrlashlari, uni dunyo miqyosida yanada keng targ‘ib qilishlari uchun birgalikda mehnat qilishda kuch-quvvat yor bo'lsin.


Hurmat bilan,

Anvar Sobirov,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori
👍6
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишга оид президент фармони имзоланди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 19 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш тўғрисида”ги ПФ-173 сон фармони қабул қилинди.

Фармон билан Ўзбекистон Республикасида 2026 йилда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказишни ташкил этиш бўйича республика комиссияси таркиби тасдиқланди.

Ўзбекистон Республикасида 2026 йил 15 январь — 28 февраль кунлари аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири ўтказилади.

Рўйхатга олиш жараёни 2 босқичда ташкил этилади:

1 босқич 15-31 январь
17 кун давомида census.stat.uz сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони яратилади.

2 босқич 4-28 февраль
“Маҳалла еттилиги” аъзолари уйма-уй юриб, планшет орқали рўйхатга олиш жараёнларини ташкил этади.

❗️Шахсга доир маълумотларнинг махфийлиги қонун билан кафолатланади.


❗️Саволномадаги маълумотлар бошқа идораларга тақдим этилмайди.


Саволнома таркиби
Жами саволлар сони: 71 та
Аҳолига оид: 54 та
Қишлоқ хўжалигига оид: 17 та
#Bugun

Samarqand shahri 55-maktabda “21-oktabr – O'zbek tili bayrami” munosabati bilan konferensiya o‘tkazildi

Samarqand shahri 55-maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirokida “21-oktyabr – O'zbek tili bayrami” munosabati bilan “Til – millatning bosh belgisi” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir boshida o‘quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar taqdim etilib, milliy tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbat namoyish etildi.

Konferensiyaning keyingi qismida Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Pedagogik mahorat markazi metodisti G.Norboyeva hamda ilg‘or fan o‘qituvchilari tomonidan ona tilining ahamiyati, tarixi va uning taraqqiyot yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi.

Konferensiya ishtirokchilari o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va milliy madaniyatimizdagi tutgan o‘rnini yana bir bor yodga oldi hamda tilimizni asrash va rivojlantirish borasidagi mas’uliyatni ta’kidladi.

http://www.tg-me.com/sammohm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/26 04:01:57
Back to Top
HTML Embed Code: