Telegram Web Link
#HududlardanXabarlar #Namangan #SayyorQabul

🔔Namanganda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Namangan viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi rahbari Rahmatillo Abidov ishtirokida Yangiqo‘rg‘on tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Unda hududga mas’ul bo‘lgan “Toza hudud” sanitar tozalash korxonasi vakillari ham ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolarning chiqindilarni olib chiqib ketish tartibi, to‘lov intizomi, billing tizimi bazasiga oid 20 ga yaqin murojaatlari tinglanib, ijobiy yechim topildi.

Shuningdek, yig‘ilganlarga sohadagi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏21
#HududlardanXabarlar #Qashqadaryo #Poligon

🗺 Qashqadaryoda chiqindi poligonlari tartibga solinmoqda

Qashqadaryo viloyati Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan hududlarda chiqindi poligonlarini ekologik xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar qizg‘in olib borilmoqda.

Jumladan, tumanlardagi chiqindi poligonlarida maxsus texnikalar texnik nazoratlardan o‘tkazilib, chiqindilar surilib, usti tuproq bilan yopildi.

Mazkur amaliy choralardan maqsad — atrof-muhitni samarali muhofaza qilish, chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish natijasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va aholiga sog‘lom muhit yaratishdan iboratdir.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#HududlardanXabarlar #Qoraqalpogiston

Qoraqalpog‘istonda chiqindilarni boshqarish masalasi koʻrib chiqildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan Taxiatosh tumanida maishiy chiqindilarni boshqarish masalalari bilan bog‘liq yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, yig‘ilishda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, mahallalar hamda mas’ul “Toza hudud” sanitar korxonasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Unda chiqindilarni hududlardan oʻz vaqtida olib ketish, sanitar xizmati bilan aholi va xoʻjalik subyektlarini toʻliq qamrab olish hamda xizmat sifatini yaxshilash, toʻlov intizomini tartibga solish kabi masalalar muhokama qilindi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
2025/10/25 02:40:22
Back to Top
HTML Embed Code: