Telegram Web Link
Улкан сасга дўнар отишма,
минг баравар кучаяр сурон.
Тўқнашар ой, қуёш, юлдузлар,
минг баравар тораяр осмон.

Ғаройиб қуш тўпи сингари
учиб юрар баландда боғлар.
Ботирлардай наъра таратиб
бир-бирига урилар тоғлар.

Юракларнинг қудратли зарби,
Ерда одам қалашган, тирбанд.
Бир томонда Эйфел минори,
бир томонда қари Самарқанд.

Қандай дунё, ойнага қараб
танимайсан ҳатто юзингни.
Ҳеч бўлмаса дарахтга тақаб
ўполмайсан севган қизингни...

©Шавкат Раҳмон

@Shavkat_Rahmon
#nazira

​​Kufrona muhabbat

Ey, gulim ko'zlarga yoshlar to'lganda,
Soyamiz qo'shilgan damlarni eslang.

Shavkat Rahmon


Meni eslamoqchi bo'lsangiz agar,
Ilk bora uchrashgan tonglarni eslang?!
Yurakni sitratgan masjid azoni,
Cherkov qo'ng'irog'i bonglarni eslang?!

Qanday ajib edi musulmon yigit,
Nasroniy go'zalga qo'ygan muhabbat.
Nikoh o'qimoqdan bosh tortdi imom,
Oldiga solgancha haydadi abbat.

Muhammad dinining yarimta oyi,
Iso xochlarini tunlar yoritdi;
Oh, qanday sevardik bir-birimizni,
Lekin bu savdolar bizni horitdi.

Nechuk qismatlarga tutmaylik g'avg'o,
Nechuk taqdirlarga solmaylik suron?!
Axir hech zamonda muhabbat uchun,
Ayir deb aytmagan Injil va Qur'on.

Yo'qsa ne Vatikan ruhoniylari,
Makkaning shayxlari bermaslar imkon?!
Nahotki, nafratga keng bo'lgan dunyo,
Nahotki, sevgiga tor kelgan jahon?!

Sherzod Komil Xalil


@Shavkat_Rahmon
2👍2🤔1
«Shavkat Rahmon»
Долгали мисралар...
Олов мисралар...
Шавкат Раҳмон доимо тирик!

@Shavkat_Rahmon
* * *
Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog‘larimni chaqiring —
osmon to‘la havolar
faqat menga yetmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
ko‘zimda bir tomchi yosh,
soylar yuvsa ketmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
Peshonamning sho‘ridan
Bino bo‘lgay bu daryo...
Osmon to‘la havolar
Faqat menga yetmaydi.

Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
Boring, qorli tog‘larga:
Bir shoir yotibdi deng
Xudoning hovlisida...
Osmon to‘la havolar
Faqat menga yetmaydi...

Shavkat Rahmon

@Shavkat_Rahmon
😢12👍3
Бугун Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад ЮСУФ таваллуд топган кун.

@Shavkat_Rahmon
#mangu_xotira
***

Onajon,
Onajon,
Yuragim og‘rir.
Bilmadim nimaga qiynaydi meni.
Men dehqon bolasi edim-ku axir,
Nahot shuncha nozik bo‘lsa bu jonim?.

Endi-ku uxlamay o‘ylar surmayman,
Sog‘insam, dunyoda sog‘inganim siz.
Og‘rir,
Og‘riyverar yurak, bilmayman,
Nega og‘rishini aytmas ham iblis.

Yo sevib qoldimmi,
Bu mumkin emas.
U mendan bezor,
Men undan bezorman.
Muhabbat deganin qilmasman havas,
Shunday ham bu uzun yo‘l to‘la armon...

Onajon,
Onajon,
Yuragim og‘rir,
Go‘yo kimdir uni tig‘ bilan tilar.
Kechalar yelkamga temirdek og‘ir
Qo‘llarin qo‘yar, ko‘zimga tikilar.

Kim u?
Men tanimayman.
Otamning arvohi o‘sha zot balki:
Uyimning chirog‘in yoqmay bolam, sen
Qayerda,
Qayerda yurarsan sanqib?!

Qishloqqa ketaman,
Tong otsa bo‘ldi.
Quyosh, uyg‘otib qo‘y meni ertalab...
Yuragim,
Yuragim og‘rimay qo‘ydi,
Ey, qalbni bir o‘pib bo‘lmas erkalab?

Muhammad Yusuf

@Shavkat_Rahmon
👍7
Shavkat rahmon ( BAZAISLAM.RU )
Ilhom Ahmad
Шавкат Раҳмон қайга кетди...

Таъсирли қўшиқ экан!😔😢

@Shavkat_Rahmon
👍4
*3.*
Сарбонни кўмдилар
сангзор соҳилга,
қабридан юксалди сўнгги сўзлари:
«Элимдан ўзга бир дардим йўқ эди,
элим, деб йиқилдим,
эл, деб бўзладим».
Хотинлар соч ёзиб «вой»лаб йиғлади.
мардлар ерга ётиб ойлаб йиғлади,
дўст, ёвни билмаган қур кечаларда
«булутга яшриниб ойлар йиғлади».

✏️Шавкат Раҳмон

@Shavkat_Rahmon
👍2
Asqar Mahkam

SHAVKAT RAHMONNING SO‘NGGI NAFASI

Ey, gulim,
Ko‘zlarga yoshlar to‘lganda
Soyamiz qo‘shilgan damlarni eslang!
Shavkat RAHMON


... U yuzini ters o‘girdi.
— Nimaga keldingiz?Nafasi siqilib, butun vujudi bo‘g‘riqqan, yuz tomirlarigacha taranglashib, tobora qorayib borayotgan daryo toshlaridek zaxali, o‘ydim-chuqur yuzi endi burungidek qoyatoshni eslatmas; musavvir yurtdoshi chizgan polotnodan boqib turgan burgut nigohlardan asar ham qolmagan; ayovsiz dard bilan olishmoqdan tinkasi batamom qurg‘agan; ketmonchinikiga o‘xshash baquvvat qo‘llariga botgan ignalarning son-sanoqsiz izlari o‘rnida ko‘kish-qora dog‘ bilaklariga yoyilib, tok zangiga o‘xshayozgan; sochlariga tuyqusdan yog‘ilgan oq qirovlar endi qirq to‘qqiz yoshni qoralagan zabardast shoirni yetmish yashar munkillagan mo‘ysafidga aylantirgan edi.
— Nimaga keldingiz?
Men ruhoniyati cho‘qqilardek o‘ktam va qaysar, jismining har zarrasida halollik, to‘g‘rilik, e’tiqod va go‘zallik yashagan shoir ayni paytdagi holatiga toqat qilolmayotganini his qilardim. Dard nomardlarcha uni oyoqdan olganiga, bir qultum havo uchun butun vujudini qon qaqshatayotganiga chidayolmasdi. Yo‘q, o‘limdan qo‘rqadiganlardan emasdi. U boshqacha o‘limni istardi va hatto o‘shandek bir o‘limni yashirin orzu qilardi. Deylik she’rlariga o‘xshash go‘zal, ayovsiz, achchiq, fojiali va kutilmagan o‘limni...
Men hech narsa demadim. Hammasi kundek ayon edi. So‘lg‘in ko‘zlarining tubida qotib qolgan «turkona» (bu uning iborasi) bitiklar o‘zbek she’riyatining Alp Tegini umrining oxirgi lahzalarini yashayotganini tasdiqlardi. Bu bitiklarda Oloy tizmalari etaklarida qolib ketgan beg‘ubor bolalikning uchqur xayollari, O‘sh ostonasida uning yo‘llariga ko‘z tikavermoqdan qorachig‘lari yo‘llarga to‘kilgan va nihoyat dovon osha Toshkentga kelib, jon talashayotgan bolasining holsiz vujudi yonida Xudoga nola qilayotgan onaizor lablarining pichir-pichirlari, sambit qomatli suluv qizlarining bo‘yiga boqib, ularga kahkashondek baxt orzu qilgan ayolining ma’yus xayollari, yagona Shohruxning beg‘ubor va sodda nigohlari... va yana ko‘p narsalar ifodalanayotgandek edi. Ko‘ngil ko‘tarishdek bema’nilik xayolimga ham kelmadi. Jim uning nigohlariga boqdim va xonani tark etdim. Qaytib bormadim. Endi borib bo‘lmasdi. Rostini aytganda, o‘zim ham uni bu holda ko‘rishni istamasdim.
Toshkentning talabalar shaharchasi yonboshidagi onkologiya markazi binosi joylashgan daraxtzor hovlida yurgan odamlarning qiyofasida ham allanechuk mung bor edi. Asosan, saraton kasaliga chalinganlar bilan shug‘ullanuvchi do‘xturlarning ahvolini tasavvur qilishga harakat qildim. Ular bemorlarga qanday qilib umid bag‘ishlashar ekan? Chorasiz bu dard qoshida ojizligini tan olmagan tabibu tabobat deyarli qolmadi? Nahotki, saraton o‘z changaliga olgan va olayotgan kishilarning ko‘z o‘ngida faqat saratonda qurib-qaqshab qolgan biyobondan boshqa hech narsa bo‘lmasa?..
Bu narsalarga aqlim yetmasligini bilardim. Men tobora dunyodagi rizqi tugab borayotgan «o‘jar shoir»ning qismatini o‘ylay boshladim. Ajal odam tanlamasligiga ishonsam-da, ammo bunday odamga aqalli biroz shafqat qilish lozim bo‘lgan kuchlar bordek tuyulardi. Axir, shunday buyuk qalbni yaratib, uni qanday qilib qaytarib olish mumkin? Uning borliqqa hali qonib to‘ymagan nigohi, rayhon bo‘ylariga bo‘lgan go‘zal sog‘inchi, hamma-hamma narsaga cheksiz muhabbati, qilichdek keskir oriyati, Vatan va el-yurtga bo‘lgan buyuk muhabbati haqqi-hurmati uni asraguvchi kuchlar bor deb o‘ylardim... Ammo, hamma va hamma narsa saratonning qarshisida ojiz ekanligini oshkor tan oldilar.
She’rni tom ma’noda har nechuk tutqunlikdan ozod qilgan, har qanday zohiriy sarhadlarni buzib tashlagan, so‘zga jon bag‘ishlash san’atini yaratgan, quruq bayonchilik, arzon pand-nasihat, matalnamo so‘zamollikni adabiyot maydonidan haydab solmoqchi bo‘lgan, jonli tilning bor imkoniyatlarini amalda qo‘llay olgan, yalang‘och haqiqat tuyg‘usiga ilohiylik libosini kiydirgan so‘z sehrgarlaridan biri omonsiz dard changalida surunkasiga uch yuz oltmish olti kecha-kunduz olishib, hali tugallanmagan..
👍41🔥1
... o‘zgartiradigan dastak yonida bir dasta pul.
— Qutulibdi, — dedi Hofiz parishon. — Men hayotimda bunaqa to‘g‘ri odamni ko‘rganim yo‘q. To‘g‘rilik faqat Xudoga xos ekan, bandaga emas...
Shavkat Rahmonning o‘limi haqida Tohir Malikka yetib kelgan xabar bemahal xabar edi. O‘shanda Shoira (shoirning o‘rtancha qizi) «Robita» jurnalida ishlar, Tohir Malik jurnalning bosh muharriri edi. Shoir og‘irlashib qolgan kun kimdir Shoirani zudlik bilan kasalxonaga chaqirgan. Ehtimol boyagi sovuq xabarning tarqalishiga Shoiraning tahririyatdan yig‘lab chiqib ketayotgani sabab bo‘lgandir?..
Biz kasalxonaga kirib borganimizda allaqachon do‘stlar o‘sha yerda jam edilar. Manzura opa butun jismiga turli xil tibbiy vositalar bog‘lab tashlangan umr yo‘ldoshining boshida nima qilarini bilmay jonhalak aylanar, qizlar bir burchakda mung‘ayib turishar, do‘xturlar, do‘st-yorlar, qarindosh-urug‘lar... Oradan hech qancha vaqt o‘tmay do‘xturlar bemorning ahvoli biroz o‘nglanganligini aytishdi va kelganlarga ruxsat berishdi. Soat kech o‘nlar edi. Biz qaytdik. Yo‘l-yo‘lakay Nabijon Boqiy allaqanday noyob dori haqida gapira boshladi. Endi quloqlarimga na dori, na darmon kirmas, nazarimda shoir eng so‘nggi nafaslarini olayotgandek tuyulardi.
Erta tong, soat beshlarda telefon jiringladi. Nabijon Boqiy Shavkat Rahmonning olamdan o‘tganligini aytdi. Shoirning Qorasuv dahasidagi beshinchi qavatda joylashgan kvartirasida odam gavjum edi. Xona to‘riga yotqizilgan shoir jasadi nihoyat Hofiz aytganidek, bu dunyoning bor g‘am-g‘ussalaridan qutulib osuda va tinch orom olardi. Kimdir aytganidek, buyuk to‘fon tingandi. Endi hammasi tugadi. Hammasiga nuqta qo‘yildi. Bir chekkada Nabijon Boqiy va Iqbol Mirzo qon bo‘lib yig‘lar, bir chekkada Mirza Kenjabek shoir jismini Toshkentda dafn etish yoki O‘shga olib ketish to‘g‘risida bahslashar, deraza yonida yotgan shoir go‘yo mana bu satrlarini o‘qiyotgandek, ammo hech kim bu satrlarni eshitmayotgandek edi:

Ayt, ey xasta bulbulim,
O‘shga qachon yetamiz?
Yashil bog‘lar sarg‘ardi,
Mag‘iz bo‘ldi gujumlar.
Oh, voy muncha yo‘l og‘ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o‘rtasida
Madorim yo‘q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
Netamiz?
Abadiyat oralab
O‘shga qachon yetamiz?
Qorli tog‘lar bag‘rida
Begim — O‘shim ko‘rindi,
Sulton — O‘shim ko‘rindi...

Bu uning eng so‘nggi vasiyat she’ri edi. Ammo hozir hech kim bu she’r haqida o‘ylamas, «Xudoning hovlisi»ni tark etgan betakror o‘zbek shoirining bemahal o‘limi barchani es-hushidan judo qilgandi.
Shavkat Rahmon olamdan o‘tdi, Yalang‘ochota mozoriga dafn etildi. «O‘g‘limni O‘shga olib ketaman», deb Qorasuv mavzesini boshiga ko‘tarib yig‘lagan ona oxiri qizlarning ra’yiga qarshi borolmadi. Rozi bo‘ldi... Jigarbandi o‘limidan bir yil o‘tganidan so‘ng ona ham oxirat diyoriga safar qildi...

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2004 yil 47-sonidan olindi.
@Shavkat_Rahmon
👍3
Бўлса ҳамки тахир ва аччиқ,
Яширмасдан бор йўқ айбимни,
Ҳаёт, босдим лабингга қаттиқ
Ҳароратга ташна лабимни.

Очиқ кулиб, сўйлаб ёруғ сўз,
Қуёш, Ерга шукрона айта,
Мен ҳар кеча юмаяпман кўз,
Туғиляпман ҳар саҳар қайта.

Шавкат Раҳмон


@Shavkat_Rahmon
👍1
Birodar, yashayber, yig'lab va kulib, 
Chayir bilagingda oqar quvvating. 
Qayta turolmasang bir kun yiqilib, 
Achinma, boshqaga qolar niyating. 

Boraver g'ovlarga achchiqma-achchiq, 
Tilka-pora bólsin, órtansin yurak. 
Birodar, dunyoda, gapirsam ochiq- 
Faqat yaxshi niyat yashashi kerak. 

Chidamak mumkinmas, mumkinmas sira, 
Xamoqat hayqirsa, boqilsa óg'ri, 
Faxsh yursa, menman, deb toza, bokira, 
Tóg'riligi uchun qiynalsa tóg'ri. 

Xali juda kópdir kalamushniyat- 
Dunyoni kemirib, sotib yurganlar. 
Umrida ótqazmay birorta daraxt, 
Zanchalish kóksiga mushtin urganlar. 

Kurashsang arziydi haqiqat uchun, 
Kurashib yurganlar haqdir, odildir. 
Qotillik qilganlar qotil-ku lekin 
Kuzatib turganlar asl qotildir. 

Yashayber, qalbingga ishonib, mag'rur, 
Yashayber, bólsang ham oromdan yiroq. 
G'olib chiqmoqliging juda ham zarur, 
Boshqacha bólishi mumkinmas biroq. 


1975. 
©Shavkat Rahmon
@Shavkat_Rahmon
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📝 Shavkat Rahmon. She'rlar. She'rlarni Hamid Ismoil o'qigan - Xurshid Davron kutubxonasi


🤝 Do‘stlaringizga ham ulashing
👇👇👇👇👇👇👇
@Shavkat_Rahmon
1
... Мен ҳар кеча юмаяпман кўз,
Туғиляпман ҳар саҳар қайта.


Каналимизга уланинг
👉@Shavkat_Rahmon
👍4
ШЕЪРИЙ ЛАХЗАЛАР - ЗАРНИГОР - КУМ СОАТ
<unknown>
#Dil_navolari

🎧 🎼 🎧 🎼 🎧 🎼 🎧 🎼

Umr...
Shavkat Rahmon she‘ri
🎙Zarnigor Ibragimova o‘qidi

...
Mendan nima qolur, abadiy nurlar
Barq urib yashnagan dunyo tomonda,
Urinib-surinib sira to'lmagan
Bir ko'ngil qoladi qolsa ham mendan...

Manzilimiz:
@Shavkat_Rahmon
👍1
​​Орият,
андиша феълимда кучли,
кардан-да баттарсиз дегим келмади,
атай олиб қочдим нигоҳларимни,
ғардан-да баттарсиз дегим келмади.
Аблаҳсиз демадим,
ростини айтсам,
бу сўзни шунчаки дегим келмади.
Ассалом дедим-у,
сиздай кимсанинг
қўлига қўлимни бергим келмади.

Шавкат Раҳмон
👍12
Йўлдир бу,
нафснинг ботқоғи эмас,
қиличнинг дамидай чақнаган йўлдир.
Бу йўлга юзингни буришдан аввал,
ўлдир, ичингдаги хоинни ўлдир!

Шавкат Раҳмон

@Shavkat_Rahmon
БИРОВНИНГ ГУЛИ…

Деворла ўралган ҳовли ичида
ариқча лабига эгилган куйи,
атиргул ўртанар кимнинг ишқида,
эпкиндан қалтирар,
тўзғиган ўйи.

Эй десам,
атиргул ёмон титради,
тўкилиб кетдими дедим ҳидлари,
нураган деворнинг берги ёғида
бузилган юрагим нозик питради.

Шундоқ гул…
кимсасиз ҳовли ичида,
бегона нигоҳдан титрайди мунча.
Мунчалар хокисор кимнинг ишқида,
авжида очилган,
эмасди ғунча…

Шундоқ гул…
ҳалиям боқар ҳаёсиз,
ахир сал яширса дейман дардларин,
эҳ, шўрлик,
тобора қуёш аёвсиз,
ҳадемай тўкилар бахмал барглари.

Бир ўтли нигоҳдан титрайди ёмон,
журъатли бир қўлнинг садқаси, қули.
Ўзиям гулмисан гул эди аммо
бировнинг гулийди,
бировнинг гули…

©Шавкат Раҳмон
👍7
2025/10/27 06:57:15
Back to Top
HTML Embed Code: