Telegram Web Link
Turkiya kundaligi
Photo
Turk tilida "Bokunu çıkarmak/ Sıçmak" degan bir ibora bor. Buni ma'nosini ta'riflab o'tirmayman. Quyidagi gaplardan bu iboraning ma'nosini tushunib olasiz. Yuqorida bo'lishganim rasmlar turk tilida Milliy Sertifikat imtihonida yaqin kunlarda tushga savollarning aslidan olingan surat. İnternetda tarqaldi. Oquvchilarimdan bir-ikkitasidan keldi bir xil rasmlar.

Bilasizmi, O''zbekistonda o'tkaziladigan imtihonlar bitta natija bilan yakunlanadi — savollar tarqaladi va nomzodlar uzr-u "qo'ydek" o'sha savollarni orqasidan yuguradi yoki kutilayotgan imtihonda "Menda chiqqan va chiqadigan savollar bor" deb jar soladigan "cho'pon"ning orqasidan yuguradi.

Til bilish darajasini baholovchi imtihonning ham "Boku çıktı". Kursda eng asabimni buzadigan savollar: "Qaysi savollar keladi, ustoz?", "Palonchi joyda faloncha savollar kelar ekan deyishdi. Shu rostmi, ustoz?".

Ey, bu til imtihoni? Darajangiz o'lchanadigan imtihon. Kelajakda dissertatsiya yoki ilmiy ishingiz uchun adabiyotlar o'qiy olishizda o'sha tildagi darajangiz to'g'ri o'lchanishi kerak bo'lgan imtihon bu. Tushgan savollarga umringizni sarflagandan ko'ra o'sha kuchingizni tilni o'rganishga sarflasangiz o'lasizmi yoki o'larmidiz? Kunda soatlab Telegramda kanallardan kanallarga sakrab yurishni o'rniga hech bo'lmasa ikkita luğatni miyangizga qoziqlab qo'ysangiz bo'ladiku.

"Bokunu çıkarmak" iborasiga qaytadigan bo'lsak. İmtihon savollari chiqishni boshlagan ekan, keyingi bosqich "bunker"chilikka.

Sayın yetkililer! Siz bokunu çıkarmaya devam edin biz arkanızda peçeteyle hazır durumda oluruz. Yapacak bir şey yok. Haydi, ıkının! He! Az kaldı.
Yangi ochilgan guruhimizning bugun soat 21:00'da 2-darsi bo'lib o'tadi.  Guruhga qo'shilmoqchi bo'lsangiz @sherdav_aloqa manzilidan yozing!
Bu holatga bir marta duch kelmadim, tahminan 10 ga yaqin bunaqa xabar kelgandi. Yillardan buyon o'zimdan ham so'rashadi, sertifikat olib berasizmi, qancha so'rasangiz beraman deb.

Men bu kishilarni ayblamayman. Bitta tavsiyam, "O'qishga kirdim, Alhamdulillah" deb og'iz yirtayotganda shu shukronangizni Olloh qabul qildimikan deb vijdonizga nazar tashlab qo'ying!

Sertifikat sotilishiga yo'l qo'yib berayotganlar uchun esa yuqorida aytgan gapim, siz sıçmaya devam edin. Zaten pislikler içindeyiz. Buna alışığız.

---------
Davomida diiitli so'zlar bor.
Forwarded from Uzbekistanofficial | Расмий канал Тезкор Xабарлар ва Янгиликлар
Бухорода тил сертификатини олиб беришни ваъда қилган ўқитувчи ушланди

Тезкор тадбирда Бухоро муҳандислик-технология институти ўқитувчиси “Миллий тил сертификати”ни олиб бериш эвазига фуқародан $2000 олганда ушланган.

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 168-моддаси (фирибгарлик), 28, 211-моддаси (пора бериш) билан жиноят ишлари қўзғатилган.

👉https://www.tg-me.com/UZBEKISTANOFFICIAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizni cittaslow qishlog'imizda fanatizm avjida. Turkiyaning 100 yildan ortiq tarihga ega Galatasaroy futbol klubi mavsum chempiyoni bo'libdi.

P.S: Umrimda bir marta bo'lsada bir futbol o'yinini to'liq 90 daqiqa ko'rmagan bo'lsam kerak.
Bir necha yil oldin yotoqxonada yashagan vaqtlarimda avtobus kelmay yo'lda qolib ketardim. Avtobus kelsa ham soatda bir yoki ikki soatda bir kelardi. Majburlikdan otostop bilan ketardim. Ba'zan qo'l ko'tarib tursam 1 daqiqa o'tar o'fmas yo'ldan o'tgan mashina to'xtar, ba'zan yarim soatlab turib qolardim. Kechasi bo'lsa yo'l yo'lakay olib ketadigan deyarli uchramasdi.

Bir safarida O'zbekistonga bir necha marta borgan va O'zbekistondan ancha xabari bor bir turk to'xtab manzilimga eltib qo'ygandi. O'zbekiston haqida suhbatlashib ketgandik. O'sha paytda aytgan bir gapi hech esimdan chiqmaydi. "Yeni sovet yönetimi etkisi olmasa Özbekistan Türkiye'nin yolunu izleyecek. Ben bir kaç kere gittim. Şu an Özbekistan Turkiye'nin 40 yıl önceki sisteminde yaşıyor." — "Agar yangi sovet tizimi ta'sir ko'rsatmasa O'zbekiston Turkiya bosib o'tgan yo'ldan ketadi. Men bir necha marta bordim. Hozir O'zbekiston Turkiyaning 40 yil oldingi davrini boshidan o'tkazyapti." degan edi.

Turkiyadagi eski qonun va tutumlarning sekinlik bilan bekor qilinayotgani, xato yondashuv ekanligi e'tirof etilib xalq tomonidan lanatlanayotganini ko'rib bu holat bizda qanday kechar ekan deb o'ylab qolaman. Buni ichiga yuzlab soha va masalar kiradi. Hukumat va xalq orasidagi diniy munosabatlardan tortib gaz svet masalalarigacha. Bizda hozir yuz berayotgan o'zgarish va orqaga ketishlar Turkiyaning yaqin tarixiga juda o'xshash.

Misol uchun, Turkiyada xususiy universitetlarga va kollejlarga ehtiyoj 80-90 yillarda ortib borgan va talab ortgani sayin ularning soni ham ortib borgan. Hozirda ko'chada ketayotib biror domni ikki xonadoni xususiy universitet yoki kollejga aylantirilganini ko'rishingiz mumkin. Bunaqa tuzilmalar shunaqangi ko'pki, xalq ta'limidan ko'ra xususiy ta'limni ko'proq avzal ko'rishadi. Hatto xalq ayni davrda iqtisodiy holatini farzandlarini xususiy maktab yoki kollejda o'qitib o'qita olmayotgani bilan baholaydi.

Bu kabi xususiy ta'lim maskanlari nega ko'payadi deb o'ylaysiz? Ta'limni sifatli bera olgani uchun emas, davlat ta'lim tashkilotlari ham o'qituvchi ham o'quvchi uchun yetarli sharoit yaratib bera olmagani uchun. Erkin yashash sharoiti yaratib berolmagani yoki yaratishni xohlamagani uchun. Biroz fantastik bo'lib ketar, buni xuddi bir davlatda insonlar faravon hayot yasholmaganidan davlat ichida o'zi uchun kichik davlatchalar qurishdek. Erkin kiyina oladigan, erkin fikr bildira oladigan, o'qituvchilari yetarli maosh ololadigan, talablarini erkin ifodalayoladigan vahokazo.

Afsuski, Turkiya shu yo'llarni bosib keldi va bosib o'tmoqda. Albatta, O'zbekistonda ham shunday davom etadi deyolmayman. Bu yo'lning farqli davom etishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar juda ko'p. İkki davlatda ham. Nima bo'lganda ham Turkiyada oldin qo'llanilgan yoki amalda bo'lgan tutumlarini bir o'rganib chiqishimiz kerak. Biz balki biror tajribani boshqa davlatdan olgandirmiz, bu tajriba Turkiyada ham oldin qo'llanib ko'rilgandir. Shunga bir nazar tashlab ko'rishimiz kerak. "Qani, bu oldin Turkiyada qo'llab ko'rilgan ekan. Qanday ta'sir ko'rsatdi va hozir qanday holatda?" deb bir o'rganib chiqish zarar qilmaydi. Zero insonlarimiz o'xshash. Xalq psixologiyasida o'xshashlik bor ekan, demak biror davrdagi sharoitlarga ham qarshi reaksiyalari o'xshash bo'ladi.

@sherzoddavlatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videoni ko'rayotib biror vallomat amaldorni kuzatib qo'yishyaptimi debman.

Hazil...

E'tiboringizni boshqa narsaga qaratmoqchiman. İnternetda bu videoni bir turk "O'qituvchi kasbiy faoliyatini yakunlar ekan shunaqa kuzatilishi kerak, tobut yoki tazyiqlar bilan emas" sarlavhasi ostida bo'lishibdi.

Turkiyada yillardan buyon o'qituvchilar o'zlariga bo'layotgan munosabat va tazyiqlardan norozi bo'lib kelishadi.

@sherzoddavlatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turk qahvasi nega yonida suv bilan tortiq qilinadi?

Turkiyaga kelmagan kishilar ham bir marta bo'lsada turk qahvasi dovrug'ini eshitgandir. Kimlardir rasmiga, kimlardir qahva ichiladigan chashkasiga oshino. Turk qahvasini Turkiyaning tashrif qog'oziga aylanib ulgurgan deyish mumkin.

Bir ma'lumotga ko'zim tushib qoldi. Eskidan podishohlarga turk qahvasi tortiq qilinganida yonida suv ham keltirilar ekan. Suvga qahva tomizilib ko'rilar, agar suv rangi o'zgarsa qahva zaharli ekanligi aniqlangan ekan. Bu yillar o'tib zahar testi urfidan uzoqlashib qahva yonida suv keltirilishi odatga aylangan.

Zamonaviy tibbiyot qahvadan keyin suv ichilishini quyidagicha izohlaydi:

Qahva tarkibida ko'p miqdorda oksalat moddasi borligi sabab qahva buyrakda tosh yig'ilishiga sababchi bo'ladi. Suv esa oksalatni yuvib yuborishi aytiladi.

Men esa qahvadan keyin  tomoqda qolgan qoldiqlari va qahvadan keyin og'izda qolishi mumkin bo'lgan nohush hidlarni oldini olish uchun yonida suv beriladi deb o'ylardim.

@sherzoddavlatov
İmtihon orqali emas, kompyuterda o'yin o'ynab kirish mumkin bo'lgan universitet haqida eshitganmisiz?

Dunyoning bir necha davlatlarida filiallari bo'lgan universitet, aniqrog'i ta'lim maktabi haqida gap ketyapti — Ecole 42. Turkiyadagi yoshlar tilida 42-Universitet. Ta'lim markazining, balki universitet deyolsak, universitetning nomi shunaqa, 42)).

Bu ta'lim markazida dasturlash va kodlash ta'limi beriladi. Eng qizig'i, ta'lim to'lovi, sinf va o'qituvchi ham yo'q. Bir binoda hamma erkin holatda, bir-biridan o'rganib 3 yoki 5 yillik ta'limdan keyin imtihon topshiradi va sertifikatga ega bo'ladi.

Bu ta'lim markazining ishlash tizimi shu holatda: o'qishga kirish uchun sizni hotira va algoritm bo'yicha bilimingizni o'lchaydigan o'yin imtihoniga kirasiz. 2 soat davomida maxsus o'yinni o'ynaysiz. Belgilangan Level ga kelolsangiz Zoom platformasi orqali olib boriladigan suhbat bosqichiga o'tasiz. Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tsangiz 28 kunlik kuchaytirilgan tartibdagi professiyonal o'qituvchi tomonidan olib boriladigan darslarga yozilasiz. 28 kun yakunlangandan keyin o'rganganlarizni sinash uchun sizdan imtihon olishadi. Ana undan keyin Ecole 42 talabasi bo'lasiz.

3 yoki 5 yillik ta'limdan keyin sertifikat olasiz va bu sertifikat orqali bu markaz hamkorlikda bo'lgan kompaniyalarga ishga kirasiz.

Ecole 42 — 2013 yilda fransiyalik milyarder Xavier Niel tomonidan Fransiyada qurilgan va hozirda Amerika, yevropaning turli davlatlari, Avstraliya, Yaponiya, Afrika va Turkiyada(İstanbul, Kojeli shaharlarida) filiallari mavjud. Dunyo bo'ylab 20 mingdan ziyod talabasi bor.

Shubhali-a? O'qituvchi yo'q! To'lov yo'q! O'yin o'ynab kirish mumkin! Lekin bu ta'limga hozirda turkiyalik yoshlar katta qiziqish bildirmoqda.

18-yoshini to'ldirib universitetda o'qishni xohlamaydigan, sessiyadan sessiyagacha darsga borish majburiyatini xohlamaydigan, o'qituvchilardan gap eshitishni xohlamaydigan va albatta kodlashga qiziquvchi zamonamizning "Z kuşakları" (z avlodlari) uchun ta'lim olishning interaktif usuli.

Siz nima deysiz bu universitet/ta'lim markazi haqida

Youtube yoki Googlega "Ecole 42" deb qidirsangiz yanada kengroq ma'lumot olishingiz mumkin. Qiziqib qidirib ko'rgan bo'lsangiz nega 42 deb nomlanganini ham izohda qoldiring

@sherzoddavlatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya kundaligi
Photo
Magistratura va doktorantura qabulida talab qilinadigan xorijiy til sertifikatining yangi ro'yxati 29-may kuni Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olinibdi. E'tiboringizni turk tilidan talab qilinadigan sertifikatga qaratmoqchiman.

Esingizda bo'lsa may oyi boshida sertifikat talab qilinadigan ba'zi yo'nalishlarda daraja B2 dan B1 ga tushirilgan edi.

Sizga B1 daraja kerak bo'lsa  xorijiy til imtihonida B1 darajani tanlab imtihonga kirishingiz mumkin. Lekin yangi tasdiqlangan ro'yxatda Milliy Sertifikatning B1, B2 va C1 darajasi kiritilgan, TYS sertifikatining esa B2 va C1 darajasi kiritilgan xolos. Oldin aytganimdek, TYS B1 sertifikat bermaydi, agar mutasaddilar Yunus Emre Enstitüsü bilan aloqaga chiqib "Biz ba'zi yo'nalishlarimizda talabni B1 ga tushurdik. O'zbekistonda o'tkazadigan imtihonlaringda B1 sertifikat ham beringlar" deyishsa balki Yunus Emre Enstitüsü  o'z TYS imtihonida nomzodlar bilimini B1 daraja uchun ham sinab ko'rishar degandim.

Yangi tasdiqlangan sertifikatlar ro'yxatida TYSda B1 darajasi bo'sh qoldirilgani bu yo Yunus Emre Enstitüsü B1 bermaymiz degan, yoki berishsa ham O'zbekiston buni qabul qilmaymiz degan. Yana bir ehtimol esa, O'zbekiston tomon TYS mutasaddilariga aloqaga chiqishmagan yoki bu haqida o'ylab ham ko'rishmagan.

Bundan kelib chiqadiki, sizga B1 sertifikat ham yetarli bo'lsa endi faqat Milliy Sertifikat imtihonini kutasiz. Yoki TYS imtihoniga kirsangiz B2 olishga majbursiz.

"O'zi qaysi biriga kirsak yaxshi?" degan savolga keyingi postda batafsil yozib qoldiraman.

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
Turk tilida "takdir etmek" deya bir ibora bor. Ma'nosi — "tan berish, ma'qullash, olqishlash.

Men kimni "takdir ediyorum" bilasizmi — boy, barcha imkoniyatlarga ega va shu bilan birga aqlli insonlarni.

Turkiyada yarım asrdan ko'p vaqt o'tibdiki sarvatini saqlab kelayotgan "Koç" oilasidan keyin ikkinchi o'rinda turadigan "Sabancı" oilasi bor. Turkiyaga yo'li tushganlar balki "Sabancı" oilasini eshitgandir. Yoki hech bo'lmasa ko'chako'yda "SA" bilan yakunlangan brend nomlarini ko'rgandir. O'sha "SA" bilan tugaydigan brend nomlari yo "Sabancı" oilasiga tegishli, yoki "Sabancı" oilasining holding kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan brendlardir.

Buni qo'ya turaylik. Mavzuni boshiga qaytadigan bo'lsak. Meni eng "takdir ettiğim", ya'ni qarshisida ko'rinmas shlyapamni yechadigan insonlarimdan biri — boy, hamma narsaga ega va shu bilan birga aqlli insonlar. Ha, ham boy, ham aqlli insonlar bor. (Bizni musaffoistonda bunaqalar topilishi amrimahol.)

Yaqinda ko'rib qoldim, milliarder "Sabancı"lar oilasi avlodidan Pınar Sabancıning Youtubeda kanali bor ekan. Kanalining nomi "Zorlu Performans Sanatlar Merkezi", ya'ni "Qiyin Qobiliyatlar San'ati Markazi". Turkiyada xalq nazarida bo'lgan mashxurlar bilan intervyular qilar ekan. Quyida bir intervyusining linkini qoldiryapman. Qarab ko'ring, ham aqlli, ham boylar oilasidan bo'lgan inson millionlar qarshisiga chiqqanda qanday ko'rinar ekan. "Gogoosha" bilan solishtirmang. Men, ham aqlli, ham nafosatli ham boy hilqat haqida gapiryapman.

Bu orada, opaning mutaxassisligi psixolog ekan. (Konuya ne alakası varsa...)

Kanalning asosiy faoliyati esa quyidagi savolga javob qidirish: "Yaşadım demek için insan ne yapmalı?", tarjimasi esa "İnson yashadim deyolishi uchun nima qilishi kerak?".
https://youtu.be/ix6BneAZQTQ?si=AWOhHG_72jiWI0yV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eslatma: bugun yangi ochilayotgan guruhga chegirmali narxda yozilishning oxirgi kuni.

Darslarimiz 4-iyundan boshlanadi. Guruhga qo'shilish uchun
@sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
Turkiya kundaligi
Video
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun soat 18:30'da, turk tili onlayn kursimizda yangi ochilayotgan guruhning 1-darsi bo'lib o'tadi. Guruhda joy bor.

Guruhga qo'shilish uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozing!
#ЭСЛАТМА

Ҳурматли ватандошлар, Туркия Республикасининг амалдаги «Чет элликлар ва халқаро ҳимоя ҳуқуқи» қонунига мувофиқ, ушбу давлатга ташриф буюрувчи хорижий фуқаролар, шу жумладан Ўзбекистон Республикаси фуқаролари паспортлари амал қилиш муддатининг якуний санасигача бўлган давр 180 кун (6 ой) дан кам бўлмаслиги лозим.

Мисол учун, Сиз 2024 йил 10 июнь куни Туркияга келмоқчи бўлсангиз, паспортингизнинг амал қилиш муддати камида 2024 йил 11 декабргача ёки ундан кейинги саналарда бўлиши керак. 2024 йил 9 декабрь ёки ундан олдинги санада амал қилиш муддати якунланадиган паспорт билан келиш Сизни Туркия ҳудудига киритмасликка асос бўла олади.

Шу муносабат билан, Туркияга сафар қилишдан олдин фуқаролик паспортингизнинг амал қилиш муддатига эътибор қаратишингизни сўраб қоламиз.
2024/06/10 12:41:34
Back to Top
HTML Embed Code: