Turkiya kundaligi
Photo
Turkiyaning Hatay viloyatida bir tumanidagi taksichilar oilasi, Hayit bayramida Hatay aholisi uchun qabristonga yaqinlarini ziyoratga borganlar uchun tekin taksi xizmati ko'rsatibdi. İnternetda lentamda chiqib qoldi. Esingizdadir, o'tgan yili 6-fevral kuni yuz bergan zilzila natijasida Hatay viloyatining o'zidagina 25 ming (!) inson qurbon bo'lgan edi.

Hali ham ko'z o'ngimda, har Hayit bayramida Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Poshxurt qishlog'iga, onamning ota uyiga borardik. Uyidan shundoq ikki chaqirimcha naridagi qabristonga, tug'ilgandan biroz o'tib o'lgan ukamni qabriga borardik.

Esimni tanigandan boshlab doim onamdan so'rardim, ismi nima edi, hozir necha yoshga to'lgan bo'lardi deb. Qo'shnimizni o'g'lini aytib, shuning yoshi bilan teng derdi. Ukamning ham, qo'shni bolaning ham ismi Shaxzod edi. Uni ko'chada ko'rganimda doim uning qiyofasida ukamni jonlantirishga harakat qilardim.

Bayram arafasi o'quvchilarimdan biri so'rab qoldi, turklar ham bu bayramni nishonlaydimi, qanday o'tkizishadi deb. Biz o'zbeklarda bayram qanday o'tsa ipidan ignasigacha o'xshash. Faqat tilimiz BİROZ farqli.
May imtihonigacha 1 oycha qoldi.

Orada darajangizni B2 ga chiqarib olishingiz uchun quyidagi taklifni bermoqchiman.

Agar siz turk tilida A2 darajasigacha o'rgangan bo'lsangiz, B1 va B2 darajalarining grammatikalarini dars videosidan o'zlashtirib olishni sinab ko'ring.

O'z guruhlarimda o'tgan darslarimning B1 va B2 darajasini kursga yozilmay videolaridan o'zlashtirishingiz mumkin.

Sizga B1 va B2 darajalarida o'tilgan darslar videosi tashlab beriladi. Videolar aynan kurs davomida o'quvchilar bilan o'tilgan darslar videosi. Siz B1 va B2 grammatikalarini video darsdan o'zlashtirib borar ekansiz har haftada bir marta Zoomda onlayn tarzda dars ham o'tamiz.

Haftalik onlayn darsda yozgan insholaringizni tekshiramiz va "konuşma" qilib boramiz. Maydagi imtihonga qadar grammatikalarni tayyor dars videosidan o'zlashtirasiz "yazma" va "konuşma" darajangizni haftalik onlayn darsda shakllantirib boramiz.

Bu bir oylik dastur pullik.

1 oylik dastur summasi 600 ming so'm.

Bu summa ichiga quyidagilar kiradi:

• B1 va B2 video darslari
• Haftada bir onlayn dars o'taman
• Har onlayn darsdan oldin sizga mavzular beriladi va shu mavzular asosida yozgan inshongizni darsda tahlil qilamiz
• Onlayn darsda insholar tahlili qilingandan keyin birgalikda "konuşma" qilamiz.
• Onlayn darsda "yazma"da tushadigan "e-posta", "dilekçe", "özgeçmiş" yozishni o'rganamiz.

Kichik guruh shakllantiriladi. Guruhda kamida 5 kishi yig'ilishi bilan guruh ochiladi.

Bu taklif sizga ma'qul bo'lsa @sherdav_aloqa manzilidan "Video darslik guruhiga qo'shilmoqchiman" deb yozing!
Turkiya kundaligi
Photo
‘’Stiker qilish esdan chiqmasin’’

Turk tili kursida odatda kurs qatnashuvchilariga bitta daraja bo’yicha jamlangan grammatikalarni qisqa qilib qayt qilib qo’yishlarini aytaman, ‘’stiker’’ qilib qöyinglar deyman. Stikerlar imkon qadar közga yaqin joyda bölishi kerak. Dars vaqtida söralgan ma’lumotlarni tez esga olvolish uchun juda foydali. Lekin stiker qilishda xatoliklar juda köp uchraydi. Masalan, ba’zi öquvchilar mavzuni daftariga konspekt qilib olgandan keyin yana shuncha ma’lumotni alohida listga yozib, ötirgan joyini töldirib tashlaydi. Stiker nima uchun qilinadi özi? ‘’Bozor’’ bölib yotgan daftaringizni ichidan nisbatan muhim bölgan, yoki har darsda nisbatan köp ishlatiladigan grammatikalarni tezroq topish uchun kerak. Siz daftaringizdagi ma’lumotlarni huddi shu shaklda yana alohida qoğozga köchirib atrofingizga yopishtirib qöysangiz atrofingizni ‘’bozor’’dan nima farqi qoladi. Yuqoridagi video va rasmda bu xatolikni körishingiz mumkin. Bular kursimiz qatnashuvchilaridan kelgan rasm va videolar. Bu holatda tilni örganishizni osonlashtirmaysiz, battar qiyinlashtirasiz.

Turk tilini örganayotganda özi nimani stiker qilib qöyish kerak? Stiker qilishdan maqsad stiker qilganiz eng muhimi, daftaringizdagi qolgan ma’lumotlar ikkinchi darajali degani emas. Umumiy katta mavzular shundoq ham tushunib yodlab olinadigan narsalar. A1’ni  özidangina misol keltirsak: ‘’Şimdiki Zaman’’da bu zamon qöshimchasining nimalarni ifodalash uchun qöllanishimiz, unli va undosh harf bilan yakunlangan asoslarga qanday qöshilishi, zamon qöshimchasi qöshilgan fe’l tarjimalari(yap-ıyor --- qilyapti/ qiladi), boshqa zamon qöshimchalar örnida kelish holatlari, shaxslarda qanday tuslanishi, bular daftarda qolishi va yodlab olinishi kerak bölgan narsalardir. Lekin bu mavzu Ichida aksar holatlarda esdan chiqib qoladigan ‘’püf noktaları’’ borki bulardan stiker qilib qutilasiz xolos. Misol uchun t undoshining d unoshi bilan almashadigan uch fe’lni stiker qilishingiz, a unlisi bilan yakunlangan özakning qaysi harflarga almashishi, e ning qaysi unliga almashishi, istisnoli harf almashinuvi böladigan ‘’yemek’’ va ‘’demek’’ fe’llari, mana bular stiker qilib qöyilishi kerak bölgan jihatlar.

Albatta har bir Kishida stiker turlari va qaysi grammatikalarning stiker qilib qöyilishi farqli bölishi mumkin. Har bir kishinign örganish usuli har xil. Buni inkor qilib bölmaydi. Men aytgan jihatlar esa kursda deyarli 99 foiz holatda dars paytida öquvchilar tomonidan eslanishi qiyin bölgan jihatlar. ‘’İyelik eki’’ mavzusidan misol keltiradigan bölsak, n undoshining ortish holati, harf tushish holati, aynan harf tushish holati qaysi turdagi sözlarda bölishi, ‘’İyelik eki’’ning ‘’İsim cümleleri’’ qöshimchasi bilan adashtirmaslik uchun aynan bir shaxsda qöshimchalarning qanday qöshilayotganini solishtirgan holatda qisqa qilib stiker qilib qöysangiz böladi. Bu kabi misollar juda köp. Darsda imkon qadar aytib ötaman bularni. Ba’zan aytishni unutganim yoki stiker qilib qöyish kerakligi e’tiborimdan qochgan jihatlarni öquvchi tomonidan farqiga borilib buni stiker qilib qöyishi ham katta ahamiyatga ega. Buni qilayotganlar albatta bordir.

Bundan tashqari e’tiboringizni qaratishni xohlaganim yana bir jihat bor. Ba’zi öquvchilar atrofini töldirib stiker qilib ötirishlarining ham hojati yöq. ChatGPT kabi hozirjavob bölishadi. Bunaqa öquvchilarga shaxsan havas qilaman. Bularning yutuği nimada deb öylaysiz? Shaxsiy fikrlarimni aytib ötaman. Bir tilni örganayotganda yosh faktori juda muhim. Yosh ötgan sari qörquvlarimiz ham ortib boradi. Har bir mavzu yoki voqeaga ‘’temkinli’’ yondashamiz. Qörquv hissini uyğotuvchi miya markazlarimiz esa yodlash, tushunish, analiz qilishda yordam beradigan miya markazlarimizni tormozlab qöyadi. Kichik bolalarning yoshligida örganish salohiyatini hayolingizga keltirib köring. Biror ishni qilishdan oldin öylab ham ötirmaydi. Qörqib turmaydi. Shu ishni qiladi va u yerda orttirishi kerak bölgan tajribani qisqa vaqtda öziniki qilib oladi. Albatta, bolalikdan travma olmagan bölsa.
Turk tilini örganishdagi yosh faktoriga qaytadigan bölsak, odatda ChatGTP kabi bölgan öquvchilarning yosh chegarasi 18-30. Ba’zan esa bu yosh qatlami orasida ham dars vaqtida oqsoqlanishlar bölib turadi. Buning asosiy sabablari esa, bola boqish, uy ishi, ishidagi öy hayollar, hayot tashvishi, er, xotin, sevgili munosabatlaridagi hayolni band qiladigan masalalar, kelinlik vazifalari vhk. 30 yoshdan yuqori bölganlarning hayolini band qiladigan sabablarni sanab tugatish uchun qöl barmoqlarimiz tugul oyoq barmoqlarimiz ham yetmaydi.

Bundan tashqari yosh deb ötirmasdan ma’lumotlarni suvdek ichib yuboradigan turdagi öquvchilar ham bor kursda. Bunda aynan özbek tili borasidagi bilimlari, dunyoqarash, fikr yurutish qobilyati yuqoriligi kabi faktorlar rol öynaydi. Yuqorida sanab ötilgan qobilyatlarning deyarli bittasini ham körmasligiz mumkin bölgan öquvchi tipi ham borki, ular turk tilining oshinolaridir. Ularning tilni örganishini osonlashtiradigan ‘’sehrli tayoqchasi’’ – bu turk tilini sevishlari. Yuqorida sanab ötgan ChatGPT’chi vunderkindlarimiz bu tilni sevishni ham uddalay olishsa sertifikat olish imtihonidagi ‘’Genetik mühendislik’’ga doir savol beradiganlarni burchakka tikka qilib qöyadi.

Shunaqa gaplar, döstlar. Stiker qilish esdan chiqmasin!

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu mavzuni Umid Gafurov yaxshi tushuntirib beribdi
📆Turk tili onlayn kursimizda yangi guruh ochilmoqda.

Haftada 3 kun dars ikki soatdan dars o'tiladi.

Darslar Zoom platformasida onlayn ko'rinishda bo'lib o'tadi. Darslar videosi doim yozib olinib guruhga tashlab boriladi. Nimadir sabab bo'lib darsga kirolmay qolganizda dars mavzularini videodan ko'rib o'zlashtirib olishingiz mumkin.

Kurs haqida to'liq ma'lumotni bilish uchun
@sherdav_aloqa manzilidan yozing!

Guruh to'lib qolmasidan guruhda o'z joyingizni olib qo'ying!
Sal kam ikki yildir Uğurning sahifasini kuzatib boraman. Samimiyligi va har borgan davlatini real tarzda izohlashi yoqadi. Sayyoh shunaqa harakterga(ayniqsa, muomala madaniyatiga) ega bo'lmasa qaysidir davlatda yo musht yeydi yo o'lib ketadi. Bunaqa tarzda kezish uchun ham kuchli jasorat va dunyoqarash talab qilinadi.

Uğur (Uğur Kola) ayni kunlarda O'zbekistonda sayohat qilmoqda. Samarqand taassurotlarini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Turk tili onlayn kursda yangi ochilgan guruhga qabul davom etyapti.

Darslar seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 21:00'da.

Guruhga qo'shilmoqchi bo'lsangiz @sherdav_aloqa manzilidan "Yangi guruhga qo'shilmoqchiman" deb xabar qoldiring!
Darslarda doim aytib keladigan gapim — tilni o'rganar ekansiz hayotingizda xotirjamlik, tilni o'rganishda eng sifatli e'tiborni aynan shu tilga qaratish imkoni bo'lmasa, yo o'rgana olmaysiz yoki ko'p vaqtingiz ketadi.

Kursda yoshi 30-40 oralig'ida bo'lgan, o'zbek tili bo'yicha bilimi yuqori, analiz qilishi, tushunishi a'lo darajada bo'lgan kishilar ko'p. Lekin, turk tilida o'zi mustaqil biror matn yozganida umuman kutilmagan xatolarga yo'l qo'yishadi. Xatoli tuzgan gapini o'ziga so'zma-so'z, qo'shimchama-qo'shimcha tarjima qildirganizda, "Vooy! Bu yerda bu qo'shimcha emas, bu qo'shimcha bo'lishi kerak edi", deydi. Ya'ni xatosini o'qituvchi aytmasidanoq o'zlari to'g'irlaydi.

Nega bunaqa bo'ladi? Bu xatolik aksar xolatlarda ayollarimizda ko'p uchraydi. O'zi mustaqil matnni yozayotganida yo o'choqda qozon qaynayotgan bo'ladi, yo atrofida bolasi ingrab yurgan bo'ladi. Darsda xatomni ko'rib bering deb aytganida e'tibori darsda bo'ladi va xatosini birdan tushunadi.

Yoki, shunaqa nolish (!) ham uchrab turadi — "Ustoz, dars paytida hammasini tushunaman. Darsda qiynalmay gap yoki matn tuzaman, lekin uyda o'zim o'tirib bajarayotganimda hammasini to'g'ri bajarayotgandek bo'laman, lekin xatolari bo'ladi. Buni keyin ko'raman".

Ayollarimizga yuzlanmoqchiman. Ayniqsa oilali ayollarimizga. Gazda qozoningiz qaynab yotar ekan, turk tiliga mehr uyg'otish tugul, bir jumlani to'g'ri yozolmaysiz. Sharoit yarating, o'zizga. Sharoit! Sharoit! Sharoit!


***
Mavzuga bog'liq yana bir gap, turk tilini o'rganib ko'rganlar, yoki turk tilidan dars o'tib ko'rganlar, hech e'tibor qaratganmisiz, sertifikatni aksar holatlarda yigitlarimiz, yosh qizlarimiz yoki endi oila qurgan yosh ayollarimiz va bulardan tashqari, shahar sharoitida bo'lgan, oila "bosimida" bo'lmagan ayollarimiz oladi. Ya'ni, sertifikat olganlar nisbati shu kesimlarda yuqori.

Albatta yuqorida sanab o'tganimiz kesimlardan tashqari boshqa kesimlarda ham sertifikat olganlar bor. Bu inkor qilib bo'lmaydi.

Agar siz sertifikat olgan bo'lsangiz siz qaysi "kesimdasiz"? Yoki atrofingizda aynan til sertifikati olganlar qaysi kesimda? Yoki siz turk tilidan dars o'tsangiz, ko'proq qaysi kesimdagi o'quvchilariz sertifikat ololishyapti?.

İzohda tajribangiz bilan bo'lishing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turli millatlarda changqovuz(changqo'biz) sasi


Hozirgi kunda Oʻzbekistonda, asosan,  Qoraqalpogʻiston
 Respublikasi,  Surxondaryo, Qashqadaryo, shuningdek,
 Samarqand va Buxoro viloyatlarida  folklorik cholg'u asbobi sifatida ishlatiladi.
Noldan boshlangan A1 guruhi va A2 darajasiga o'tgan guruh uchun qabul davom etmoqda.

@sherdav_aloqa manzilidan yozing!
Magistratura qabullari uchun xorijiy til sertifikati talablarida ba'zi o'zgarishlar joriy qilinmoqda.(Batafsil)

• Agar siz endi magistratura darajasida madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlaridan birortasida o'qimoqchi bo'lsangiz endi sizdan B2 daraja emas B1 daraja talab qilinadi.

• Agar magistraturada biror xorijiy til(jumladan turk tili) yo'nalishida o'qishni xohlasangiz sizdan C1 sertifikat talab qilinadi.

• Agar siz bakalavrni biror xorijiy til yo'nalishida bitirsangiz magistraturaga topshirayotganizda sizdan xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi. (Albatta, rus tili yo'nalishida o'qib turk tili yo'nalishiga topshirmasangiz)

• Magsitraturaga aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlaridan biriga toshirsangiz sizdan B2 daraja talab qilinadi.

• Doktorantura qabuli uchun barcha talablar saqlab qolindi.

°°°°°°°°°°°°°°°°
Hozircha noaniq bo'lib turgan narsalar:

• Bu qaror 2024-2025 o'quv yili qabuli uchun ham amal qiladimi yoki keyingi o'quv yilidanmi?

• Agar bu 2024-2025 o'quv yili qabuli uchun ham amal qilsa kamida B1 daraja qabul qilinadigan nomzodlar uchun 11-mayda bo'ladigan imtihonda darajalari qanday baholanadi?

Misol uchun, Eshmat 11-mayda bo'ladigan imtihonga ro'yxatdan o'tayotganda B2 daraja uchun ro'yxatdan o'tgan. Endi Eshmat magistratura uchun topshirmoqchi bo'lgan yo'nalishida B1 daraja ham yetarli deb qolishdi. Eshmatga imtihonda B2 darajasidagi savollar tushadi. Yetarli ball ololsa oshig'i olchi, ololmasa-chi? Unda B1 daraja berib qo'yishadimi qo'liga? Yoki bu yilgi qabuldan qolib ketadimi?

°°°°°°°°
Bundan keyingi Milliy Sertifikat va TYS imtihonlarida kutilayotgan o'zgarishlar:

• DTMning Milliy Sertifikat(xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi) imtihoniga kiradigan nomzodlar uchun ariza topshirayotganida B1 daraja uchun ariza topshirish imkoniyati ham ochiladi(oldin eng pasti B2 edi).

Bundan keyin Eshmat topshirmoqchi bo'lgan yo'nalishida B1 talab qilinsa Milliy Sertifikat imtihoni uchun ariza topshirayotganida "B1 daraja uchun" deb belgilaydi. G'ishmatga B2 kerak bo'lsa B2 ni belgilaydi, Toshmatga C1 kerak bo'lsa C1 punktini belgilaydi.

Turkiyaning Yunus Emre Enstitüsü o'tkazadigan
"TYS" imtihoni ham eng past B2 daraja uchun sertifikat berar edi, balki endi Yunus Emre Enstitüsü
ham aynan O'zbekistonda o'tkazadigan imtihonida baholash tizimiga o'zgartirish kiritib B2 uchun yetarli bo'lmagan ballarni B1 daraja uchun ham ko'rib chiqar. Endi bu O'zbekistondagi masul tashkilotlarning Yunus Emre Enstitüsü bilan o'tadigan muzokaralariga bog'liq. Agar muzokora qilib ko'rishsa-a!

Agar TYS B1 sertifikat berish haqida o'ylab ham ko'rmasa Eshmat B1 daraja olish uchun faqat Milliy Sertifikat imtihonini kutishiga to'g'ri keladi.

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
Bir xorijlik O'zbekistonga kelib, O'zbekiston fuqaroligini olib bakalavr, magistratura yoki doktoranturaga O'zbekiston fuqarosi sifati ariza topshirmoqchi bo'lib ariza shartlarini o'qib bu murakkabliklarni tushunaman degunicha enasini ko'rsa kerak.

Qayerda, "Enasini emsin" deb ketvorsa kerak. Hali g'irt o'zbek bo'lib turib "Ma'no o'zi nima? Oq qora bo'lib, qora oq bo'lib chiqsachi? Ma'no ma'nosiz bo'lib, ma'nosiz ma'no bo'lib chiqsachi" deb makkillab qo'lyapmizku!
Magistratura qabullari uchun xorijiy til sertifikati qabulida bunaqa qisqartirishlarga e'tibor qaratilgani sababi bilamizki ko'p kvotalar bo'sh qolyapti.

Bo'sh qolayotganining sababi faqatgina bizning akadamik hayotga qadam qo'yayotgan qora ko'zlarimizning til o'rganishga qiynalayotganida emas.

Tilni o'rganib aynan qabul vaqti kelganida sertifikat olish uchun imtihon oladigan odamni topolmayotganida ham emasmikan? Tilni o'rganishga jazm qilib, darslarni boshlab olishni o'zi bir katta qaror. Bechora nomzod bu qarorga kelganidan keyin o'ylab o'tiradi — "Qabulgacha til imtihoni bormi? Ulguramanmi?".

Qabullarda shu qadar "dohiyona" murakkabliklarni o'ylab topadigan kishilar shu haqida ham zarracha o'ylab ko'rdimikan?

Barakatopkurlar, imtihonlar soni ko'paytiringlar! Hech bo'lmasa bir qabuldan ikkinchi qabulgacha 6 marta imtihon olinglar!

Bir magistr yoki doktorant nima uchun xorijiy til bilishi kerak? O'z sohasi bo'yicha dissertatsiya, yozar ekan, ilmiy ish qilar ekan xorij adabiyotlarini ham o'qiyolishi uchun emasmi? B1 darajada biladigan bir magistratura talabasi xorijiy adabiyotning qaysi obzastini to'g'ri va to'liq tushuna olsin? Kamiga ilmiy maqola yoki kitob o'qishi kerak bo'ladi.

Men imtihonga kam vaqt qolganda "Men shu kungacha B1 yoki B2 olishga ulguramanmi" deb kelganlardan jaxlim chiqmaydi. To'g'riyam-da! Nega jaxlingiz chiqishi mumkin? Tilni o'rganishni boshlash ham bir ruhiy tayyor holatlikni talab qiladi. U yangi olamga kiradi. Balki ishidan ortmagandir, kursga yozilay desa. Balki puli bo'lmagandir o'sha payt.

Shu sabab imtihon soni ko'payishi kerak. Til o'rganishga qaror qilgan kishi ikki oyog'i bir etikka tiqilib imtihon qidirib yurmasligi kerak. U bechora mehnat qilib, oylab til o'rgandi. Nega endi seni oyoğing ostiga borib "Mendan imtihon oling, iltimos" deyishi kerak. Aksiga, ta'lim tizimi bu fuqaroni peshonasidan o'pib olishi kerak. İmtihon sharoiti yaratishi kerak. "İye, bizni shu fuqaromiz til o'rganibdi, davlatga foydasi tegadi buni. Bir til bilgan bir kishi, ikki til bilgan ikki kishi" deb hayotini yengillashtirishi kerak emasmi? Hayotini yengillashtir deganda uni oyog'i ostiga zargilam to'shanglar demayapman, imtihonni ko'paytiringlar! Tilni o'rganib bo'lgan nomzod miyasidagi bilimni baholatish uchun dovdurab eshikma eshik yurmasin, oylab kutib yurmasin.

İmtihon sonini ko'paytirish uchun kadrlaring yoki resurslaring yetmasa, qabullarni mantiqsiz soddalashtirishga yo'nalmay, oson yo'lni tanlamay imtihon olish uchun kerak bo'ladigan sharoitlarni yaratishga yo'naling! Nomzodlar bilan mushuk sichqon o'ynamay.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir ülkenin ekonomik ve yaşam refahını bilmek istersen artık pazarına ya da mezarına gitmene gerek yok, mizahına bakman yeterli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/15 05:53:26
Back to Top
HTML Embed Code: